| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 23-tur, 7 fevral, soat 16:00. Bosh hakam: Pedro Peres Montero | ||
LEVANTE |
0 : 2 |
BARSELONADavid Navarro (21-avtogol)
Luis Suares (90+2) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Diyego Marinyo (D) 02.Ivan Lopes 05.Simao Mate 03.Tonyo 04.David Navarro 24.Zuxar Feddal 08.Jefeson Lerma 11.Xose Morales 07.Versa 20.Deyverson 21.Juzeppe Rossi |
Klaudio Bravo Daniel Alves Xerard Pike Xavyer Maskerano Xordi Alba Serxi Roberto Ivan Rakitich Andres Iniyesta Lionel Messi Luis Suares Neymar |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Ruben (D) 15.Lukas Orban 17.Xordi Ksumetri 06.Viktor Kamarasa 09.Maurisio Kuero 23.Nabil Gilya 14.Rojer Marti |
Mark-Andre ter Shtegen Mark Bartra Jeremi MatYE Aleyks Vidal Serxio Buskets Arda Turon Munir el-Haddodiy |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Zuhar Feddal (23)
|
||
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" kamtarona o‘yin orqali o‘z hisobiga navbatdagi 3 ochkoni yozib qo‘ydi |
| 90+2' | ![]() |
GOOOOL! Luis Suares, 0:2! Qarshi hujumda Messi urugvaylik jamoadoshini birga bir vaziyatga chiqardi va Suares imkoniyatni ko‘kka sovurmadi. |
| 90+1' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasining chap tomonida bir himoyachidan yaxshi o‘tib ketdi, ammo so‘nggi uzatmani aniq bera olmadi |
| 89' | ![]() |
"Barselona" navbatdagi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Buskets esa ogohlantirish oldi. |
| 86' | ![]() |
Merji Roberto jarima maydonchasining chap tomonida ochiq turgan Neymar tomon yuqoridan uzatma berdi. Ammo himoyachi to‘pni darvozabonga tashlab berdi |
| 83' | ![]() |
"Barselona" xavfli qarshi hujumga otlanayotganida Ivan Lopes Neymarni formasidan tortib qoldi. Sariq kartochka |
| 76' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan o‘ta noaniq zarba berdi |
| 75' | ![]() |
Hozir jarima maydonchasiga kirgan Neymarga ikki marta uzatma berildi. Braziliyalik hujumchi na sheriklariga uzatma berdi, na himoyachilarni aldab o‘ta oldi |
| 75' | ![]() |
"Barselona" yarim kuch bilan o‘ynamoqda, piyoda yurib o‘ynamoqda. To‘pni nazorat qilyaptiyu, ammo keskin hujumlar tashkil qilmayapti |
| 73' | ![]() |
"Barsa"da yana o‘zgarish: Alves o‘rniga Aleish Vidal tushdi |
| 71' | ![]() |
Suares chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berdi. Messi to‘pni egalladi, ammo uni yerga tushira olmagani uchun himoyachilarga to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 69' | ![]() |
"Levante"da birdaniga ikkita o‘zgarish qilindi |
| 68' | ![]() |
Chap qanotdan berilgan uzatmadan so‘ng "Barsa" darvozasi oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Himoyachilar bir amallab xavfni yo‘qqa chiqarishdi |
| 68' | ![]() |
"Barselona"da dastlabki o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Buskets tushdi |
| 67' | ![]() |
Messi tomonidan yo‘llangan jarima zarbasi unchalik aniq chiqmadi |
| 66' | ![]() |
Lermaga ogohlantirish berildi. U jarima maydonchasi tashqarisida Neymarni chalib yiqitdi |
| 65' | ![]() |
Rossi "Barsa" jarima maydonchasiga yuqoridan yumshoq uzatma berdi. Deyverson bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi. Bravo to‘pni egalladi |
| 63' | ![]() |
Dani Alves ogohlantirildi |
| 62' | ![]() |
Vuuuh! O‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini Messi o‘yinga kiritdi. Neymar yaqin masofadan to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. Laynsmen ofsayd qayd etdi. Neymar emas, Suares ofsaydda edi aslida |
| 59' | ![]() |
Vuuuh! "Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Neymar yetkazgan uzatmani Akitich bosh bilan darvozaga burdi. Marinyo to‘pni yuqoriga urib yubordi |
| 57' | ![]() |
David Navarro ogohlantirish oldi. Messini tortgani uchun |
| 55' | ![]() |
Inyesta o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Alvesga aniq uzatma berdi. Braziliyalik himoyachi jamoadoshlariga to‘pni yetkaza olmadi. To‘p maydonni tark etdi |
| 54' | ![]() |
"Barsa" qarshi hujum tashkil qildi va Messi birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi. Ammo ofsayd. |
| 51' | ![]() |
"Levante"ning hujumi. Tonyo chap tomondan "Barsa" jarima maydonchasiga uzatma berdi. Maskerano to‘pni bosh bilan qaytardi. Deyverson esa darvozaga teskari turgan holda chalqancha uslubda zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi, to‘pni Bravo egalladi |
| 50' | ![]() |
O‘ng qanotdan Rakitichga nisbatan fol ishlatildi. Alves jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. "Levante" posboni to‘pni egallab oldi |
| 47' | ![]() |
Juzeppe Rossi olis masofadan aniq zarba yo‘lladi. Bravo zarbani yon tomonga qaytardi |
| 46' | ![]() |
Suares raqibning chap qanot himoyachisidan to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonchasi kirdi, ammo to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Levante" - "Barselona" - 0:1. |
| 43' | ![]() |
Neymar tomonidan yo‘llangan zarba darvozadan ancha yuqoridan o‘tib ketdi |
| 43' | ![]() |
"Levante" jarima maydonchasi tashiarisidan Neymarga nisbatan fol ishlatildi |
| 38' | ![]() |
VUUUUUUH! "Levante" ajoyib hujum tashkil qildi. Xose Morales chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va yakkama-yakka vaziyatda olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi!!! |
| 35' | ![]() |
Mezbonlar chap qanotdan yaxshi hujum tashkil qilishayotgandi, Versa ofsaydda qoldi |
| 32' | ![]() |
Ehhhhhhhhh, Jeferson Lerma! Birga bir vaziyatga chiqdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Noaniq |
| 31' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Deyverson darvozabon maydonchasiga burchagida akrobatik uslubda zarba berdi. To‘p yerga tegib, so‘ngra yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 29' | ![]() |
Yaxshi zarba! Versa to‘pni yaqin yuqori burchakka aylantirdi. Shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 29' | ![]() |
Jerar Pike ogohlantirildi. To‘p uning qo‘liga tegdi. Mezbonlar jarima maydonchasi yaqinida jarima zarbasi tepishadi |
| 28' | ![]() |
Messi bu safar diagonal yo‘nalishda Suaresga yuqoridan uzatma berdi. Urugvaylik futbolchi to‘pni darvozabon maydonchasida ochilayotgan Neymar tomon yetkazishga urindi. Marinyo to‘pni egalllab oldi |
| 25' | ![]() |
Ehhhhhhh, Suareees! Messining uzatmasini himoyachi bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarishga urindi, biroq Neymarni to‘pni egallab, darvozabon maydonchasiga kelayotgan Suaresga yetkazdi. Luis 3 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi... |
| 23' | ![]() |
Zuhar Feddal ogohlantirish oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Suaresni ataylab chalib yiqitdi |
| 21' | ![]() |
GOOOOOL! David Navarro, 0:1, avtogol! Inyesta jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni egallab, Albaning qanotdan ichkariga kirishini kutdi va unga uzatma berdi. Xordining darvozabon maydonchasiga bergan uzatmasi himoyachiga tegib, darvozaga kirib ketdi. Marinyo buni kutmagandi |
| 20' | ![]() |
Messi jamoadoshi Inyesta bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni maydonda olib qola olmadi |
| 19' | ![]() |
"Levante" qarshi hujum tashkil qildi, ammo imkoniyatdan foydalana olmadi, xavfli vaziyat sodir etolmadi |
| 17' | ![]() |
Vuuuh! Inyestadan uzatma qabul qilgan Neymar chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va o‘ng oyog‘i bilan olis burchakka aylanma zarba berdi. Diyego Marinyo ajoyib seyv bilan to‘pni qaytardi |
| 16' | ![]() |
Juzeppe Rossi "Barselona" jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ziga bo‘ysundirdi. |
| 15' | ![]() |
Kataloniyaliklar ikkita hujum tashkil qilishdi. Alves o‘ng tomondan darvozabon maydonchasiga bergan uzatmasini himoyachilar qaytarishdi. Keyingi hujum paytida Suares Neymar bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pga yeta olmadi |
| 12' | ![]() |
"Levante"da yaxshi imkoniyat. Yarim himoyachi chap qanotdan "Barsa" jarima maydonchasiga kirib keldi va darvzabon maydonchasi burchagida turgan Deyversonga uzatma berdi. Uning zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 9' | ![]() |
Mezbonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Jarima maydonchasiga kirgan hujumchi tomon yetkazilgan uzatmani Pike maydon tashqarisiga tepib yubordi. Burchak to‘pi mehmonlarga muammo tug‘dirmadi |
| 9' | ![]() |
"Barselona" raqib jarima maydonchasi atrofida to‘pni nazorat qilib, hujum variantlarini qidirmoqda |
| 5' | ![]() |
Messi chap tomondan jarima maydonchasiga kirgan Neymarga uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi. Burchak to‘pi esa xavfli bo‘lmadi |
| 2' | ![]() |
To‘p "Levante" darvozasidan o‘rin oldi! Alvesning uzatmasidan keyin Messi darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi. Laynsmen o‘yindan tashqari holatni qayd etishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Leo ofsaydda emasdi |
| 1' | ![]() |
VUUUUH! Messining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasi ichida darvozabon qarshisida yolg‘iz qoldi. Faqat u darvozaga teskari turib qolgani uchun u zarba bera olmadi. Sheriklariga tomon bergan uzatmani darvozabon ushlab olishga harakat qildi, ammo uni qo‘lidan chiqarib yubordi. Inyestaning zarbasidan so‘ng to‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! Bugun Luis Enrike "Barselona" boshqaruvidagi o‘zining 100-o‘yinida shogirdlarini maydonga boshlab tushdi |
| ' | ![]() |
Qadrli ispan futbol muxlislari! Barchangizni "Barsa" ishtirokidagi o‘yindan matnli onlayn translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz. Kataloniyaliklar bugun "Levante" mehmoni bo‘lishmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|