Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

25-tur, 7 fevral, soat 18:30. Bosh hakam: Kevin Frend

BORNMUT

0 : 2

ARSENAL

Mesut O‘zil (23)
Aleks Oksleyd-Chemberlen (24)
JAMOALAR TARKIBI
01.Artur Borus (D)
15.Adam Smit
11.Charli Deniyels
02.Simon Frensis
03.Stiv Kuk
30.Mett Richi
04.Den Gosling
08.Garri Arter
07.Mark Pyu
06.Endryu Shurman
20.Benik Afobe
  33.Petr Chex (D)
24.Ektor Bellerin
18.Nacho Monreal
05.Gabriel Paulista
06.Loran Koselni
15.Aleks
20.Matye Flamini
11.Mesut O‘zil
16.Aaron Remzi
17.Aleksis Sanches
12.Olivye Jiru
ZAHIRA
23.Adam Federichi (D)
25.Silven Disten
19.Junior Stanislas
32.Enan O'Keyn
12.Xuan Iturbe
17.Joshua King
28.Lyuis Grebben
  13.David Ospina (D)
03.Kiran Gibbs
04.Per Mertezaker
34.Fransis Koklen
14.Teo Uolkott
28.Xoel Kembell
45.Aleks Ivobi
SARIQ KARTOCHKA
 
Matyo Flamini (8)

Matn

'
21:00dan boshlab "Chelsi" - "MYu" o‘yinidan matnli translyasiyani kuzatib borishga taklif etamiz
90+4'
O‘yin yakunlandi. "Arsenal" g‘alaba qozondi va jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
90+3'
"Arsenal"da o‘zgarish: Jiru o‘rniga Teo Uolkott tushdi
90+1'
Petr Chex! Super! Chexiyalik darvozabon raqib futbolchilari tomonidan jarima maydonchasi ichidan yo‘llangan 2ta zarba qaytardi! Ayniqsa, birinchi zarba juda murakkab edi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Ehhh, Remzi! U va hujumchi Jiru posbon bilan yuzma-yuz holatga chiqib borishdi. Aaron o‘zi zarba berishga qaror qildi. Ammo Borus zarbani qaytardi
90'
O‘ng qanotdan berilgan uzatmani King darvoza tomon burdi. Chexni to‘pni egalladi
89'
Nacho maydon markazidan pas berib, Jiruni birga bir vaziyatga chiqarishga urindi. To‘pni Borus egalladi
86'
Vuuuh! O‘ng qanotdan "Arsenal" darvozabon maydonchasiga uzatma berildi. To‘p Gibbsga tegib qaytdi, King esa shundoy yonidan o‘tib ketayotgan to‘pga zarba berishga ulgurmadi
81'
"Arsenal"da o‘zgarish: Aleksis Sanches maydonni tark etmoqda. Kiran Gibbs o‘yinni davom ettiradi
79'
Sanches tomon berilgan uzatma haddan tashqari kuchli bo‘ldi. Chililik futbolchi to‘pga yeta olmadi
77'
"Bornmut"da o‘zgarish: Afobe o‘rniga Grabben tushdi
73'
Aleksis jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo to‘pni maydondan chiqarib yubordi
70'
"Arsenal" raqibning hujumini qaytarib, o‘zi oldinga o‘tdi. Remzining o‘tkir burchak ostidan bergan zarbasi noaniq bo‘ldi
66'
"Bornmut"da birdaniga ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Gosling o‘rniga Joshua King, Richi o‘rniga Junior Stanislas tushirildi
65'
Mett Richi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo noaniq
60'
Vuuuuh! Sanches jarima maydonchasining chap tomonidan bir himoyachidan o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘pni darvozaga burib yuboradigan futbolchi topilmadi
55'
Vuuuh! O‘zilning burchak to‘pidan yetkazgan uzatmasiga Jiru bosh bilan zarba berdi. Artur Borus to‘pni ushlab oldi
55'
Vuuuh! O‘zilning uzatmasidan keyin Sanches jarima maydonchasiga kirdi va himoyachini chalg‘itib zarba berdi. Borus to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi
51'
Vuuuuh! Gosling o‘ng tomondan jarima maydonchasida ochilgan Smitga uzatma berdi. Adam bir urinishda himoyachini chalg‘itdi va zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi!
50'
Richi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
49'
Mezbonlar qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirishga urinishdi, Kosyelni xavfni bartaraf etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Bornmut" - "Arsenal" - 0:2. Tanaffus.
45+1'
Vuuuuh! Diagonal uzatmadan keyin Adam Smit jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildi va deyarli birga bir vaziyatda qoldi. Chex jamoasini muqarrar goldan qutqardi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
39'
Vuuuh! Kutilmaganda, Daniels maydon markazidan boshlab oldinga yurish qildi va o‘ng tomonda ochilgan Afobega uzatma berdi. Uning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza tepasidan o‘tib ketdi
37'
O‘yin maydon markaziga ko‘chdi. Maydon egalari hujum tashkil etishga harakat qilishmoqda
33'
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
31'
Ehhhh, Mark Pyu! U chap qanotdan Bellerindan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyaga yordamga kelgan Monreal xavfni bartaraf etdi
27'
VUUUUH! Garri Arter jarima maydonchasi chizig‘i ustidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Chex yuqori ko‘tarib yubordi
27'
Qoyil qolish kerak, Venger shogirdlari ikkita hujumda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi
24'
GOOOOOL! Aleks Chemberlen, 0:2! Remzi himoyachining xatosidan so‘ng to‘pni egallab oldi va o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirgan Aleksga uzatma berdi. Uning zarbasidan so‘ng to‘p olis ustunga tegib, chiziqni kesib o‘tdi!
23'
GOOOOL! Mesut O‘zil, 0:1! Remzi yuqoridan jarima maydonchasiga uzatma berdi, Jiru to‘pni bosh bilan qaytardi. O‘zil esa o‘ng oyoqda kuchli zarba bilan darvoza to‘rini silkitdi!
21'
O‘zil maydon markazidan uzatma bilan Aleksisni birga bir vaziyatga chiqardi. Qanot hakami ofsaydni qayd etishda xatoga yo‘l qo‘ydi
20'
Chemberlen jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
18'
Garri Arterga tibbiy yordam ko‘rsatildi
17'
Bellerin o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytirishdi
13'
Vuuuuh! Maydon markazidan havolatib yetkazilgan uzatma natijasida Sanches jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasi burchagidan darvoza tomon zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
12'
"Bornmut" o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p olis ustun yonidan maydonni tark etdi
11'
O‘yin tempi yuqori emas. Tomonlar ehtiyotkor o‘yin qilishmoqda
8'
Matyo Flamini maydon markazida raqib futbolchisi bilan to‘p uchun kurashda tik oyoq bilan tashlandi va ogohlantirish oldi
5'
To‘p nazorati "kanonirlar" tomonida
1'
Qadrli futbol muxlislari! "Bornmut" va "Arsenal" jamoalari o‘rtasidagi APLning 25-tur bahsiga start berildi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.