Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

25-tur, 7 fevral, soat 21:00. Bosh hakam: Maykl Oliver

CHELSI

Diyego Kosta (90+1)

1 : 1

MANCHESTER YUNAYTED

Jessi Lingard (61)
JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua (D)
28.Sesar Aspilikueta
02.Branislav Ivanovich
26.Jon Terri
21.Nemanya Matich
22.Villian
04.Sesk Fabregas
08.Oskar
05.Kurt Zuma
12.Jon Obi Mikel
19.Diyego Kosta
  01.David de Xea (D)
43.Kemeron Bortvik-Jekson
12.Kris Smolling
17.Deyli Blind
36.Matteo Darmian
27.Maruan Fellayni
35.Jessi Lingard
08.Xuan Mata
16.Maykl Kerrik
10.Ueyn Runi
09.Entoni Marsial
ZAHIRA
01.Asmir Begovich (D)
24.Geri Kexill
06.Abdul Baba
10.Eden Azar
14.Bertrand Traore
17.Pedro Rodriges
36.Ruben Loftus-Chik
  20.Serxio Romero (D)
33.Patrik MakNeyr
30.Gilyermo Varela
21.Ander Errera
28.Morgan Shnayderlen
44.Andreas Pereyra
07.Memfis Depay

Matn

90+6'
O‘yin yakunlandi. "Chelsi" - "Manchester Yunayted" - 1:1.
90+6'
Vuuuuh! Diyego Kosta jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, himoyachini chalg‘itdi va zarba berdi! De Xeani to‘pni qaytardi. SUper!
90+4'
"MYu"da o‘zgarish: Mata o‘rniga Errera tushdi
90+2'
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berilgan
90+1'
GOOOOOL! Diyego Kosta, 1:1! Fabregas jarima maydonchasiga uzatma berayotganida Bortvik-Jekson biroz orqada qolib ketdi. U xatosi to‘g‘rilash uchun DIYEgo Kosta oyog‘iga tagiga tashlandi, to‘p nariroqqa ketdi va hujumchi bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi. De Xea ham qutqara olmadi
89'
Vuuuuh! O‘ng qanotdan jarima to‘pi darvozabon maydonchasiga yetkazildi. Diyego Kosta bosh bilan bergan zarbadan so‘ng to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi!
86'
"MYu"da o‘zgarish: Lingard o‘rniga Depay tushdi
85'
"Chelsi" hisobni tenglashtirish uchun shturmga o‘tmoqda
83'
Kris Smolling ogohlantirish oldi. To‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun
79'
Jessi Lingard ogohlantirildi
78'
"MYu"da o‘zgarish: Fellayni o‘rniga Shnayderlin tushdi
78'
Lingard o‘ng qanotdan uzatma berdi. Ammo uzatmaga hech kim yeta olmadi
74'
Runi! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va chalqancha uslubda zarba berdi! Zarba unchalik kuchli chiqmadi
72'
Vuuuuuuh! Fabregas 7-8 metrlardan o‘tkir burchak ostida yaqin yuqori burchakka kuchli zarba berdi. De Xeadan yana bir ajoyib reaksiya!!!
71'
"Chelsi" ketma-ket 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi
68'
Vuuuuh, De Xea! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Pedro bosh bilan yuqoriga urdi. Ivanovich esa to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi! To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni David qaytardi!
67'
"Chelsi"da uchinchi o‘zgarish: MAtich o‘rniga Pedro tushdi
65'
Lingard jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Zarba aniq chiqmadi
63'
Deyli Blind sariq kartochka oldi, Diyego Kostani ortdan itarib yiqitgani uchun. Jarima maydonchasi burchagidan jarima to‘pini Villian o‘yinga kiritdi. Kerrik bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
61'
GOOOOOL! Jessi Lingard, 0:1! Kemeron chap qanotdan yerlatib bergan uzatmani Runi Lingardga qoldirdi. Jessi darvoza teskari turganiga qaramay, zarba berishning imkonini topdi. Kurtua zarba qarshisida ojiz qoldi!
58'
Kurt Zuma o‘rniga Keyxill tushdi
56'
Oyyyy, Kurt Zuma havodagi to‘p uchun sakradi va yerga bir oyoqlab juda noqulay tushdi. O‘ng oyog‘idan jiddiy jarohat oldi u... Zuma o‘yinni davom ettira olmaydi
55'
"Chelsi"da o‘zgarish: Oskar o‘rniga Eden Azar tushirildi
53'
Vuuuh! Lingard jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Kurtua burchakka borayotgani to‘pni yon tomonga qaytardi. Qaytgan to‘pga Runi yetib bordi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p Kurtuadan maydonni tark etdi
50'
Vuh! Marsial chap qanoda Ivanovichni aldab o‘tdi, jarima maydonchasiga kirdi va yaqin burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
49'
Vuuuh! Runi 22 metrlardan zarba berdi. Kurtua to‘pni qaytardi
48'
Kurt Zuma to‘p bilan oldinga bordi va olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha o‘yinda hisob ochilmadi.
45+1'
Vuuuuh! Terri! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani londonliklar sardori 6-7 metrdan darvoza tomon tepdi. To‘p esa Blindning tirsagiga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi. Terri penalti so‘radi, ammo masofa juda yaqinligi uchun, bor-yo‘g‘i burchak to‘pi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
45'
"MYu"da yaxshi vaziyat! Darmian o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasi tomon yerlatib uzatma berdi. Mata ham, Runi ham to‘pga yeta olmadi
д'
40'
Mata burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Fellayni bosh bilan yo‘lllagan zarba ustun yonidan o‘tib ketdi
35'
Yana bir imkoniyat! Villan o‘ng tomonda Bortvik juda chiroyli o‘tib ketib jarima maydonchasiga kirdi va Oskarga uzatma berdi. Darvozabon maydonchasi ichida Oskarning oyog‘iga to‘pga yetmay qoldi
33'
Ehhhh, Oskar! "Chelsi" qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib keldi. Aspilikuetaning uzatmasidan keyin Oskar darvozabon maydonchasi chizig‘i oldidan zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
32'
Vuuuuh! Oskarning uzatmasidan keyin Diyego Kosta jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi...
29'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Matich bosh bilan zarba berdi. De Xeani to‘pni egallab oldi
26'
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Diyego Kosta bosh bilan bergan zarba noaniq bo‘ldi
24'
"MYu" ketma-ket uchinchi marta to‘pni o‘yinga kiritishga hozirlik ko‘rmoqda
22'
Marsial chap qanotdan darvozabon maydonchasidagi Fellayni tomon uzatma berdi. Zuma to‘pni qaytardi
21'
Villian o‘ng qanotdan ancha noaniq uzatma berdi
18'
Vuuuuuh! Marsial chap qanotda jarima maydonchasi burchagidan olis yuqori burchak tomon zarba berdi. Kurtua barmoqlarining uchi bilan to‘pni maydon tashqarisiga burishga ulgurdi!
16'
Matich o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo to‘pni maydonda olib qola olmadi
13'
Kerrik jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Kurtua to‘pni ushlab oldi
12'
To‘p nazorati mankunianliklar tomonida. Ular navbatdagi burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Ko‘klar" yaxshi himoyalanishmoqda
9'
Darmian o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Lingard to‘pni jamoadoshiga qoldirdi, ammo mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
8'
Bu galgi burchak to‘pini ham Diyego Kosta bosh bilan qaytardi. Kemeron olis masofadan zarba yo‘lladi. Kurtua to‘pni egalladi
7'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p Kostaning oyog‘idan maydonni tark etdi. Yana burchak zarbasi
3'
Fellayni o‘ng qanotdan "Chelsi" jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Qadrli futbol muxlislari. "Chelsi" va "MYu" futbolchilari maydonga chiqib kelishdi. O‘yin boshlanish arafasida
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.