Ispaniya La-ligasi, 22-tur
| 3 fevral, 01:00 | ||
ATLETIK BILBAOIbay Gomes (73)
|
1 : 1 |
REAL MADRIDXese (67)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Xorka Iraisos (G) 24.Mikel Balensiaga 4.Emerik Laport 8.Itturaspe Ander 14.Susayeta Markel 17.Mikel Riko 18.Karlos Gurpegi 21.Ander Errera 10.Oskar de Markos 19.Muniain Iker 20.Aris Aduris |
25.Diyego Lopes (G) 4.Serxio Ramos 12.Viyeyra Marselo 15.Daniel Karvaxal 3.Kepler Pepe 7.Krishtianu Ronaldu 14.Xabi Alonso 19.Luka Modrich 22.Anxel Di Mariya 9.Karim Benzema 20.Xese Rodriges |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Yago Errerin (G) 22.Enrik Saborit 15.Iraola Sagarna 23.Borxa Ekiza 6.Mikel San-Xose 7.Benyat Echebarriya 11.Ibai Gomes |
1.Iker Kasilyas (G) 17.Alvaro Arbeloa 2.Rafayel Varan 5.Fabiu Kuentrau 24.Asyer Ilyaramendi 23.Isko Suares 21.Alvaro Morata |
|
Matn
| ' | Kelayotgan haftaning o‘rtasida esa Ispaniya kubogi yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. "Real"ni yana bir sinov kutmoqda. Madridliklar o‘z hamshaharlari "Atletiko" bilan bellashishadi | |
| ' | "Atletiko" esa har ikkala raqibdan 3 ochko ilgarilab, yaqqol peshqadam bo‘lib oldi. | |
| ' | "Real" muhim 2 ochkodan mahrum bo‘ldi. Bugun qo‘lga kiritilgan 1 ochko tufayli madridliklar "Barselona" bilan ochkolar sonini tenglashtirib olishdi. Ammo kataloniyaliklar 2-pog‘onada turishibdi. Ularning to‘plar nisbati yaxshiroq ko‘rsatkichga ega | |
| ' | "Real" futbolchilari hakamga o‘z noroziliklarini bildirishdi. | |
| 90+4' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI |
| 90+3' | O‘yin tugashiga 30 soniya vaqt qoldi | |
| 90+2' | Har ikkala jamoa shoshilmoqda. G‘alabani ko‘zlamoqda. Mezbon futbolchisining zarbasi kuchli, ammo noaniq bo‘ldi | |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Karvaxal o‘rniga Varan tushirildi |
| 87' | ![]() |
Undan biroz avval "Real" safida Morato maydonda paydo bo‘lgandi |
| 87' | ![]() |
Mezbonlarning uchinchi futbolchisi ham maydonga tushdi |
| 87' | ![]() |
Mezbonlarning burchak to‘pi ilk marta xavfli chiqdi. Darvoza tomon bosh bilan berilgan zarbani yana Lopes egallab oldi |
| 86' | ![]() |
Diyego Lopes o‘z jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi! Darvoza to‘sini ostiga kirib borayotgan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 84' | Darvoqe, "Real"ning 10ta o‘yindan iborat o‘z darvozasidan gol o‘tkazmaslik seriyasi yakunlandi | |
| 83' | ![]() |
Bilbao hujumga zo‘r bermoqda. Burchak to‘pi |
| 81' | ![]() |
Mehmonlar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborish orqali xavfni bartaraf etishdi |
| 79' | G‘alabani ko‘zlayotgan "Real" jiddiy yo‘qotishga uchradi. Madridliklar 10 kishi bo‘lib qanday harakat qilishini kuzatamiz | |
| 76' | Ronaldu provokasiya qurboniga aylandi ochig‘i. U penalti belgilanishi kerak degan ma’noda hakamga qarab qoldi. Bu paytda "Atletik" futbolchisi Ander uning yoniga kelib nimalardir dedi. Ronaldu uning yuzidan shunchaki turtdi. U esa yuzini changallagancha yerga quladi. Hakam esa portugaliyalik futbolchiga darhol qizil kartochka berdi | |
| 75' | ![]() |
Vux, nimalar bo‘lyapti??? Ronalduga qizil kartochka! |
| 74' | ![]() |
Alonsoning qoida buzishi gol bilan yakunlandi! To‘p jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Ramos uni bosh bilan qaytardi. Qaytgan to‘pni zaxiradan tushgan Ibay Gomes darvozaga yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi |
| 73' | ![]() |
Gooool!!! HIsob 1:1 |
| 73' | ![]() |
"Atletik" tarkibida yana bir futbolchi maydonga tushdi! |
| 73' | Xabi Alonso yana bir marta raqibni ortidan tepib yiqitdi. Unda sariq kartochka bor... | |
| 71' | ![]() |
Ronaldu nafaqat to‘pga yetib oldi, balki to‘pni chiziq ustida to‘xtatib, uni himoyachiga tekkazgancha, burchak to‘pi ishladi |
| 69' | ![]() |
"Real" o‘ta tezkor qarshi hujum uyushtirdi. So‘nggi pallada Benzema to‘pni Ronalduga o‘tkazib bera olmadi |
| 67' | ![]() |
Ushbu gol Xese hisobiga yozilgan bo‘lsa-da, asosiy ishni Ronaldu bajardi. Portugaliyalik futbolchi ikki himoyachi orasida bo‘lishiga qaramay, to‘pni jarima maydonchasiga qulay tarzda yetkazib berdi. Xese esa darvozabonning yonidan o‘tkazib oyog‘ining uchi bilan to‘pni darvoza tomon bura oldi. |
| 67' | ![]() |
Goooooolllll! Madrid hisobni ochmoqda! |
| 65' | ![]() |
Mezbon futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni darvozaning olis burchagiga yo‘llamoqchi bo‘ldi. noaniq! |
| 64' | ![]() |
Bugun "Real" himoyachilari burchakdan balandlatib uzatilgan to‘plarda mezbon himoyachilariga hech qanday nasib qoldirishmayapti |
| 63' | ![]() |
"Atletik" burchak to‘pi tepadi |
| 63' | Jamoalar to‘p uchun kurashda bir-birlarini ayashmayapti | |
| 60' | ![]() |
Xesening o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatgan to‘pi o‘tmadi. Keyingi hujum paytida Di Mariya bergan zarba noaniq chiqdi |
| 58' | ![]() |
Bilbaoliklar safida futbolchi almashtirildi |
| 55' | ![]() |
"Atletik" birinchi bo‘limda o‘yin sur’atini tiklashga harakat qilmoqda. Madrid ham ancha jonlanib qolgan. Hozircha mehmonlar bunga ko‘nishmayapti |
| 51' | ![]() |
Ronaldu jarimadan yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi |
| 49' | ![]() |
Ronaldu hozir Modrichning uzatmasidan keyin xattoki gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Biroq hakamlar o‘yindan tashqari holatni qayd etishib, golni inobatga olishmadi. Krishti esa hakamga keskin e’tiroz bildirdi. Takroriy vaziyat ko‘rsatdiki, "Oltin to‘p" sohibi rostdan ham ofsaydda qolgandi |
| 49' | ![]() |
"Real" ikkinchi bo‘limni faol boshladi |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI! |
| ' | Birinchi bo‘limda bitta haqiqiy xavfli vaziyat yuzaga keldi. U Diyego Lopes darvozasi oldida sodir etildi | |
| ' | Bilbaolik muxlislar o‘z jamoalarini o‘ta qizg‘in qo‘llab-quvvatlashayotganini ta’kidlash lozim | |
| 45+1' | ![]() |
Bu vaqt davomida "Atletik" to‘pni o‘z nazoratida ushlab turdi. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa vaqt qo‘shish bilan cheklandi hakam |
| 42' | ![]() |
Maydon markazida mezbon futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. U to‘p uchun sakradiyu, yerga noqulay yiqildi |
| 38' | ![]() |
Benzemaga imkoniyat berilmadi. To‘pni darvozabon egallab oldi |
| 37' | ![]() |
"Real" darvozasi tomon 30 metrlardan jarima zarbasi belgilandi. To‘p jarima maydonchasiga yetkazib berildi. HImoyachilar qaytarishdi |
| 35' | O‘yin sur’ati o‘zgarmayapti. To‘p nazorati bilbaoliklar tomonida, "Real" hujumga o‘tayotganida esa maydon egalari pressing qo‘llashmoqda va to‘pni olib qo‘yishmoqda. Madrid esa pozision himoyalanmoqda | |
| 33' | ![]() |
Qiziq statistika. To‘p bilan muomala qilish ko‘rsatkichi - 54/46%, "Atletik" foydasiga |
| 31' | ![]() |
"Atletik" futbolchisi jarima maydonchasi ichida MArselo bilan to‘p uchun kurashda yiqildi. Penalti emas |
| 30' | ![]() |
Xabi Alonso yana bir marta raqibni ortidan tepib yiqitdi. O‘z jamoasi darvozasi oldida jarima to‘pini "ishlab" berish bilan birgalikda, o‘zi ham ogohlantirish oldi. |
| 28' | ![]() |
Ronalduning zarbasi esa o‘ta noaniq chiqdi |
| 28' | O‘yinning deyarli yarim soati o‘tib bormoqda. Anchelotti shogirdlari hujum tashkil etishga qiynalishmoqda | |
| 26' | ![]() |
Bilbao bugun himoyada yotish niyati yo‘q. Burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi ular. Madridning bo‘ydor himoyachilari yuqoridan yetkazilgan to‘pni qaytarishdi |
| 24' | ![]() |
Karim Benzema hujumda fol ishlatdi |
| 22' | Hakam Xabi Alonsoni ayadi. Uni jiddiy tarzda og‘zaki ogohlantirish bilan cheklandi. Tayanch yarim himoyachisi maydon markazida raqibni tepib yiqitgandi | |
| 20' | ![]() |
"Real" darvozasi tomon yana bir zarba. Rekoshet holatida o‘ziga kelgan to‘pni Lopes quchoqlab oldi |
| 19' | ![]() |
Bilbao yana bir marta jarima maydonchasiga yorib kirdi. Bu safar mezbon futbolchisito‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 18' | ![]() |
Vux!!! "Atletik"ning 18-raqamli hujumchisi ochiqchasiga "Real"ni ayadi! U bir himoyachini aldab o‘tib, Diyego Lopes bilan yuzma-yuz vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi! Bu Madrid uchun jiddiy ogohlik qo‘ng‘irog‘i! |
| 16' | ![]() |
Endi-endi madridliklarning hujumlari jarima maydonchasigacha yetib kelmoqda. Ammo hozircha goldan darak yo‘q. |
| 15' | O‘yinning oltidan bir qismi ortda qoldi. Hozircha darvozalar oldida xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Yana bir soat davomida "Real"ni jiddiy sinov kutmoqda. | |
| 14' | Bilbaoliklarning deyarli maydon markazidan hujum chizig‘i yo‘nalishi bo‘ylab uzatgan to‘pi madridlik himoyachilardan o‘tmay qoldi. AKs holda futbolchi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi | |
| 12' | Asosiy kurash maydon markazida kechmoqda. Lekin to‘p va har bi qarich yer uchun jiddiy kurash bo‘lmoqda | |
| 10' | ![]() |
Maydon markazida Ronalduga nisbatan qoida buzildi. "Real"ning hujumi esa yakunlanmay qoldi. O‘z navbatida "Atletik" ham qarshi hujumni rivojlantira olmadi |
| 8' | ![]() |
Modrichning jarima maydonchasi tomon uzatgan tpi himoyachidan o‘tmadi |
| 7' | O‘yin boshidanoq bilbaoliklar pressing uyushtirishmoqda. "Real" maydonda o‘zini erkin his qilayotgani yo‘q | |
| 6' | ![]() |
Maydon egalari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Madrid uni muammosiz bartaraf etdi |
| 4' | ![]() |
To‘p bilan hamon mezbonlar. Hozircha xavfli hujum yo‘q |
| 3' | ![]() |
Modriy raqib futbolchisining yuziga urib yuborgani uchun kichik tanaffus yuzaga keldi |
| 2' | ![]() |
"Real"ning hujumi darvoza tomon berilgan noaniq zarba bilan yakunlandi |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! |
| ' | Madridning boshqa jamoasi "Atletiko" hozirgina "Real Sosyedad" ustidan yiirik hisobda zafar quchdi va jadvalda peshqadam bo‘lib oldi. | |
| ' | "Atletik" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanish arafasida | |
| ' | Yana bir marta assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|