Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati

«A» guruhi, 1-tur. 10 fevral, soat 19:00. Bosh hakam: Kris Kuley (Avstraliya), Xeldey Idang (Malayziya)

O‘ZBEKISTON

Davron Choriyev (17)
Jamoliddin Sharipov (25)
Dilshod Rahmatov (26)
Artur Yunusov (30)
Konstantin Sviridov (33)

5 : 2

SAUDIYa ARABISTONI

Sufyoniy (23)
Johar Zafir (27)
JAMOALAR TARKIBI
1.Rustam Umarov
7.Dilshod Rahmatov
8.Farhod Abdumavlonov
11.Artur Yunusov
14.Konstantin Sviridov
  1.Talal Solih ash-Shehriy
4.Aroan Nafov Muborak
9.Moaz Muhammad al-Asiriy
12.Faris Fahad al-Maleh
14.Essam Atiah Sufyoniy
ZAHIRA
2.Dilshod Irsaliyev
3.Nodir Eliboyev
4.Feruz Faxriddinov
5.Davron Choriyev
6.Javlon Anorov
9.Andrey Shlyoma
10.Jamoliddin Sharipov
12.Akmal Hazratqulov
13.Klim Tyugayev
  2.As’ad Nossir as-Sa’d
3.Sayid Muborak as-Saluliy
5.Ali Yosin al-Kudusiy
6.Yahyo Ali ash-Shuhriy
7.Johar Zafir Jmah
8.Dalbuh Yazid Muhammad
11.Faysal Sulton as-Sulton
13.Eyhab Kossir as-Sa’d

Matn

40'
O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni 5:2!
40'
50 soniya vaqt qoldi
39'
Saudiyada uchinchi fol
37'
JAmoamiz raqibning maydoni tomonida pressing uyushtirib, to‘pni olib qo‘ydi. Sviridov zarba bera olmadi
36'
Saudiya beshinchi o‘yinchi taktikasi o‘tdi
35'
Saudiya bosh murabbiyi taym aut oldi
34'
Abdumavlonov maydon markazida zarba berdi. Talal zarbani qaytardi
33'
Ehhh, Sviridov o‘tkir burchak ostida darvozani ishg‘ol qila olmadi
33'
GOOOOOL! Konstantin Sviridov, 5:2! BUrchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachimiz 10 metrlardan darvoza burchagiga joyladi!
32'
Ehhhh, Sviridov!!! Ikki bir vaziyatdan darvozani ishg‘ol qila olmadi!
30'
Eliboyevning noto‘g‘ri uzatmasini Sufyoniy egallab oldi va yaqinlashib kelib zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
30'
GOOOOOL! Artur Yunusov, 4:2! Eliboyev maydon markazida to‘pni olib qo‘ydi va qarshi hujumda Yunusov darvozani ishg‘ol qildi!
29'
Yaxshi vaziyat! Rahmatovning zarbasini darvozabon qaytardi. Irsaliyevning zarbasini himoyachi qaytardi
29'
Dilshod Irsaliyev ham ogohlantirildi
29'
Johar Zarif ogohlantirildi. Saudiyaning birinchi foli. Shuningdek, Moaz Muhammadga ham ogohlantirish berildi
28'
Vuuuuuh! Rahmatovning 10 metrlardan zarbasi to‘singa tegib qaytdi
27'
Artur 7 metrdan aniq zarba bera olmadi
27'
GOOL! Johar Zafir, 3:2! Jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarbani Umarov qaytara olmadi
26'
GOOOOL! Dilshod Raxmatov, 3:1! Darvozabon oldinga chiqib ketganidan foydalanib, hisobni oshirdik
25'
GOOOOOL! Jamoliddin Sharipov, 2:1!
24'
GOOL! Sufyoniy, 1:1! Raqiblar Umarov bilan ikki bir vaziyatga qolishdi va imkoniyatdan foydalanishdi!
23'
Abdumavlonov chap burchakdan darvoza oldiga uzatma berdi. To‘p himoyachi tegib, maydonchani tark etdi
21'
Ehhhh! Burchak to‘pini o‘yinga kiritdik. Qanotdan yetkazilgan uzatmaga Yunusov bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq
21'
Ikkinchi bo‘limni O‘zbekiston boshlab berdi
'
Birinchi bo‘limda jamoamizdagi hayajon sezilib turdi. Ikkinchi bo‘limda hammasi joyiga tushadi deb umid qilamiz
20'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni 1:0. Tanaffus
20'
Saudiyaliklar to‘pni nazorat qilishmoqda
17'
GOOOOOL! Davron Choriyeeeev! Saudiya himoyachilarining xatosidan foydalanib darvozani ishg‘ol qildi!
17'
Xavfli zarba! Saudiyaliknin zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi
17'
Follar bo‘yicha hisob 5:5....
15'
Ehhhhhhhhhhhhhhhhhhhh! Uchga bir vaziyatga chiqib, gol ura olmadik! DAstlabki zarbani darvozabon, keyingisni himoyachi qaytardi!!!
15'
Ehhh, Yunusov! 3 metrdan o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi...
15'
Vuuuh! Sviridov shundoq darvoza oldida darvozaga teskari turgan tovoni bilan zarba berdi! Darvozabon bir amallab qaytardi
15'
Saudiyaning follari 5taga yetdi
15'
Qarshi hujumda yaxshi vaziyatga ega bo‘ldik. Ammo foydalana olmadik
14'
Follar bo‘yicha 4-4
14'
Artur Yunusov fol ishlatdi. Uchinchi fol
13'
Rustam Umarov yana zarbani qaytardi
13'
Vuuuuh! Yon chiziqdan yetkazilgan uzatmaga Yunusov bosh bilan zarba berdi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi
13'
Bu safar Eliboyev murakkab vaziyatda jamoamizni qutqardi!
12'
Anorovning uzatmasiga Eliboyev yeta olmadi
12'
Taym aut olindi.
11'
Rustam Umarov yana bir zarbani bartaraf etdi.
11'
Shlyomaning zarbasi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi. Burchak to‘pidan foydalana olmadik
11'
Raqiblarimiz qarshi hujumda xavfli hujum tashkil qilishdi. Hujum yaqin masofadan aniq zarba bera olmadi
10'
Burchak to‘pi ham xavfli bo‘ldi. Saudiyalik o‘yinchining zarbasi biroz noaniq bo‘ldi
10'
Vuuuuh! Rustam Umarov yaqin masofadan berilgan zarbani qaytardi!
8'
Sviridovning zarbasi noaniq bo‘ldi
8'
Irsaliyevga nisbatan fol ishlatildi. SAudiyaning follari 4taga yetdi
6'
To‘p ustun yonidan o‘tib, darvoza ortidagi reklama shitlariga tegib, maydonga qaytgan ekan...
5'
GOOOOOL emas! Javlon Anorovning zarbasidan so‘ng to‘p to‘rga borib tushdi, ammo negadir gol inobatga olinmadi. Tushunarsiz..
5'
Terma jamoamiz tashabbusni qo‘lga olib, raqib darvozasi tomon bosim uyushtirmoqda
5'
Eliboyevning uzatmasiga Yunusov zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
5'
Sharipovga nisbatan fol ishlatildi
3'
Saudiya Arabistonida birinchi fol
3'
Vuuuuuuuh! Saudiyalik futzalchining zarbasi ustunga tegib qaytdi!!!
2'
Dilshod Rahmatovning zarbasi noaniq bo‘ldi
2'
Sufyoniyning zarbasi noaniq bo‘ldi
2'
O‘zbekistonning follari soni 2taga yetdi
1'
Yunusov to‘pni oldirib qo‘ygani bois mehmonlar oldinga o‘tishdi va 7 mterlardan zarba berildi. Umarov to‘pni yon tomonga urib yubordi
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga yashil formadagi saudiyaliklar kiritib berishdi
'
Uchrashuv boshlanish arafasida
'
Navbat O‘zbekiston madhiyasiga
'
Saudiya Arabistoni madhiyasi yangramoqda
'
Diqqat, jamoalar maydonchaga chiqib kelishmoqda.
'
18:00da "O‘zbekiston" sport kompleksi muxlislar bilan liq to‘lib bo‘lgan. Undan keyin kelgan muxlislar esa majmuaga kiritilmadi
'
18:00da musobaqaning ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Qisqa davom etgan marosimdan so‘ng O‘zbekiston va Saudiya terma jamoalari futbolchilari maydonchaga chiqib, o‘yinoldi chigalyozdi mashg‘ulotini boshlashdi. Hozirgina futzalchilar kiyinish xonasiga yo‘l olishdi
'
O‘zbekiston milliy terma jamoasiing Osiyo chempionatidagi dastlabki o‘yinidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol va futzal muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.