Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 26-tur. 13 fevral, soat 17:45 | ||
SANDERLENDVahbi Xazri (3)
Lamin Kone (82) |
2 : 1 |
MANCHESTER YUNAYTEDEntoni Marsyal (39)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.Vito Mannone (D) 23.Lamin Kone 24.DeAndre Yedlin 27.Yan Kirxoff 03.Patrik van Anxolt 16.Jon O'Shi 21.Yann Mvila 06.Li Kattermol 22.Vaxbi Xazri 18.Jermeyn Defo 10.Dame N'Doye |
01.David de Xea (D) 43.Kemeron 12.Kris Smolling 17.Deyli Blind 36.Matteo Darmian 35.Jessi Lingard 08.Xuan Mata 16.Maykl Kerrik 28.Morgan Shnayderlen 10.Ueyn Runi 09.Entoni Marcial |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Jordan Pikford (D) 05.Ues Braun 12.Adam Mettyuz 08.Jek Roduell 39.Jorj Xanimen 20.Ola Toyvonen 09.Fabio Borini |
20.Serxio Romero (D) 37.Donald Lav 44.Andreas Pereyra 07.Memfis Depay 47.Jeyms Veyr 21.Ander Errera 48.Uilyam Kin |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
De Andre Yedlin (38)
Jon O'Shi (45+1) |
Ueyn Runi (46)
Xuan Mata (58) Maykl Kerrik (59) |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! "Sanderlend" o‘z maydonida kechgan qiyin o‘yinda "MYu"ni mag‘lubiyatga uchratdi! |
| 90+4' | ![]() |
Vuuuuh! Van Anxolt chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Vuuuh! Depay 10 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining tirsagiga tegib, maydonni tark etdi... |
| 85' | ![]() |
"Sanderlend"da o‘zgarish: Kattermol o‘rniga Ola Toyvonen tushdi... |
| 82' | ![]() |
GOOOOOL! Lamin Kone, 2:1! "Sanderlend" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va yarim himoyachi 6 metrdan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 80' | ![]() |
Vuuuuh! Bortvik-Jekson chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va Depayga uzatma berdi. Memfis yo‘llagan zarbani Mannone egallab oldi |
| 77' | ![]() |
"MYu" ketma-ket ikkinchi marta to‘pni o‘yinga kiritdi. |
| 72' | ![]() |
Vuuuuh! Lamin Kone chap tomondan o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. De Xea to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi |
| 71' | ![]() |
"Sanderlend"da o‘zgarish: Defo o‘rniga Fabio Borini tushdi |
| 68' | ![]() |
Vuuuuh! Xuan Mata jarima maydonchasi ichida zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Himoyachi to‘p yo‘liga o‘zini tashladi va uni qaytardi |
| 66' | ![]() |
Bir necha daqiqa oldin Lingard o‘rniga Memfis Depay tushirilganini eslatib o‘tamiz |
| 65' | ![]() |
Xazri tomondan burchakka yo‘llangan zarbani David de Xea egallab oldi |
| 63' | ![]() |
Donald Lav Xazrini yiqitdi. Darvozagacha 23 metr |
| 62' | ![]() |
Runi ofsaydda qoldi |
| 61' | ![]() |
Vuuuuuh! Aniq uzatma natijasida Dame N'Doye birga bir vaziyatga chiqib ketdi olis burchak tomn zarba berdi. De Xea zarbani oyog‘i bilan qaytardi! |
| 60' | ![]() |
Dame N'Doye chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomonga uzatma berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 59' | ![]() |
Bu safar Kerrik ham ogohlantirildi |
| 58' | ![]() |
Xuan Mata sariq kartochka oldi |
| 54' | ![]() |
Vuuuuuh! "Sanderlend" tezkor hujum tashkil qildi. Kattermol chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Defo to‘pni darvoza tomon burdi, ammo to‘p Blindning oyog‘iga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi!!! |
| 51' | ![]() |
Takroriy lavha ko‘rsatdiki, Jon O'Shi zarba bergan paytda Runi to‘pni qo‘li bilan qaytargan ekan... |
| 50' | ![]() |
Burchakdan berilgan uzatmaga "Sanderlend" hujumchisi bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 49' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Jon O'Shi bosh bilan zarba berdi. To‘pi Runiga tegib maydonni tark etdi |
| 49' | ![]() |
"Sanderlend" o‘ng tomondan burchakka yaqin joyda to‘pni o‘yinga kiritadi |
| 46' | ![]() |
Ueyn Runiga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinich bo‘limga start berildi |
| 45+4' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Sanderlend" - "MYu" 1:1. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
"Yunayted" hujum qilishda davom etmoqda. Hozircha mezbonlar bexato himoyalanishmoqda |
| 39' | ![]() |
GOOOOOL! Entoni Marsyal, 1:1! Xuan Mata jarima maydonchasi chizig‘i ustida kuchli zarba yo‘lladi. Burchakka borayotgan to‘pni Mannone qaytardi. Qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib Marsyal yetib keldi va o‘tkir burchak ostida to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, darvozaga joyladi! |
| 38' | ![]() |
De Andre Yedlin ogohlantirildi |
| 37' | ![]() |
"MYu"da ham majburiy o‘zgarish: Darmian yelkasini ushlab maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Donald Lav tushdi |
| 36' | ![]() |
Darmian raqib futbolchisi bilan to‘qnashuvda jarohat oldi |
| 34' | ![]() |
Bortvik-Jekson chap qanotdan darvoza oldiga uzatma berdi. Mannone to‘pni mushti bilan urib yubordi |
| 30' | ![]() |
Mata! Runi chap tomondan yerlatib uzatma berdi. Xuan jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon tepdi. Mannone to‘pni egallab oldi |
| 28' | ![]() |
Xazri chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Blindni chalg‘itib olis burchak tomon aylanma zarba berish harakat qildi. Zarba ancha noaniq bo‘ldi |
| 25' | ![]() |
Xazri jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p Shnayderlinning qo‘liga tegdi. Masofa juda yaqin edi, shu bois hakam penalti belgilamadi |
| 21' | ![]() |
Defo "MYu" jarima maydonchasi ichida darvozaga teskari turgan holda tshpni qabul qildi va tovoni bilan uzatma berdi. To‘p hujumchilargacha yetib bormadi |
| 17' | ![]() |
Marsyal chap ianotdan uzatma berdi. Runi tshpga yeta olmadi |
| 15' | ![]() |
"Sanderlend"da majburiy o‘zgarish: Yan Kirxoff o‘rniga Jek Roduell tushirildi |
| 13' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Yan Kirxoff yon qanotga tepib yubordi, ammo jarohat oldi |
| 12' | ![]() |
Qanotdan yetkazilgan uzatmani mezbon himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to‘pi |
| 5' | ![]() |
Mata jarima maydonchasi ichidagi Runiga uzatma berdi. Himoyachilar Ueynga zarba berish imkonini berishmadi |
| 3' | ![]() |
GOOOOOOL! Xazri, 1:0! Xazri chap qanotdan jarima to‘pini darvoza tomon aylantirdi. To‘p pastlab bordi, futbolchilar orasidan o‘tdi va olis ustunga tegib, to‘rga borib tushdi! De Xea to‘pga reaksiya qilishga ulgurmadi! Shu tariqa "Sanderlend" hisobni ochmoqda! |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli Angliya chempionati muxlislari. Bugun 26-turga start berilmoqda. E’tiboringizga "Sanderlend" - "Manchester Yunayted" o‘yinidan matnli onlayn translyasiyani havola qilamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|