| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 24-tur. 13 fevral, soat 20:00. Bosh hakam: Alfonso Alvares Iskiyerdo | ||
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (3, 87)
Xames Rodriges (37) Toni Kroos (45) |
4 : 2 |
ATLETIK BILBAOXavyer Eraso (10)
Gorka Elustondo (90) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 02.Rafayel Varan 04.Serxio Ramos 15.Daniel Karvaxal 16.Mateo Kovachich 10.Xames Rodriges 08.Toni Kroos 19.Luka Modrich 23.Danilo 09.Karim Benzema 07.Krishtianu Ronaldu |
01.Xorka Iraisos (D) 04.Emerik Laport 24.Mikel Balensiaga 16.Xabyer Etkseyta 30.Inigo LekuYE 08.Ander Iturraspe 25.Sabin 10.Oskar de Markos 07.Benyat Echebarriya 05.Xavyer Eraso 20.Aris Aduris |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 06.Nacho Fernandes 17.Alvaro Arbeloa 18.Lukas Vaskes 14.Kazemiro 22.Isko 20.Xese |
13.Yago Errerin (D) 02.Eneko Boveda 17.Mikel Riko 18.Karlos Gurpegi 03.Gorka Elustondo 19.Iker Muniain 21.Borxa Viguera |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi va u yakuniga yetib, hakamning hushtagi yangradi. "Real" navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. |
| 90' | ![]() |
GOOOOL! Gorka Elustondo, 4:2! Oskar de Markos o‘ng qanotdan uzatma berdi va Elustondo bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 88' | ![]() |
Vuuuuuh! Krishtianu xet-trik qilishi mumkin edi! Isko jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarba natijasida to‘p rekoshet holatda chap tomondagi Ronalduga bordi va Krishtianu birga bir vaziyatda gol ura olmadi. Iraisos uning zarbasini oyoq bilan qaytardi! |
| 87' | ![]() |
GOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 4:1! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani portugaliyalik hujumchi ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi, himoyachini aldadi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 83' | ![]() |
Varan ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatildi. U maydon markazida Aduris bilan havodagi to‘p uchun kurashdi. Hakam tirsakni ishga soldi deb hisobladi |
| 82' | ![]() |
Vuuuuuh! Nacho chap qanotdan uzatma berdi va Benzema 11 metrli nuqta ustida to‘pni darvoza tomon burishga harakat qildi. Noaniq |
| 81' | ![]() |
Iskoning uzatmasidan keyin Ronaldu chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladdi. Iraisos to‘ni egalladi |
| 79' | ![]() |
Ehhhh! Ronaldu uzatmasini Xames jarima maydonchasi ichida qabul qildi va to‘pni chap oyog‘iga to‘g‘rilab zarba berdi. To‘p ofsaydga kirib qolgan Benzemaga tegdi |
| 77' | ![]() |
Ronaldu chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi. |
| 76' | ![]() |
"Atletik" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Varan to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 73' | ![]() |
O‘ng qanotdan Aduris tomon yetkazilgan uzatmani Varan bosh bilan qaytardi va Navas to‘pni egallab oldi. |
| 72' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Kovachich o‘rniga Isko tushdi. |
| 71' | ![]() |
Luka Modrich ogohlantirish oldi. |
| 69' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Danilo o‘rniga Nacho Monreal tushdi |
| 68' | ![]() |
Vuuuuuh! Keylor Navas "Real"ni muqarrrar goldan qutqayrdi! Toni Kroos o‘z jarima maydonchasi oldida to‘pni raqiblarga oldirib qo‘ydi va Aduris birga bir vaziyatda zarba berishga ulgurmadi. Navas oldinga yugurib chiqdi va hujumchi oyog‘i tagiga tashlanib, to‘pni tepib yubordi! |
| 67' | ![]() |
"Real" xavfli qarshi hujum tashkil qildi! Modrich o‘ng qanotdan bergan uzatmani Kovachich jarima maydonchasi tashqarisida to‘xtatdi va zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 64' | ![]() |
Vuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Balensiaga bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 63' | ![]() |
Kroos chiroyli uzatma bilan Karvaxalni birga bir vaziyatga chiqardi. Himoyachi ofsaydda deb topildi |
| 59' | ![]() |
Ronaldu chap tomon yordamga kelgan Karvaxalga uzatma berdi. HImoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 52' | ![]() |
Vuuuuh! Ronaldu tomonidan yo‘llangan dastlabki zarba jonli devorga tegib qaytdi. Takroriy zarba burchakka yo‘l olayotgandi, Iraisos qaytardi! |
| 51' | ![]() |
Benzema shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida yiqitildi. Jarima zarbasi xavfli bo‘liish kerak |
| 49' | ![]() |
Karvaxal ofsaydda qoldi |
| 46' | ![]() |
Mehmonlar maydon markazidan turib "Real" jarima maydonchasiga kirayotgan Aduris tomon uzatma berishdi. Aris to‘pga biroz yeta olmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Real" - "Atletik" - 3:1. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
GOOOOL! Toni Kroos, 3:1! Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan 11 metrli nuqta ustida turgan Kroosga aniq uzatma berdi. Toni kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 44' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kovachich noaniq zarba yo‘lladi |
| 43' | ![]() |
Balensiaga sariq kartochka oldi. |
| 39' | ![]() |
Vuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatni Eraso 7-8 metrlardan yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p Karvaxalning ko‘kragiga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Ammo hakam burchak to‘pi belgilamadi |
| 37' | ![]() |
GOOOOOOL! Xames Rodriges, 2:1! Kolumbiyalik yarim himoyachi jarima maydonchasi tashqarisidan chiroyli zarba bilan to‘pni burchakka joyladi! |
| 35' | ![]() |
Karvaxal yana bir marta o‘z jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurashda Adurisga yutqazdi. Bu safargi zarba yo‘liga Ramos g‘ov bo‘ldi |
| 34' | ![]() |
Basklardan xavfli javob hujumi! Aduris o‘ng tomonda Karvaxaldan o‘tib ketdi va orqaroqqa uzatma berdi. de Markos darvoza tomon aniq zarba bera olmadi |
| 32' | ![]() |
Vuuuuuh! "Real"dan yana bir xavfli hujum! Karvaxal chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta ustiga to‘pni yetkazdi. Xames yo‘llagan zarba yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi! |
| 31' | ![]() |
Yaxshi hujum! Danilo o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Xames yetkazgan to‘pni Benzema tomon yetkazdi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 29' | ![]() |
Vuuuuuh! Danilo o‘z qanotida xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni oldirib qo‘ydi. Yarim himoyachi jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Balensiaga to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p to‘singa tegib, yon tomonga ketdi!!! |
| 24' | ![]() |
Vuuuuuuh! Xames o‘ng qanotdan havodan uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi. Yuqoriga ko‘tarilgan to‘pga Danilo yetib keldi va bosh bilan zarba berdi. Iraisos zarbani qaytardi! Ajoyib seyv! |
| 22' | ![]() |
Vuuuh! Benzemaning uzatmasidan keyin Ronaldu markaz bo‘ylab ikki himoyachi orasidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi. Himoyachiku to‘pni olib qo‘ydi, ammo hakam o‘yindan tashqari holatni noto‘g‘ri qayd etib, o‘yinni to‘xtatdi |
| 19' | ![]() |
Vuuuuh! Qanotdan yetkazilgan uzatmaga Aduris bosh bilan zarba berdi. dan yaxshi seyv! |
| 16' | ![]() |
Rafael Varan ogohlantirildi. |
| 15' | ![]() |
Ronaldu jarimadan yo‘llangan zarba natijasida to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 14' | ![]() |
Xavyer Erasoga ogohlantirish berildi. U jarima maydonchasi burchagida o‘zidan o‘tib ketayotgan Ronalduni chaldi |
| 10' | ![]() |
GOOOOOOL! Xavyer Eraso, 1:1! Varan qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. "Real" jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni himoyachi Navas tomon noqulay uzatdi. Keylorning qo‘liga tekkan tomon biroz yon tomonga ketdi, ammo Eraso birinchi bo‘lib yetib keldi va bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 9' | ![]() |
Vuuuuh! Ronaldu yana chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Himoyachi bir amallab to‘pni qaytardi. Yuqoriga ko‘tarilgan to‘pga birinchi bo‘lib Kovachich yetib keldi va zarba berdi. Iraisos to‘pni maydon tashqarisiga chiqardi |
| 8' | ![]() |
Vuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Aduris bosh bilan "Real" darvozasi tomon burishga harakat qildi. Noaniq |
| 7' | ![]() |
Ronaldu chap tomonda himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi va yiqildi. Tan olish kerak u simulyasiya ishlatdi. Hakam buni payqadi |
| 6' | ![]() |
"Atletik"ning hujumi. Aduris tomon yetkazilgan uzatmani jarima maydonchasi ichiga tashlab yugurmoqchi bo‘ldi, ammo to‘pni Navas egallab oldi |
| 3' | ![]() |
GOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 1:0! Benzemaning uzatmasidan keyin portugaliyalik futbochli jarima maydonchasiga kirdi va bir himoyachini aldab, olis yuqori burchakni aniq nishonga oldi! |
| 1' | ![]() |
"Real" - "Atletik" uchrashuvi boshlandi! |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli ispan futboli muxlislari. Ispaniya chempionatining markaziy uchrashuvidan matnli translyasiyani boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|