| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati
| Chorak final. 17 fevral, soat 16:00 | ||
O‘ZBEKISTONDilshod Rahmatov (18, 39)
Nodir Eliboyev (31) |
3 : 0 |
IROQ |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Rustam Umarov 7.Dilshod Rahmatov 8.Farhod Abdumavlonov 11.Artur Yunusov 14.Konstantin Sviridov |
4.Muhammad Nur Neamah 5.Husayn az-Zubaydiy 8.Hasan Jabbor 11.Rafid Eysa 14.Volid Fahim |
|
| ZAHIRA | ||
|
2.Dilshod Irsaliyev 3.Nodir Eliboyev 4.Feruz Faxriddinov 5.Davron Choriyev 6.Javlon Anorov 9.Andrey Shlyoma 10.Jamoliddin Sharipov 12.Akmal Hazratqulov 13.Klim Tyugayev |
2.Mustafo Hamza 3.Firas Obid 6.Abulfozil Baiuy 7.Salim Obid 9.Mohir Abbos 10.Amjad Xvede 12.Umar Juma 13.Saif Muhammad |
|
Matn
| 40' | ![]() |
O‘yin tugadi! O‘zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!!!! Tabriklarni qabul qiling, qadrli o‘zbekistonlik ishqibozlar! |
| 40' | ![]() |
O‘yin tugashiga 4 soniya qolganida Rafid Hamid Umarovning oyog‘iga tepgani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydondan chetlatildi |
| 40' | ![]() |
Artur Yunusov sariq kartochka oldi. Zaxiradan tushayotganda texnik xatoga yo‘l qo‘ygani uchun |
| 39' | ![]() |
GOOOOOOL! Dilshod Rahmatooooov, 3:0! Mana imkoniyatdan foydalandik! Abdumavlonovning uzatmasidan keyin Rahmatov bir himoyachini aldab o‘tdi va darvozani ishg‘ol qildi! O‘yin tugashiga 1 daqiqayu 9 soniya qoldi |
| 39' | ![]() |
Vuuuuuh! Darvozamiz ustuni, darvozabonimiz va himoyachilarimiz darvozamiz tomon berilgan zarbalarni qaytarishdi |
| 37' | ![]() |
Umarov to‘pni egallab oldi va bo‘sh qolgan darvoza tomon aniq zarba berdi. Himoyachi ortga qaytishga ulguribdi, to‘pni yon tomonga tepib yubordi. |
| 37' | ![]() |
Bo‘sh darvozani ishg‘ol qilish imkoniyati bizda bo‘lyapti, ammo foydalana olmayapmiz |
| 35' | ![]() |
iroqda o‘ynovchi darvozabon vazifasini Saif Abdulmalik bajarmoqda |
| 34' | ![]() |
Iroq futzalchisi zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Umarov qaytardi. Bo‘sh darvozaga to‘pni yo‘naltira olmadik |
| 33' | ![]() |
Iroq hozirdanoq beshinchi o‘yinchi taktikasini qo‘llashni boshladi. |
| 33' | ![]() |
Iroq hozirdanoq beshinchi o‘yinchi taktikasini qo‘llashga boshladi. |
| 32' | ![]() |
Vuuuh! Hujum paytida to‘pni oldirib qo‘ydik va Rafid Hamid oldinga o‘tib 10 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. |
| 31' | ![]() |
GOOOOOOL! Nodir Eliboyeoooyeeeeevvv, 2:0! Terma jamoamiz burchak to‘pidan chiroyli kombinasiya orqali Iroq darvozasini ishg‘ol qildi! |
| 31' | ![]() |
Vuuuuuuh! Irsaliyev! 12 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Muhammmad Nur zarbani qaytardi! |
| 28' | ![]() |
Abdumavlonov 8-9 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Muhammad Nur to‘pni yon tomonga urib yubordi. |
| 27' | ![]() |
Muhammad Nurga ogohlantirish berildi. U Artur Yunusovning oyog‘iga xavfli tashlandi va yiqitdi. 7 metrdan jarima zarbasi tepamiz. |
| 27' | ![]() |
Salim Obid olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi. |
| 27' | ![]() |
Rafid Hamid ogohlantirildi. Artur Yunusov raqibdan to‘pni olib qo‘yib, oldinag o‘tayotganidan iroqlik futzalchi uni qo‘li bilan yiqitdi. |
| 25' | ![]() |
Vuuuuuh! Choriyev chap qanotdan to‘zp uchun oxirigacha kurashdi va ikki nafar iroqlik futzalchi orasidan Eliboyev tomon uzatma bera oladi. Noidrning zarbasidan so‘ng ustun yonginasidan o‘tib ketdi!!! |
| 24' | ![]() |
Eliboyev maydon markazidan zarba yo‘lladi, darvozabon muammosiz egallab oldi |
| 24' | ![]() |
Rafidning uzatmasi Hasan Aliga aniq yetib keldi. U to‘pni darvoza ustidan oshirishga urindi. Noaniq |
| 21' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 20' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. O‘zbekiston - Iroq - 1:0. Tanaffus. 15 daqiqa dam olamiz |
| 18' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Dilshoooood Rahmatoooov, 1:0! 9 metrlardan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. To‘p to‘singa tegib, so‘ngra to‘rga tushdi! |
| 18' | ![]() |
Umaroooov! Volid bilan birga bir vaziyatda bizni qutqardi! |
| 17' | ![]() |
Vuuuuh! Raiqb jarima maydonchasi atrofida to‘pni olib qo‘ydik, ammo Abdumalonovning zarbasi noaniq chiqdi |
| 17' | ![]() |
Vuuuuh! Ehhhh! Rahmatov to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza tomon zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, ustun yonida turgan Yunusovga tegdi. Darvozabon esa chiziq ustida to‘pni egallab oldi |
| 17' | ![]() |
Iroq jarima maydonchasi chizig‘iga 2 metr masofadan Yunusovga nisbatan fol ishlatildi. Volid Xolidga sariq kartochka |
| 16' | ![]() |
Raqib qarshi hujumini qiyinchilik bilan bartaraf etdik |
| 14' | ![]() |
Maydonning raqib tomonida pressing natijasida ba’zida iroqliklar qarshi hujum tashkil qilimshmoqda. Hozir jamoamiz Volid Xolidni ko‘zdan qochirishdi. U tomon yetkazilgan uzatmani Umarov tepib yuborishga ulgurdi |
| 13' | ![]() |
Vuuuuuh! Darvozabon qarshisida ochilgan Choriyev tomon uzatma berildi. Davron to‘pni darvozabonning stidan oshirib qo‘yishga urindi. To‘p Nurning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 12' | ![]() |
Eliboyev maydon markazidan kuchli zarba berdi. Posbon to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va ikkinchi urinishda uni jamoadoshiga yetkazib berdi |
| 11' | ![]() |
Eliboyev o‘ng chiziqqa yaqin joyjan zarba berdi. To‘p Nurning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 10' | ![]() |
Vuuuuh! Iroq bizni kechirdi. Rafid Hamid jarima maydonchamiz oldida to‘pni qabul qildi, Sviridovni aldadi va o‘ngroqda ochiq turgan Salim Obidga uzatma berdi. Salim darvoza tomon aniq zarba bera olmadi |
| 9' | ![]() |
Vuuuuh! Burchakdan yetkazilgan to‘pni qabul qilish bilan birga Yunusov bir futzalchini aldadi va 6 metrlardan zarba berdi. To‘p himochiga tegib qaytdi |
| 9' | ![]() |
Yunusov 10 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 8' | ![]() |
Iroq xavfli vaziyatlar sonini oshirib bormoqda. Rustam Umarov dastlab Volid Xolidning, so‘ngra Rafid Hamidning zarbasini qaytardi! Ehtiyot bo‘lish kerak! |
| 6' | ![]() |
Jamoliddin Sharipov sariq kartochka oldi. Hakam uni simulyasiya ishlatdi deb hisobladi |
| 6' | ![]() |
Birga bir vaziyatga ochilayotgan Anorov tomon Sharipov uzatma bera olmadi |
| 5' | ![]() |
Volid Xolid oldinga bordi va 3 futbolchimiz orasida bo‘lishiga qaramay 7 metrdan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Umarov zarbani qaytardi |
| 5' | ![]() |
Iroq posboni Muhammad Nurga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 4' | ![]() |
Vuuuuh! Javlon Anorov deyarli maydon markazidan zarba berdi. To‘p Muhammad Nurning qo‘lidan maydonni tark etdi |
| 3' | ![]() |
Raqib jarima maydonchasi atrofida iroqliklardan to‘pni olib qo‘ydik, ammo Yunusov zarba berishga ulgurmadi |
| 2' | ![]() |
Terma jamoamiz pressing ishlatib, raqibni maydon markazidan o‘tishiga deyarli yo‘l qo‘ymayapti |
| 2' | ![]() |
Jarimadan to‘p Yunusovga yetkazildi va u qanotga o‘tib zarba berdi. Noaniq |
| 2' | ![]() |
Abdumavlonovga nisbatan fol ishlatildi |
| 1' | ![]() |
Vuuuh! Yon chiziqdan to‘p o‘yinga kiritilganidan keyin Yunusov 10 metrlardan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! To‘pni o‘yinga Iroq futzalchilari kiritib berishdi |
| ' | Terma jamoalar suratga tushishmoqda | |
| ' | Yana 2 daqiqada so‘ng uchrashuv boshlanadi... | |
| ' | ![]() |
Endi navbat O‘zbekiston davlat madhiyasiga. Birga kuylaymiz |
| ' | ![]() |
Dastlab Iroq davlat madhiyasi yangraydi |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston oq, Iroq yashil rangli formada o‘ynaydi |
| ' | ![]() |
Diqqat, O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari maydonchaga chiqib kelishmoqda! |
| ' | Terma jamoamiz hali JChda ishtirok etmagan. Demak, bugun futzalimiz tarixida yangi sahifa ochilishi mumkin | |
| ' | ![]() |
Osiyo chekmpionatida hal qiluvchi palla yetib keldi. Chorak final o‘yinlari boshlanmoqda. O‘zbekiston Iroq qarshiligini yengib o‘tsa, qit’a chempionatining yarim finaliga chiqish bilan birga, JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futzal muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|