Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

16-turning qoldirilgan o‘yini, 17 fevral, soat 22:30

SPORTING XIXON

Karlos Kastro (27)

1 : 3

BARSELONA

Lionel Messi (25, 31)
Luis Suares (67)
JAMOALAR TARKIBI
01.Ivan Kuelyar (D)
04.Igor Lixnovski
28.Xorxe Mere
03.Aleks Menendes
15.Roberto Kanelya
22.Pablo Peres
17.Omar Maskarell
25.Alen Xalilovich
11.Alberto Lora
10.Nacho Kases
16.Karlos Kastro
  13.Klaudio Bravo (D)
24.Jeremi Matyo
21.Adriano
03.Jerar Pike
22.Aleysh Vidal
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
07.Arda Turon
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
11.Neymar
ZAHIRA
13.Alberto Garsia (D)
21.Ognen Vranyesh
09.Migel Guerrero
23.Joni
24.Rashid
08.Aleks Barrera
18.Ismoil Lopez
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
15.Mark Bartra
23.Tomas Vermalen
06.Dani Alves
14.Xavyer Maskerano
08.Andres Inyesta
17.Munir el-Haddodiy

Matn

90+3'
Uchrashuv tugadi. "Barselona" navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklarning ochkosi 60taga yetdi. Ular "Atletiko"dan 6, "Real"dan 7 ochkoga ilgarilab ketishdi.
90+1'
Kanelya sariq kartochka oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
86'
Xalilovich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
81'
"Barselona"da ikkita o‘zgarish: Buskets va Pike o‘rniga Maskerano va Bartra tushdi
80'
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
78'
Buskets sariq kartochka oldi. Keyingi turni o‘tkazib yuboradi
76'
Messining uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqdi. Kuelyar to‘pni egallab oldi
72'
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Ivan qaytardi
71'
Vuuuuh! Ardaning chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqinlashganini Messi ko‘rdi va unga uzatma berdi. Turon bo‘sh darvoza qarshisida turgan SUaresga to‘pni to‘xtatmasdan uzatdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. SUares ulgurmadi
67'
GOOOOOL! Luis Suares, 1:3! Urugvaylik futbolchi xatosini to‘g‘riladi. U jarima maydonchasi ichida Vidaldan uzatma qabul qildi, ikki himoyachi orasidan o‘tdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustunga tegib, to‘rga borib tushdi!
62'
Ohohoho! Suaresning penaltidan yo‘llagan zarbasini Kuelyar qaytardi!!!
61'
"Sporting" darvozasiga esa penalti! Pikening uzatmasidan keyin Neymar birga bir vaziyatga chiqdi va darvozabondan to‘pni yon tomonga olib qochdi. Ivan uni yiqitdi. Penalti!
57'
Alen Xalilovich "Barselona" jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam penalti belgilamadi. Vaziyat shunday bo‘ldi: Xalilovich to‘pga oyoq cho‘zayotganida ortdan kelgan Turon to‘pga oyoq uzatdi. Alenning oyog‘i Ardaning oyog‘iga urildi va xorvatiyalik futbolchi yiqildi
56'
Messiining uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqdi va darvozabonning ustidan to‘pni oshirdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Arda bosh bilan uzatma berganidan keyin Neymar 7-8 metrdan chalqancha uslubda zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
55'
Maskarell olis masofadan kuchli va aniq zarba berdi. Bravo to‘pni egalladi
54'
Busketsning yuziga to‘p tegdi. Unga tibbiy yordam kerak
51'
Neymarning uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo o‘yindan tashqari holat
48'
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike chalqancha uslubda zarba yo‘lladi. To‘pni "Sporting" darvozaboni Ivan egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shi berildi. Vaqt yakuniga yetdi. Tanaffus. Hozircha ""Sporting" - "Barselona" - 1:2.
43'
Neymar va Messi jarima maydonchasi ichida "devorcha" o‘ynashdi. Leoning tomon bilan uzatmasiga Neymar yeta olmadi. Darvozabon to‘pni egalladi
42'
To‘p nazorati hamon kataloniyaliklar tomonida. Ular yangi hujum variantlarini izlashmoqda
37'
Ehhh, Neymar. Chap tomondan jarima maydonchasi kirdi, Alberto Lorani ikki marta aldab o‘tdi va deyarli birga bir vaziyatda o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
34'
Vuuuuuuh! Messi xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi! Serji Roberto o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmagan Lionel 11 metrlardan zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi. To‘pni Neymar egalladi va turgan joyida olis yuqori burchak tomon aylanma zarba berdi. To‘p to‘sin va ustun kesishgan joyga tegib qaytdi!!!
31'
GOOOOOOL! Lionel Messi, 1:2! Argentinalik futbolchi jarima maydonchasiga kirgan Suaresga uzatma berdi. Luis gavdasi bilan to‘pni o‘zida olib qoldi va orqaroqdan kelgan Messining o‘ziga aniq uzatma berdi. Leoning kuchli zarbasini darvozabon qaytara olmadi
30'
Neymar jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. Ivan Kuelyar egalladi to‘pni
27'
GOOOOOOOL! Karlos Kastro, 1:1! Chiroyli qarshi hujum va chap tomondan yerlatib yetkazilgan uzatmani Kastro darvozabon maydonchasi ichida darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi!
25'
GOOOOOOL! Lionel Messi, 0:1! Argentinalik futbolchi 25 metrlardan yerlatib zarba berdi va burchakni ishg‘ol qildi! Bu Messining La ligadagi yubiley - 300-goli bo‘ldi!
22'
Neymar Messi bilan "devor" o‘ynadi, ammo braziliyalik hujumchi uzatmaga yeta olmadi
21'
Vuuuuuh! Neymarning aniq uzatmasidan keyin Suares birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba yo‘lladi. Darvozabon oyog‘i bilan zarbani qaytardi
18'
"Sporting"ning ikki himoyachisi o‘z jarima maydonchalari ichida bosh va oyoq bilan to‘nashib ketishdi. Himoyachilardan biri sherigiining yuziga tepib yubordi
15'
Arda Turon Suares bilan "devor" o‘ynab, ko‘kragi bilan to‘pni oldinga tashlagancha jarima maydonchasiga kirib bordi. Hakam turk futbolchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb topdi va o‘yinni to‘xtatdi
13'
Neymar tomonidan yetkazilgan jarima to‘pini himoyachilar qaytarishdi
13'
Arda Turon chap qanotdan fol ishladi. "Barsa" jarima zarbasini tepadi
9'
"Sporting" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Xalilovich to‘pni egallab oldingga o‘tdi va Kastroga uzatma berdi. Uning zarbasidan so‘ng to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
7'
Messi o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida qabul qildi va chap qanotdan ichkariga kirayotgan Adriano tomon uzatma berdi. Himoyachi uzatmaga biroz yeta olmadi
5'
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike futbolchi sifatida "Sporting" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi
3'
Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Albaga uzatma berdi. Xordi to‘pni jarima maydonchasi tashqarisiga yetkazdi. Rakitichning zarbasiga aniqlik yetishmadi
2'
Xabaringiz bor, "Barselona" klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgani bois ushbu o‘yin bugunga qoldirilgandi
1'
Diqqat, Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Sporting" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga start berildi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.