Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

25-tur, 20 fevral, soat 20:00. Bosh hakam: Karlos Del Serro

LAS-PALMAS

Xose Villian (10)

1 : 2

BARSELONA

Luis Suayers (6)
Neymar (39)
JAMOALAR TARKIBI
13.Xavi Varas (D)
16.Aytami Artiles
17.Pedro Bigas
22.Xavyer Garrido
05.David Garsiya
15.Roki Mesa
25.Nabil el-Jar
11.Momo
24.Tana
20.Xonatan Viyera
08.Villian Xose
  13.Klaudio Bravo (D)
06.Dani Alves
24.Jeremi Matyo
18.Xordi Alba
07.Arda Turon
20.Serxi Roberto
14.Xavyer Maskerano
08.Andres Inyesta
09.Luis Suares
11.Neymar
10.Lionel Messi
ZAHIRA
01.Raul Lizoain (D)
03.Maurisio Lemos
06.Anxel Lopes
21.Xuan Valeron
29.Nili
07.Nauzet Aleman
10.Serxio Arujo
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
15.Mark Bartra
23.Tomas Vermalen
22.Aleysh Vidal
04.Ivan Rakitich
17.Munir el-Haddodiy
19.Sandro Ramirez

Matn

90+3'
"Barselona" mezbonlarning so‘nggi hujumini bartaraf etdi. O‘yin yakunlandi. Kataloniyaliklar juda va juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi. "Las-Palmas" nomdor raqib g‘alabadan mahrum qilish uchun ko‘p vaziyatlar yaratdi. Faqat ulardan foydalana olmadi.
90+3'
Ehhhhh, Neymarrr! Birga bir vaziyatda o‘zi zarba yo‘llashga qaror qildi. Darvozabon zarbani qaytardi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Vuuuuh! Arauxo "Barsa"ni kechirdi. Birga bir vaziyatda to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p Bravodan o‘tdi, ammo ustun yonidan o‘tib ketdi...
89'
Ehhhh, Messsiii, "Barselona ko‘pchilik bo‘lib qarshi hujumga o‘tayotgandi, ammo Leo o‘z vaqtida uzatma bermadi va raqib futbolchisi ortdan kelib, undan to‘pni olib qo‘ydi
89'
Vuuuh! "Las-Palmas"ning qarshi hujumini Vermalen bartaraf etdi
86'
Dani Alves sariq kartochka oldi.
85'
Messi jarimadan yo‘llagan zarba jonli devorga tegib, maydonni tark etdi.
84'
Roki Mesa sariq kartochka oldi
83'
Vuuuuuuh! Omad "Barselona" tomonida bo‘ldi. Mezbonlar tezkor hujum tashkil qilishdi. Arauxo 14 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Bravo to‘pga tashlanganmagandi...
78'
Vuuuuh! Momo jarima maydonchasi chizig‘i oldidan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
77'
Messi ofsaydda qoldi
75'
"Las-Palmas"da o‘zgarish: El-Jar o‘rniga Serxio Arauxo tushdi
73'
Maskerano Messini birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Varas to‘pni egallab oldi
70'
Suares yana bir imkoniyatdan foydalana olmadi! Albaning uzatmasidan keyin u yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va to‘pga to‘xtatmasdan zarba berishga harakat qildi. To‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi
70'
"Barselona"da o‘zgarish: Serji Roberto o‘rniga Vermalen tushdi
66'
"Las-Palmas"da o‘zgarish bo‘ldi. Vtera o‘rniga Maurisio Lemos tushdi
65'
"Barselona" ketma-ket kki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi.
60'
Ehhhhhh, Villian Xose! Xonatan Viyera 16 metrlardan zarba berdi va Bravo to‘pni yon tomonga qaytardi. To‘pga Xose yetib keldi va zarba berdi. Yaqin masofadan to‘pni darvozaga joylay olmadi!
56'
Yana bir xavfli vaziyat! Neymar tomonidan chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Suares chalqancha uslubda zarba berishga harakat qildi. To‘p uning yoog‘iga tegmay qoldi va Rakitichga kelib tushdi. Ivanning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
55'
Vuuuh! Chap tomondan oldinga o‘tayotgan Albani Messi ko‘rdi va unga uzatma berdi. Xordining bu safar Suares tomon uzatmasi himoyachining oyog‘idan darvozabonga bordi
49'
Vuuuuuuh! Suareees! Neymarning diagonal uzatmasidan keyin Alves jarima maydonchasiga kirdi va Suares tomon uzatma berdi. Urugvaylik futbolchi 4 metrdan birga bir vaziyatda aynan darvozabonning o‘ziga zarba berdi...
47'
Mezbon futbolchisi olis masofadan yerlatib zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Bravo to‘pni egalladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Barselona"da o‘zgarish bo‘ldi. Arda Turon o‘rniga Ivan Rakitich tushirildi
45'
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib o‘tirmadi. Tanaffus. Hozircha "Las-Palmas" - "Barselona" - 1:2.
45'
Bo‘limning so‘nggi daqiqalarini "Las-Palmas" "Barselona" darvozasi oldida bosim yuzaga keltirdi. Roki Mesa tomonidan berilgan zarba noaniq bo‘ldi
41'
Ehhhh, Suares! Inyestaning uzatmasidan keyin Luis deyarli birga bir vaziyatga chiqdi. O‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Messiga pas berishga qaror qildi. Leoning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
39'
GOOOOL! Neymar, 1:2! Suares o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini aldadi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Messining zarbasini Varas qaytardi, Neymar takroriy zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
38'
Villian 16 metrdan zarba yo‘lladi. Zarba yo‘liga Maskerano g‘ov bo‘ldi
36'
Suares jarima maydonchasiga kirayotgan Neymartomon uzatma berdi. To‘p himoyachilardan o‘tmadi
34'
Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Artiles bosh bilan unchalik murakkab bo‘lmagan zarba berdi. Bravo har ehtimolga qarshi to‘pni yuqoriga urib yubordi
33'
Arda Turon sariq kartochka oldi. Qarshi hujumga o‘tayotgan raqib futbolchisini ortdan yiqitdi
31'
Alves jarima maydonchasi ichida ochilayotgan Messi tomon uzatma berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
27'
Vuuuuuh! Messining jarimadan yetkazgan ideal uzatmasidan keyin Suares bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
22'
Chap qanotda belgilangan jarima to‘pini Messi yon tomondan oldinga o‘tgan Neymarga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchining darvozabon maydonchasiga bergan pasini himoyachi bosh bilan qaytardi
18'
Vuuuuh! Inyesta 22 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Varas zarbani qaytardi
16'
Qarshi hujum paytida Momo jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
15'
Vuuuuh! Inyestaning aniq uzatmasidan keyin Messi birga bir vaziyatga chiqdi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirishga harakat qildi. To‘p Varasning qo‘lidan maydonni tark etdi
10'
GOOOOOOL! Villian, 1:1! "Las-Palmas" chiroyli gol urdi. O‘ng tomondan jarima maydonchasining aylanasi ichida turgan Viyerga uzatma berildi va Xonatan tovoni bilan to‘pni ichkariga yetkazdi. Xose Villian birga bir vzaiyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi!
6'
GOOOOOL! Luis Suares, 0:1! Inyestaning uzatmasidan keyin Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va narigi qanotda ochilgan Suaresga uzatma berdi. Luis birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
5'
"Las-Palmas" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. "Barselona" himoyachilari to‘pni qaytarishdi
3'
Xonatan Viyera olis masofadan jarima zarbasin tepdi, noaniq
1'
O‘yin boshlandi
'
"Las-Palmas" sariq, "Barselona" esa oq ko‘k rangli formada harakat qiladi
'
"Barselona" o‘zining navbatdagi o‘yinini Las-Palmas shahrida, shu nom bilan ataluvchi klubga qarshi o‘tkazmoqda. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli Ispan futboli ishqibozlari. La liganing 25-turidan o‘rin olgan uchrashuvdan matnli trnalslyasiyamizni boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.