Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati

Final. 21 fevral, soat 19:00. Bosh hakam: Kozaki Tomoxiro (Yaponiya), Lyu Jian Siao (Xitoy)

O‘ZBEKISTON

Dilshod Irsaliyev (6)

1 : 2

ERON

Qudrat Bahodiriy (9)
Muhammad Keshavarz (14)
JAMOALAR TARKIBI
1.Rustam Umarov
7.Dilshod Rahmatov
8.Farhod Abdumavlonov
11.Artur Yunusov
14.Konstantin Sviridov
  1.Sepehr Muhammadiy
5.Hamid Ahmadiy
7.Asqar Hassanzoda
9.Rizo Sangsefidiy
12.Hussayn Toyibiy
ZAHIRA
2.Dilshod Irsaliyev
3.Nodir Eliboyev
4.Feruz Faxriddinov
5.Davron Choriyev
6.Javlon Anorov
9.Andrey Shlyoma
10.Jamoliddin Sharipov
12.Akmal Hazratqulov
13.Klim Tyugayev
  2.Alirizo Samimiy
3.Javod Esfandiyoriy
4.Muhammad Keshavarz (S)
6.Alirizo Vafoiy
8.Qudrat Bahodiriy
10.Muhammad Tohiriy
11.Mehran Aliqadr
13.Farhod Tavakkoliy
14.Mahdi Jovid

Matn

40'
So‘nggi soniyalarda Eronni himoyalanishga majbur qildik. Ammo biroz omad yetishmadi. O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston - Eron - 1:2. Terma jamoamiz qit’a chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi.
39'
Rahmatovning zarbasini darvozabon qaytardi!
37'
O‘zbekiston taym aut oldi. Shundan so‘ng Artur Yunusov beshinchi o‘yinchi vazifasini bajarsa kerak
34'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Choriyev zarba berayotgandi, to‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi
33'
Mahdi Jovid sariq kartochka oldi. Sharipovni qo‘li bilan tortib to‘xtatdi
32'
Tyugayev murakkab vaziyatda bizni qutqardi
30'
Adumamavlonov o‘ng qanotdan yaxshi zarba berdi. Darvozabon ikkinchi urinishda to‘pni egalladi
30'
Vuuuuh! Irsaliyevning uzatmasidan keyin Choriyev birga bir vaziyatga chiqdi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirishga urindi. Sepehr to‘pni egallab oldi
28'
Vuuuuh! Tyugayev raqibning ikkita birga bir vaziyatdagi zarbasini qaytardi!
26'
Eron dahshatli kombinasiya tashkil qildi. Shunchaki zarbaga aniqlik yetishmadi
25'
Tyugayev raqib futzalchisining zarbasini qaytardi va darhol to‘pni oldinga otib berdi. Irsaliyev to‘pni yerga tushirmasdan darvozaga tepdi. BIroz noaniq
24'
Follarimiz soni 3taga yetdi
21'
Vuuuuh! Dilshod Rahmatov maydon markazidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin va ustun kesishgan joydan o‘tib ketdi
21'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
20'
So‘nggi soniyada Javlon Anorov deyarli maydon markazidan kuchli zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. Shu pallada o‘yin yakunlandi.
20'
Jarimadan yo‘llangan zarbani Tyugayev oyog‘i bilan qaytardi
19'
Nodir Eliboyev sariq kartochka oldi. Follarimiz soni 5taga yetdi
19'
Arturning zarbasi unchalik kuchli chiqmadi, posbon to‘pni egalladi
16'
Yunusov! Olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Sepehr to‘pni egalladi.
16'
Vuuuuuh! Eron jarima to‘pini juda xavfli ijro etdi. Jarima maydonchasi ichiga yetkazilgan to‘pni eronlik futzalchi darvoza tomon tepishga urindi. Ammo to‘p uning oyog‘iga yaxshi tegmay qoldi. Tyugayev qaytardi
15'
Rustam Umarov yelkasidan jarohat oldi. Uning o‘rniga Klim Tyugayev maydonga tushdi
15'
Ehhhhh, Choriyevning 6 metrdan zarbasini Sepehr qaytardi!
14'
GOL! Muhammad Keshavarz, 1:2! Eron burchak to‘pi ishladi va juda tezlik bilan o‘yinga kiritdi. Buni biznikilar kutishmagandi. Keshavarz darvozani ishg‘ol qildi.
14'
Muhammad Tohiriy ogohlantirish oldi. Yotgan joyida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun
13'
Vuuuuuuh! Rahmatov kuchli zarba yo‘lladi! To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
12'
Vuuuuh! Aniq yetkazib berilgan burchak to‘pini Tohiriy darvozaning bo‘sh qismiga yo‘llay olmadi
11'
Vuuuuuh! Toyibiyning kuchli zarbasini Umarov qaytardi!
9'
GOOL! Qudrat Bahodiriy, 1:1! Unga zarba berish imkonini berib qo‘yishdi. Umarov zarbani qaytara olmadi.
8'
Eron to‘pni nazorat qilyapti. Yaxshi himoyalanyapmiz
6'
GOOOOOOL! Dilshoooood Irsaliyeeev, 1:0! Jamoamiz raqib jarima maydonchasi oldida pressing uyushtirishdi va Irsaliyev raqibning xatosidan so‘ng hisobni ochdi!
5'
Vuuuuh! Eronning xavfli hujumini Irsaliyev to‘xtatib qoldi
5'
Irsaliyev olis masofadan kuchli zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Burchak to‘pi
3'
O‘zbekistonning follari 2taga yetdi
2'
Vuuuuh! Dilshod Rahmatovning o‘ng qanotdan zarbasini Sepehr Muhammadiy ikkinchi urinishda darvoza chizig‘i ustida egallab oldi
2'
Birinchi fol Eron hisobiga yozildi
2'
Hassanzoda olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Noaniq
1'
Sviridov yon chiziqdan yaxshi uzatma berdi. Rahmatov zarba berishga ulgurmadi
1'
O‘yin boshlandi! Ketdik!
'
To‘pni o‘yinga Eron kiritib beradigan bo‘ldi
'
O‘zbekiston davlat madhiyasi!
'
Eron davlat madhiyasi yangramoqda
'
O‘zbekiston va Eron futboli rahbarlari futbolchilarga bilan ko‘rishib chiqishdi
'
Diqqat qiling! Futzal bo‘yicha chempionati finalchilari maydonga chiqib kelishmoqda! O‘zbekiston va Eron terma jamoalari oltin medallari uchun bahs olib borishadi!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.