Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«A» guruhi, 1-tur. 23 fevral, soat 15:00. Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)

LOKOMOTIV

Sardor Mirzayev (89)

1 : 1

AL-ITTIHOD

Gelman Rivas (34)
JAMOALAR TARKIBI
1.Ignatiy Nesterov
5.Kaxi Maxaradze
8.Server Jeparov
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
13.Nemanya Yanichich
15.Sardor Mirzayev
18.Temur Kapadze (S)
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
22.Sanjar Shoahmedov
33.Oleg Zoteev
37.Sherzod Fayziyev
  12.Assaf al-Qarniy
4.Sulley Muntariy
8.Fhad al-Muvallad
9.Gelmin Rivas
10.Abdulfattoh Asiriy
13.Ahmad Asiriy
15.Jamol Bahanduh
27.Avad al-Yamiy
29.Luian Sanmartean
30.Ziyod as-Sahaviy
51.Maje al-Xaybariy
ZAHIRA
12.Ma’mur Ikromov
7.Sadriddin Abdullayev
10.Marat Bikmayev
17.Salim Mustafoyev
24.Xurshid Muxtorov
29.Quvondiq Ro‘ziyev
77.Jasur Hasanov
  25.Hanial-Nahed
7.Ahmad an-Nazariy
21.Hamad al-Muntashariy
44.Muxtor Falatah
49.Abdulrahmon al-G‘amdiy
50.Gosay ash-Shelaliy
77.Riyod al-Ibrohim

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. "Lokomotiv" OCHLni durang bilan boshlaydigan bo‘ldi
90+4'
Vuuuuh! Maxaradze jaria maydonchasi ichida himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va darvoza oldiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
90'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi
90'
Ikki futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatildi. Jasur Hasanov va Gelmin Rivas
88'
GOOOOOOL! HAsanov yetkazib bergan jarima to‘pini darvozabon qo‘ldan chiqarib yubordi va futbolchilarimizdan bir to‘pni darvoza joyladi
88'
Al-G‘amdiy sariq kartochka oldi
82'
Burchak to‘pidan keyin futbolchilarimiz hujum qilishda davom etishdi. Jasur jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba bera olmadi
79'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi. Zoteev to‘pni egallab jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘p maydonni tark etdi
79'
Hasanovga nisbatan fol ishlatildi
77'
Hasanov katta tezliqda oldinga o‘tdi, bir himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni oldirdi
75'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Server Jeparov o‘rniga Quvondiq Ro‘ziyev tushdi
75'
"Loko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mirzayev yetkazgan uzatmaga Bikmayev bosh bilan zarba berdi. Noaniq
72'
Vuuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmani Maxaradze chalqancha uslubda darvoza tomon burdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
70'
"Al-Ittihod"da o‘zgarish: Asiriy o‘rniga Abdulrahmon al-G‘Amdiy tushdi
69'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: TEmur Kapadze o‘rniga JAsur Hasanov tushdi
69'
Al Muvallad kuchli zarba yo‘lladi. Nesterov to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi
66'
Burchak to‘pidan keyin Maxaradze bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Benjamin Uilyams o‘yinchilarimizdan biri himoyachini itardi deya golni inobatga olmadi
65'
"Lokomotiv"da ham o‘zgarish: Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rniga Marat Bikmayev tushirildi
63'
"Al-Ittihod"da o‘zgarish: Salli Muntariy o‘rniga Gosay ash-Shelaliy tushirildi
63'
Raqib futbolchisi maydon markazida to‘pni egalladi va "Loko" jarima maydonchasiga kelib zarba berdi. To‘p Yanichichga tegib, maydonni tark etdi
59'
Jeparov ikki marta jarima maydonchasiga uzatma berdi. HImoyachilar to‘pni qaytarishdi
57'
Jeparov yetkazgan uzatmaga Maxaradze bosh bilan zarba berdi. noaniq
56'
Ziyod al-Sahafiy sariq kartochka oldi
55'
Vakillarimiz yaxshi hujum tashkil qilishdi. To‘xtaxo‘jayev o‘ng qanotdan yerlatib uzatma berdi. Qarniy to‘pni egallab oldi
51'
Mirzayev o‘ng qanotdan bergan uzatmani darvozabon ikkinchi urinishda egalladi
49'
Server jarima maydonchasiga kirayotgan Mirzayev tomon uzatma berdi. Sardor to‘pga yeta olmadi
47'
BUrchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Qaytarilgan to‘pni Jeparovning o‘zi yana jarima maydonchasiga yetkazdi. Temurxo‘ja bosh bilan bergan zarba natijasida to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
46'
Sardor Mirzayev jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Qarniy qaytardi. O‘tkir burchak ostidan berilgan takroriy zarbani yana posbon bartaraf etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Lokomotiv" - "Al-Ittihod" 0:1. Tanaffus
45+1'
Kapadze va To‘xtaxo‘jayev o‘ng qanotda yaxshi kombinasiya tashkil qilishdi va Islom uzatma berdi. Temurxo‘ja darvozabon maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘pni Qarniy egallab oldi
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
44'
Sardor Mirzayev jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘lladi. Qarniy to‘pni egalladi
40'
To‘xtaxo‘jayev o‘ng qanotdan uzatma berdi. Qarniy to‘pni egallab oldi
39'
Mehmonlar qarshi hujumi natijasida Rivas Asiriyga uzatma berdi. Ahmadning zarbasiga aniqlik yetishmadi
38'
"Lokomotiv" tezkor hujum tashkil qildi. Shoahmedovning uzatmasidan keyin Kapadze o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Abduxoliqovga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
34'
GOL! German Rivas, 0:1! "Al-Ittihod" qarshi hujum tashkil qildi. Rivas jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, Yanichichni aldab o‘tdi va zarba berdi. Ignatiy yaqin burchagidan to‘pni o‘tkazib yubordi
32'
Jeparov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Vaziyat zarbagacha yetib bormadi
28'
Zoteevning o‘ng qanotdan bergan uzatmasiga Server bosh bilan zarba berishga biroz kech qoldi
25'
"Lokomotiv" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin raqib darvozasi oldida bir necha marta xavfli vaziyat yaratdi. AFsus, vaziyat gol bilan yakunlanmadi
24'
Mirzayevning jarima maydonchasiga bergan uzatmasiga Kapadze yeta olmadi
21'
"Ittihod" ijrosida burchak to‘pi xavfli chiqdi. To‘p rekoshet holatida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Yanichich darvoza oldida to‘pni qaytardi
18'
Sardorning o‘zi jarima zarbasini tepdi. Qarniy to‘pni egalladi
18'
Chap qanotdan Mirzayevga nisbatan fol.
16'
Muvallad jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
15'
Lusian yo‘llagan zarba Maxaradzening boshiga tegib qaytdi
14'
Shoahmedov raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. Jarima to‘pi tepadi mehmonlar
13'
"Ittihod" xavfli hujum tashkil qildi. Asiriy jarima maydonchamizga kirib bordi, Fayziyev to‘pni olib qolishga erishdi
11'
Mehmonlar o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. Yanichich qanotdan berilgan uzatmani qaytardi
10'
Jeparovning uzatmasini darvozabon egallab oldi. Temiryo‘lchilar biroz yeta olishmadi to‘pga
9'
Maxaradzega nisbatan fol ishlatildi. Jarima zarbasi tepamiz
7'
Zoteev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yaxshi uzatma bergandi. Hujumchilarimiz biroz to‘pga yeta olishmadi
6'
Kapadzening bosh bilan bergan uzatmasidan keyin Server ofsaydda qoldi
4'
Jeparov jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan qaytardi
3'
"Loko"ning huxumi. Jeparov chap qanotdan Abjuxoliqovni oldinga boshladi. Temurxo‘janing uzatmasiga hech kim ochilmadi
1'
Diqqat! Osiyo chempionlar ligasi! "Lokomotiv" va "Al-Ittihod" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.