| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo chempionlar ligasi
| «S» guruhi, 1-tur. 24 fevral, soat 16:30 | ||
PAXTAKORIgor Sergeev (70)
Davron Hoshimov (89) |
2 : 2 |
AL-HILOL (Saudiya Arabistoni)Yosir al-Qahtoniy (60)
Yusuf as-Salim (84) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Nikita Ribkin 4.Adnan Oraxovas 7.Azim Ahmedov 8.Sherzod Karimov 11.Igor Sergeev 14.Jamshid Boltaboyev 15.Javohir Sohibov 21.Kamoliddin Tojiyev (S) 24.Davron Hoshimov 28.Stanislav Andreev 29.Vladimir Kozak |
1.Xolid Sharahiliy 2.Muhammad al-Burayk 3.Karlos Eduardo 5.Ahmad Sharahiliy 7.Salmon al-Faraj 10.Muhammad ash-Shalhub 12.Yosir ash-Shahroniy 14.Saud Kaririy 20.Yosir al-Qahtoniy 23.Kvak Te Xvi 29.Salim ad-Dovsariy |
|
| ZAHIRA | ||
|
12.Temur Jo‘rayev 5.Akbar Ismatullayev 9.Jaloliddin Masharipov 10.Jamshid Iskanderov 18.Javohir Sidiqov 19.Suhrob Berdiyev 35.Oybek Qilichev |
22.Fahad at-Txuayyan 4.Abdulla ad-Dossariy 8.Abdulloh Otayf 11.Abdulaziz ad-Dovsariy 15.Nosir ash-Shamroniy 16.Yusuf as-Salim 25.Faysal Darvish |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Paxtakor" - "Al-Hilol" - 2:2. |
| 90+3' | ![]() |
Eduardo yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 90+2' | ![]() |
Davron Hoshimov jarima maydonchasi ostonasida fol ishlatdi |
| 89' | ![]() |
GOOOOOL! Davron Hoshimoooov, 2:2! |
| 86' | ![]() |
Iskandarov olis masofadan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Xolid to‘pni qaytardi va Sergeevga urilib ketdi. |
| 84' | ![]() |
GOL! Yusuf as-Salim, 1:2! "Hilol" futbolchisi chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Salim darvozani ishg‘ol qildi |
| 84' | ![]() |
Ismatullayev maydon markazidan belgilangan jarima to‘pi to‘g‘ri darvoza tomon tepdi. Xolid to‘pni egalladi |
| 83' | ![]() |
Saud Kaririy sariq kartochka oldi |
| 81' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Andreev o‘rniga Akbar Ismatullayev tushirildi |
| 80' | ![]() |
"Hilol" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Sergeev bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 78' | ![]() |
"Hilol"da o‘zgarish: Yosir Qahtoniy o‘rniga Yusuf as-Salim tushdi |
| 77' | ![]() |
Iskanderov jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Sharahiliy to‘pni ikkinchi urinishda qabul qildi |
| 76' | ![]() |
Vuuuuh! Maydon markazidan berilgan uzatmani Sergeev jarima maydonchasi ichida qabul qildi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p uning oyog‘iga unchalik yaxshi o‘tirmadi. Darvozabon to‘pni egalladi |
| 75' | ![]() |
Iskandarovning uzatmasidan keyin Davron Hoshimov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. To‘pni Xolid egalladi |
| 73' | ![]() |
Azim Ahmedov olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 70' | ![]() |
GOOOOOOL! Igor Sergeeeev, 1:1! Darvozabon to‘pni uzoqlashtirish chog‘ida Sergeevga berib qo‘ydi. Hujumchimiz 16 metrdan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 69' | ![]() |
Vuuuuh! Al-Faraj jarima maydonchamizga kirib keldi va to‘xtagan holda to‘pni orqaroqdan yordamga kelgan Qahtoniyga yetkazdi. Yosirning zarbasini Ribkin qaytardi! |
| 67' | ![]() |
Javohir Sohibov ogohlantirildi |
| 67' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Sherzod Karimov o‘rniga Jaloliddin Masharipov tushdi |
| 65' | ![]() |
Vuuuuuuh! Omad mezbonlarga kulib boqdi! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Eduardo zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi! |
| 64' | ![]() |
"Paxtakor"da ham o‘zgarish: Boltaboyev o‘rniga Jamshid Iskandarov tushirildi |
| 64' | ![]() |
"Al-Hilol"da o‘zgarish: Muhammad Shalhub o‘rniga Abdulloh Otayf tushirildi |
| 60' | ![]() |
GOL! Yosir al-Qahtoniy, 0:1! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Qahtoniy oyoq bilan darvozaga burib qo‘ydi. |
| 58' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Xolid Sharahiliy egallab oldi |
| 57' | ![]() |
Salim ad-Dovsariy sariq kartochka oldi. |
| 54' | ![]() |
Vuuuuuh! Sherzod o‘ng qanotdan yetkazgan to‘pni jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida ko‘kragi bilan qabul qildi va to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi! Ozgina ozgina... |
| 53' | ![]() |
Karimov jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Sergeevning boshi to‘pga biroz yetmadi. Darvozabon qaytargan to‘pga zarba beradigan paxtakorchi topilmadi |
| 52' | ![]() |
Chap qanotdan Sergeevga nisbatan fol ishlatildi |
| 50' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Ribkin ikkinchi urinishda egallab oldi |
| 49' | ![]() |
Hakam "Al-Hilol" foydasiga jarima to‘pi belgiladi. O‘ng qanotdan |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Futbolchilar maydonga qaytishdi | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 42' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Nikita Ribkin egallab oldi |
| 41' | ![]() |
Burchak to‘pi samarali chiqmadi |
| 40' | ![]() |
Igoooooor! nimalar bo‘lyapti???? Bu safar ham jamoadoshlari uni birga bir vaziyatga chiqarib yuborishdi. Sergeev darvozabonni aldab o‘tib bo‘sh darvozaga zarba berdi. Himoyachi ortdan yetib kelib, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 38' | ![]() |
Ehhhhhhh, Sergeeeeev! Olis masofadan yetkazilgan to‘p uchun kurashda yonida turgan yolg‘iz himoyachidan ustun keldi va darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi. Ammo Igor aynan posbonning o‘ziga zarba berdi va vaziyatni qo‘ldan chiqardi |
| 37' | Hozircha xavfli hujumlar yo‘q. Tomonlar navbati bilan to‘pni yo‘qotib, hujumni oxiriga yetkaza olishmayapti | |
| 32' | ![]() |
"Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat sodir bo‘lmadi |
| 30' | ![]() |
Sohibov jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 28' | ![]() |
Eduardo parashyut uslubida jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 25' | ![]() |
Karimovning burchakdan uzatmasi ancha tez bo‘ldi va to‘p hech kimga tegmay, nariga tomondan maydonni tark etdi |
| 25' | ![]() |
"Paxtakor" futbolchilari pressin evaziga burchak to‘pi ishlashdi |
| 23' | ![]() |
Vuuuuh! Burchak to‘pi olis ustun tomon yetkazildi va futbolchilarimizdan biri bosh bilan to‘pni darvozabon maydonchasidagi Sergeevga yetkazdi. Igor to‘pni darvozaga burib qo‘yishga ulgurmadi |
| 22' | ![]() |
Sherzod Karimov o‘ng qanotda burchak to‘pi ishladi |
| 20' | ![]() |
Sergeevning uzatmasini Karimov jarima maydonchasining o‘ng tomonida qabul qildi va zarba yo‘lladi. Xolid to‘pni egallab oldi |
| 17' | ![]() |
Ahmedovning uzatmasi kuchliroq chiqdi va Karimov to‘pga yeta olmadi |
| 15' | ![]() |
Kozak "Hilol"ning xavfli hujumini jarima maydonchamiz ichida to‘xtatib qoldi |
| 10' | ![]() |
"Paxtakor"ning xavfli qarshi hujumi. Karimov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini aldadi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni egallab oldi |
| 6' | ![]() |
Shahroniy ofsaydda qoldi |
| 4' | ![]() |
"Hilol" ham chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p hech kimga tegmay narigi qanotga ketib qoldi |
| 3' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Xolid Sharahiliy egallab oldi |
| 3' | ![]() |
Andreevga nisbatan qoidabuzarlik tufayli chap burchakka yaqin joydan jarima zarbasini ishladik. Karimov tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasidan keyin burchak to‘pi ishlandi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi" To‘pni o‘yinga "Hilol" kiritib berdi |
| ' | "Paxtakor" oq, "Hilol" esa ko‘k rangli formada harakat qiladi | |
| ' | ![]() |
Diqqat, "Paxtakor" va "Al-Hilol" jamoalari stadionga chiqib kelishdi |
| ' | ![]() |
"Paxtakor" bugun o‘z maydonida Saudiya Arabistonining kuchli jamoalaridan biri "Al-Hilol"ni qabul qilmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Osiyo chempionlar ligasining 1-turi doirasida bugun navbatdagi o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|