Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

26-tur. 27 fevral, soat 20:00. Bosh hakam: Karlos Klos Gomes

REAL MADRID

0 : 1

ATLETIKO MADRID

Antuan Grizmann (53)
JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
02.Rafayel Varan
04.Serxio Ramos
15.Daniel Karvaxal
10.Xames Rodriges
23.Danilo
08.Toni Kroos
22.Isko
19.Luka Modrich
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
  13.Yan Oblak (D)
24.Xose Ximenes
02.Diyego Godin
03.Filipe Luis
20.Xuanfran
14.Gabi
12.Augusto Fernandes
06.Koke
07.Antuan Grizmann
17.Saul Niguyes
09.Fernando Torres
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
06.Nacho Fernandes
18.Lukas Vaskes
29.Borxa Mayoral
14.Kazemiro
16.Mateo Kovachich
20.Xese
  01.Migel Moyya (D)
18.Xesus Games
10.Oliver Torres
19.Lukas Ernandes
08.Matias Kranevitter
16.Anxel Korrea
23.Lusiano Viyetto

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Real" o‘z maydonida "Atletiko"ga yutqazdi.
90+2'
Anxel Korrea sariq kartochka oldi. Uning ketidan Ramos ham ogohlantirish oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
Vuh! "Real" qarshi hujumga o‘tdi va Dinalo olis burchak tomon zarba berdi. Biroz noaniq
86'
Grizmann jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi.
84'
Vuuuuh! O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmaga Krishtianu bosh bilan zarba berdi. Yan Oblak to‘pni egalladi
81'
"Atletiko"da o‘zgarish: Torres o‘rniga Anxel Korrea tushdi
78'
Modrich jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. Zarba yo‘liga ikki himoyachi g‘ov bo‘ldi
75'
Danilo raqib jarima maydonchasi ichida himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi. Hakam penalti yo‘qligiga ishora qildi
72'
Xose Mariya Ximenes sariq kartochka oldi.
71'
"Real" xavfli hujum tashkil qildi. Mayoral darvozabon maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Oblak zarbani qaytardi
68'
Borxa Mayoral jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. Noaniq. Keyingi hujumda esa qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ronaldu 7 metrlardan bosh bilan aniq zarba berdi. Yan Oblak to‘pni egallab oldi!
66'
Vuuuuuuh! Saul birga bir vaziyatda "Real" darvozasini ishg‘ol qila olmadi! Navas jamoani qutqardi!
64'
Karvaxal o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Oblak muammosiz egallab oldi
62'
Lukas Vaskes ogohlantirish oldi. Qarshi hujumda oldinga o‘tayotgan Kokeni yiqitdi
60'
"Real" ikkinchi bo‘limda tavakkal qilib oldinga tashlangandi, darhol jazolandi. Albatta, Ronaldu imkoniyatdan foydalanganida o‘yinning rivoji boshqacha bo‘lardi. Hozir esa Zidan jamoasi yana tavakkal qilishga majbur. "Atletiko" yana bir qarshi hujumdan foydalana olmadi
53'
GOOOOOOL! Antuan Grizmann, 0:1! Mehmonlar maydon markazida to‘pni olib qo‘yib qarshi hujumga o‘tishdi. Chapdan yordamga kelgan Saul to‘pni qabul qildiyu, darhol Grizmannning o‘ziga qaytardi. Antuanning 10 metrdan yo‘llagan zarbasini Navas qaytara olmadi.
48'
Ehhhhh, Ronaldu! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma natijasi to‘p himoyachining oyog‘idan Krishtianuga kelib tushdi. Portugaliyalik futbolchining 12 metrlardan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshida "Real"da qiziq o‘zgarish bo‘ldi. Karim Benzema o‘rniga Borxa Mayoral tushdi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
"Real" uchrashuvdagi birinchi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabon to‘pni qaytardi. Birinchi bo‘lim yakunlandi. O‘yinda hisob ochilmadi. Tanaffus.
42'
Yana bir xavfli vaziyat! Koke jarima maydonchasiga o‘ng tomondan kirdi va yaqin burchakka kuchli zarba yo‘lladi. Keylor to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
40'
Vuuuuuuh! Grizmann jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba yo‘lladi. Navas to‘pni darvoza ustidan ko‘tarib yubordi.
39'
"Atletiko" o‘yindagi uchinchi burchak to‘pini amalga oshirdi. "Real"da bu ko‘rsatkich hozircha nolga teng
37'
Felipe Luis ogohlantirish oldi. U ortdan Modrichni chalib yiqitdi
32'
Vuuuuh! Ronaldu tomonidan yo‘llangan oson bo‘lmagan zarbani Oblak musht bilan qaytardi. Takroriy hujum paytida Benzema 14 metrlardan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Bu o‘yindagi ilk xavfli vaziyat bo‘ldi.
31'
Diyego Godin sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Benzemani chalib yiqitdi. Jarima maydonchasi tashqarisidan jarima zarbasini tepishga Ronaldu tayyorgarlik ko‘rmoqda.
27'
Endi Daniloning uzatmasidan keyin Ronaldu o‘yindan tashqari holatda qoldi.
24'
Torres birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo uzatma paytida hujumchi ofsaydda edi.
21'
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda ancha noaniq zarba yo‘lladi.
18'
Chap qanotda belgilangan jarima to‘pini Kross jarima maydonchasiga yetkazdi. Varan bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi, to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.
17'
"Real" to‘pni nazorat qilmoqda. "Atletiko" esa qarshi hujum uchun payt poylamoqda
14'
Jamoalar nisbatan ehtiyotkor o‘yin namoyish qilishmoqda. Hozircha hech kim tavakkal qilishga shoshilmayapti
10'
"Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Varan bosh bilan qaytargan to‘pni egallagan mehmonlar ikkinchi to‘lqin hujumini amalga oshirishdi. Augusto Fernandes jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
9'
"Atletiko"ning hujumi mezbonlar jarima maydonchasi ostonasida uzilib qoldi.
5'
Ronaldu chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
1'
Benzema chap tomondan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi qaytargan to‘pga Ronaldu 24 metrlardan zarba berdi. To‘p to‘sin oldidan o‘tib ketdi
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
"Real" oq, "Atletiko" qizil-oq yo‘l-yo‘l futbolkada harakat qiladi
'
Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Xabaringiz bor, hozirda "Atletiko" 55, "Real" esa 54 ochko bilan jadvalda 2 va 3-o‘rinlarda borishmoqda. Jamoalar "Barselona"dan mos ravishda 8 va 9 ochko ortda qolishmoqda
'
Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida "Real" "Atletiko"ni qabul qilmoqda. Qisqa qilib aytganda — Madrid derbisi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Ispaniya La ligasining 26-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan markaziy o‘yinni kuzatishga taklif qilamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.