| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 27-tur. 28 fevral, soat 19:05 | ||
MANCHESTER YUNAYTEDReshford (29, 32)
Ander Errera (65) |
3 : 2 |
ARSENALDenni Uelbek (40)
Mesut O‘zil (69) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.David de Xea (D) 30.Gilyermo Varela 17.Deyli Blind 05.Markos Roxo 21.Ander Errera 16.Maykl Kerrik 35.Jessi Lingard 08.Xuan Mata 07.Memfis Depay 28.Morgan Shnayderlin 39.Markus Reshford |
33.Petr Chex (D) 06.Loran Koselni 18.Nacho Monreal 24.Ektor Bellerin 05.Gabriel Paulista 11.Mesut O‘zil 16.Aaron Remzi 34.Fransis Koklen 17.Aleksis Sanches 23.Denni Uelbek 14.Teo Uolkott |
|
| ZAHIRA | ||
|
20.Serxio Romero (D) 39.Jo Rayli 33.Patrik MakNeyr 11.Adnan Yanuzay 44.Andreas Pereyra 47.Jeyms Veyr |
13.David Ospina (D) 03.Kiran Gibbs 04.Per Mertezaker 35.Muhammad el-Nenni 12.Olivye Jiru 45.Aleks Ivobi 28.Xoel Kembell |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "MYu" - "Arsenal" - 3:2! |
| 90+2' | ![]() |
O‘zil sariq kartochka oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
Sanchesning uzatmasidan keyin Remzi jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi. De Xea to‘pni egalladi . |
| 86' | ![]() |
O‘zil maydon markazidan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Koselni bosh bilan zarba berdi. De Xea to‘pni egalladi |
| 83' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Uelbek o‘rniga Aleks Ivobi tushdi |
| 80' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Reshford o‘rniga Yanuzay tushdi |
| 80' | ![]() |
Sanchesning uzatmasidan keyin Jiru 7 metrlardan bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 75' | ![]() |
O‘zil jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. De Xea to‘pni egallab oldi |
| 73' | ![]() |
Errera va El-Neni ogohlantirish oldi |
| 69' | ![]() |
GOOOOL! Mesut O‘zil, 3:2! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Uelbek 6 metrdan darvoza tomon tepdi, De Xea qaytardi. O‘zil qaytgan to‘pni darvozaga joyladi! |
| 68' | ![]() |
"MYu" qarshi hujum tashkil qildi. Depay jarima maydonchasiga kirdi va Reshford bilan "devor" o‘ynab oldi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pni tepib yubordi. |
| 65' | ![]() |
GOOOOOOL! Ander Errera, 3:1! Reshfordning uzatmasidan keyin Errera 20 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida Koselniga tegib, to‘rga borib tushdi. |
| 63' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Teo Uolkott o‘rniga Olivye Jiru tushdi |
| 61' | ![]() |
Depay jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Chex ikkinchi urinishda to‘pni egalladi |
| 56' | ![]() |
Vuuh! O‘ng qanotda belgilangan jarima zarbasidan so‘ng to‘p jarima maydonechasi ichidagi Shneyderlinga kelib tushdi. Uning zarbasini Paulista qaytardi! |
| 55' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Markos Roxo o‘rniga Fosu-Mensa tushirildi |
| 52' | ![]() |
Aleksis mezbonlar jarima maydonchasi taqsharisida ikki futbolchidan o‘tdi va zarba yo‘lladi. Himoyachi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 50' | ![]() |
O‘zilning uzatmasidan keyin Monreal birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Roxo to‘pni maydon tashqarisiga tepib yuborishga ulgurdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "MYu" - "Arsenal" - 2:1. Tanaffus. |
| 45+2' | ![]() |
"MYu" qarshi hujumga o‘tgan paytda Reshford ofsaydda qoldi. |
| 45+1' | ![]() |
Uelbekka nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. O‘zil jarimadan zarba yo‘lladi. Burchak to‘pi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 40' | ![]() |
GOOOOOL! Denni Uelbek, 2:1! Maydon markaziga yaqin joydan belgilangan jarima to‘pidan yetkazilgan uzatmani hujumchi bosh bilan sobiq klubi darvozasiga joyladi! |
| 36' | ![]() |
O‘zil jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berishga urindi. Himoyachi to‘pni qaytardi. |
| 35' | ![]() |
"MYu" mehmonlarning himoyadagi xatosidan so‘ng hisobni ochdi va raqib hali o‘ziga kelmasidan avval hisobni 2:0ga yetkazdi. 18 yoshli Reshford o‘z nomini klub tarixiga yozadigan ko‘rinadi |
| 32' | ![]() |
GOOOOL! Markus Reshford, 2:0! Bu safar o‘ng qanotdan Lingard yetkazgan uzatmani Reshford bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 29' | ![]() |
GOOOOOOL!! Markus Reshford, 1:0! Varela o‘ng qanotdan uzattma berdi. Paulista to‘pni muvaffaqiyatsiz qaytardi va Reshford yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 27' | ![]() |
To‘p nazorati to‘liq mehmonlar tomonida. Mankunianliklar butun jamoa bo‘lib himoyalanishmoqda |
| 23' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatma paytida Sanches ofsaydda qoldi |
| 22' | ![]() |
Kerrik ogohlantirish oldi |
| 19' | ![]() |
Monreal chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi qaytargan to‘pni Aleksis darvoza tomon tepdi. Noaniq |
| 16' | ![]() |
Aleksis Sanches chap tomondan uzatma berdi. Kerrik uzatmani qaytardi |
| 14' | ![]() |
Vuuuh! Depay jarimadan kuchli zarba yo‘lladi. To‘pni Chex egallab oldi |
| 13' | ![]() |
Reshford jarima maydonchasining chap tomonidan mehmonlarning ikki futbolchisi orasidan o‘tib, ichkariga kirayotganida Gabriyel uni yiqitdi. Shundoqqina jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasi |
| 10' | ![]() |
"MYu" tarkibida jarohatlar juda ham ko‘payib ketgan. Shu bois, bugun tarkib ancha yoshargan. Bugungi o‘yinda tajribali "Arsenal" favorit hisoblanmoqda va ular buni isbotlashga tushishdi |
| 7' | ![]() |
Vuuuuuh! O‘zilning uzatmasidan keyin Nacho Monreal yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Jarima maydonchasi ichidan yo‘llagan zarbani De Xea qaytardi! |
| 5' | ![]() |
Tomonlar tez-tez to‘pni yo‘qotishmoqda. Hozircha o‘yinda qandaydir kartinalar ko‘rinmayapti |
| 1' | ![]() |
Dastlabki hujumni "kanonirlar" uyushtirishdi. Uelbek jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. De XEa to‘pni egalladi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | "MYu" qizil, "Arsenal" sariq rangli formada harakat qiladi | |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Angliya Premyer-ligasining 27-turi doirasida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|