Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«V» guruhi, 2-tur. 1 mart, soat 18:00. Bosh hakam: Mohd Amirul Izvan bin Yoqub (Malayziya)

BUNYODKOR

0 : 1

AN-NASR (S.Arabistoni)

Modibo Mayga (36)
JAMOALAR TARKIBI
25.Murodjon Zuhurov
2.Akmal Shorahmedov (S)
3.Akrom Komilov
9.Minori Sato
10.Eldor Shomurodov
11.Shahzodbek Nurmatov
17.Dostonbek Hamdamov
22.Rustamjon Ashurmatov
29.Otabek Shukurov
30.Yurisa Bulyat
71.Aleksandr Alempiyevich
  22.Abdulloh al-Enaziy
2.Muhammad Hasan
4.Umar Ibrohim
8.Yahyo ash-Shehriy
12.Xolid al-G‘amdiy
14.Ibrohim G‘olib
16.Abdulaziz al-Jebrin
24.Hussayn Sulaymoniy
25.Modibo Mayga
26.Shaya Sharahiliy
86.Adrian Miyerzejevski
ZAHIRA
45.Akbar To‘rayev
6.Anvar G‘ofurov
8.Jovlon Ibrohimov
14.Bahodir Nasimov
16.Dilshodbek Ahmadaliyev
19.Zabihillo O‘rinboyev
26.Sanjar Qodirqulov
  23.Hussayn Shayan
5.Jaman ad-Davsariy
9.Naif Hazoziy
10.Muhammad as-Sahlaviy
13.Muhammad al-Bishiy
18.Markos Gabriyel
27.Avad al-Faraj

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Bunyodkor" o‘z maydonida "An-Nassr"ga imkoniyatni boy berdi
90+3'
Ibrohim G‘olib ogohlantirish oldi
90+3'
Burchak to‘pi paytida Zuhurov yana oldinga bordi, hujumda ishtirok etdi. Uning uzatmasini Enaziy egalladi
90+2'
Vuuuuh! Hamdamovning bosh bilan zarbasini Enaziy qaytardi!
90+1'
Vuuuuuh! Ehhhhhhh! BUrchakdan yetkazilgan uzatmaga Zuhurov bosh bilan zarba berdi!!!! To‘p to‘singa tegib qaytdi. Ashurmatovning zarbasini darvozabon qaytardi. Nvsimovning zarbasi noaniq bo‘ldi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Himoyachilarimiz tomoshabin vazifasini bajarishdi. Zuhurov qutqardi
87'
Vuuh! Hamdamov jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Enaziy to‘pni qo‘ldan chiqarib yuborib, so‘ngra egallab oldi
84'
Yo‘q, "Nassr" hujum tashkil qilishimizga mutlaqo imkon bermayapti
81'
"An-Nassr"da ham o‘zgarish: Mirezejevski o‘rniga Muhammad Sahlaviy tushdi
80'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Eldor Shomurodov o‘rniga Sanjar Qodirqulov tushdi
76'
Akrom Komilov 40 metrdan jarima zarbasi to‘g‘ri darvoza tomon tepdi. Noaniq
74'
Vuuuuuh! Sulaymoniy chap qanotdan uzatma berdi. Maiga bosh bilan zarba berdi. Zuhurov to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubora oldi
72'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Sato Minori o‘rniga Bahodir Nasimov tushdi
71'
Nahotki yuqoridan yetkazilgan uzatmalarni Enaziy "eb qo‘yayotganini" futbolchilarimiz sezmayapti. Faqat shu bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda
70'
Raqib burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Jebriyn bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
68'
Shorahmedov o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Enaziy o‘ziniki qilib oldi
67'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Enaziy egallab oldi
67'
Hamdamov yo‘llagan zarba jonli devordagilarga tegib, maydonni tark etdi
66'
"Bunyodkor" jarima maydonchasi yaqinidan jarima zarbasi tepadi
64'
Omad "Bunyodkor" tomonida bo‘ldi. Markinyos birga bir vaziyatda to‘pni Zuhurovning ustidan oshirdi. Bulyat to‘pni yana hujumchining o‘ziga qaytardi. Takroriy zarbadan so‘ng to‘p yuqoridan o‘tib ketdi
63'
Komilov ikki himoyachini aldab o‘tish chog‘ida to‘pni oldirib qo‘ydi va raqib tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Bulyat to‘pni o‘tkazib yubordi. Maiga Ashurmatov bilan yuzma-yuz holatda qoldi. Uining zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
62'
Shukurov olis masofadan kuchli va aniq zarba yo‘llay olmadi
61'
Ehhhh, O‘rinboyev! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Zabihilla qaytardi va yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni Minori hujumchining o‘ziga qaytardi. O‘rinboyevning zarbasi qovushmadi!
59'
Chap qanotdan jarima maydonchasiga yuqoridan yetkazilgan uzatmani saudiyalik himoyachilar qaytarishdi
57'
Shehriy o‘rniga Markos Gabriyel tushdi
56'
Vuuuuh! Olis masofadan yetkazilgan to‘p uchun kurashda O‘rinboyev raqib jarima maydonchasi ichida deyarli raqibdan to‘pni olib qo‘ydi, ammo so‘nggi pallada to‘p himoyachining oyog‘idan darvozabonga bordi
55'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Enaziy osonlik bilan egallab oldi. Abdulloh yaxshi o‘ynamoqda bugun
54'
Umar Ibrohim sariq kartochka oldi
52'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Shahzod Nurmatov o‘rniga Zabihilla O‘rinboyev tushdi
52'
Shomurodov jarima maydonchasi tashqarisida raqib bilan to‘p uchun kurashdi va to‘pni olib qo‘ydi, ammo hakam o‘yinni to‘xtatdi. fol
51'
Sulaymoniyning zarbasini Zuhurov egallab oldi
50'
Mehmonlar jarima zarbasini tepishadi
46'
"An-Nassr" jarima maydonchasiga olis masofadan uzatma berildi. Hujumchilarimiz to‘pni egallay olishmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakulandi. Hozircha "Bunyodkor" - "An-Nassr" - 0:1. Tanaffus
45+1'
"Nassr" jarima maydonchasiga yuqoridan yaxshi uzatma berilgandi. To‘pni hujumchilarimiz emas, Enaziy egallab oldi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
43'
Hamdmovning zarba/uzatmasini Enaziy egallab oldi
42'
Jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasini tepamiz
41'
Hakam ikkinchi marta o‘yinda "Bunyodkor" foydasiga burchak to‘pi bermayapti
40'
Ehhhh, Shomurodov! Komilovning uzatmasidan keyin Eldor chap qanotda yolg‘iz oldinga o‘tsa bo‘lardi, ammo u darhol Nurmatov tomon uzatma berishga qaror qildi. Himoyachi to‘pni tepib yubordi
40'
Tanaffusgacha bir amallab durangni saqlab qolish kerak edi. Buni eplolmadik...
36'
GOL! Modibo Mayga chap qanotda 3 himoyachimizdan o‘tib ketdi va yaqin masofadan unchalik kuchli bo‘lmagan zarba berdi. Zuxurov kuchsiz zarbani oyog‘ining yonidan o‘tib o‘tkazib yubordi.
33'
"An-Nassr" "Bunyodkor"ga o‘yin bermayapti...
30'
Jamoamizning hujumdagi ishlari juda ham sust bo‘lmoqda
29'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani darvozabonimiz egallab oldi
28'
Sulaymoniy jarimadan yetkazgan uzatmani Zuhurov egallab oldi
27'
Eldor Shomurodov sariq kartochka oldi. Raqib hujumini to‘xtatmasa bo‘lmasdi
23'
Vuuuuh! Zuhuroooov! Sharahiliy va Mayganing zarbalarini Murodjon qaytardi!
20'
Hamdamovning zarbasi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi!
18'
Miyerzejeskining zarbasini Zuhurov musht bilan qaytardi
17'
Otabek Shukurov fol ishlatdi. Darvozagacha 28 metrlar...
15'
Hamdamov jarima maydonchasida ochilayotgan Nurmatovga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi, hakam esa burchak to‘pi belgilamadi
13'
Qanotda belgilangan jarima zarbasidan yetkazilgan uzatmagan Nurmatov bosh bilan zarba berdi. Ammo u ofsaydda qolgan ekan
12'
Ehhhh, Shomurodov! Eldor jarima maydonchasining chap tomonidan yarim aylana tomon yurdi va zarba berdi. Zarba noaniq bo‘ldi. Shomurodov to‘pni sekingina Nurmatovga yumalatib berganida, Shahzodbek birga bir vaziyatga chiqib ketardi...
10'
Ehh, Nurmatov. To‘pni saudiyaliklar jarima maydonchasi ostonasida qabul qilib ichkariga kirayotganida to‘pni yo‘qotdi
10'
Hozircha "qaldirg‘ochlar" raqib jarima maydonchasiga kira olishmayapti. "Nassr" yaxshi pressing qo‘llamoqda
7'
"Nassr" futbolchilari "Bunyodkor" jarima maydonchasi atrofida bosim uyushtirishmoqda
5'
Raqib jarima maydonchasidagi Shomurodovga uzatma berildi. Eldor to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi, ammo himoyachi to‘pni egalladi va tepib yubordi
4'
"Bunyodkor" raqibdan to‘pni olib qo‘ydi, ammo "Nassr" futbolchilari keskin hujum tashkil qilishga yo‘l qo‘yishmadi
1'
Vuuuh! Mehmonlar to‘pni nazorat qilib turib, birdaniga markaz bo‘ylab hujum tashkil qilishdi. Hujumchilardan biri ikki himoyachimiz orasidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi va sherigiga uzatdi. U zarba berishga ulgurmadi va to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishga ulgurishdi futbolchilarimiz
1'
O‘yin boshlandi! To‘pni o‘yinga "An-Nassr" futbolchilari kiritib berishdi.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va esdalik uchun suratga tushishmoqda
'
Assalomu alaaykum, qadrli futbol muxlislari. Osiyo chempionlar ligasi. "V" guruhi. "Bunyodkor" - "An-Nassr" o‘yinidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.