Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi, 24-tur.

4 fevral, 01:00

MANCHESTER SITI

0 : 1

CHELSI

Ivanovich
JAMOALAR TARKIBI
Xart, Sabaleta, Kompani, Nastasich, Kolarov, Navas, Demichelis, Ture, Silva, Jeko, Negredo.   Chex, Ivanovich, Terri, Keyxill, Aspilikuyeta, Luis, Ramires, Azar, Matich, Villian, Eto'O

Matn

90+3'
O‘yin tugadi 0:1
90'
O‘yinga uch daqiaqa qo‘shib berildi
87'
«Chelsi»ning qo‘rg‘ondan tashqaridagi yagona o‘yinchisi Oskar «Siti»ning barcha futbolchilari oldinda ekanidan foydalanib oldinga o‘tishi mumin edi, lekin Nastasich uni ushlab qoldi. Sariq kartochka.
85'
«Chelsi» tom ma’nodagi himoya qo‘rg‘onini yuzaga keltirdi. Hamma himoyada.
83'
Samuel Eto'O o‘rniga Oskar tushmoqda.
81'
Oxirgi o‘n daqiqa boshlandi. Qani «Siti» nima qilarkin. Bugun «Siti»ga nimadir yetishmayapti deya olmaymiz, shunchaki «Chelsi» barcha chiziqlarni yopi tashladi. Balki Aguero yetishmayotgandir.
79'
Yaya Ture o‘zini yaxshi his qilmayotganday tuyulmoqda. Shu o‘rinda Matichning ham o‘yiniga gap yo‘q. U juda kuchli Tureni ajoyib ushlamoqda.
77'
Yovetich «Siti»ning o‘yinini sezilarni kuchaytirdi. Uning yurishdan keyin to‘p Kolarovga tushdi va himoyachi to‘pni Silvaga tashladi. Bu yerda himoyachi to‘pni to‘sishga ulgurdi.
75'
FANTASTIKA. Chex to‘qqizlikka tepilgan to‘pni qanday qilib qaytardi ishinish qiyin. Silva zarba bergan edi. Juda qiyin vaziyatdab Chex jamoasini qutqarib qoldi.
73'
!!!!!!!!!!!!! Nominal hujum davomida Ture bur aylanib to‘pni egallab olmoqchi edi. Unga qarshi qopollik ishlatildi. Jarima maydonchasi ustida jarima to‘pi.
71'
O‘yinni kuzatish uchun Brendan Rojders tashrif buyurgan.
69'
Men aytaman siz ishoning bunaqasini Angliyada ham ko‘rishmagan bo‘lsa kerak. To‘p har daiqaqada ikki darvozaga ham yetib bormoqda. «Siti»ning navbatdagi hujumodan keyin uch marta ketma-ket zarba berildi. Har safar to‘pni himoyachilar qatnashishdi.
67'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! «Chelsi»da juda yaxshi imkoniyat bo‘lgan edi. Jarima zarbasidan keyin Keyxill bosh bilan zarba berdi va to‘p ustunga tegdi.
65'
Bugun Mourinyo Azarga bilganingni qil degan ko‘rinadi. Azar maydonda xohlagan ishini qilmoqda. Qanotga yaqin to‘pni egallab olgan Azar ikki futbolchi bilan xo‘rozlarning jangga tayyorlanayotgan holatini eslatgan holda to‘pni o‘ynab o‘tirdi. Keyin esa oyog‘ining orqasi bilan to‘pni sherigiga uzatdi.
63'
«Siti»ning navbatdagi hujumini Yovetich rivojlamntirdi. Stefanni David Luis qulatdi. 30 metrlardan belgilangan jarimani Kolarov amalga oshirdi, lekin zarba juda noaniq.
61'
«Siti» nimalardir qilmoqchi, lekin «Chelsi» butunlay raqibni yopib tashladi. Bunaqasini har kuni ham ko‘ravermaysiz. Yaya Ture asablarini jilovlay olmayapti. Villianga qarshi o‘ynayotga Yaya zarda bilan uni yiqitdi.
59'
Alvaro Negredo o‘rniga Stefan Yovetich maydonga tushdi.
57'
David Luisning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.
56'
O‘yin maydon markaziga ko‘chganday edi. Jarima maydonchasiga yaqin joyda Ramiresga qarshi fol ishlatildi. Xavfli bo‘lishi mumkin.
54'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!MATICH. Himoyadagi ishini juda yaxshi uddalayotgan Matich 35 metrlardan to‘pni qabul qilib oldi va atrofga qaradi, Hech kim ko‘rinmagach juda kuchli zarba berdi. To‘p darvoza ustuni va to‘sini keshigan nuqtaga tegib qaytdi. Juda zo‘r zarba bo‘lgan edi.
52'
«Chelsi» himoyachilari xatoga yo‘l qo‘yishdi. Navas qanotdan to‘pni Jekoga uzatdi. Himoyachilar esa yana Tureni esdan chiqarishdi. «Siti» yetakchisining zarbasi juda xavfli bo‘ldi, lekin ozgina noaniq.
50'
!!!!!!!!!!!!!«Chelsi» juda xavfli hujumni amalga osbirdi. Azar maydon markazidan yana barchani aldab jarima maydonchasigacha yetib keldi. To‘pni qanotdagi Ivanovichga yetkazib berdi. Himoyachi to‘pni darvoza yaqiniga yo‘lladi, lekin Xart aniq o‘ynadi.
48'
Ikkinchi bo‘limni «Siti» hujum bilan boshladi. Navas yana qanotda faollik ko‘rsatdi va to‘pni havolatib Jekoga uzatdi. Lekin bosniyalik hujumchiga aniqlik yetishmadi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. «Chelsi» juda zo‘r o‘ynadi. Birinchi bo‘limning eng yaxshi futbolchisi shubhasiz Azar bo‘ldi. Shu o‘rinda Nemanya Matichning o‘yini ham taqsinga sazovor.
45'
Birinchi bo‘limga ikki daqiqa qo‘shib berildi.
45'
Azar!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Edenning chap qanotdan yurishlarini hech kim to‘sa olmayapti. Kompanini aldan o‘tgan Azar darvoza yaqiniga tashlab berdi. Lekin bu yerda hech kim yo‘qdek tuyu;di, Qayerdandir kelib qolga Eto'O juda kuchli zarba berdi. To‘p to‘sin va ustun kesihgan joyga tegdi. «Chelsi» juda zo‘r o‘ynamoqda.
43'
Kolarov Azarni yiqitgani uchun ogohlantirldi. Qanotga yaqin joyda jarima belgilandi, lekin samarasiz bo‘ldi.
42'
Navas juda faol. Uning navbatdagi reydi burchak to‘pi bilan yakunlandi. Silvaning to‘p tepishidan keyin snaryad Jekoga kelib tushdi, lekin uning zarbasi noaniq bo‘ldi.
40'
Yaya Tire maydon markazida qator himoyachilardan o‘tib ketdi. Uni tepishdi ham, lekin Yaya oldinga bordi va hujumni rivojlantirdi. Natijada burchak to‘pi ishlab oldi. Standart esa samarasiz.
38'
Martin Demichelis Azarga qarshi qo‘pollik uchun sariq kartochka oldi.
36'
!!!!!!!!!!!!!!!«Chelsi» raqibni qo‘rqitib qo‘ydi. Azar endi o‘ng qanoytdan oldinga bordi. Darvozabon va himoyachidan o‘tsa aniq gol edi, lekin uning pasini Kompani o‘qidi., Qaytgan to‘pga Azar zarba berdi, lekin kuchsiz.
34'
Goldan keyin hech qancha vaqt o‘tmay Ivanovichga sariq kartochka ko‘rsatildi. Gol muallifi Silvaga qarshi qo‘pol o‘ynadi.
32'
Azarning chap qanotdagi daxshatli yurishidan keyin «Siti»ning qator himoyachilari ortda qoldi. Azar to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Ramires zarba berdi, lekin himoyachi blokka ulgurdi, qaytgan to‘pga 25 metrlardan Ivanovich FANTASTIK zarba berdi va Jo Xartt hech narsa qil aolmadi. Juda ham chiroyli gol.
31'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool
28'
Nemanya Matich bugun juda zo‘r o‘ynamoqda. Uning jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega ekani «Chelsi»ga as qotmoqda.
26'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!Nemanya Matich juda ajoyib harakat qildi va jarima maydinchasidan turib raqib maydoniga aniq to‘pni yetkazib berdi. Villian ham juda zo‘r o‘ynadi va Ramiresni darvozabon bilan duyelga yubordi. Ammo Ramires barchasini yo‘qqa chiqardi. Takroriy zarbani Villian akrobat usulida amalga oshirdi, lekin noaniq.
24'
Jeko birinchi marta o‘yinga qo‘shildi. Uning chap qanotga yaqin joydan bergan zarbasi juda noaniq bo‘ldi. O‘yin bir oz sokinlashdi.
22'
Eheeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeee. David Luisning zarbasidan keyin to‘p judaaaa tepalab ketdi. Muxlislar osmonlarga qarab qolishdi.
21'
«Chelsi» 23 metrdan jarima tepmoqda.
20'
«Chelsi»ning navbatdagi hujumchi chap qanotdan rivojlandi. Bu yerda Eto'O to‘pni qabul qilib oldi va Nastasichni chalg‘itgan holda zarba berdi. Xart o‘z o‘rnida.
19'
!!!!!!!!!!!!! Yana Ture. Bu gal ham Navasdan to‘pni qabul qilib olgan Yaya himoyachilarni YORIB o‘tdi va to‘pni Silvaga yetkazib berdi. 3 metrlardan turib Silva darvozani ishg‘ol qila olmadi. «Siti» katta kuch bilan hujumda.
17'
!!!!!!!!!!!!!! Nihoyat Xesus Navas hujumga qo‘shildi. Navasning qanotdan uyushtirgan reydiga shaydo bo‘lgan himoyachilar Yaya Tureni yolg‘iz qoldirishdi. Navas to‘pni Turega tashlab berdi, lekin uning zarbasiga bir necha sm aniqlik yetishmadi.
15'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!AZAR. Azar maydon markazidan bir o‘zi (!) butun maydonni bosib o‘tdi. «Siti» futbolchilari unga qarshilik ko‘rsata olishmadi. To‘pni Ramiresga juda chiroyli tashlab berdi, lekin o‘yindan tashqari holat.
13'
Ayni bir jamoa yetakchilik qilmoqda deb ayta olmaymiz. Goh «Chelsi», goh «Siti» hujumda.
11'
O‘yindagi eng xavfli vaziyatni «Siti» yuzaga keltirdi. Kolarov chap qanotdan oldinga bordi va to‘pni darvoza yaqiniga bordi. Bu yerda Yaya Ture sal kech qoldi. Aks holda gol bo‘lishi aniq edi.
9'
O‘yin juda juda tezlashib ketdi. Kolarov o‘z qanotidan oldinga bordi va jarima maydonchasiga uzatdi. Chex «Chelsi»ning navbatdagi hujumini boshlab berdi. «Chelsi» qarshi hujumda samarasiz harakat qilgan raqibni o‘z jarima maydonchasiga siqib tashladi. Lekin «Siti» qiyinchilik bilan xavfni qaytardi.
7'
Ortda qolgan vaqtda Komoani ikki marta qo‘pollik qilib ulgurdi. Hozirgina Azarga qarshi vatandoshi qaltis o‘ynadi, lekin hakam uni ayadi.
5'
Hech qancha vaqt o‘tmay «Siti» yana hujumda. Negredo chap qanoydan oldinga bordi. Uning zarbasi juda kuchli chiqdi, lekin noaniq.
3'
«Siti» hujum vaqtida qo‘polikka yo‘l qo‘ydi. Azarga qarshi ishlatilgan qo‘pollikdan keyin «Chelsi» katta tezlikda oldinga bordi. Villian qanotdan juda yaxshi jarima maydonchasihga kirib borgan edi, lekin unga maydon kichiklik qildi.
2'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!«Manchester Siti» birinchi soniyadanoq hujumga zo‘r berdi. Peter Chex oxirgi himouyachi o‘rnida harakat qildi va hujumni qaytardi. Oxxxxxx bu juda zo‘r o‘yin bo‘ladi.
1'
O‘yin boshlandi.
'
Tarkiblar juda kuchli shunday emasmi? Daxshatli desak ham bo‘ladi. Faqatgina ko‘pchilik bugun Nemanya Matichning asosiy tarkibda maydonga tushishini kutmagan edi.
Har ikki jamoa futbolchilari ham o‘yin boshlanishini kutishmoqda. Mana ular maydonga chiqib kelishdi. Manchesterda tasavvur qilish qiyin bo‘lgan atmosfera. Birinchi marta shaharda bo‘lgan va futbolga qiziqmaydigan inson qo‘rqib ketishi mumkin.
'
Demak jamoalari quyidagi tarkibda maydonga tushishgan.
Man Siti: Xart, Sabaleta, Kompani, Nastasich, Kolarov, Navas, Demichelis, Ture, Silva, Jeko, Negredo.
Chelsi: Chex, Ivanovich, Terri, Keyxill, Aspilikuyeta, Luis, Ramires, Azar, Matich, Villian, Eto'O.
0'
Assalomu alaykum, qadrli muxlislar. Sizlarni Angliya chempionati 24-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» hamda «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning onlayn translyasiyasini kuzatishga taklif etamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.