| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 28-tur, 6 mart, soat 20:00 | ||
EYBAR |
0 : 4 |
BARSELONAMunir el-Haddodiy (8)
Lionel Messi (41, 76-pen.) Luis Suares (84) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Asyer Riyesgo (D) 04.Ivan Ramis 07.Ander Kapa 17.David Xunka 05.Gonsalo Eskalante 03.Aleksandar Pantich 06.Yosip Radoshevich 14.Dani Garsiya 24.Adrian Gonsales 09.Serxi Enrich 18.Borxa Baston |
13.Klaudio Bravo (D) 18.Xordi Alba 06.Dani Alves 03.Jerar Pike 05.Serxio Buskets 04.Ivan Rakitich 07.Arda Turon 14.Xavyer Maskerano 17.Munir El-Haddodiy 09.Luis Suares 10.Lionel Messi |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Xabi Irureta (D) 15.Mauro dos Santos 02.Yon Ansotegi 19.Antonio Luna 08.Takashi Inui 11.Izet Xayrovich 21.Saul Beryon |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 24.Jeremi MatYE 15.Mark Bartra 23.Tomas Vermalen 08.Andres Inyesta 20.Serxi Roberto 22.Aleysh Vidal |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Eybar" - "Barselona" - 0:4. Enrike shogirdlari mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini 36taga yetkazishdi va jadvalda peshqadamlik qilishda davom etishadi. |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Eybar" - "Barselona" - 0:4. Enrike shogirdlari mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini 36taga yetkazishdi va jadvalda peshqadamlik qilishda davom etishadi. |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuh! Messining uzatmasidan keyin Serji Roberto jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Riyesgo to‘pni egalladi |
| 84' | ![]() |
GOOOOL! Luis Suares, 0:4! Jarima maydonchasi ichida ikki himoyachidan o‘tib ketdi va olis burchakni ishg‘ol qildi! |
| 83' | ![]() |
Xavyer Maskerano sariq kartochka oldi. Keyingi turni o‘tkazib yuboradi |
| 82' | ![]() |
Dani Garsiya ogohlantirildi, Messini chalib yiqitgani uchun |
| 80' | ![]() |
"Barselona"da birdaniga 3ta o‘zgarish: Turon o‘rniga Serji Roberto, Buskets o‘rniga Mark Bartra, Pike o‘rniga Tomas Vermalen tushdi. |
| 76' | ![]() |
GOOOOL! Lionel Messi, 0:3! Argentinalik futbolchi markaz bo‘ylab yumshoq zarba berdi, darvozabon yon tomonga tashlandi. |
| 75' | ![]() |
"Eybar" darvozasi tomon penalti! Messi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berayotgan paytida to‘p uning oyog‘iga ostiga yotayotgan Ramisning qo‘liga tegdi. |
| 74' | ![]() |
Alves chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va yuqoridan uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 71' | ![]() |
Messi jarima zarbasini darvoza burchagi tomon aylantirdi. Riyesgo to‘pni egalladi |
| 70' | ![]() |
Ivan Ramis sariq kartochka oldi. U Messini chalib yiqitdi |
| 68' | ![]() |
"Eybar"da o‘zgarish: Borxa Baston o‘rniga Saul Beryon tushdi |
| 65' | ![]() |
Enrichning uzatmasidan keyin Gonsales 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 64' | ![]() |
Mezbonlarning hujumini "Barsa" himoyachilari qaytarishdi |
| 61' | ![]() |
Messi Rakitichni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Ivan to‘pga yeta olmadi |
| 55' | ![]() |
Suaresning uzatmasidan keyin Messiga yakkma-yakka vaziyatga chiqdi. Himoyachi tpni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi |
| 53' | ![]() |
Vuuuuh! Suares chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqdan yetib kelgan Messiga uzatma berdi. Leo to‘pni o‘zida biroz qochirib yuborishi natijasida vaziyatni qo‘ldan chiqardi |
| 52' | ![]() |
Rakitich o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 48' | ![]() |
Luis Suares sariq kartochka oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Eybar" - "Barselona" - 0:2. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
"Barselona" futbolchilari ikkita ajoyib imkoniyatdan foydalana olishmadi. Chap tomondan yetkazilgan uzatmani Rakitich darvozabon maydonchasi ichida darvozaga bura olmadi. Keyingi vaziyatda esa Suares deyarli birga bir vaziyatda zarba berishga ulgurmadi. Riyesgo to‘pni egallab oldi |
| 41' | ![]() |
GOOOOOOL! Lionel Messi, 0:2! Argentinalik futbolchi qarshi hujum natijasida o‘z to‘p bilan oldinga o‘tdi, jarima maydonchasiga kirdi va chap tomondan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 40' | ![]() |
Vuuuuh! "Eybar" kataloniyaliklar darvozasi tomon jiddiy bosim uyushtirdi. Jarima maydonchasining o‘ng tomonidan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p Busketsning oyog‘iga tegib, darvozaga kirib ketishiga oz qoldi |
| 37' | ![]() |
"Eybar" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike bosh bilan qaytardi |
| 33' | ![]() |
Vuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmagan Eskelante jarima maydonchasi ichida zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 32' | ![]() |
Vuuuuh! Messi jarima maydonchasi oldigacha keldi va ichkariga kirayotgan Haddodiy tomon uzatma berdi. Munir bo‘sh darvoza oldida ochilgan Suares tomon yumshoq uzatma bera olmadi. Uzatma tezroq bo‘lgani uchun Luis to‘pga yeta olmadi |
| 28' | ![]() |
Alba jarima maydonchasi ichida sheriklari tomon uzatma berdi. To‘p himoyachining qo‘liga tegib, maydonni tark etdi. Penalti belgilanmadi, bor-yo‘g‘i burchak to‘pi |
| 25' | ![]() |
"Eybar" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bravo to‘pni musht bilan urib yubordi |
| 23' | ![]() |
Messining uzatmasini Alba raqib jarima maydonchasi ichida qabul qildi, ammo Suares tomon samarali uzatma bera olmadi |
| 19' | ![]() |
Leoning uzatmasiga Haddodiy yeta olmadi |
| 17' | ![]() |
Messi Suaresni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi, himoyachi uzatmani qaytarib qoldi |
| 12' | ![]() |
Vuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ivan Ramis bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 10' | ![]() |
Bu safar chap qanotdan tashkil etilgan hujum natijasida Suares jarima maydonchasiga kirdi va deyarli birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 8' | ![]() |
GOOOL! Munir el-Haddodiy, 0:1! Messining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasiga o‘ng tomondan kirdi va to‘pni qabul qilib, narigi ustun tomonga kelayotgan Munir tomon pas berdi. Haddodiy bo‘sh darvozaga to‘pni burib qo‘ydi! |
| 5' | ![]() |
Messi tomonidan yetkazilgan jarima zarbasini mezbon himoyachilari qaytarishdi |
| 5' | ![]() |
Yosip Radoshevich sariq kartochka oldi. To‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Ispaniya La ligasining 28-turni doirasidagi "Eybar" va "Barselona" o‘rtasidagi uchrashuvdan matnli translyasiyani boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|