Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Nimchorak final, javob o‘yini. 9 mart, soat 22:00. Bosh hakam: Viktor Kashshai (Vengriya)

ZENIT

Xalk (69)

1 : 2

BENFIKA

Gaytan (85)
Taliska (90+6)
JAMOALAR TARKIBI
01.Yuriy Lodigin (D)
13.Luish Netu
06.Nikolas Lomberts
02.Aleksandr Anyukov
28.Aksel Vitsel
81.Yuriy Jirkov
08.Maurisio
10.Danni
09.Aleksandr Kokorin
22.Artem Dzyuba
07.Xalk
  01.Ederson Morayes (D)
50.Nelsinyo Semedu
85.Renato Sanches
07.Andreas Samaris
19.Eliseu
10.Nikolas Gaytan
05.Lyubomir Feysa
14.Viktor Lindelyof
11.Kostas Mitroglu
17.Jonas
21.Pissi
ZAHIRA
41.Mixail Kerjakov (D)
52.Andrey Ivanov
19.Igor Smolnikov
24.Esekyel Garay
14.Artur Yusupov
17.Oleg Shatov
92.Pavel Dolgov
  13.Paulo Lopesh (D)
28.Silviu
30.Talisha
09.Raul Ximenes
38.Nuno Santush
18.Eduardo Salvio
20.Gonsalo Guyedes

Matn

90+6'
O‘yin yakunlandi. "Zenit" - "Benfika" - 1:2! Portugaliya jamoasi chorak finalga yo‘l oldi
90+6'
GOOOL! Taliska, 1:2!
90+5'
Xalk ogohlantirish oldi
90+4'
Smolnikovning uzatmasini "Benfika" posboni egallab oldi
90+2'
"Benfika"da o‘zgarish: Jonas o‘rniga Taliska tushdi
90+1'
"Zenit" yaxshi hujum tashkil qildi. Danni chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomon uzatma berdi. To‘pga hech kim yeta olmadi
90'
"Benfika" posbonining oyoq tomirlari tortishib qoldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
89'
Xalk olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
88'
Dzyuba birga bir vaziyatga chiqdi, ammo sakrayotgan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirguncha, himoyachi to‘pni tepishga ulgurdi
85'
GOOOOL! Gaytan, 1:1! Ximenes kutilmaganda jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Lodigin qaytargan to‘p to‘singa tegib, maydonga qaytdi. To‘pga birinchi bo‘lib Gaytan yetib keldi va bosh bilan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi!
84'
Jirkovning uzatmasidan keyin Dzyuba ofsaydda qoldi. Hakamlar adashishdi
82'
"Zenit"da o‘zgarish: Maurisio o‘rniga Artur Yusupov tushdi
81'
Vuuuuh! Dzyuba bir necha futbolchilar orasidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda unchalik muvaffaqiyatli zarba bera olmadi!
78'
"Benfika" o‘yinni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi
73'
"Benfika"da o‘zgarish: Pissi o‘rniga Eduardo Salvio tushdi
72'
Xavfli vaziyat! Burchak to‘piga "Benfika" futbolchisi bosh bilan zarba berdi. Yuqoriga burchakka borayotgan to‘pni Lodigin qaytardi!
69'
GOOOOL! Xalk, 1:0! Jirkov chap qanotdan himoyachi bilan to‘qnashuvda ustun keldi va jarima maydonchasiga kirib borib, Xalkka uzatma berdi. Braziliyalik futbolchi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
67'
"Benfika"da o‘zgarish: Mitroglu o‘rniga Raul Ximenes tushdi
67'
Xalk ofsaydda qoldi
65'
Smolnikov o‘ng qanotdan uzatma berdi. "Benfika" posboni musht bilan to‘pni urib yubordi
63'
Vuuuh! Jonas birga bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba yo‘lladi. Lodigin zarbani qaytardi!
62'
Vuuuuh! Shatov o‘ng qanotdan markaz bo‘ylab surildi va jarima maydonchasiga kirgan Dzyubani uzatma bilan ta’minladi. Artyomning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
60'
Vuuuh! Xalk burchak to‘pini o‘yinga kiritib o‘zi qayta qabul qilib oldi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Smollnikov darvozabon qarshisida zarba berdi. Zarba uncha kuchli chiqdi, to‘pni Morayes egalladi
58'
"Zenit"da o‘zgarish: Anyukov va Kokorin o‘rniga Oleg Shatov va Igor Smolnikov tushdi
56'
"Zenit" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni Maurisio egalladi va olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
53'
Xalk chap qanotdan bergan uzatmani Dzyuba jarima maydonchasi ichida o‘ziga bo‘ysundirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi tegan to‘p Artyomga tegib, darvozabonga bordi
51'
Yuqoridan yetkazilgan uzatma uchun kurashda Xalk raqib jarima maydonchasi ichida himoyachidan ustun keldi va zarba yo‘lladi. Zarbani boshqa himoyachi qaytardi
49'
Pissi avvalgi o‘yin qoidasini buzdi, so‘ngra hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirish oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha javob o‘yinida hisob ochilmadi. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
40'
Mezbonlarning bosimini portugaliyaliklar qaytarishdi
37'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Kokorin bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozaga aniq bormadi
37'
Xalk yo‘llangan zarba jonli devordagilar orqali ustun yonidan o‘tib ketdi
36'
Mitroglu ogohlantirish oldi
35'
Mehmonlar jarima to‘pini "Zenit" jarima maydonchasiga yetkazishdi. To‘p qaytarildi
33'
Danni chap qanotdan uzatma berdi. "Benfika" posboni to‘pni egallab oldi
32'
Nelsinyo Samedu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Lodigin to‘pni egalladi
31'
Anyukov o‘ng qanotdan darvozaga yaqiniga uzatma berdi. Burchak to‘pi
27'
Jirkov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va burchak to‘pi ishladi
22'
Xavfli vaziyat. Dzyuba-Xalk-Danni raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni bir-birlariga bosh bilan yetkazishdi. Artyom yakkama-yakka vaziyatda zarba berishga urindi. Morayes to‘pni qaytardi
21'
Xalk bir himoyachi ta’qibi ostida chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Posbon to‘pni egallab oldi
20'
Vuuh! Renato Sanches jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
18'
Chap qanotdan belgilangan jarima to‘pini Gaytan o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
15'
Chap qanotdan Xalk uzatma berdi. Morayes to‘pni egallab oldi
14'
Anyukov o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
13'
Jonas jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘lladi. Lodigin to‘pni egalladi
11'
"Benfika" maydon markaziga yaqin joydan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Burchak to‘pi
7'
Vuh! Dzyuba chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
6'
Ketma-ket ikki marta burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Mezbonlar to‘pni egallab qarshi hujumga o‘tayotganida mehmon futbolchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi
5'
"Zenit" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Jonas tomonidan yo‘llangan aylanma zarbani Lodigin darvoza ustiga ko‘tarib yubordi
3'
Eslatib o‘tamiz, Portugaliyada bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda "Benfika" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Tabiiyki, rossiyaliklar o‘z uylarida oldinga tashlanishga majburlar
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Qadrli futbol muxlislari. Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida javob o‘yinlari davom etadi. "Zenit" o‘z maydonida "Benfika"ni qabul qilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.