Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Nimchorak final, javob o‘yini. 10 mart, soat 00:45. Bosh hakam: Feliks Brix

CHELSI

Diyego Kosta (27)

1 : 2

PSJ

Adriyen Rabyo (16)
Zlatan Ibrohimovich (67)
JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua (D)
28.Sesar Aspilikueta
02.Branislav Ivanovich
24.Geri Kexill
04.Sesk Fabregas
10.Eden Azar
22.Villian
12.Jon Obi Mikel
17.Pedro Rodriges
19.Diyego Kosta
16.Robert Kenedi
  16.Kevin Trapp (D)
32.David Luis
02.Tiago Silva
05.Markinyos
17.Maksvell
11.Anxel Di Mariya
14.Blez Matyuydi
07.Lukas Moura
08.Tiago Motta
25.Adriyen Rabiot
10.Zlatan Ibrohimovich
ZAHIRA
01.Asmir Begovich (D)
06.Baba Raxman
21.Nemanya Matich
08.Oskar
14.Bertrand Traore
18.Loik Remi
36.Ruben Loftus-Chik
  30.Salvatore Sirigu (D)
23.Gregori van der Vil
04.Benjamin Stambuli
20.Leyvin Kurzava
27.Xavyer Pastore
29.Jan-Kevin Ogyusten
09.Edinson Kavani

Matn

90+2'
O‘yin tugadi. "Chelsi" - "PSJ" - 1:2. Parij chorak finalga chiqdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
90'
Ivanovichga ogohlantirish berildi
87'
"PSJ"da o‘zgarish: Matyuydi o‘rniga Gregori van der Vil tushdi
85'
Traorening zarbasi kuchsiz chiqdi, Trapp to‘pni egalladi
83'
Kavani birga bir vaziyatga chiqdi, ammo ofsayd
82'
"PSJ"da o‘zgarish: Anxel di Mariya o‘rniga Kavani tushdi
82'
Pedroning zarbasiga aniqlik yetishmadi
80'
Vuuuuh1 Kurtua jamoasini qutqardi! Maksvell Di Mariyaning uzatmasidan keyin chap qanotdan jarima maydonchasi kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Zlatanning zarbasini Tibo oyog‘i bilan qaytardi
77'
"PSJ"da ham o‘zgarish: Lukas Moura o‘rniga Xavyer Pastore tushdi
77'
"Chelsi"da o‘zgarish: Azar o‘rniga Oskar tushdi
74'
Zlatan chap qanotdan 11 metrli nufta atrofiga uzatma berdi, Di Mariya tovoni bilan to‘pni darvoza tomon burdi. Zarba kuchsiz chiqdi
73'
Tomonlar navbati bilan to‘pni nazorat qilishmoqda
70'
Amalda to‘qnashuv taqdiri hal bo‘ldi. "Chelsi" keyingi bosqichga chiqishi uchun kamida 3ta gol urish kerak. O‘yin tugashiga 20 daqiqa qolganida mezbonlar buni amalga oshira olishmasa kerak
67'
GOOOOOOL! Zlatan Ibrohimovich, 1:2! Di Mariyaning uzatmasini shvesiyalik futbolchi darvozaning bo‘sh qismiga burib qo‘ydi!
65'
Vuuuuh! Villian jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Trapp to‘pni yon tomonga qaytardi. Azar yo‘llagan zarbani ham Kevin bartaraf etdi!
64'
Aspilikueta o‘ng qanotdan uzatma berdi. Trapp to‘pni ushlab oldi
62'
Vuuuh! Rabyoning uzatmasidan keyin Ibrahimovich jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi. Burchak to‘pi
60'
"Chelsi"da o‘zgarish: Diyego Kosta o‘rniga Bertrand Traore tushdi
53'
Jon Obi Mikenl sariq kartochka oldi
50'
Villan chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Aspilikueta yo‘llagan zarba David Luisning beliga tegdi, Kostaning zarbasini himoyachilar qaytarishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlanib ktdi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Chelsi" - "PSJ" - 1:1. Tanaffus
45'
Diyego Kosta 22 metrlardan zarba yo‘lladi. Trapp to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
45'
Sesk Fabregas ogohlantirish oldi. Oyog‘ini raqibga nisbatan baland ko‘tardi
43'
Pedro maydon markazida to‘pni egallab, londonliklarning qarshi hujumiga asos soldi. Diyego Kosta jarima maydonchasiga kirgan Pedroga uzatma berayotganida himoyachilar to‘pni olib qo‘yishdi
42'
Azar jarima maydonchasi kirar-kirmas zarba yo‘lladi. Trapp to‘pni egallab oldi
41'
Tiago Motta ogohlantirish oldi
40'
Fabregas jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Biroz noaniq
35'
Rabyo ogohlantirildi
34'
Vuuuuh! Moura o‘ng qanotdan uzatma berdi va Ibrohimovich bosh bilan zarba berdi. Kurtua to‘pni egalladi
31'
Aspilikueta o‘ng qanotdan uzatma berdi. David Luis bosh bilan uzatmani qaytardi
27'
GOOOOOL! Diyego Kosta, 1:1! Villian maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘ydi hamda Pedro bilan "devor" o‘ynab olib, Kostani to‘p bilan ta’minladi. Hujumchi jarima maydonchasiga kirib himoyachini chalg‘itdi va zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
25'
Di Mariya ofsaydda qoldi. Aks holda birga bir vaziyatga chiqayotgandi
24'
Parijliklar to‘pni juda yaxshi nazorat qilishmoqda. "Chelsi" to‘psiz yugurishga majbur
21'
Diyego Kosta ofsaydda qoldi
20'
Himoyachilarning xatosidan so‘ng Azar to‘pni egallab chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. PSJ futbolchilari to‘pni egallab olishdi
19'
Azar! Raqib jarima maydonchasi ichida himoyachilar ta’qibi ostida bo‘lishiga qaramay zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Maksvell zarbani qaytardi
16'
GOOOOOL! Adriyen Rabyo! 0:1! Di Mariya jarima maydonchasishga kirgan Ibrohimovichni to‘p bilan ta’minladi. Zlatan olis ustun tomon uzatma berdi va Rabyo darvozani ishg‘ol qildi!
13'
Vuh! Di Mariyaning uzatmasidan keyin Zlatan birga bir vaziyatda zarba berdi, biroq ofsayd!
12'
"Chelsi" o‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar uzatmani qaytarishdi
10'
Di Mariyaning uzatmasini Ibra raqib jarima maydonchasi ichida qabul qildi va zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
6'
Burchak to‘pidan keyin Zlatan darvozani ishg‘ol qildi, ammo Ibrohimovich ofsaydda qolgandi
5'
Vuuuuh! Lukas Moura himoyachilar orasidan uzatma berib, Di Mariyani yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Anxel to‘pni Kurtuaning yonidan o‘tkazib, darvoza tomon tepdi. Ivanovich zarbani qaytarib qoldi
3'
Vuuuuuh! Parijliklar o‘z jarima maydonchalari atrofida haddan tashqari xotirjamlikka berilib, bir-birlariga ko‘p uzatma berib yuborishdi. Natijada to‘p yo‘qotildi va Kosta 12 metrlardan zarba yo‘lladi. Trapp zarbani qaytardi
1'
O‘yin boshlandi!
'
ECHL, 1/8 final. "Stemford Brij" stadionid. "Chelsi" "PSJ"ni qabul qilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.