| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 30-tur, 12 mart, soat 17:45 | ||
NORVICh |
0 : 0 |
MANCHESTER SITI |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Jon Ruddi (D) 05.Rassell Martin 23.Martin Olsson 24.Rayan Bennett 17.Timm Kloze 22.Natan Redmond 28.Gari O'Nil 16.Mett Jervis 14.Uesli Xulaxan 08.Jonatan Xouson 11.Patrik Bemford |
01.Jo Xart (D) 30.Nikolas Otamendi 03.Bakari Sanya 04.Vensan Kompani 22.Gael Klishi 21.David Silva 15.Xesus Navas 25.Fernandinyo 06.Fernando 10.Serxio Aguero 14.Vilfrid Boni |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Deklan Rudd (D) 06.Sebastyan Bassong 25.Ivu Pintu 18.Grexem Dorrans 21.Yussuf Mulumbu 10.Kemeron Jerom 09.Dyemersi Mbokani |
13.Vilfredo Kabalyero (D) 26.Martin Demichelis 05.Pablo Sabaleta 11.Aleksandr Kolarov 07.Raxim Sterling 76.Manuyel Garsiya 72.Kelechi Ixeanacho |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Manchester Siti" muhim o‘yinda ochko yo‘qotdi |
| 90+2' | ![]() |
"Siti" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Aguero jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi |
| 88' | ![]() |
Vuuuh! "Siti" raqib jarima maydonchasi ichida bir necha marta zarba berdi. Himoyachilar qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etishdi |
| 85' | ![]() |
Vuuuuh! "Norvich" hisobni ochishi mumkin edi. Dorrans jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashiga hech kim xalal bermadi. Ammo uning zarbasi noaniq chiqdi |
| 80' | ![]() |
Mezbonlar hujum tashkil qilayotganida himoyachilar to‘pni egallashdi va maydon markazidagi Agueroga uzatma berishdi. Serxio birga bir vaziyatga chiqish uchun oldinga intilayotgan Sterling tomon pas berdi. Himoyachi to‘pni olib qoldi |
| 77' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Navas o‘rniga Ixeanacho tushdi |
| 75' | ![]() |
"ManSiti" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni egallagan mehmonlar bosimni davom ettirishdi va yana burchak zarbasi ishlashdi |
| 74' | ![]() |
Jonatan Xouson sariq kartochka oldi |
| 70' | ![]() |
Silva jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq |
| 68' | ![]() |
"Siti"ning navbatdagi hujumlari samarasiz yakunladi |
| 67' | ![]() |
"Norvich"da ikkita o‘zgarish: Xulalan va Bemford o‘rniga Jerom va Mbokani tushirildi |
| 65' | ![]() |
Silva jarima to‘pini yuqoriga ko‘atra olmadi, to‘p jonli devorga tegdi |
| 64' | ![]() |
Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldida Aguero chalib yiqitildi. Jarima zarbasi tepiladi |
| 62' | ![]() |
Jarima maydonchasining chap tomonida Sterlingga nisbatan fol ishlatildi. David Silva jarimadan yetkazgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi |
| 60' | ![]() |
Aguero jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasi tomon uzatma berdi. To‘pni himoyachi egallab oldi |
| 58' | ![]() |
"Man.Siti"da o‘zgarish: Vilfrid Boni o‘rniga Rahim Sterling tushdi |
| 57' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda ustunlik "shaharliklar" tomonida. Fernandinyo tomonidan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi |
| 54' | ![]() |
Navas o‘ng qanotdan yerlatib uzatma berdi. To‘p mehmonlarga emas, maydon egalariga nasib etdi |
| 53' | ![]() |
Chap qanotdan Sanya yetkazgan uzatmani Raddi egallab oldi |
| 51' | ![]() |
Jarima to‘pi xavfli chiqmadi |
| 50' | ![]() |
Gari O'Nil ogohlantirildi. U jarima maydonchasiga kirayotgan Agueroni tortib yiqitdi |
| 49' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Otamendi bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha o‘yinda hisob ochilmagan. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
Redmond maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Grexem Dorrans tushdi |
| 43' | ![]() |
Redmondga ikki marta tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 39' | ![]() |
VUuuuuh! Patrik Bemford 25 metrlardan chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p Jo Xart qo‘riqlayotgan darvoza to‘siniga tegib qaytdi! |
| 38' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishganidan keyin "Siti" darvozasi oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Himoyachi to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi |
| 36' | ![]() |
"Norvich" hujumlar tashkil qilmoqda, ammo hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 29' | ![]() |
Vuuuuh! Aguero cha tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Raddi to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 27' | ![]() |
Jarima to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda Jo Xartga nisbatan fol ishlatildi |
| 26' | ![]() |
Otamendi sariq kartochka oldi. Jarima maydonchasiga kirayotgan mezbon jarima jamoa sardorini yiqitgani uchun |
| 21' | ![]() |
Klishi chap qanotdan uzatma berdi, himoyachilar to‘pni qaytardi. Takroriy hujum paytida to‘p jarima maydonchasiga cham tomondan kirib borgan Klishining o‘ziga yetkazildi. Gael to‘pni to‘xtatishda xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘p maydonni tark etdi |
| 19' | ![]() |
Serxio Aguero jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda zarba yo‘lladi. noaniq |
| 15' | ![]() |
Vuuuuuh! Aguero jarima to‘pidan kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi |
| 12' | ![]() |
Kechiktirilgan fol sifatida Bennetga ogohlantirish berildi |
| 11' | ![]() |
Boni jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga urindi. Zarba yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 10' | ![]() |
Vuuh! Ageuro birga bir vaziyatga chiqib, zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketganidan keyin bizga bayrog‘ini ko‘tarib turgan laynsmen ko‘rsatildi. Ofsayd |
| 9' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmon himoyachilar qaytarishdi. Mezbon futbolchisining jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasini noaniq chiqdi |
| 8' | ![]() |
"Norvich" hujum tashkil qildi va burchak to‘pi ishladi |
| 6' | ![]() |
"Siti" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ular bu ishni yana bir marta amalga oshirishadi |
| 4' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzataga Kompani bosh bilan zarba berdi. Ruddi to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pni himoyachi qaytardi |
| 3' | ![]() |
David Salvaga nisbatan fol ishlatildi. |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishgan, o‘yin boshlanish arafasida |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli Angliya futboli muxlislari. 30-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan "Norvich" - Manchester Siti" o‘rtasidagi o‘yindan matnli translyasiyani boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|