Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

29-tur, 12 mart, soat 20:00

BARSELONA

Xuan Rodriges (8-avtogol)
Munir el-Haddodiy (19)
Neymar (32, 50)
Lionel Messi (40)
Arda Turon (57)

6 : 0

XETAFE

JAMOALAR TARKIBI
13.Klaudio Bravo (D)
03.Jerar Pike
24.Jeremi Matyo
18.Xordi Alba
08.Andres Inyesta
07.Arda Turan
22.Aleyks Vidal
20.Serxi Roberto
17.Munir el-Haddodiy
10.Lionel Messi
11.Neymar
  13.Visente Guayta (D)
04.Emiliano Velaskez
03.Roberto Lago
05.Santyago Vergini
14.Pedro Leon
11.Karim Yoda
22.Xuan Rodriges
23.Alvaro Medran
12.Stefan Shchepovich
30.Vamberto
32.Emilyano Bundiya

Matn

90+2'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Xetafe" - 6:0!
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
89'
Mensa jarima maydonchasi ichida Vidalni aldab o‘tdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Bravo zarbani qaytardi
88'
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
83'
Vuuuuh! Neymar ikki marta birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. Dastlab u to‘pni parashyut uslubda darvozabon ustidan oshirmoqchi bo‘ldi. Posbon to‘pni egallab oldi. Ikkkinchi vaziyatda esa braziliyalik futbolchining zarbasini Guaita oyog‘i bilan qaytardi. Har safar Neymarga Messi pas bergandi
81'
Vidal Messidan uzatma qabul qildi va o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasidagi Munir tomon uzatma berdi. Posbon to‘pni egallab oldi
75'
"Barselona" qarshi hujumda ikki marta imkoniyatdan foydalana olmadi
69'
"Xetafe"da yana bir yaxshi vaziyat! Mehmonlar qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Hujumchining o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbasi olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi
68'
"Xetafe" futbolchisi Xuan Rodriges jarima maydonchasig tashqarisidan aniq zarba yo‘lladi. Bravo to‘pni egalladi
63'
Qarshi hujumda Messi markazidan boshlab to‘p bilan oldinga yurdi, jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
61'
"Barselona"da ikkita o‘zgarish: Matyo va Inyesta o‘rniga Vermalen va Serxio Samper tushdi
57'
GOOOL! Arda Turon, 6:0! Burchak to‘pidan turkiyalik futbolchi chalqancha uslubda darvozani ishg‘ol qildi!
54'
"Xetafe" murabbiyi birdaniga ikkita o‘zgarish qildi
51'
GOOOOL! Neymar, 5:0! Messining uzatmasidan keyin braziliyalik futbolchi birga bir vaziyatga chiqdi va darvozabonni dog‘da qoldirdi!
49'
Vuuuh! Inyestaning olis masofadan yetkazgan uzatmasini Messi raqib jarima maydonchasi ichida qabul qildi va zarbavor vaziyatga ochilgan Ardaga uzatma berdi. Turon darvozaga aniq zarba bera olmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Xetafe" - 4:0. Tanaffus.
42'
Alvaro Medran sariq kartochka oldi. U Neymarni ikki marta chaldi va oxiri yiqitdi. Messi yo‘llagan jarima zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
40'
GOOOOL! Lionel Messi, 4:0! Jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi!
38'
Vuh! Messining uzatmasidan keyin Neymar darvozagacha 7-8 metrlardan zarba bergandi. To‘p to‘singa tegdi. Ammo ofsayd
32'
GOOOOL! Neymar, 3:0! Messi braziliyalik hujumni birga bir vaziyatga chiqardi va Neymar darvozani ishg‘ol qildi!
31'
Vuuuuh! "Barselona"ning navbatdagi hujumi paytida berilgan zarbadan so‘ng to‘p darvozabonning qo‘li orqali to‘singa tegib pastga tushdi, himoyachilar to‘pni tepib yuborishga ulgurishdi
27'
Inyestaning uzatmasidan keyin Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. Himoyachi to‘pni qo‘li bilan qaytardi. Hakam yana penalti bermadi
25'
Neymar Messidan uzatma qabul qildi va bir necha himoyachi orasidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi. U himoyachining oyog‘iga urilib yiqildi. Hakam penalti belgilamadi
19'
GOOOOOL! Munir el-Haddodiy, 2:0! Maskeranoning uzatmasidan keyin Messi jarima maydonchasi ichida to‘pni chaproqqa yetkazdi. Munir bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
17'
Messining jarimadan zarbasi ancha muvaffaqiyatsiz chiqdi. Regbicha zarba chiqdi.
16'
Jarima maydonchasi tashqarisida Neymarga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 25 metrlar...
11'
Penalti! "Xetafe" darvozasi tomon! Emiliano Velaskez jarima maydonchasi ichida Neymarni yiqitdi. Himoyachiga ogohlantirish berildi. Messi esa penaltidan gol ura olmadi! Uning unchalik kuchli bo‘lmagan zarbasini darvozabon qaytardi!
8'
GOOOL! Xuan Rodriges (avtogol), 1:0! Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Albaga uzatma berdi. Xordining uzatmasidan keyin to‘p himoyachining oyog‘iga tegib, to‘rga borib tushdi
6'
Leo yana jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar qaytarishdi
3'
Messi chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Neymar tomon uzatma berdi. Markaziy himoyachi to‘pni egallab oldi.
1'
Uchrashuv boshlandi
'
Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida «Barselona» «Kamp Nou»da «Xetafe»ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.