Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya kubogi, chorak final

13 mart, soat 21:00. Bosh hakam: Martin Atkinson (Angliya)

MANCHESTER YUNAYTED

Antoni Marsyal (83)

1 : 1

VEST XEM

Dimitri Paye (68)
JAMOALAR TARKIBI
01.David de Xea (D)
12.Kris Smolling
30.Gilyermo Varela
05.Markos Roxo
17.Deyli Blind
35.Jessi Lingard
21.Ander Errera
27.Maruan Fellayni
16.Maykl Kerrik
09.Antoni Marsial
39.Markus Reshford
  01.Darren Rendolf (D)
03.Aaron Kressvell
08.Sheyxu Kuyyate
02.Uinston Rid
21.Andjelo Ogbonna
16.Mark Noubl
30.Maykl Antonio
28.Manuel Lansini
29.Emmanuel Emenike
09.Endi Kerroll
27.Dimitri Paye
ZAHIRA
20.Serxio Romero (D)
52.Shon Uilyams
36.Matteo Darmian
28.Morgan Shnayderlin
07.Memfis Depay
11.Adnan Yanuzay
31.Basti Shvaynshtayger
  13.Adrian (D)
04.Aleks Song
20.Viktor Mozes
14.Pedro Obyang
17.Joy O Brayen
11.Enner Valensiya
15.Dyafra Sako

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "MYu" - "Vest Xem" - 1:1. Dastlabki o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi. Endi jamoalar "Vest Xem" maydonida takroriy o‘yinni o‘tkazishadi
90+3'
"Vest Xem" ketma-ket 3 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi
90+1'
Vuuuh! Maykl Antonio jarima maydonchasi chizig‘i oldidan zarba berdi. Futbolchilar orasidan o‘tib olis burchakka borayotgan to‘pni De Xea qaytardi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
Memfis burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Roxo bosh bilan noaniq zarba yo‘lladi
87'
"MYu"da o‘zgarish: Varela o‘rniga Matteo Darmian tushdi
87'
Vuuh! Kerrik jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
85'
Roxo jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi.
83'
GOOOOOOL! Antoni Marsyal, 1:1! Fransiyalik futbolchi jarima maydonchasi ostonasida to‘pni egalladi va o‘ng qanotdagi jamoadoshiga berdi. Olis ustun tomon yetkazilgan uzatmani Marsyal darvozaga burib qo‘ydi
82'
"Vest Xem"da o‘zgarish: Kerroll o‘rniga Enner Valensiya tushdi
79'
Emenike ogohlantirildi
78'
Shvaynshtayger jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Noaniq
76'
"MYu"da o‘zgarish: Reshford o‘rniga Depay tushdi
75'
Blind chap qanotdan jonli devorni aylantirib zarba bermoqchi bo‘ldi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
74'
Shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida Reshford yiqitildi
71'
Maykl Kerrik sariq kartochka oldi
70'
Marsyal jamoadoshi bilan devor o‘ynab jarima maydonchasiga kirdi, ammo ofsayd
68'
GOOOOOOL! Dimitri Peye, 0:1! Darvozagacha 27 metrlardan jarima to‘pi belgilandi. Peye yo‘llagan zarba ustun tegib, to‘rga borib tushdi. David de Xea ham to‘pga yeta olmadi!
64'
"Vest Xjm" futbolchisi bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va Smolling oyog‘iga urilib yiqildi. Penalti yo‘q
64'
"Vest Xem"da o‘zgarish: Emenike o‘rniga Diafra Sako tushdi
60'
Vuuuuh! Jarima maydonchasi ichida turgan Reshfordga uzatma berildi. U to‘pni oldinga tashlab darvozabon maydonchasiga yaqinlashdi. Hujumchi Renfdolfni aldab o‘tib, zarba bermoqchi bo‘ldi, ammo to‘p darvozabondan so‘ng Reshfordga tegib, maydonni tark etdi
59'
"MYu"da yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Errera jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p uning oyog‘i ostiga tashlangan himoyachi qo‘liga tegib qaytdi. Hakam penalti uchun asos yo‘q deb hisobladi
59'
Sheyxu Kuyate sariq kartochka oldi
57'
Mezbonlar chap tomonda belgilangan jarima zarbasini ijro etishdi. Mehmon jamoa posboni to‘pni egallab oldi
54'
Dimitri Paye ogohlantirish oldi. U chap tomondan jarima maydonchasiga kirayotgan Lingardni chalib yiqitdi
52'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Errera qaytgan to‘ni egallab jarima maydonchasi kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘llashi mumkin bo‘lgan holatda uzatma berishga qaror qildi. Himoyachi to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi
47'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani De Xea qaytardi. To‘pni mezbon himoyachilar egallashdi va xavfni bartaraf etishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus
45+1'
Kressvel chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasi tomon kuchli uzatma berdi. De Xea to‘pni egallab oldi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
40'
Mehmonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mezbonlar jarima maydonchasi ichida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. "MYu" futbolchilari xavfni bartaraf etishdi
37'
Jarima maydonchasi ichidagi Fellayni tomon yuqoridan uzatma berildi. Rendolf to‘pni egallab oldi
33'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani mezbon futbolchilari qaytarishdi
32'
Fellayni sariq kartochka oldi
27'
Vuuuuh! Marsyalning uzatmasidan keyin Roxo chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta ustida zarba yo‘lladi. Erreraning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
24'
Maydon markazidan oldingi chiziq tomn yetkazilgan uzatma "Vest Xem" darvozaboniga nasib etdi
23'
Marsyal chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. Zarba kuchsiz bo‘ldi va to‘pni himoyachilar egallab olishdi
19'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Errera darvoza tomon tepishga harakat qildi. Zarba noaniq bo‘ldi
18'
Vuh! Kressvell chap qanotdan uzatma berdi va Emenike 7 metrdan bosh bilan zarba berdi. De Xea to‘pni egallab oldi
16'
Lingard jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
14'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pni Reshford egallab oldi, ammo himoyachiga nisbatan fol ishlatdi
9'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmagan Kerroll bosh bilan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
6'
Vuuuuuhhh! Emenike birga bir vaziyatga chiqib, jarima maydonchasiga va zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
5'
Kressvell chap qanotdan uzatma berdi, Kerroll jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
4'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Lingard jarima maydonchasi ichida zarba berdi. To‘p darvozaga aniq bormadi
3'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Fellayni bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
2'
"MYu"ning hujumi. Reshford jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Burchak to‘pi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
"Kristal Pelas", "Everton" va "Uotford" jamoalari yarim finalga chiqib bo‘lishdi
'
Angliya kubogi, chorak final bosqichi doirasida so‘nggi o‘yin boshlanish arafasida. "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Vest Xem"ni qabul qilmoqda. Uchrashuvdan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.