Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

29-tur. 14 mart, soat 00:30. Bosh hakam: Fernandes Borbalan

LAS-PALMAS

Villian Joze (87)

1 : 2

REAL MADRID

Serxio Ramos (24)
Kazemiro (89)
JAMOALAR TARKIBI
13.Xavi Varas (D)
03.Maurisio Lemos
05.David Garsiya
17.Pedro Bigas
22.Xavyer Garrido
29.Nili
15.Roki Mesa
18.Anxel Montoro
11.Momo
08.Villian Xose
20.Xonatan Viyera
  01.Keylor Navas (D)
04.Serxio Ramos
15.Daniel Karvaxal
17.Alvaro Arbeloa
03.Pepe
19.Luka Modrich
22.Isko
11.Garet Beyl
14.Kazemiro
18.Lukas Vaskes
07.Krishtianu Ronaldu
ZAHIRA
01.Raul Lizoain (D)
06.Anxel Lopes
16.Aytami Artiles
23.Dani Kastellyano
21.Xuan Valeron
25.Nabil el-Jar
10.Serxio Arujo
  13.Kiko Kasilya (D)
02.Rafayel Varan
06.Nacho Fernandes
12.Marselo
16.Mateo Kovachich
29.Borxa Mayoral
20.Xese

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Real" juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
90+3'
Jarimadan yetkazilgan to‘pga Bigas bosh bilan zarba berdi. To‘p Pepening ko‘kragiga tegib qaytdi
90+3'
"Las-Palmas" jarima maydonchasining o‘ng tomonidan jarima zarbasini tepadi
90+2'
Jarimadan yo‘llangan kuchli zarbani Keylor musht bilan qaytardi
90+1'
Serxio Ramos maydondan chetlatildi. U ikkinchi sariq kartochkani oldi
90'
"Real"da o‘zgarish: Modrich o‘rniga Marselo tushdi
89'
GOOOOOL! Kazemiro, 1:2! Burchakdan yetkazilgan uzatmani yarim himoyachi bosh bilan darvozaga joyladi!
87'
GOOOOOOOL! Villian Joze, 1:1! Kovachich jarima to‘pini o‘yinga kiritib, raqibga topshirib qo‘ydi. Bitta uzatma bilan Villian Joze birga bir vaziyatga chiqarildi va hujumchi to‘pni Navasning ustidan oshirib qo‘ydi.
85'
Vuuuuh! Mezbon futbolchisi chap qanotda Pepedan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. Arauxo 6 metrdan bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
84'
Mezbonlar safida o‘zgarish: David Garsiya o‘rniga Serxio Arauxo tushdi.
82'
Karvaxal o‘ng qanotdan Ronaldu tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi
79'
"Real"da o‘zgarish: Beyl o‘rniga Xese tushdi
75'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga bosh bilan zarba berildi. noaniq
75'
Vuuuuh! Zarbadan so‘ng to‘p Kazemironing oyog‘idan maydonni tark etdi
73'
Qiziq! Borbalan "Real" jarima maydonchasi ichida mezbonlar foydasiga erkin zarba belgiladi! Jarima maydonchasi tashqarisida to‘p El-Jar va Arbeloaning oyog‘idan Navasga borgandi, Keylor to‘pni qo‘li bilan ushlab oldi
71'
"Las-Palmas"da o‘zgarish: Nili o‘rniga El-Jar tushdi
70'
Beyl chap oqyda 23 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
70'
"Las-Palmas" futbolchilari o‘z o‘yinlarini kuchaytirishmoqda
65'
Yana bir xavfli vaziyat! Navas va himoyachilar bir amallab xavfni bartaraf etishdi...
64'
Xavfli vaziyat! "Las-Palmas" hujumchisi darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqdi. Navas to‘pni urib yubordi, to‘pni egallagan mezbonlar darvoza tomon zarba bera olishmadi
63'
Vuuh! Beyl mezbonlar jarima maydonchasi tashqarisida ikki futbolchidan qochdi va o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
62'
Vuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmani Arbeloa o‘z darvozasi tomon burib yubordi. Navas to‘pni egallab oldi
61'
Pepe hujumchiga to‘pni oldirib qo‘ydi va yakkama-yakka vaziyatga qochib ketayotgan raqib futbolchisini tortib yiqitdi. Sariq kartochka
57'
"Las-Palmas" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bosh bilan berilgan zarbani Navas egallab oldi
55'
Maurisio Lemos ham ogohlantirildi
55'
Isko sariq kartochka oldi
52'
Jarimadan yetkazilgan uzatmadan so‘ng to‘p mehmonlardan tark etdi
52'
Vaskes o‘yin qoidasini buzdi. Mezbonlar jarima zarbasini tepishadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Las-Palmas" - "Real" - 0:1. Tanaffus
43'
Ronaldu o‘ng qanotda bir futbolchidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘p Ramosga kelib tushdi. Uning zarbasini himoyachi qaytardi
40'
O‘yin maydon markaziga ko‘chdi
34'
Vuuuh! Modrich tovon bilan bergan uzatmasidan keyin Isko jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
32'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Pedro Bigas tizza bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
31'
"Las-Palmas"da xavfli vaziyat. Hujumchi to‘pga biroz yeta olmadi. Ramos to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
29'
Vuuuuuh! Vaskes o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqqa uzatma berdi. Ronalduning zarbasidan so‘ng to‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
28'
Chap qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmani Keylor Navas baland sakrab egallab oldi
24'
GOOOOOL! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ramos bosh bilan zarba berdi va hisobni ochdi!
24'
Vuuuuuh! Ronaldu yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va zarba yo‘lladi. Xavi Varas to‘pni qaytardi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi!
21'
Ramos ofsaydda qoldi
17'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani madridliklar qaytarishdi. Olis masofadan berilgan zarbani Navas egalladi
16'
Kazemiro sariq kartochka oldi. "Las-Palmas" jarima maydonchasi tashqarisidan jarima zarbasini tepadi
12'
Mezbonlarning yana bir hujumi. Jarima maydonchasi ichida o‘tkir burchak ostida berilgan zarba noaniq chiqdi
11'
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Varas to‘pni egalladi
10'
Vuuuuuh! Modrichning xatosidan so‘ng Villian Xose jarima maydonchasi ichida yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Navas zarbani qaytardi!
9'
"Las-Palmas" yarim himoyachisi Nili ofsaydda qoldi
8'
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
7'
Mezbonlarning hujumini madridliklar qaytarishdi
5'
Mezbon himoyachilari o‘z jarima maydonchalari ichida Ronaldudan to‘pni olib qo‘yishdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Bir daqiqalik sukat
'
"Las-Palmas" futbolchisi Xuan Valeronga 400-raqam tushirilgan futbolka topshirildi. U faoliyatida 400ta o‘yinda maydonga tushibdi. U bugun zaxirada qolgan
'
Diqqat! "Las-Palmas" va "Real" futbolchilari maydonga chiqib kelishmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.