Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«V» guruhi, 3-tur. 16 mart, soat 18:00. Bosh hakam: Piter Grin (Avstraliya)

BUNYODKOR

0 : 0

ZOB OHAN

JAMOALAR TARKIBI
25.Murodjon Zuhurov
3.Akrom Komilov
7.Shaker Zuagi
9.Sato Minori
14.Bahodir Nasimov
16.Dilshod Ahmadaliyev
22.Rustam Ashurmatov
29.Otabek Shukurov
30.Yurisa Bulyat
71.Aleksandar Alimpiyevich
77.Viktor Kaprenko
  12.Muhammadrashid Mazaheriy
3.Volid Ismoil
4.Hodi Muhammadiy
8.Qosim Hadodifar
9.Kvayeh Rizoiy
11.Murtazo Tabriziy
15.Ehson Pahlavon
16.Mahdipur Mahdi
18.Ali Hamam
30.Mahdi Rajabzoda
33.Vohid Muhammadzoda
ZAHIRA
45.Akbar To‘rayev
2.Akmal Shorahmedov
8.Javlon Ibrohimov
10.Eldor Shomurodov
11.Shahzodbek Nurmatov
17.Dostonbek Hamdamov
19.Zabihillo O‘rinboyev
  1.Muhammadbag‘ir Sodiqiy
7.Masud Hassanzoda
17.Marko Aurelio Yubel
23.Daniel Ismoilifar
24.Rizo Shakariy
61.Hoshim Beykzoda
77.Amirkamdar Ahmad

Matn

90+4'
"Bunyodkor" so‘nggi hujumlarini eronlik himoyachilar qaytarishdi. O‘yin yakunlandi. "Bunyodkor" - "Zob Ohan" - 0:0. Tanaffus
90+2'
BUrchak to‘pi ishladi mezbonlar
90+1'
Shomurodov ofsaydda
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Eronliklar qarshi hujumdan foydalana olishmadi
88'
Yuqoridan uzatma berilganidan keyin to‘p Hamdamovga kelib tushdi. Dostonning zarbasi yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘lishdi
86'
Zuagi o‘ng qanotdan bergan uzatmaga hech kim yeta olmadi
85'
"Bunyodkor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni uzoqlashtirdi
84'
"Zob Ohan"da o‘zgarish: Mahdi Rajabzoda o‘rniga Amirkamdar Ahmad tushdi
81'
Satoning uzatmasini O‘rinboyev jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi
78'
Shomurodov ofsaydda qoldi
76'
Shukurov olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi
75'
Vuuuuuh! O‘ng qanotdan tashkil qilingan hujum natijasida Ahmadaliyev jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p O‘rinboyevning oyog‘idan Shomurodovga kelib tushdi. Eldorning zarbasi rekoshet natijasida ustun yonidan o‘tib ketdi. Hakam burchak to‘pi bermadi
73'
"Zob Ohan"da o‘zgarish: Tabriziy o‘rniga Marko Aurelio tushdi
72'
Shomurodov chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Rizoiy to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
69'
Komilov chap qanotdan oldinga o‘tdi, ammo burchakka yaqin joyda sirpanib ketishi natijasida to‘p maydonni tark etdi
66'
Eronlik futbolchilar hujumda biroz bo‘shroq harakat qilishgani uchun imkoniyatni qo‘ldan chiqarishdi. Himoyachilarimz to‘pni egallab olishdi
63'
Mehmonlarning yana bir xavfli hujumi. Zuhurov zarbani qaytardi
62'
Qanotdan yetkazilgan uzatmaga Shomurodov bosh bilan zarba berdi. Mazaheriy to‘pni egalladi
59'
"Bunyodkor"da uchinchi o‘zgarish: Bahodir Nasimov o‘rniga Zabihilla O‘rinboyev tushdi
58'
Himoyachilarimiz maydon markazida to‘pni oldirib qo‘yishdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Rajabzoda darvoza tomon burdi. Zuhurov to‘pni egalladi
56'
Komilovning uzatmasini eronlik posbon egallab oldi
56'
Vuuuuuh! Shukurov jarima maydonchamiz ichida Rizoiyni zarbavor vaziyatga chiqarib yubordi. Baxtimizga zarba noaniq bo‘ldi
55'
Shomurodov o‘ng qanotdan ikki himoyachi orasidan o‘tib ketayotganida yiqildi, Grin o‘yinni to‘xtatmadi
50'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Bulyat egallab oldi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Shomurodov bosh bilan zarba berdi. Mazaheriy qaytardi...
49'
VUuuuuuu! Satoning uzatmasidan keyin Shomurodov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, yakkama-yakka vaziyatda zarba yo‘lladi. Mazaheriy zarbani qaytardi. Eldor qaytgan to‘pni sheriklariga yetkazayotganida darvozabon maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
48'
Vuuuuh! Komilov chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Zuagi 11 metrli nuqta oldidan bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
48'
"Bunyodkor" o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi va burchak zarbasi ishladi
46'
Nasimov o‘ng tomondan oldinga o‘tdi va u ikki himoyachi orasida siqilib qolib yiqildi. Hakam fol belgilamadi
46'
"Bunyodkor"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Karpenko va Alimpiyevich o‘rniga Doston Hamdamov va Eldor Shomurodov tushirildi
46'
"Zob Ohan"da o‘zgarish: Hadodifar o‘rniga Daniel Ismoilifar tushdi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus
45'
Biirnchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
43'
Ehhhh, Nasimoooov! Ajoyib sovg‘adan foydalana olmadi! Birga bir vaziyatda 12 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi...
41'
"Zob Ohan" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Zuagi to‘pni qaytardi
38'
"Zob Ohan"da yaxshi imkoniyat! Chapdan yetkazilgan uzatmani Zuhurov qaytardi. To‘pni mehmon futbolchi egalladi va zarba berdi. HImoyachilarimiz zarbani qaytarishdi
37'
Eronlik futbolchi birga bir vaziyatga chiqib ketayotgandi, yelkasida Komilovning qo‘lini sezgan zahoti o‘zini tashlavordi. Penalti yo‘q
35'
Vuuuuuh! O‘yindagi ilk xavfli vaziyat! Komilov chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘p Nasimov va Zuagidan o‘tib ketib, Karpenkoga kelib tushdi. Viktor darvozaga aniq zarba bera olmadi!
34'
Jarima maydonchasining o‘ng burchagiga yaqin joyda Zuagi yiqitildi. Karpenko jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytarishdi
33'
Eronlik hujumchi ofsaydda qoldi
30'
"Zob Ohan" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Zuagi to‘pni qaytardi
27'
Ahmadaliyev olis masofadan zarba yo‘lladi. Ancha noaniq
23'
Rizoiy jarima zarbasini jonli devorning tagidan yerlatib yo‘lladi. Zarba kuchli bo‘lmadi, Zuhurov to‘pni egallab oldi
22'
Alimpiyevich ogohlantirish oldi. U jarima maydonchasi yaqinida Rajabzodani ortdan yiqitdi
20'
Ahmadaliyev o‘ng tomondan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga kirayotgan Karpenkoga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi
15'
"Qaldirg‘ochlar" to‘pni tez-tez yo‘qotishmoqda. "Zob Ohan" ko‘proq hujum tashkil qilmoqda
13'
Raqiblarning xavfli hujumi. O‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatmani himoyachilarimiz qaytarib qolishdi
12'
Maydon markazidan Karpenkoga uzatma berildi. Viktor birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo to‘pni to‘xtata olmadi
11'
Maydon markazigan yaqin joydan belgilangan jarima to‘pni jarima maydonchasining chap tomoniga yetkazildi. Sato to‘p darvoza yaqinga yetkazmoqchi bo‘ldi, ammo to‘p darvoza to‘riga yuqori tomondan kelib tushdi
9'
Olis masofadan yetkazilgan uzatmaga Karpenko jarima maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi. Mazaheriy to‘pni egallab oldi
7'
Isfahonliklar to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lishmoqda
3'
To‘p jarima maydonchasiga yetkazildi, ofsayd
2'
Chap qanotdan Sato Minoriga nisbtan fol ishlatildi
1'
O‘yin boshlandi!
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! OCHL, 3-tur doirasida "Bunyodkor" va "Zob Ohan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.