| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 31-tur, 19 mart, soat 17:45. Bosh hakam: Mark Klattenburg | ||
EVERTON |
0 : 2 |
ARSENALDenni Uelbek (7)
Aleks Ivobi (42) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Joel Robles (D) 06.Fil Jagelka 17.Muhammad Beshich 25.Ramiro Funes Mori 03.Leyton Beyns 15.Tom Kleverli 16.Jeyms MakKarti 23.Shimus Koulmen 20.Ross Barkli 12.Aaron Lennon 10.Romelu Lukaku |
13.David Ospina (D) 06.Loran Koselni 18.Nacho Monreal 24.Ektor Bellerin 05.Gabriel Paulista 34.Fransis Koklen 35.Moxamed El-Nenni 11.Mesut O‘zil 45.Aleks Ivobi 23.Denni Uelbek 17.Aleksis Sanches |
|
| ZAHIRA | ||
|
24.Tim Xovard (D) 05.Jon Stounz 32.Brendan Gellouey 21.Leon Osman 14.Umar Niasse 19.Jerar Delofeu 09.Aruna Kone |
49.Mett Meysi (D) 03.Kiran Gibbs 04.Per Mertezaker 21.Kalum Chambers 28.Xoel Kembell 12.Olivye Jiru 14.Teo Uolkott |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Arsenal" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va jadvaldagi 3-pog‘onasini mustahkamlab oldi. |
| 90+4' | ![]() |
Deulofeu o‘ng qanotdan uzatma berdi. Ospina to‘pni egalladi |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuuh! Jiru chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va kuchli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 90+2' | ![]() |
"Everton" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ospina to‘pni egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi |
| 88' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Lukaku bosh bilan 7-8 metrlardan zarba berdi. Ospina to‘pni egalladi |
| 86' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Ivobi o‘rniga Kalum Chembers tushdi |
| 85' | ![]() |
"Arsenal" ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi. Ivobi Jiru tomon aniq pas bera olmadi. Aks holda hujumchi birga bir vaziyatga chiqib ketardi |
| 83' | ![]() |
Burchakdan to‘pini Jiru bosh bilan darvozaga joyladi, ammo hakam golni inobatga olmadi. Himoyachiga nisbatan hujumda fol ishlatildi |
| 82' | ![]() |
Jiru olis masofadan yo‘llagan zarba rekoshet holatda maydonni tark etdi. |
| 81' | ![]() |
Jarimadan yo‘llangan zarbani Robles egallab oldi |
| 81' | ![]() |
Shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida Jiruga nisbatan fol ishlatildi |
| 78' | ![]() |
"Everton" himoyachisi Koulmen ofsaydda qoldi |
| 74' | ![]() |
"Arsenal"da ikkita o‘zgarish: O‘zil va Uelbek o‘rniga Kiran Gibas va Olivye Jiru tushirildi. |
| 73' | ![]() |
"EYErton"da o‘zgarish: Barkli o‘rniga Jerar Delofeu tushdi |
| 72' | ![]() |
Mezbonlar hujum tashkil qilib, zarba berishdi. To‘pni Gabriyel qaytardi va so‘ngra uni tepib yubordi |
| 69' | ![]() |
Vuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Jagelka bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 66' | ![]() |
Oyyy... Koulmen o‘ng qanotdan uzatma berdi. Ospina to‘pni egallab oldi, ammo to‘pga tashlangan Lukaku darvozabonga kelib urildi. Darvozabon jiddiy jarohat oldi. Hujumchiiga ogohlantirish berilmadi. |
| 64' | ![]() |
Bugun Venger shogirdlari yaxshi o‘ynashmoqda. O‘zlari yaratgan imkoniyatdan foydalanib, himoyada bexato harakat qilishmoqda |
| 58' | ![]() |
Ivobi noaniq uzatma berdi, aks holda O‘zil yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketardi... |
| 57' | ![]() |
"Everton" futbolchilari asta-sekin bosimni oshirishga harakat qilishmoqda. Ular tavakkal qilishga majburlar |
| 52' | ![]() |
Sanches jarima maydonchasining o‘ng burchagida turib ichkariga kirayotgan Ivobining yo‘liga uzatma berdi. Aleks to‘pga yeta olmadi |
| 50' | ![]() |
Lukaku chap qanotdan jarima maydonchasi uzatma berdi. Koklen to‘pni qaytardi |
| 48' | ![]() |
Sanches o‘ng tomondan darvozabon maydonchasiga yaqinlashib bordi va orqaroqqa uzatma berdi. O‘zilning zarbasini himoyachi qaytardi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
"Everton"da o‘zgarish: Muhammad Beshich o‘rniga Jon Stounz tushdi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Everton" - "Arsenal" - 0:2. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
Vuh! Mehmonlar tovonlar yordamida qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Ivobining zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 44' | ![]() |
Uelbek chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va oyog‘ining tagiga tashlangan himoyachidan o‘tib keta olmadi |
| 42' | ![]() |
GOOOOOOL! Aleks Ivobi, 0:2! "Arsenal" tezkor qarshi hujum tashkil qildi va olis masofadan Ivobiga uzatma berildi. Aleks bir himoyachi ta’qibi ostida jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba berdi. To‘p Roblesning oyoqlari orasidan o‘tib, to‘rga borib tushdi |
| 38' | ![]() |
Aleksisning uzatmasidan keyin Bellerin jarima maydonchasiga kirib bordi va 14 metrlardan zarba berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 36' | ![]() |
Chap qanotdan uzatma berildi, Jagelka to‘pni qaytardi. Aks holda uning ortida turgan Uelbek darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi |
| 34' | ![]() |
Bellerin o‘ng qanotdan yerlatib uzatma berdi va Sanches to‘pni egalladi. Aleksis himoyachining oyog‘iga qoqilib yiqildi. Klattenburg jim |
| 28' | ![]() |
"Kanonirlar" burchak to‘pi paytida yaxshi himoyalanishdi |
| 27' | ![]() |
"Everton" qarshi hujum tashkil qildi va burchak to‘pi ishladi. |
| 23' | ![]() |
Xavfli zarba! "Evrton" qanotdan bergan uzatmani mehmon himoyachilari qaytarishdi. Qaytgan to‘pni Muhammad Beshich jarima maydonchasi tashqarisida egalladi va 18 metrlardan zarba yo‘lladi. Ospina ikkinchi urinishda to‘pni egalladi |
| 21' | ![]() |
Yaxshi hujum! O‘zil Ivobi bilan "devor" o‘ynab, raqib jarima maydonchasiga kirib bordi. Uning zarbasiga yo‘liga himoyachi oyoq qo‘yib qoldi. Burchak to‘pi samarali chiqmadi |
| 19' | ![]() |
"Everton" asta-sekin oldinga o‘tmoqda. Hozircha xavfli vaziyat yo‘q |
| 15' | ![]() |
Mehmonlarning chap qanotdan uzatmasini mezbon himoyachilari qaytarishdi |
| 12' | ![]() |
To‘pni nazorat qilish bo‘yicha kichik ustunlik "kanonirlar" tomonida |
| 8' | ![]() |
Yana bir xavfli vaziyat! Uelbek raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni himoyachidan olib qo‘ydi va Sanches bu safar jarima maydonchasiga kirayotgan Ivobini to‘p bilan ta’minladi. Aleks yo‘llagan zarbani Robles egallab oldi |
| 7' | ![]() |
GOOOOOOL! Denni Uelbek, 0?1! Mehmonlar chiroyli hujum tashkil qilishdi. Aleksisning uzatmasidan keyin hujumchi birga bir vaziyatga chiqdi, darvozabonni aldab o‘tdi va bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 4' | ![]() |
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Paulista oyoq bilan aniq zarba bera olmadi |
| 3' | ![]() |
Xavfli vaziyat. Lukaku chap qanotdan jarima maydonchasiga yuqoridan uzatma berdi. Barkli bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 2' | ![]() |
Vuuuuuh! Burchakdan yerlatib yetkazilgan uzatmani Koulmen yaqin ustun yonidan darvoza tomon burdi. To‘p ustunga tegib maydonni tark etdi |
| 1' | ![]() |
Dastlabki hujumni "Everton" o‘ng qanotdan tashkil qildi va burchak to‘pi ishladi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga mezbonlar kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum! Dam olishlari kunlari va Yevropa milliy chempionatlarida navbatdagi tur o‘yinlari boshlanmoqda. Bugun APLning 31-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan markaziy o‘yinlardan birini e’tiboringizga havola qilamiz. "Everton" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qilmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|