| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 30-tur, 20 mart, soat 20:00 | ||
VILYARREALSedrik Bakambu (57)
Jeremi Matyo (63-avtogol) |
2 : 2 |
BARSELONAIvan Rakitich (20)
Neymar (41-pen.) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Serxio Asenxo (D) 02.Mario Gaspar 24.Erik Bayi 06.Viktor Ruis 22.Antonio Rukavina 19.Samuel Kastilyexo 14.Manu Triguros 21.Bruno Soriano 18.Denis Suares 17.Sedrik Bakambu 09.Roberto Soldado |
13.Klaudio Bravo (D) 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 20.Serji Roberto 05.Serjio Buskets 07.Arda Turon 14.Xavyer Maskerano 04.Ivan Rakitich 11.Neymar 10.Lionel Messi 09.Luis Suares |
|
| ZAHIRA | ||
|
25.Mariano Barbosa (D) 23.Daniele Bonera 27.Adrian Marin 04.Tomas Pinya 28.Alfonso Pedraza 10.Leo Baptistao 20.Adrian Lopes |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 24.Jeremi Matyo 06.Dani Alves 21.Adriano 15.Mark Bartra 22.Aleysh Vidal 17.Munir el-Haddodiy |
|
Matn
| ' | ![]() |
ANONS! Bugun 00:30da bo‘ladigan "Real" - "Sevilya" bahsidan onlayn translyasiyani kuzatib borishni unutmang! |
| 90+5' | ![]() |
Jaria to‘pi xavfli chiqmadi. O‘yin yakunlandi. "Vilyarreal" - "Barselona" - 2:2! Kataloniyaliklar 2 ochko yo‘qotishdi |
| 90+4' | ![]() |
Jeremi Matyo ogohlantirish oldi. "Vilyarreal" chap tomondan jarima zarbasini tepadi |
| 90+3' | ![]() |
Neymarga nisbatan chap qanotdan fol ishlatildi. Messi jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p Matyoning ko‘kragidan maydonni tark etdi |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuuh! Adrian Lopes darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Maskerano hujumchining oyog‘iga tagiga tashlanib, unga xalal berdi. Natijada Lopes zarba bera olmadi, boz ustiga to‘p uning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Maskerano o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Suares to‘pni to‘xtatmasdan zarba berdi. Noaniq |
| 88' | ![]() |
Mezbonlar ajoyib qarshi hujumdan foydalana olishmadi. So‘nggi uzatmani Alves egallab oldi |
| 85' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani mezbonlar qaytarishdi. Qaytgan to‘pga Serji Roberto zarba berdi. Asenxo ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 85' | ![]() |
Yana sariq. Hakam bugun juda ham oshirib yubordi. Trigeros |
| 83' | ![]() |
"Vilyarreal"da o‘zgarish: Soldado o‘rniga Leo Baptistao tushdi |
| 82' | ![]() |
Ehhhh, Rakitich! Alba chap qanotdan bergan uzatmani Asenxo qaytardi. To‘p esa Ivanga kelib tushdi. Xorvatiyalik futbolchi to‘pni to‘xtatmasdan tepmoqchi bo‘ldi, to‘p boshqa tomonga ketib qoldi |
| 81' | ![]() |
"Sariq suvosti kemasi" hujumda Maskeranoga nisbatan fol ishlatishdi |
| 80' | ![]() |
"Barsa" ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar yaxshi himoyalanishmoqda |
| 78' | ![]() |
Tomas Pina ogohlantirish oldi. Rakitichning oyog‘iga xavfli tashlandi |
| 74' | ![]() |
"Vilyerreal"da o‘zgarish: Denis Suares o‘rniga Tomas Pina tushdi |
| 73' | ![]() |
Kastilyexo chap qanotdan uzatma berdi. Matyo to‘pni qaytardi |
| 71' | ![]() |
Messi jarimadan yetkazgan uzatmani Rakitich bosh bilan darvoza tomon burdi. Asenxo zarbani qaytarishga ulgurdi! Burchak to‘pi |
| 70' | ![]() |
"Vilyarreal"da o‘zgarish: Bakambu o‘rniga Adrian Lopes tushdi |
| 69' | ![]() |
Serji Roberto jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 65' | ![]() |
Messi jarimadan yetkazgan uzatmani Asenxo egallab oldi |
| 65' | O‘yin dahshatli tus oldi. Tezlik keskin oshib ketdi | |
| 63' | ![]() |
GOOOOOL! Jeremi Matyo avtogol, 2:2! Burchakdan yetkazilgan to‘p Soldadoning boshida Matyoga tegib, to‘rga borib tushdi! |
| 60' | ![]() |
Vuuuuuh! Neymaaaaaar! Qarshi hujumdi Neymar jarima maydonchasining chap qanotatida to‘pni egalladi va himoyachilarni aldab, markaz tomon surildi va 11 metrli nuqta yaqinida deyarli birga bir vaziyatda zarba berdi. Asenxo qanday zarbani qaytarmoqda!!!! |
| 60' | ![]() |
Vuuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Erik Bayi bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi... |
| 59' | ![]() |
Vuuuuuh! Burchak to‘pidan keyin Kastilyexo biroz o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Bravo qaytardi. Yana bir burchak to‘pi |
| 57' | ![]() |
GOOOOOOL! Sedrik Bakambu, 1:2! Denis Suares jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta atrofida zarba yo‘lladi. Bravo to‘pni yon tomonga urib yubordi, Bakambu bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 56' | ![]() |
"Barsa"da ikkinchi o‘zgarish: Arda Turon o‘rniga Daniyel Alves tushdi |
| 56' | ![]() |
"Barsa" chiroyli hujum tashkil qildi. Neymar 16 metrdan o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Messiga pas berdi. Leo to‘pga zo‘rg‘a yetib bordi, ammo Asenxo to‘ni egallab oldi. Boz ustiga, argentinalik futbol ofsaydda deb topildi |
| 55' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Pike o‘rniga Jeremi Matyo tushdi. El-klasiko oldidan muhim himoyachining "qizil" olib qolishining oldini oldi Enrike |
| 54' | ![]() |
Jarimadan yo‘llangan jonli devorga tegib qaytdi. Qayta tashkil etilgan hujum natijasida Trigeros 17 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tdi va to‘rga yuqoridan tegdi |
| 53' | ![]() |
Xordi Alba sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasi ostonasida Soldadoni chalib yiqitdi |
| 51' | ![]() |
Qarshi hujum natijasida jarima maydonchasiga kirib borayotgan Bakambuga uzatma berildi. Sadrik 12 metrlardan unchalik kuchli bo‘lmagan zarba berdi. Bravo o‘z joyida |
| 50' | ![]() |
Kataloniyaliklar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. Albaning jarima maydonchasiga uzatmasini himoyachilar qaytarishdi |
| 48' | ![]() |
To‘pni "Barsa" nazorat qilmoqda |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
Penalti belgilangan ahamiyat qaratish lozim. Neymar darvozabon bilan yuzma yuz holatda to‘pni o‘ng tomonga olib qochdi. To‘p esa uzoqqa ketmadi va darvozabon unga qo‘l cho‘zdi. Asenxoning qo‘li to‘pga tegdi hamki, Neymar unga urilib yiqildi. Nazarimizda, penalti yo‘q edi. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Vilyarreal" - "Barselona" - 0:2. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
Messi qarshi hujumga asos soldi va chap qanotdagi Neymarga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchining uzatmasidan keyin Messi 15 metrlardan zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi va Asenxo to‘pni egalladi |
| 43' | ![]() |
Yana bir sariq kartochka. Antonio Rukavina ogohlantirildi. Messining oyog‘iga tepgani uchun |
| 41' | ![]() |
GOOOOL! Neymar, 0:2! Braziliyalik hujumchi markaz bo‘ylab yumshoq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. |
| 40' | ![]() |
"Vilyarreal" darvozasiga penalti! Messining uzatmasidan keyin Neymar yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va darvozabonga to‘qnashib yiqildi... Asenxoga sariq kartochka |
| 39' | ![]() |
VUUUUUH! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Bakambu shundoqqina darvozabon maydonchasi ichida darvozaga bura olmadi! |
| 39' | ![]() |
Buskets maydon markazidan turib oldinga o‘tayotgan Messiga uzatma berdi. Asenxo to‘pni egalladi |
| 38' | ![]() |
"Vilyarreal" qarshi hujumga o‘tdi. Bakambu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p Pike tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va uni Bravo egallab oldi |
| 36' | ![]() |
Vuuuuh! O‘ng qanotdan yerlatib yetkazilgan uzatmaga Triguros 16 metrdan darvoza tomon zarba berdi. Bravo to‘pni egallab oldi |
| 33' | ![]() |
Kataloniyaliklar to‘p nazoratini to‘laligacha o‘zlarida ushlab turibdilar |
| 32' | ![]() |
Messi ikki futbolchidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi, ammo uchinchisidan o‘tib keta olmadi |
| 29' | ![]() |
Neymar ofsaydda qoldi |
| 27' | ![]() |
Vuh! Turonning uzatmasidan keyin Neymar bir himoyachidan qochib ketib, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va himoyachini aldab o‘tayotganida unga urilib yiqildi. Hakam penalti uchun asos topmadi |
| 24' | ![]() |
"Vilyarreal" futbolchisi Bruno Sorianoga "sariq" |
| 21' | ![]() |
Qiziq! "Vilyarreal" futbolchisi Pikeni aldab o‘tayotganida, "Barsa" himoyachisi raqib oyog‘iga ostiga tashlandi va so‘ngra to‘pni o‘zi bilmagan holda qo‘li bilan to‘xtatib qoldi. Hakam bu vaziyatni ko‘rmay qoldi. Bu haqida laynsmen xabar berishi kerak edi. Hakamga keskin e’tiroz bildirgan mezbonlar posboni zaxira o‘rindig‘idan chetlatildi |
| 20' | ![]() |
GOOOOOL! Ivan Rakitich, 0:1! Messi jarimadan yetkazgan uzatmaga chiqishda mezbonlar darvozabon xatoga yo‘l qo‘ydi. Himoyachi to‘pni qaytardi va qaytgan to‘pni Rakitich bo‘sh qolgan darvozaga joyladi! |
| 20' | ![]() |
Roberto Soldado ogohlantirildi. Neymarni chalgani uchun |
| 16' | ![]() |
Jerar Pike sariq kartochka oldi, to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun |
| 15' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 13' | ![]() |
Arda Turon sariq kartochka oldi |
| 13' | ![]() |
Mehmonlar qarshi hujum tashkil qilishdi. Messi olis masofadan zarba yo‘lladi. Zarba yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 10' | ![]() |
Rakitich raqib jarima maydonchasi oldida himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va 16 metrdan zarba yo‘lladi. Ustun yonidan o‘tib ketdi to‘p |
| 8' | ![]() |
"Barsa" to‘p nazoratini o‘ziga olmoqda. Roberto o‘ng qanotdan uzatma berdi. To‘pni mehmonlar egallashdi |
| 6' | ![]() |
Denis Suares jarima maydonchasiga kirdi va o‘ng tomonga surilib, olis ustun tomon uzatma berdi. To‘pga hech kim yeta olmadi |
| 5' | ![]() |
Rakitichning uzatmasidan keyin Suares o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi, ammo himoyachiga to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 1' | ![]() |
VUUUUUUUH! O‘yinning 45-soniyasidayoq mezbonlar hisobni ochishlari kerak edi! Bakambu chap qanotda Pikedan o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Denis Suares bosh bilan zarba berganidan so‘ng to‘p Ardaning oyog‘iga tegib, darvoza tomon yo‘l oldi, ammo ustunga tegib qaytdi. To‘pni Bravo egallab oldi!!! Dahshatli start! |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | Bir daqiqalik sukut... kimningdir xotirasiga... | |
| ' | Bugun Inyesta maydonga tushmagan. Shu bois, sardorlik bog‘ichi Messining bilagida. Shuningdek, mehmonlar safida Alves o‘rnida Serji Roberto tushadi | |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda | |
| ' | Qiziqarli uchrashuvdan matnli translyasiyani boshladik | |
| ' | ![]() |
Ispaniya La ligasi, 30-tur. "Vilyarreal" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilmoqda. "Sariq suvosti kemasi" jadvalda 4-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, kataloniyaliklar peshqadam bo‘lib turishibdi |
| ' | ![]() |
Xayrli kech, futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|