| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018 saralash. Osiyo, 2-bosqich
| 9-tur, 24 mart, soat 18:00 | ||
O‘ZBEKISTON59 Anzur Ismoilov
|
1 : 0 |
FILIPPIN |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
21.Aleksandr Lobanov 2.Egor Krimes 5.Anzur Ismoilov 8.Server Jeparov 9.Odil Ahmedov (S) 10.Sardor Rashidov 11.Igor Sergeev 14.Javohir Sohibov 19.Vitaliy Denisov 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 23.Eldor Shomurodov |
1.Neil Eteridje 4.Simone Rota 5.Juan Guirado (S) 6.Luke Vudland 7.Yan Remsey 11.Sato Daysuke 12.Amani Aguinaldo 18.Patrik Reychelt 20.Xavyer Patino 21.Martin Steuble 23.Xose Porteria |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Eldorbek Suyunov 12.Ignatiy Nesterov 3.Kamoliddin Tojiyev 4.Otabek Shukurov 6.Jasur Hasanov 7.Marat Bikmayev 13.Davron Hoshimov 15.Aleksandr Geynrix 16.Stanislav Andreev 17.Sanjar Tursunov 18.Fozil Musayev 22.Sanjar Shoahmedov |
15.Tomas Trigo 16.Patrik Deyto 2.Jim Flores 13.Dennis Vilyanueva 14.Jorrel Aristorenas 17.Klarino 19.Dominik del Rosario 22.Kenshiro Daniyels |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
Hakam uchrashuv tugaganini e’lon qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Anzur Ismoilovning yagona gol evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 18 taga yetkazib, guruh peshqadamiga aylandi. |
| 90' | ![]() |
Luke Vudland maydonni tark etdi. Dominik del Rosario maydonda |
| 89' | ![]() |
Vudland 40 metrlardan regbiga xos super zarba yo‘lladi. |
| 87' | ![]() |
Sohibov olis masofadan zarba berdi, burchak to‘pi |
| 85' | ![]() |
Burchak zarbalari bo‘yicha hisob 11:0 |
| 85' | ![]() |
Odil Ahmedovdan navbatdagi super zarba! Darvozabondan ham super seyv! |
| 84' | ![]() |
Odil Ahmedovdan super reyd, Geynrix birga-bir vaziyatda 5-6 metrdan zarba berdi, to‘p to‘singa tegib qaytdi, uning ikkinchi zarbasini himoyachilar bartarf etishdi, uchinchi zarbada Igor Sergeev "qovun tushirdi". |
| 82' | ![]() |
Bikmayev Rashidovning o‘rniga maydonga tushdi. |
| 81' | 10 daqiqadan beri O‘zbekiston termasi futbolchilari tayinli hujum uyushtira olishmadi. | |
| 80' | ![]() |
Sato Lobanov oldinga chiqib ko‘rganini ko‘rib, olis masofadan noaniq zarba berdi. |
| 78' | ![]() |
Mehmonlar futbolchisi jarohat oldi. Shifokorlar unga yordam ko‘rsatishmoqda. |
| 71' | ![]() |
Filippin tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Noyer yo‘g‘ey, Lobanov oldinga chiqib, to‘pni qaytarib yubordi. |
| 70' | ![]() |
Patrik Reychers o‘rniga Denis Vilyanueva tushdi |
| 66' | ![]() |
Olis masofadan zarba yo‘llash navbati Rashidovga keldi. Yana noaniq... |
| 65' | ![]() |
Bu safar Geynrixning o‘zi olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 64' | ![]() |
Geynrix uzatgan to‘pni Ahmedov darvozaga yo‘lladi. Filippin termasi darvozaboni to‘pni egallab oldi. |
| 63' | ![]() |
Igor Sergeev birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Afsuski uning zarbasi aniq chiqmadi |
| 59' | ![]() |
Geynrix jarima zarbasidan uzatgan to‘pni Anzur Ismoilov bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. 1:0 |
| 59' | ![]() |
Goooooooooooooooooollllllllllll! |
| 58' | ![]() |
Nihoyat kutilgan o‘zgarish! Jeparov o‘rniga Geynrix maydonga tushdi! |
| 58' | ![]() |
Odil Ahmedovdan navatdagi zarba! Rekoshet |
| 56' | ![]() |
Ajoyib zarba! Rashidovning zarbasini darvozabon qaytardi. Keyinchalik To‘xtaxo‘jayev ham zarba berdi, yana darvozabon zarba yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ldi. Keyin esa Jeparov o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi. |
| 54' | ![]() |
Odil Ahmedov olis masofadan zarba yo‘lladi. Yana darvozabon katta sahnaga chiqdi |
| 53' | ![]() |
Eldor Shomurodov o‘rniga Stanislav Andreev maydonga tushdi |
| 52' | ![]() |
Denisov qanotdan to‘pni jarima maydonchasi ichiga yetkazib berdi, bosh bilan berilgan zarba biroz noaniq ketdi |
| 48' | ![]() |
Jeparov olis masofadan zarba yo‘lladi. Himoyachilar zarbani bartaraf etishdi. |
| 47' | ![]() |
Ahmedov jarima maydonchasi yarim aylana ichidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| ' | ![]() |
BIrinchi bo‘limda juda ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olmadik. Taym qahramoni - Filippin darvozaboni Neil Eteridje |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. O‘yinda hisob ochilmadi. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 45' | ![]() |
Gol bo‘lmayapti! Nima qilish kerak? Gol urish kerak! JAmoamiz yaxshi kombinasiya orqali Denisovni chap qanotdan oldinga boshlandi. Vitaliyning uzatmasini Shomurodov yaqin masofadan darvoza tomon burdi. Darvozabon qaytardi qanday qilib? |
| 43' | ![]() |
VUuuuuh! Qarshi hujumda to‘p Odilga kelib tushdi! Ahmedovning zarbasidan to‘p posbonning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 41' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Islomning o‘ng qanotdan uzatmasiga Odil zarba berdi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi!!! |
| 39' | ![]() |
To‘xtaxo‘jayevning o‘ng qanotdan bergan uzatmasidan keyin to‘p Jeparovga kelib tushdi. Serverning yaqin masofadan bergan zarbasini darvozabon qaytardi! Kuchliroq tepmaysanmi! (Stadionda internet ishlamay qolyapti...) |
| 26' | ![]() |
Markaz bo‘ylab berilgan uzatmani natijasida to‘p Sergeevga borib tushdi. Igor to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 26' | ![]() |
Markaz bo‘ylab berilgan uzatmani natijasida to‘p Sergeevga borib tushdi. Igor to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 23' | ![]() |
Burchak to‘plari Filippin darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda, ammo ulardan foydalana olmayapmiz. |
| 22' | ![]() |
Sardor bir himoyachini aldab o‘tib, o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasi yoniga bordi va darvoza oldiga uzatma berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 19' | ![]() |
Odil 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 16' | ![]() |
Denisov chap tomondan himoyachini aldab jarima maydonchasiga uzatma berdi. Odilni to‘pni egallab, orqaroqqa uzatma berdi. Sohibovning zarbasi noaniq chiqdi |
| 16' | ![]() |
Denisov chap tomondan himoyachini aldab jarima maydonchasiga uzatma berdi. Odilni to‘pni egallab, orqaroqqa uzatma berdi. Sohibovning zarbasi noaniq chiqdi |
| 13' | ![]() |
Rashidovning uzatmasidan keyin Jeparov jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Uning zarbasi himoyachiga tegib o‘ng tomonda turgan Shomurodovga kelib tushdi. Eldor zarba bera olmadi |
| 10' | ![]() |
Filippinlik futbolchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka! Xose Porteriya Anzurni oyog‘iga butsasining tishi bilan tepdi |
| 9' | ![]() |
Jarima to‘piga futbolchimiz zarba bera olmadi |
| 8' | ![]() |
Filippin futbolchisi sariq kartochka oldi. Burchakka yaqin joyda Serverga nisbatan fol uchun |
| 7' | ![]() |
Ehhhhh Sergeeeeev! BIrga bir vaziyatda zarba berdi. Darvozabon qaytardi. QAytgan to‘pga Jeparov 16 metrdan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi |
| 6' | ![]() |
Filippin 2 marta hujum tashkil qilishdi. Himoyada bexato o‘ynadik |
| 2' | ![]() |
Vuuuuh! Jeparov tomonidan jarimadan yetkazilgan uzatmaga Krimes bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 2' | ![]() |
Sardor Rashidovga nisbatan fol ishlatildi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! To‘pni o‘yinga filippinliklar kiritib berishdi. Olg‘a, o‘zbekistonliklar! |
| ' | Esdalik uchun sratga tushildi. O‘zbekiston terma jamoasi zaxira o‘rindig‘i oldida doira hosil qilgan holda o‘yinga so‘nggi ruhiy tayyorgarlikni olib borishmoqda | |
| ' | ![]() |
Muxlislar stadion uzra ulkan o‘lchamdagi bayroqni yoyishdi va xilpiratishmoqda! |
| ' | ![]() |
Davlat madhiyalari yangraydi. Dastlab Filippin, so‘ngra O‘zbekiston madhiyasi... |
| ' | ![]() |
Diqqat! jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda! |
| ' | ![]() |
Maydonga O‘zbekiston va Filippin mamlakatlari bayroqlari olib chiqildi |
| ' | ![]() |
Butun stadion O‘Z-BE-KIS-TON, O‘Z-BE-KIS-TON deya olqishlamoqda |
| ' | Futbolchilar mashg‘ulotni yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi | |
| ' | ![]() |
Aytishlaricha, olib-sotarlar 20 ming so‘mlik chiptalarni 10 ming so‘mdan olishni taklif qilishayotgan ekan... |
| ' | O‘yin boshlanishiga 27 daqiqa qoldi. Stadion hali to‘lmagan. Taxminan 60% to‘ldi | |
| ' | O‘yin boshlanishiga 27 daqiqa qoldi. Stadion hali to‘lmagan. Taxminan 60% to‘ldi | |
| ' | Ayni pallada jamoalari maydonda chigalyozdi mashg‘ulotlarini olib borishmoqda. Bugun O‘zbekiston ko‘k, Filippin oq rangli formada harakat qiladi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! "Bunyodkor" stadionidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|