Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

32-tur, 2 aprel, soat 16:45

ASTON VILLA

0 : 4

CHELSI

Ruben Loftus-Chik (26)
Aleshanndre Pato (45+3-penalti)
Pedro Rodriges (46, 59)
JAMOALAR TARKIBI
01.Bred Guzan (D)
15.Eshli Vestvud
43.Ali Sissoko
04.Mayka Richards
21.Alan Xatton
16.Joleon Leskott
08.Idrissa Geye
25.Karles Xil
24.Karlos Sanches
39.Rudi Gestede
19.Jordan Ayyu
  13.Tibo Kurtua (D)
02.Branislav Ivanovich
20.Mett Miazga
06.Baba Raxman
28.Sesar Aspilikueta
04.Sesk Fabregas
12.Jon Obi Mikel
18.Loik Remi
36.Ruben Loftus-Chik
17.Pedro Rodriges
16.Robert Kenedi
ZAHIRA
31.Mark Bann (D)
05.Jores Okore
38.Jordan Liden
07.Leandro Bakuna
40.Jek Grilish
17.Jordan Veretut
09.Skott Sinkleyr
  01.Asmir Begovich (D)
27.Yamal Blekmen (D)
14.Bertrand Traore
21.Nemanya Matich
08.Oskar
11.Aleshandre Pato
09.Radamel Falkao

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Aston Villa" - "Chelsi" - 0:4.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
88'
Ayyuning uzatmasidan keyin Grilish darvozaga uzoq bo‘lmagan masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
87'
Eshli Vestvud ogohlantirildi
85'
Xatton ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi
84'
Vuuuuh! Kennedi birga bir vaziyatda to‘pni darvozabonning yonidan o‘tkazdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi...
82'
"Aston Villa"da o‘zgarish: Geye o‘rniga Jordan Liden tushdi
78'
Alan Xatton ogohlantirildi
77'
"Aston Villa" muxlislari bannerlar ko‘tarib, o‘ziga xos aksiyani boshlab yuborishdi. Bannerlarda "O‘tmishni hurmat qilmagan jamoaning kelajagi yo‘q", degan yozuvlar bor
74'
"Chelsi"da o‘zgarish: Pedro o‘rniga Jeyk Klark-Salter tushdi
72'
Mezbonlar ikki yaxshi imkoniyatdan foydalana olishmadi. Boz ustiga, hakam "Chelsi" darvoza tomon toza penaltini bermadi
68'
Mezbon futbolchisi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga kuchli uzatma berdi. Grilish to‘pga biroz yeta olmadi...
66'
"Aston Villa"da o‘zgarish: Karles Xil o‘rniga Jek Grilish tushdi
65'
Oskar Patoni birga bir vaziyatga chiqarishga urindi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi
60'
Karlos Sanches ogohlantirildi
59'
GOOOL! Pedro Rodriges, 0:4! Oskarning uzatmasidan keyin Pato chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis burchak tomon zarba berdi. Guzan to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Pedro o‘tkir burchak ostida darvozaga joyladi!
56'
"Aston Villa" bosimni oshirmoqda. Mezbonlar ikkita burchak to‘pini va bir marta jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi
53'
"Chelsi" amalda o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi. Bugungi 3 ochkodan keyin Xiddink shogirdlari ochkolar sonini 44taga yetkazib olishadi.
50'
Jordan Ayyu olis masofadan kuchli va xavfli zarba yo‘lladi. Kurtua ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
46'
GOOOL! Pedro Rodriges hisobni 0:3 ko‘rinishiga keltirdi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+4'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Aston Villa" - "Chelsi" - 0:2. Tanaffus
45+3'
GOOOL! Aleshandre Pato, 0:2! Kuchli zarbani Guzan qaytara olmadi
45+2'
Penalti! "Aston Villa" darvozasiga!
45+1'
Londonliklar yaxshi vaziyatdan foydalana olishmadi. Fabregas jaria maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, zarba berish o‘rniga, tovoni bilan uzatma berishga qaror qildi va to‘p yo‘qotildi
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Vuuuuh! Himoyachilarning xatosidan keyin Loftus-Chik raqib jarima maydonchasiga tashqarisidan to‘pni egallab oldi va 16 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi...
41'
Vuuuuuuh! Chap tomondan yetkazilgan uzatmani Ayyu jarima maydonchasi ichida qabul qildi va 3 himoyachi orasida bo‘lishiga qaramay, zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi
38'
Londonliklar ijrosidagi jarima to‘pi xavfli bo‘ldi. Fabregas yetkazib bergan to‘pni Miazga darvozabon maydonchasidagi Ivanovich tomon burdi. Darvzabon to‘pni ushlab oldi
37'
Vuuuuh! Fabregasning uzatmasidan keyin Baba Rahmon birga bir vaziyatga chiqib ketdi va o‘tkir burchak ostidan zarba berdi. Guzan oyog‘i bilan zarbani qaytardi
34'
Jordan Ayyu yumshoq tarzda darvoza burchagi tomon zarba berdi. Kurta to‘pni egallab oldi
33'
Shundoqqina jarima maydonchasiga chizig‘hi oldida Fabregas Ayyuni chalib yiqitdi
31'
Xavfli vaziyat! Ayyu chap qanotda turib jarima maydonchasiga kirgan Gestedega uzatma berdi. Hujumchi o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Tibo to‘pni ushlab qola olmadi. Himoyachi tepib yuborayotgan to‘p Ayyuga keldi va darvoza tomon ketdi. Kurtua to‘pni egalladi
29'
"Aston Villa" futbolchisi Idrissa Gese va "Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabrgeas ogohlantirildi
26'
GOOOOOL! Ruben Loftus-Chik, 0:1! Hujumni Jon Obi Mikel boshlab berdi. U to‘pni Pedroga, Rodriges esa o‘ng qanotdan hujumga qo‘shilgan Aspilikuetaga uzatma berdi. Qanot himoyachsining uzatmasini Loftus-Chik darvoza tomon burdi. To‘p himoyachining og‘iga tegib, o‘z yo‘nalishini biroz o‘zgartirdi va to‘rga borib tushdi
23'
"Chelsi"da o‘zgarish: Loik Remi jarohat olib, maydonni tark etdi. Aleshandre Pato maydonga tushdi
22'
Jordan Ayyu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llab, burchak to‘pi ishladi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Leskott bosh bilan zarba berdi. Himoyachi qaytardi
19'
Vuuuh! Fabregasning uzatmasidan keyin Pedro jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! Ammo ofsayd!..
15'
Mezbonlar futbolchisi olis masofadan zarba yo‘lladi. Kurtua to‘pni ushlab oldi
11'
Vuuuuuh! "Chelsi" burchak to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytargan to‘pni Pedro egalladi va bir himoyachini chalg‘itib, "to‘qqizlik" tomon zarba berdi. To‘p birozgina to‘sin ustidan o‘tib, to‘rning yuqori tomonini silab o‘tib ketdi
10'
"Aston Villa" chap qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Bosh bilan berilgan zarbadan so‘ng to‘pni Kurtua egallab oldi
6'
O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda. Hozircha xavfili vaziyatlar yo‘q
2'
"Chelsi"dan yaxshi kombinasiya. Pedroning uzatmasidan keyin Fabregas to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba berishga urindi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani mezbonlar qaytarishdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Chelsi" esa yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda
'
Birmingemliklar 16 ochko bilan jadvalning eng quyi pog‘onasini egallab turishibdi. "Villa"ning APLda jon saqlab qolishi juda va juda qiyin bo‘lib qolgan
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. FIFA kunlari yakuniga yetib, Yevropa milliy chempionatlariga e’tiborimizni qaratamiz. APL. "Aston Villa" o‘z maydonida "Chelsi"ni qabul qilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.