Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

32-tur, 2 aprel, soat 19:00

ARSENAL

Aleksis Sanches (4)
Aleks Ivobi (38)
Ektor Bellerin (48)
Teo Uolkott (90)

4 : 0

UOTFORD

JAMOALAR TARKIBI
13.David Ospina (D)
18.Nacho Monreal
24.Ektor Bellerin
05.Gabriel Paulista
06.Loran Koselni
34.Fransis Koklen
35.Muhammad el-Nenni
11.Mesut O‘zil
17.Aleksis Sanches
23.Denni Uelbek
45.Aleks Ivobi
  01.Eurelyo Gomes (D)
05.Sebastyan Predl
15.Kreyg Katkart
16.Natan Ake
02.Allan Nyom
04.Mario Suares
22.Almen Abdi
09.Troy Dini
29.Etyen Kapue
23.Ben Uotson
24.Odion Igxalo
ZAHIRA
33.Petr Chex (d)
21.Kalum Chambers
03.Kiran Gibbs
04.Per Mertezaker
14.Teo Uolkott
12.Olivye Jiru
28.Xoel Kembell
  18.Kostel Pantilimon (D)
03.Migel Britos
20.Stiven Bergxyoys
21.Ikechi Anya
17.Adlen Gudiura
07.Xose Xurado
11.Nordin Amrabat

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Arsenal" yirik hisobda g‘alaba qozondi
90'
GOOOOL! Teo Uolkott, 4:0! O‘zilning uzatmasidan keyin Kempbell chap qanotdan to‘pni qabul qildi, Nyomni aldab o‘tdi va darvozabon maydonchasiga pas berdi. Uolkott to‘pni darvozaga burib qo‘ydi
86'
Mezbonlar yaxshi imkoniyatdan foydalana olishmadi. Uolkottning oyog‘iga to‘pga biroz yetmay qoldi
81'
Mehmonlarning qarshi hujumi natijasida Amrabat oldinga yurdi, ammo sherigiga noaniq uzatma berdi
79'
"Arsenal"da uchinchi o‘zgarish: Aleksis Sanches o‘rniga Kempbel tushdi
73'
"Arsenal"da o‘zgarish: Ivobi o‘rniga Teo Uolkott tushdi
72'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Jiru bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalllab oldi
70'
Vuuuuh! Katkartning chap qanotdan uzatmasidan keyin Dini to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qildi va darvoza burchagi tomon zarba berdi. Ospinadan ajoyib seyv!
69'
Klublarda o‘zgarishlar bo‘ldi. Abdi o‘rniga Adlen Gudiura, "Arsenal"da esa Uelbek o‘rniga Jiru tushdi
61'
Allan Nyom ataylab O‘zilni tepib ag‘dardi. Sariq kartochka
60'
"Kanonirlar" to‘pni va o‘yinni to‘liq nazorat qilishmoqda
56'
"Uotford" standartdan javob to‘pini kiritishi mumkin edi. Predl bosh bilan yo‘llagan zarbani himoyachi qaytardi. Akening zarbasiga esa biroz aniqlik yetishmadi
50'
Vuuuuh! Ivobi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni O‘zil darvoza tomon tepishga harakat qildi. Biroz noaniq
48'
GOOOOOL! Ektor Bellerin, 3:0! Himoyachi raqib jarima maydonchasining o‘ng tomonida "Uotford" futbolchilaridan to‘pni olib qo‘ydi va ichkariiga kirgan O‘zilga pas berdi. Mesutning yuqoridan bergan uzatmasini himoyachi aynan Bellerin tomon qaytardi. Ektorning zarbasidan keyin to‘p yerga tegib sakradi va to‘rga borib tushdi
46'
"Uotford" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyatga yuzaga kelmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
46'
"Uotford"da o‘zgarish: Igalo o‘rniga Nuriddin Amrabat tushdi.
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Arsenal" - "Uotford" - 2:0. Tanaffus
45+1'
Ivobi jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘pni Gomes egalladi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
41'
"Uotford"da o‘zgarish: Kapu o‘rniga Ikechi Anya tushdi
38'
GOOOOOL! Aleks Ivobi, 2:0! Koklen-Sanches kombinasiyasdan keyin Aleksis jarima maydonchasiga uzatma berdi. Yarim himoyachi 11 metrli nuqta ustidan to‘pni darvozaga joyladi!
33'
Troy Dini to‘p bilan tez-tez mezbonlar jarima maydonchasida paydo bo‘lmoqda. Hozircha himoyachilar xushyor o‘ynashmoqda
30'
Vuh! Uelbek himoyachilardan o‘tib ketib chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasidagi sheriklariga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
24'
O‘zilga nisbatan ishlatilgan fol uchun belgilargan jarima zarbasini Sanches tepdi. Darvozabon tpo‘ni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
21'
O‘zil o‘ng qanotdan uzatma berdi va Uelbek to‘pni darvoza tomon bura olmadi. Himoyachi qaytargan to‘pni Koklen 17 metrlardan darvoza tomon tepdi. Himoyachi qaytardi
15'
"Arsenal" yana ikkita xavfli vaziyat yaratdi. Ivobining zarbasini Eurelyo Gomes darvoza yuqorisiga ko‘tarib yubordi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Uelbek darvoza tomon tepdi. To‘p rekoshet holatida ustun yonidan o‘tib ketdi
13'
Sanchesning uzatmasidan keyin Uelbek to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qildi. Himoyachi unga zarba berish imkonini bermadi
11'
O‘tkazib yuborilgan goldan keyin "Uotford" himoyadan chiqib, hujum tashkil etishga harakat qilmoqda
4'
GOOOOOL! Aleksis Sanches, 1:0! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmagan Sanches bosh bilan zarba berdi. Darvozabon qaytargan to‘pni Aleksis yaqin masofadan darvozaga joyladi!
3'
O‘ng qanotdan yuqoridan yetkazilgan uzatmani mehmonlar himoyachisi bosh bilan qaytardi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Angliya chempionligidan umidini uzmagan "Arsenal" o‘z mardonida "Uotford"ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.