Ispaniya kubogi, yarim final
| 6 fevral, soat 00:00 | ||
REAL MADRIDPepe (17)
Xese (58) Di Mariya (74) |
3 : 0 |
ATLETIKO |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1. Iker Kasilyas (G) 17. Alvaro Arbeloa 3. Kepler Pepe 4. Serxio Ramos 5. Fabiu Kuentrau 7. Krishtianu Ronaldu 14. Xabi Alonso 19. Luka Modrich 22. Anxel Di Mariya 20. Xese Rodriges 9. Karim Benzema |
13. Tibo Kurtua (G) 2. Diyego Godin 22. Emiliano Insua 23. Juan Miranda 21. Diyego da Kunya 6. Xorxe Koke 8. Raul Garsiya 14. Gabi Fernandes 20. Xuanfran Torres 10. Arda Turan 19. Diyego Kosta |
|
| ZAHIRA | ||
|
25. Diyego Lopes (G) 12. Viyeyra Marselo 15. Daniel Karvaxal 2. Rafayel Varan 23. Isko Suares 24. Asyer Ilyaramendi 21. Alvaro Morata |
1. Daniel Aransubiya (G) 17. Xavi Mankilyo 12. Tobi Alderveyreld 5. Tyagu Mendesh 11. Kristian Rodriges 24. Xose Sosa 7. Lopes Adrian |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi. 3:0. «Real» birinchi o‘yinda g‘alaba qozondi. |
| 90' | ![]() |
O‘yinga uch daqiqa qo‘shib berildi. |
| 88' | ![]() |
Krishtianu Ronalduga bugun omad yetishmadi. U juda qulay nuqtadan jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo‘lgan edi, lekin bugun Krishtianuning kuni emas ekan. Top jonli devorga tegdi. |
| 84' | ![]() |
Xese o‘z o‘rnini Iskoga bo‘shatib berdi. |
| 83' | ![]() |
O‘yin qahramoni Anxel Di Mariya o‘rniga Asyer Illaramendi maydonga tushdi. |
| 81' | ![]() |
PEPEEEEEEEEE. Pepe juda ajoyib harakat qildi. Adrian to‘pni ofsayd chizig‘ida qabul qilib oldi va oldinga bordi. Undan ortda qolayotgan bo‘lishiga qaramay Pepe Adrianni quvib o‘tdi va toza podkat bilan xavfni bartaraf qildi. |
| 79' | ![]() |
E’tibor bering, bu gol ham avtogol!!!! Bugun ikkita avtogol bo‘ldi. Bu galgisi Insuaga yozildi. |
| 77' | ![]() |
Adrian maydon markazida to‘pni Di Mariyaga oldirib qo‘ydi. Anxel to‘oni Morataga uzatdi. U esa zarba bermoqchi bo‘lganida to‘p yana Di Mariyaga kelib tushdi. Di Mariyaning juda kuchli zarbasidan keyin to‘p himoyachiga tegib Kurtuani aldadi 3:0. |
| 75' | ![]() |
Gooooooooooooool. |
| 74' | ![]() |
Benzema o‘rniga Morata tushdi. |
| 72' | ![]() |
Raul Garsiya o‘rniga Sosa maydonga tushdi. |
| 70' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!Pepe dublga erishishi mumkin edi. U burchakdan yetkazib berilgan to‘pga bosh bilan zarba berdi. Zarbaga oooozgina aniqlik yetishmadi. |
| 68' | ![]() |
Yana fol. Bir daqiqaning o‘zida Di Mariya va Modrich qulatildi. Bu ko‘proq xokkey o‘yiniga o‘xshamoqda. |
| 66' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Hakam aldandi!!!!! Krishtianu Ronaldu qanotdan oldinga borayotganda Xuanfran unga qarshi o‘ynadi. U umuman tegmagandi Ronalduga, lekin hakam jarima belgiladi. |
| 64' | ![]() |
Maydon markazida yaqin joyda Xese to‘poni egalab oldi. U oldinga bormochi edi, lekin Insua unga qarshi juda qo‘pol harakat qildi. Oyog‘ining tag qismi bilan Xesenu tepdi, lekin hakam uni ayadi. |
| 62' | ![]() |
Arda Turon o‘rniga Adrian Lopes tushdi. |
| 60' | ![]() |
Goldan hech qancha vaqt o‘tmay Di Mariya xuddi o‘sha yerda to‘pni egallab oldi va darvoza tomon juda kuchli zarba berdi. Kurtua esa juda katta qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi. |
| 58' | ![]() |
Jarima maydonchasi ustida Di Mariya to‘pni himoyachining oyoqlari orasidan Xesega tashlab berdi. Xesening zarbasi dumalab ketayotgan edi, lekin Kurtua ishonchsiz o‘ynab gol o‘tkazib yubordi. XESE. |
| 56' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooooool |
| 55' | ![]() |
«Real» ajoyib tarzda to‘pni nazorat qilmoqda. Uzoq davom etgan hujumdan keyin Alonso qanotdan oldinga borgan Koyeyntrauga to‘pni kesib tashladi. Biroq himoyachi to‘pga ulgurmadi. |
| 53' | ![]() |
Qanotda Modrich to‘pni egallab oldi va uni darvoza yaqiniga yetkazmoqchi bo‘ldi, lekin bu yerda Arda undan to‘pni olib qo‘ydi. |
| 51' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlanganiga ancha vaqt bo‘ldi, lekin maydonda aytarli hech narsa bo‘lgani yo‘q. To‘p maydon markazida. Faqat follar seriyasi. |
| 49' | ![]() |
Tan olish kerak bu futbol o‘yinidan ko‘ra yakkakurashlar janggiga o‘xshab ketmoqda. Har ikki daqiqada bitta fol. |
| 47' | ![]() |
Gol Pepening hisobiga yozilmabdi. Avtogol deb yozishdi, lelin ishoning bu Pepening goli. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib berilmadi. Hozircha 0:1. Tanaffus. |
| 42' | ![]() |
«Atletiko»ning navbatdagi hujumi o‘ng qanotdan rivojlandi. Kosta juda yaxshi vaziyatga chiqib bordi, lekin o‘yinda birinchi marta o‘yindan tashqari holat belgilandi. |
| 38' | ![]() |
«Atetiko» maydon markaziga ham borolmay qoldi. Kurtua tepgan to‘pni Xese maydon markazida egallab oldi va qanotdan katta tezlik bilan oldinga borayotgan Ronalduni ko‘rdi. Krishtianuning zarbasini himoyachi to‘sib qoldi. |
| 36' | ![]() |
Benzema qanotda yaqin joyda to‘pni qabul qilib oldi va orqaroqda turgan Di Mariyaga to‘pni tashlab berdi. Uning zarbasi esa darvozaning yuqorisidan o‘tib ketdi. |
| 34' | ![]() |
«Atletiko» raqibni qarshi hujumda ushlashi mumkin edi. Benzema to‘pni oldirib qo‘ydi. Kosta to‘p bilan oldinga bordi, lekin u ham sherigini topolmay qoldi. |
| 32' | ![]() |
Bugun o‘yinda juda ko‘p to‘xtalishlar bo‘lmoqda. Haddan tashqari qo‘pol o‘yin desa ham bo‘ladi. Hozirgina «Atletiko» jarima zarbasi tepgan edi, endi «Real»da shunday imkoniyat. Har ikki holatda ha futobolchilar noaniq harakat qilishdi. |
| 30' | ![]() |
«Real» navbatdagi hujumi uzoq davom etdi. To‘p aylanib Modrichga kelib tushdi. Lukaning shundoqqina jarima chizig‘i ustidan bergan zarbasini Kurtua egallab oldi. |
| 28' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!! Bu ketishda Pepening qizil kartochka olishi aniq. U har bir yakka kurashda tirsaklaridan foydalanmoqda. |
| 26' | ![]() |
Maydon markazida yaqin joyda Ronaldu Diyegoga to‘qnashib ketdi va yiqilib tushdi. Belgilangan jarimani futbolchilar juda ajoyib tarzda amalga oshirishdi. Di Mariya to‘pni egallab oldi va oldinga borib zarba berdi. Himoyachilarga tekkan to‘p kuchini yo‘qotdi va sekingina Kurtuaga borib tushdi. |
| 24' | ![]() |
«Atletiko» yana bir yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Qanotga yaqin joyda jarima belgilandi. Havolatib uzatilgan to‘pga Koke bosh bilan zarba berdi, lekin noaniq. |
| 22' | ![]() |
«Real» jarima maydonchasiga yaqin joyda Diyego Kosta to‘pni qabul qilib olmoqchi edi, lekin bu yerda Pepe unga qarshi qo‘pollik ishlatdi. Pepega sariq kartochka. |
| 20' | ![]() |
«Real» jarima maydonchasida yaxshigina janjal yuzaga keldi. Diyego Kosta Pepeni turti yiqitdi. Keyin buni ko‘rgan Arbeloa Kostaga munosib javob qaytardi. |
| 18' | ![]() |
Fantastik gol. 25 metrlardan Pepe to‘pni egallab oldi va daxshatli zarba bilan uni darvozaga yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegdi va rikashet holatida darvozadan joy oldi. Bu Pepening goli! |
| 17' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool |
| 14' | ![]() |
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!O‘yindagi eng xavfli vaziyatni «Atletiko» yuzaga keltirdi. Qanotdan uzatilgan to‘pga Koke bosh bilan zarba berdi. Kasilyas katta qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi. |
| 12' | ![]() |
«Real» ustunlikni qo‘liga oldi. Allaqachon jamoa uchinchi marta burchakdan to‘p tepdi. Ammo uchchala standart ham samarasiz bo‘ldi. |
| 10' | ![]() |
«Real»ning navbatdagi hujumi ham uzoq kutdirmadi. Yana Modrich qanotdan to‘pni havolatib uzatdi. Himoyachi to‘pni o‘ darvoza tomonga yo‘llab yubordi va buni kutmagan Benzema yaxshi imkoniyatni boy berdi. |
| 8' | ![]() |
«Real» o‘ng qanotdan yaxshi hujum uyushritdi. Avvaliga Arbeloaning to‘p uzatishidan keyin Kurtua to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Modrich jarima maydonchasiga uzatmoqchi bo‘ldi, lekin to‘p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchak to‘pi esa samarasiz bo‘ldi. |
| 6' | ![]() |
Krishtianu Ronaldu birinchi marta to‘pni egallab oldi va oldinga bordi, lekin qanotda unga nisbatan juda xushyor o‘ynashdi. Bugun Ronaldu tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilishi mumkin, lekin bu oson bo‘lmasligi aniq. |
| 5' | ![]() |
O‘yin yaxshigina qo‘pollik bilan boshlandi. Ramos ikkinchi marta qoida buzmoqda. Bu galgi qurbon Raul Garsiya bo‘ldi. |
| 3' | ![]() |
Dastlabki daqiqalarda «Real» to‘pni nazorat qilmoqda. To‘pni «Atletiko» egallab oldi va «Real»ning jarima maydonchasiga yaqin joyda Kostaga nisbatan qoida buzildi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. |
| ' | ![]() |
O‘yin Luis Aragunesni xotirlash bilan boshlanmoqda. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni Madrid derbisini kuzatishga taklif qilamiz. Bugun «Real» va «Atletiko» Ispaniya kubogi finali uchun bahs olib borishadi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|