| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi, «el-klasiko»
| 31-tur, 2 aprel, soat 23:30 | ||
BARSELONAJerar Pike (56)
|
1 : 2 |
REAL MADRIDKarim Benzema (62)
Krishtianu Ronaldu (85) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 18.Xordi Alba 06.Dani Alves 03.Jerar Pike 08.Andres Inyesta 14.Xavyer Maskerano 05.Serjio Buskets 04.Ivan Rakitich 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
01.Keylor Navas (D) 15.Daniel Karvaxal 03.Pepe 04.Serxio Ramos 12.Marselo 14.Kazemiro 19.Luka Modrich 08.Toni Kroos 11.Garet Beyl 09.Karim Benzema 07.Krishtianu Ronaldu |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 23.Tomas Vermalen 15.Mark Bartra 07.Arda Turon 12.Rafinya 20.Serji Roberto 17.Munir el-Haddodiy |
13.Kiko Kasilya (D) 06.Nacho Fernandes 22.Isko 10.Xames Rodriges 23.Danilo 29.Borxa Mayoral 20.Xese |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Bu galgi klasikoda "Real" g‘alaba qozondi va La ligada "Barselona" bilan oradagi farqni 7 ochkoga yetkazdi |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuuuh! Arda Turon! 11 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachilardan biriga tegib qaytdi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Beyl o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi |
| 88' | ![]() |
Kataloniyaliklar mehmonlarning xavfli hujumini qaytarib, qarshi hujumga o‘tishayotganida, to‘p Suaresgacha yetib bormadi |
| 85' | ![]() |
GOOOOOOL! Krishtianu Ronalduuuuu, 1:2! Beylning uzatmasini Ronaldu olis ustun yonida ko‘kragi bilan qabul qildi va Alvesni chalg‘itib, Bravoning oyoqlari orasidan o‘tkazib, darvozani ishg‘ol qildi! Qoyil! |
| 83' | ![]() |
Ramosga ikkinchi sariq kartochka va chetlatish! |
| 81' | ![]() |
GOL! Beyl golni nishonlayotganida hakama golni bekor qildi. Garet bosh bilan zarba berayotganida, to‘g‘ri, Albaning yelkasiga biroz qo‘lini tiradi, ammo bu golni bekor qilish uchun yetarli asos emasdi, nazarimizda |
| 80' | ![]() |
Vuuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Saures jarima maydonchasida to‘pni qabul qildi va olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 79' | ![]() |
Messi maydon markazida to‘pni oldirib qo‘yishi natijasida Ronaldu oldinga bordi va jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Maskerano podkat orqali zarbani qaytardi |
| 78' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Xese tushdi |
| 75' | ![]() |
Benzema uzatma berishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Neymar to‘pni bosh bilan SUaresga yetkazdi. Pepe yaxshi o‘ynadi va xavfni bartaraf etdi |
| 74' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Arda Turon tushirildi |
| 69' | ![]() |
Ronaldu ofsaydda qoldi |
| 68' | ![]() |
Qarshi hujumda "Madrid" yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Ular son jihatdan ko‘pchilikni tashkil qilishdi. Benzemadan uzatma qabul qilgan Beyl jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Bravo to‘pni egalladi |
| 66' | ![]() |
Hisob tenglashganidan keyin tomonlar ancha ehtiyotkor o‘yin namoyish qilayotgandek tasavvur uyg‘onmoqda |
| 62' | ![]() |
GOOOOOOOL! Karim Benzema, 1:1! Chiroyli gol! Toni Kroos o‘ng tomondan uzatma berdi. To‘p Albaning oyog‘iga tegib yuqoriga ko‘tarildi va Benzema chalqancha uslubda darvozani ishg‘ol qildi!!! |
| 60' | ![]() |
"Barselona" to‘pni nazorat qilib, mehmonlarni to‘psiz harakat qilishga majbur qilmoqda |
| 59' | ![]() |
Krishtianu bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo Pikedan o‘tib keta olmadi |
| 58' | ![]() |
Ivan Rakitich sariq kartochka oldi |
| 56' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Jerar Pike, 1:0! Burchak to‘pini bosh bilan darvozaga joyladi! Bu safar Navas ham qutqara olmadi! |
| 55' | ![]() |
"Barselona" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat! Uchinchi marta o‘yinga kiritiladi |
| 54' | ![]() |
Vuuuuuuh! Keylor Navaaas! Messining 16 metrdan yo‘llagan ayyorona zarbasini qaytardi! Qanday seyv!!! |
| 52' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin Bravo to‘pga egalik qildi |
| 51' | ![]() |
Vuh! Qarshi hujumda Benzema to‘pni egalladi va jarima maydonchasiga kirib, zarba yo‘lladi. Pike zarbani qaytardi. Marseloning zarbasidan keyin to‘p Alvesdan maydonni tark etdi |
| 48' | ![]() |
Messining jarimadan zarbasi noaniq chiqdi |
| 47' | ![]() |
Ramos Suaresni chalib yiqitdi. Mezbonlar hakamdan ikkinchi sariqni talab qilishdi. Bunga hojat yo‘q. Darvozagacha 25 metrlar |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi. Bu paytda Rakitich jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi. Tanaffus. Hozircha o‘yinda hisob ochilmadi. |
| 45' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos chalqancha zarba berish chog‘ida Rakitichni tepib yubordi |
| 43' | ![]() |
Vuuuuuh! Benzema! Karvaxalning uzatmasidan keyin to‘p 11 metrli nuqta yaqinida yolg‘iz turgan Karimga kelib tushdi. Fransiyalik futbolchi darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. To‘p darvozadan ancha yuqoridan o‘tib ketdi |
| 42' | ![]() |
Vuh! Neymar chap qanotdan uzatma berdi va to‘p jarima maydonchasining o‘ng burchagidagi Alvesga kelib tushdi. Danining zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 40' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Alba chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va Ronaldu bilan to‘p uchun kurash olib bordi. Xordi fol ishlatdi. |
| 39' | ![]() |
Mexmonlar qarshi hujum uyushtirishdi. Pike jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab olib, xavfni bartarf etdi |
| 36' | ![]() |
Neymar ofsaydda |
| 34' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Neymar qarshi hujumga o‘tdi, ammo Pepeni aldab o‘ta olmadi |
| 30' | ![]() |
Ronaldu jarimadan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 29' | ![]() |
Sariq kartochkalar bo‘yicha hisob tenglashdi. Maskerano qarshi hujum uyushtirayotgan Beylni chalib yiqitdi. |
| 27' | ![]() |
Luis Suares sariq kartochka oldi! |
| 25' | ![]() |
Vuuuh! Ronalduuuu! 15 metrlardan zarba yo‘lladi! Bravo qaytardi! |
| 24' | ![]() |
Vuuuuh! Ernandes Ernandes! Ramos jarima maydonchasi chizig‘i ustida Messini chalib yiqitdi. Bu penalti! Ammo hakam jim! |
| 23' | ![]() |
Qanotdan uloqtirib berilgan to‘pni Bravo ikkinchi urinishda egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Vuuuuh! "Barsa"da ajoyib imkoniyat! Rakitich 14 metrlardan zarba yo‘lladi. Navas zarbani qaytardi! |
| 19' | ![]() |
Messining jarimadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 18' | ![]() |
Karvaxal bir vaziyatda raqibning ikki futbolchisini chalib yiqitdi va ogohlantirish oldi |
| 16' | ![]() |
VUuuuuuh! Beyl chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomonda ochilayotgan Benzemaga uzatma berdi. To‘p Pikening oyog‘iga tegdi va Bravo egallab oldi |
| 14' | ![]() |
O‘yinning 14-daqiqasiga kelib, stadion o‘rnidan turib Kroyff xotirasi uchun qarsak chaldi |
| 11' | ![]() |
Yuqoridagi vaziyat bo‘yicha hakam bilan tortishgani uchun Serxio Ramos ogohlantirish oldi. |
| 10' | ![]() |
Ehhhh, uhhhhhh! Suares to‘p uchun kurashda Ramosdan ustun keldi va Neymar to‘ni egallab, o‘ng qanotdan jarima maydonchasia kirdi. Braziliyalik futbolchi bo‘sh darvoza qarshisida yolg‘iz qolgan Suaresga uzatma berdi. Luis negadir to‘pni darvozaga bura olmadi. To‘p uning oyoqlari orasidan o‘tib ketdi... |
| 9' | ![]() |
Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo to‘pni himoyachilarga oldirib qo‘ydi |
| 8' | ![]() |
Inyesta chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Suares to‘pga yeta olmadi |
| 7' | ![]() |
Alves maydon markazida Ronaldudan to‘pni olib qo‘yib, tezkor hujumga o‘tayotganida, hakam o‘yinni to‘xtatdi. Fol |
| 6' | ![]() |
Mezbonlar jarima to‘pini kombinasiya shaklida o‘ynashga harakat qilishdi. To‘pni qaymoqranglilar egallab olishdi |
| 5' | ![]() |
Kazemiro Rakitichni ortdan itarib yiqitdi |
| 4' | ![]() |
Suares ofsaydda deb topildi. Hakam xatoga yo‘l qo‘ydi |
| 3' | ![]() |
Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Neymar tomon yerlatib uzatma berdi. Modrich to‘pni qaytardi va Navas egallab oldi |
| 2' | ![]() |
O‘yindagi dastlabki to‘qnashuv. Maydon markazida Buskets va Pepe to‘qnashib ketishdi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! To‘pni o‘yinga "Barselona" kiritib berdi! |
| ' | Yoxan Kroyff xotirasiga 1 daqiqalik sukut saqlanadi | |
| ' | ![]() |
Muxlislar maxsus mozaikalar orqali "ko‘k-anorrang"ni yuzaga keltirishgan. Shuningdek, 14-raqamli "Barsa" formasi va uning yonida "Gracies Johan" yozuvi paydo qilindi! |
| ' | ![]() |
"Kamp Nou" muxlislari "Barselona" madhiyasini kuylashmoqda! |
| ' | ![]() |
Diqqat! Klublar va hakamlar maydonga chiqib kelishmoqda! |
| ' | Lionel Messining professional faoliyatidagi gollari soni 499taga yetdi. U bugun gol ursa, yubiley - 500-golini nishonlaydi... | |
| ' | Bugun "Barselona" o‘yinchilari futbolkada "Rahmat Yoxan" yozuv bilan harakat qilishadi | |
| ' | O‘yin boshlanishiga 20 daqiqa qoldi. Odatda, bu paytda futbolchilar chigalyozdi mashg‘ulotni yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishadi | |
| ' | ![]() |
Bugungi klasikoni 184 davlatda 600 milliondan oshiq futbol muxlisi o‘yinni jonli efirda tomosha qilishi kutilyapti. Imkoniyati bor yurtdoshlarimiz uchrashuvni boshqa davlat telekanali orqali tomosha qilishadi. Bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar esa turli saytlari orqali uchrashuvni onlayn o‘qib borishga ahd qilishgan. Biz bilan birga ekaningizdan xursandmiz |
| ' | Uchrashuv boshlanishiga roppa-rosa yarim soat vaqt qoldi. Tarkiblar bilan tanishib chiqqaningizga shubha qilmaymiz. Enrike ham, Zidan ham ayni palladagi eng kuchli tarkibini boshlang‘ich tarkibda tushirmoqda | |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! EL-KLASIKOga xush kelibsiz! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|