| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 32-tur, 3 aprel, soat 20:00 | ||
MANCHESTER YUNAYTEDAntoni Marsial (54)
|
1 : 0 |
EVERTON |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.David de Xea (D) 05.Markos Roxo 17.Deyli Blind 12.Kris Smolling 36.Matteo Darmian 28.Morgan Shnayderlin 35.Jessi Lingard 16.Maykl Kerrik 08.Xuan Mata 09.Antoni Marsial 39.Markus Reshford |
01.Joel Robles (D) 06.Fil Jagelka 05.Jon Stounz 03.Leyton Beyns 15.Tom Kleverli 16.Jeyms MakKarti 23.Shimus Koulmen 20.Ross Barkli 12.Aaron Lennon 10.Romelu Lukaku 19.Jerar Delofeu |
|
| ZAHIRA | ||
|
20.Serxio Romero (D) 51.Timoti Fosu-Mensa 25.Antonio Valensiya 07.Memfis Depay 27.Maruan Fellayni 18.Eshli Yang 21.Ander Errera |
24.Tim Xovard (D) 25.Ramiro Funes Mori 17.Muxamed Beshich 08.Brayan Ovyedo 11.Kevin Miralyas 09.Aruna Kone 14.Umar Niasse |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "MYu" kichik hisobda g‘alabani qo‘lga kiritdi |
| 90+2' | ![]() |
Lingard ogohlantirish oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 88' | ![]() |
Marsial raqib futbolchilari orasida bo‘lishiga qaramay jarima maydonchasiga kirib bordi va Reshford uzatma berdi. Markusning zarbasi yengil chiqdi va Robles to‘pni egalladi |
| 86' | ![]() |
Vuuuuuh! Koulmen o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Timoti Fosu-Mensa to‘pni qaytardi! |
| 84' | ![]() |
Yana bir xavfli vaziyat. O‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pi jarima maydonchasi chizig‘i ustiga yeralitb yetkazildi. "Everton" futbolchisi bergan zarbani himoyachi qaytardi |
| 83' | ![]() |
Vuuuuh! Burchak to‘pidan "Everton" fubolchisi yaqin masofadan darvoza tomon zarba berdi. De Xea zarbani qaytardi. |
| 82' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Deyli Blind o‘rniga Antonio Valensiya tushdi |
| 77' | ![]() |
Tomonlar navbati bilan oldinga o‘tishmoqda, ammo hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 71' | ![]() |
Lukaku birga bir vaziyatga chiqarildi, ammo ofsayd |
| 70' | ![]() |
Barkli himoyachini aldab o‘tib, chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. Uzatma haddan tashqari tez va noaniq chiqdi |
| 65' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Errera yetib kela olmadi |
| 61' | ![]() |
Mata chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Lingard to‘pga yeta olmadi. Himoyachi to‘pni egallab, vaziyatdan uzoqlashtirmoqchi bo‘lganida, Smolling uning oyog‘iga xavfli tashlandi. Sariq |
| 58' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Kerrik o‘rniga Ander Errera tushdi |
| 56' | ![]() |
Vuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Jagelka bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi! |
| 54' | ![]() |
GOOOOL! Antoni Marsial! 1:0! O‘ng qanotdan rivojlantirilgan Mata-Lingard-Reshford kombinasiyasidan keyin yosh hujumchi to‘pni nariga tomonga uzatdi. Himoyachi to‘pni tepib yubora olmadi va Marsial darvozani ishg‘ol qildi! |
| 52' | ![]() |
Mehmonlar dastlab jarima zarbasidan, so‘ngra burchak zarbasidan to‘pni o‘yinga kiritishdi. Himoyachilar xushyor o‘ynashmoqda |
| 49' | ![]() |
Vuuuh! Lukaku darvozabon maydonchasi oldida Beynsdan uzatma qabul qildi va o‘girilgacha zarba berdi. To‘p Blindning oyog‘idan maydonni tark etdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Marsial jarima maydonchasi kirib bordi, ammo muvozanatni saqlay olmasdan yiqilib tushdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 43' | ![]() |
Delofeu ofsaydda qoldi |
| 42' | ![]() |
Yaxshi kombinasiya! Marsial Mata bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo to‘pni qo‘li bilan o‘ziga bo‘ysundirgani uchun o‘yin to‘xtatildi |
| 38' | ![]() |
Marsial markaz bo‘ylab jarima maydonchasiga kirishga urindi. Himoyachi "podkat" orqali to‘pni qaytarib qoldi |
| 36' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p Smolling va himoyachi orqali Shneyderlingga keldi. Uning bosh bilan bergan zarbasi aniq chiqmadi |
| 35' | ![]() |
Mezbonlar tashabbusni qo‘lga olib bo‘lishdi. Marsial jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 31' | ![]() |
Reshford himoyachilar orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi, himoyachini to‘pni undan olib qo‘ydi |
| 28' | ![]() |
"MYu" burchak to‘pi ishladi. Blind yetkazib bergan uzatmaga Marsial bosh bilan zarba berishga urindi. Muvaffaqiyatsiz |
| 22' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Lukaku bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 22' | ![]() |
Beyns jarimadan yo‘llagan zarba natijasida to‘p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 21' | ![]() |
"Everton" jarima maydonchasi tashqarisidan jarima zarbasini tepadi |
| 17' | ![]() |
Vuuuuh! Marsial o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachining biqiniga tegib, olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 14' | ![]() |
Lukaku jarima maydonchasi oldida to‘pni qabul qildi va oldinga o‘tayotgan sherigiga tovoni bilan uzatma berdi. Blind to‘pni egallab oldi |
| 12' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Deulofeu chap qanotda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi, zarba berishga ulgurmadi. Himoyachilar to‘pni tepib yuborishdi |
| 11' | ![]() |
Liverpulliklar chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 9' | ![]() |
"MYu" futbolchisi burchak to‘pini yerlatib jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Roxo zarba berishigi himoyachilar yo‘l qo‘yishmadi |
| 7' | ![]() |
Marsial chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni egallab olib, so‘ngra uni maydon markaziga qaytardi |
| 5' | ![]() |
Lukaku chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo himoyachilar undan to‘pni olib qo‘yishdi |
| 3' | ![]() |
"Everton" futbolchisi MakKartni jarohat oldi. |
| 1' | ![]() |
Angliya chempionatining 32-turi doirasida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Everton"ni qabul qilmoqda. Uchrashuv boshlandi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|