| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo chempionlar ligasi
| «D» guruhi, 4-tur. 5 aprel, soat 18:45. Bosh hakam: Lyu Kvok Man (Gonkong) | ||
NASAF |
0 : 0 |
AL-JAISh |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.Eldorbek Suyunov 4.Maqsud Karimov 7.Shuhrat Muhammadiyev 9.Ilhom Shomurodov 10.Dilshod Rahmatullayev 17.Artur Gevorkyan (S) 18.Bahrom Abdurahimov 20.Erkin Boydullayev 21.Azamat Allaniyozov 23.Sherzod A’zamov 31.Saydullo Rahmatov |
16.Xalifa Ababakar 2.Murod Naji Hussayn 4.Lukas Mendesh 6.Yosir Isa 9.Hamidulloh Abdurrazzoq 10.Sardor Rashidov 12.Majid Muhammad 19.Abdurahmon Muhammad (S) 23.Xolid az-Zrigiy 27.Ahmad Moyin Duzandeh 31.Romarinyo Rikardo |
|
| ZAHIRA | ||
|
35.Sanjar Quvvatov 5.Ildar Mamatkazin 6.Azizjon G‘aniyev 14.Sharof Muhiddinov 38.Doniyor Narzullayev 42.Najmiddin Normurodov 45.Bobur Abduxoliqov |
22.Saud Muborak 5.Muhammad al-Jabriy 7.Vesam Riziq 8.Yusuf Mufta 17.Otman al-Yahriy 18.Muhammad as-Sayid 21.Ali Sanad al-Nuaymiy |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Nasaf" - "Al-"Jaish" o‘yinida hisob ochilmadi. "Jaish"ning ochkolari 10taga, "Nasaf"niki esa 4taga yetdi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 88' | ![]() |
G‘aniyev o‘ng qanotdan uzatma berdi... Qanot uzatmalari umuman samara bermadi bu o‘yinda... |
| 86' | ![]() |
"Jaish"da o‘zgarish: Sardor Rashidov o‘rniga Usmon al-Yahriy tushdi |
| 84' | ![]() |
Abduxoliqovning uzatmasidan keyin Gevorkyan jarima maydonchasiga kirib bordi, himoyachi to‘pni olib, undan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi, Artur to‘pni qaytarib qoldi. Darvozabon to‘pni egallayotganida "Nasaf" sardori to‘pga zarba berdi. Futbolchilar o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga keldi. Gevorkyan sariq kartochka oldi |
| 82' | ![]() |
Gevorkya jarima maydonchasiga kirayotgan Shomurodovga uzatma berdi. Ammo Ilhom to‘pga yeta olmadi |
| 82' | ![]() |
Gevorkyan burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xalifa to‘pni egalladi |
| 80' | ![]() |
Muhammadiyev o‘ng qanotdan yerlatib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi |
| 79' | ![]() |
"Jaish" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Suyunov to‘pni qo‘ldan chiqarib yubordi. Himoyachilar to‘pni maydon markaziga tepib yuborishdi |
| 78' | ![]() |
"Nasaf"da o‘zgarish: Bahrom Abdurahimov o‘rniga Azizjon G‘aniyev tushdi |
| 76' | ![]() |
Vuuuuuh! Gevorkyan o‘ng qanotda bir himoyachini aldab o‘tdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Abduxoliqov to‘pni darvoza tomon berdi. Abubakar to‘pni egallab oldi |
| 75' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Qaytarilgan to‘pni Rashidov yana jarima maydonchasiga uzatdi. Suyunov musht bilan to‘pni urib yubordi |
| 73' | ![]() |
Maydon markazida bilganlan jarima to‘pi o‘yinga kiritildi. Suyunov to‘pni egallab oldi |
| 71' | ![]() |
Gevorkyan jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi, himoyachiga tegib qaytdi to‘p |
| 70' | ![]() |
Rahmatov uzatma berayotganida to‘p Majid Muhammadning biqiniga tegdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 68' | ![]() |
Qarshiliklar olis masofadan Abduxoliqov tomon uzatmalar berishmoqda. Bobur hozir to‘p uchun kurashda yutqazmoqda |
| 65' | ![]() |
Abduxoliqov o‘ng burchakka yaqin joyda raqib futbolchisidan to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘ni qaytardi |
| 64' | ![]() |
Hamdallah ofsaydda qoldi |
| 63' | ![]() |
"Nasaf"da o‘zgarish: Azamat Allaniyozov o‘rniga Bobur Abduxoliqov tushirildi |
| 62' | ![]() |
"Nasaf"ning qanotlardan berayotgan uzatmalari umuman samara berayotgani yo‘q hozircha. Uslubni o‘zgartirish kerak shekilli |
| 60' | ![]() |
Abdurahimov chap tomondan jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi, ammo himoyachiga to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 56' | ![]() |
Karmiov va Rahmatov maydon markazida g‘alati harakat qilishdi va to‘pni yo‘qotishdi. Mehmonlar qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Futbolchilarimiz amallab xavfni bartaraf etishdi |
| 55' | ![]() |
Rahmatulldayev jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. noaniq |
| 51' | ![]() |
Muhammadiyev o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyachilar orasida turgan Abdurahimov darvozaga zarba bera olmadi |
| 50' | ![]() |
Vuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Allaniyozov bosh bilan yaxshi zarba berdi. Abubakar to‘pni egallab oldi |
| 48' | ![]() |
Futbolchimiz maydon markazida to‘pni Rashidovga oldirib qo‘ydi. Sardor jamoadoshiga uzatma berdi, ammo o‘zi jarima maydonchasi ichiga kirmadi. Natijada yetkazilgan to‘pni Karimov egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi, tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Gevorkyan burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilmadi, himoyachi to‘pni qaytardi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
Abdulrazzoq jarima maydonchasi ichida tezlikda ikki markaziy himoyachimiz orasidan o‘tib ketdi va zarba berdi. Suyunov masofani qisqartirish orqali zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 41' | ![]() |
Vakillarimizda yaxshi imkoniyat. Uch nafar futbolchimiz raqib jarima maydonchasiga kirib borishdi, ammo himoyachilar zarba berishga imkon berishmadi |
| 40' | ![]() |
Vuuuh! "Nasaf" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Chap qanotda belgilangan jarima to‘pini mehmonlar jarima maydonchasiga yektazishdi. Himoyachilarimiz to‘pni qaytarishdi va o‘ng tomondan ichkariga kirgan Romarinyoga uzatma berildi. Hujumchi to‘pni bosh bilan darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Baxtimizga u yerda qatarliklardan hech kim yo‘q edi |
| 39' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Xalifa ega chiqdi |
| 37' | ![]() |
Abdurahimov jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni egalladi |
| 37' | ![]() |
Rashidov olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi |
| 36' | ![]() |
Gevorkyan o‘ng qanotdan yaxshi uzatma berdi. Abubakar darvozani tashlab chiqdi va to‘pni musht bilan urib yubordi |
| 35' | ![]() |
Majid Muhammad sariq kartochka oldi |
| 34' | ![]() |
Rahmatullayevning uzatmasiga Allaniyozov yetib bora olmadi |
| 32' | ![]() |
Sherzod A’zamov ogohlantirildi |
| 30' | ![]() |
Vuuuuh! Abdurahimov jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qilayotganida to‘p Abdurahmon Muhammadning ustidan oshib o‘tdi va Bahrom chap oyoqda zarba berdi. Zarba aniq chiqmadi |
| 29' | ![]() |
Vuuuh! Himoyachilarimizning xatosidan foydalangan Rashidov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi... |
| 28' | ![]() |
Himoyachining xatosidan keyin Gevorkyan to‘pni egallab va o‘ng qanotdan uzatma berdi. Darvozabon musht bilan to‘pni urib yubordi |
| 26' | ![]() |
Muhammadiyev yaxshi o‘yladi va jarima maydonchasiga kiratgan Allaniyozovga uzatma berdi. Azamat to‘pni to‘xtata olmadi |
| 25' | ![]() |
Gevorkyan jarima maydonchasidagi Shomurodovga uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 24' | ![]() |
Chap qanotdan uzatma berdi "Jaish" yarim himoyachisi. Majid Muhammad bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi. Suyunov to‘pni egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Qatarlik himoyachilarning xatosidan "Nasaf" foydalana olmadi. Gevorkyan sheriklariga aniq uzatma bera olmadi |
| 18' | ![]() |
Qarshiliklar "Jaish"ning hujumini bartaraf etishdi |
| 11' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Abubakar egallab oldi |
| 11' | ![]() |
Mezbonlar tashabbusni qo‘lga olishga harakat qilishmoqda |
| 6' | ![]() |
O‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirgan Abdurahimovga uzatma berildi. Bahrom to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi. |
| 5' | ![]() |
"Jaish"ning taxlikali hujumi. Romarinyo "Nasaf" jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, A’zamovni aldab o‘tmoqchi bo‘ldi, ammo Sherzod undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 4' | ![]() |
"Jaish" ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachimiz bosh bilan qaytargan to‘pni Zrigiy egalladi va jarima maydonchasi burchagidan noaniq zarba yo‘lladi |
| 2' | ![]() |
VUUUUUH! Muhammadiyevning uzatmasidan keyin Gevorkyan jarima maydonchasi chizig‘i ustidan kuchli zarba yo‘lladi. Abubakar to‘pni qaytardi |
| 1' | ![]() |
UCHRASHUV BOSHLANDI! |
| ' | To‘pni o‘yinga mehmonlar kiritib beradigan bo‘lishdi | |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda! |
| ' | O‘zbekiston milliy terma jamoasida 2ta o‘yinda maydonga tushgan Sardor Rashidov yurtimizda qolgandi. Bugun u "Jaish" tarkibida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadi | |
| ' | ![]() |
"Nasaf" Qarshida Qatarning "Al-Jaish" klubini qabul qilmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Osiyo chempionlar ligasi doirasida o‘zbek klublari ishtirokidagi navbatdagi o‘yinga e’tiboringizni qaratamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|