Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Chorak final, 5 aprel, soat 23:45. Bosh hakam: Feliks Brix

BARSELONA

Luis Suares (63, 74)

2 : 1

ATLETIKO MADRID

Fernando Torres (25)
JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
06.Dani Alves
18.Xordi Alba
03.Jerar Pike
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
08.Andres Inyesta
14.Xavyer Maskerano
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
11.Neymar
  13.Yan Oblak (D)
02.Diyego Godin
03.Filipe Luis
20.Xuanfran
17.Saul Niguyes
19.Lukas Ernandes
07.Antuan Grizmann
21.Yannik Karrasko
06.Koke
14.Gabi
09.Fernando Torres
ZAHIRA
13.Klaudio Bravo (D)
23.Tomas Vermalen
15.Mark Bartra
07.Arda Turan
20.Serxi Roberto
12.Rafinya
17.Munir el-Haddodiy
  01.Migel Moyya (D)
18.Xesus Games
08.Matias Kranevitter
22.Tomas Parti
12.Augusto Fernandes
23.Lusiano Viyetto
16.Anxel Korrea
QIZIL KARTOCHKA
 
Fernando Torres (36)

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Atletiko" - 2:1. Javob o‘yini 8 kundan keyin Madridda bo‘lib o‘tadi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi
90'
"Atletiko"da o‘zgarish: Saul o‘rniga Anxel Korrea tushdi
90'
"Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Rafinya qaytardi
88'
Havodagi kurashda Rafinya jarima maydonchasi ichida Fernandesga nisbatan fol ishlatdi
86'
Augusto Fernandes ogohlantirish oldi
85'
Vuuuh! Messi jarima maydonchasi ichida himoyachilarni aldayotganda, Godin uni yiqitdi. Brix penalti belgilashga jazm etmadi
83'
"Barselona"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Arda Turan tushdi
82'
Xavyer Maskerano ogohlantirish oldi. Qarshi hujumga o‘tayotgan Saulni chaldi
81'
"Barselona"da o‘zgarish: Buskets o‘rniga Serji Roberto tushdi
80'
Neymar jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi. Xuanfran yaxshi o‘ynadi va xavfni bartaraf etdi
79'
Yan Oblak ham ogohlantirishdan quruq qolmadi. Vaqtni cho‘zgani bois
78'
Lukas Ernandes birga bir vaziyatga qochib ketayotgan Neymarni yiqitdi. Sariq kartochka
77'
Messi 4 futbolchidan o‘tib jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
76'
"Atletiko"da o‘zgarish: Grizmann o‘rniga Tomas Parti tushdi
74'
GOOOOOOL! Luis Suares, 2:1! Alves qanotdan yetkazgan uzatmani urugvaylik futbolchi bosh bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
73'
Antuan Grizmann sariq kartochka oldi
71'
Grizmann olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
70'
Luis Suares sariq kartochka oldi. Kechiktirilgan fol uchun
70'
Felipe Luis maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam kerak
68'
Messi jarimadan to‘pni havolatib yetkazdi. Oblak to‘pni egallab oldi
66'
Messi yuqoridan uzatma berdi. Oblak to‘pni egallab oldi
64'
Yana bir xavfli vaziyat! Suares akrobatik uslubda yaxshi zarba bera olmadi!
63'
"Barselona"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Rafinya tushdi
63'
GOOOOOOL! Luis Suares, 1:1! Alves chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Alba bergan zarbani urugvaylik hujumchi darvozaga burib qo‘ydi!
62'
Vuuuuh! Neymaaaar! Jarima maydonchasi tashqarisida olis burchak tomon to‘pni aylantirdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
61'
Felipe Luis sariq kartochka oldi. U Suaresni qo‘li bilan tortib qoldi
56'
Vuuuuuh! Messi chap oyoqda jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Oblak zarbani qaytardi. Neymar gol urishiga himoyachi yo‘l qo‘ymadi
56'
Alba chap qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. Godin podkat orqali to‘pni qaytardi
55'
Vuuuuh! Rakitichning uzatmasiga Neymar bosh bilan zarba berdi. Oblak to‘pni egallab oldi
53'
"Atletiko"da o‘zgarish: Karrasko o‘rniga Augusto Fernandes tushdi
52'
VUUUUUUH! Inyestaning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p rekoshetlar orqali Messiga kelib tushdi va argentinalik futbolchi darvozabon maydonchasi ichida darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqayotganida yerda yotgan himoyachi to‘pni oyog‘i bilan olib qoldi!
51'
VUUUUUUH! Neymarning zarbasidan so‘ng to‘p to‘singa tegib qaytdi!!!
49'
Vuuuuuuuh, Messssssi! Qarshi hujumda Inyesta chap qanotdagi Neymarni to‘p bilan ta’minladi. Messi braziliyalik hujumchidan kelgan to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildi va akrobatik uslubda zarba berdi! To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!...
48'
Serji Buskets sariq kartochka oldi
48'
Maydon egalari qarshi hujumga o‘tishdi. Messi jarima maydonchasi ichida ochilayotgan Suaresga uzatma berdi. Luis ofsaydda qoldi
47'
Saulning uzatmasidan keyin Felipe Luis bosh bilan zarba berdi. To‘p Rakitichning boshiga tegib qaytdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Jamoalar maydonga qaytishmoqda
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Atletiko" - 0:1. Tanaffus
45+2'
Neymar jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
44'
"Barselona" raqibni o‘z jarima maydonchasi ichiga qamal qildi, ammo bundan samara chiqara olmayapti
42'
Inyesta olis masofadan uzatma berdi. To‘pga Suares emas, Oblak egalik qildi
36'
Torresga ikkinchi sariq kartochka va u maydondan chetlatildi.
33'
Koke ogohlantirildi. Qarshi hujumga o‘tayotgan Messini chalib yiqitdi. Taktik fol
32'
Vuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Grizmann jarima maydonchasi chizig‘i ustida ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va Pike ta’qibi ostida olis burchak tomon zarba berdi. Ter Shtegen bir amallab to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi!
29'
Fernando Torres ogohlantirildi. U Neymarni ochiqchasiga tepib qulatdi
28'
Messi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining qo‘liga tegdi, ammo penalti yo‘q
25'
GOOOOOL! Fernando Torreeees, 0:1! Grizmanning uzatmasidan keyin hujumchi jarima maydonchasiga kirdi va 14 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p Ter Shtegenning oyoqlari oraisdan o‘tib, to‘rga borib tushdi!
24'
Grizmann jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
21'
Neymar va Messi "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirib borishdi, ammo braziliyalik hujumchining so‘nggi uzatmasini himoyachi egallab oldi
19'
Vuuuuh! Messi bosh bilan to‘pni o‘ng qanotdagi Alvesga yetkazdi. Braziliyalik himoyachining havodan yetkazgan uzatmasiga Neymar bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
17'
Karrasko jarima maydonchasitidan zarba yo‘lladi. To‘p Alvesga tegib qaytdi
15'
Messi Suares bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo Luisning uzatmasini himoyachilar egallab olishdi
13'
Vuuuuh! Alba chap qanotdan uzatma berdi va to‘pni ochiq turgan Messiga kelib tushdi. U chap oyoqda to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. Aniq chiqmadi bu zarba. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
9'
Torres chap tomondan jarima maydonchasi kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. U yerda madridliklardan hech kim yo‘q edi
8'
Messi maydon markazida to‘pni egallab olib, oldinga qarab yurdi va Suares tomon uzatma berayotganida himoyachi to‘pni olib qoldi
7'
Mehmonlar "Barsa"ning ilk daqiqalardagi bosimiga dosh berib, endi o‘zlari ham oldinga o‘tishmoqda
5'
Vuuuh! Neymar chap qanotdan markaz tomon surildi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p ustun yoniidan o‘tib ketdi
4'
"Barsa" razvedka qilib o‘tirmayapti, yuqori tezlikda hujum tashkil qilishga urinmoqda
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Bugun UYEFAning so‘rovi bilan jamoalar o‘zlarining safar formalarida harakat qilishadi: "Barselona" sariq, "Atletiko" to‘q ko‘k
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! "Barselona" va "Atletiko" jamoalari "Kamp Nou" stadioniga chiqib kelishdi. Chempionlar ligasi madhiyasi yangramoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.