| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo chempionlar ligasi
| «S» guruhi, 4-tur. 6 aprel, soat 19:45. Bosh hakam: Yuday Yamamoto (Yaponiya) | ||
TRAKTORSOZIYAugusto Sezar (60)
Sayid Og‘aiy (83) |
2 : 0 |
PAXTAKOR |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Muhammadrizo Axboriy 2.Muhammad Iranpurian 3.Shojaiy Xalilzoda 5.Karlos Kardoso 6.Sino Ashuriy 8.Shahin Sag‘ebiy 11.Baxtiyor Rahmoniy 19.Sezar 24.Farzod Hotamiy 66.Mehdi Kianiy (S) 77.Sayid Og‘aiy |
1.Nikita Ribkin 4.Adnan Oraxovas 5.Akbar Ismatullanv 7.Azimjon Ahmedov 8.Sherzodbek Karimov 9.Jaloliddin Masharipov 11.Igor Sergeev 15.Javohir Sohibov 21.Kamoliddin Tojiyev (S) 24.Davron Hoshimov 29.Vladimir Kozak |
|
| ZAHIRA | ||
|
44.Farzin Karusian 4.Xolid Shofeiy 10.Sorush Rafeiy 15.Ayyub Kalantariy 18.Yan Remsi 27.Aloys Nong 40.Ali Hamudiy |
12.Temur Jo‘rayev 6.Abbosjon Otaxonov 14.Jamshid Boltaboyev 17.Akobir To‘rayev 19.Suhrob Berdiyev 35.Oybek Qilichev |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Traktorsoziy" - "Paxtakor" - 2:0. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Igor Sergeev jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Toshkentdagi o‘yinda hujumchi shunday vaziyatdan gol urgandi, bu safar Igorning zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 89' | ![]() |
Karimovning uzatmasidan keyin Sohibov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Axboriy to‘pni ushlab oldi |
| 88' | ![]() |
"Traktorsoziy"da o‘zgarish: Sayid Og‘aiy o‘rniga Ayyub Kalantariy tushdi |
| 86' | ![]() |
Vuuuuuuh! Hotamiy darvozabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va to‘pni uning ustidan oshirdi. Rahmoniy esa 4 metrdan bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joylay olmadi. |
| 85' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Vladimir Kozak o‘rniga Jamshid Boltaboyev tushdi |
| 83' | ![]() |
GOOL! Sayid Og‘aiy, 2:0! O‘ng qanotdan Hotamiy jarima maydonchasiga uzatma berdi. Hujumga yetib kelgan Og‘aiy 5 metrdan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi |
| 72' | ![]() |
"Sepohon"da o‘zgarish: Augusto Sezar o‘rniga Xolid Shofeiy tushdi |
| 71' | ![]() |
Sherzod jamoadoshi bilan "devor" o‘ynadi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 70' | ![]() |
Vuuuh! Mezbonlarning qarshi hujumi xavfli bo‘ldi. Eronlik futbolchi 15 metrlardan zarba berdi. To‘p to‘sin va ustun kesishgan joy yaqindan o‘tib ketdi |
| 68' | ![]() |
Sezar ofsaydda qoldi |
| 67' | ![]() |
Vuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Hotamiy 10 metrlardan darvoza tomon burdi. Ribkin to‘pni egalladi |
| 65' | ![]() |
Qarshi hujumda Rofeiy olis masofadan zarba yo‘lladi. Ribkin to‘pni egallab oldi |
| 63' | ![]() |
Masharipov eronlik futbolchilardan birini aldab o‘tayotganida, ikkinchisi uni yiqitdi va yuzidan tepib yubordi. Hakam hattoki folni qayd etgani yo‘q |
| 61' | ![]() |
"Paxtakor"chilar qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirib borishdi, ammo Ahmedovdan to‘pni olib qo‘yildi |
| 58' | ![]() |
Yon chiziqdan otib berilgan to‘pni Ribkin egallab oldi |
| 57' | ![]() |
Jarima to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda Tojiyev hujumda fol ishlatdi deb topildi |
| 66' | ![]() |
Eronlik himoyachi ogohlantirildi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Karimovni chalib yiqitdi |
| 65' | ![]() |
Vuuuuh! Ribkin goldan qutqardi! Chap qanotdan yetkazgan uzatmani Sezar yaqin masofadan darvoza tomon burdi. Nikita zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 63' | ![]() |
Yaxshi zarba! Sherzod burchakdan yetkazgan uzatmaga Oraxovas bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi! |
| 62' | ![]() |
Karimov o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 62' | ![]() |
Sezar Hoshimovni yiqitdi. Jarima zarbasi |
| 60' | ![]() |
GOOL! Augusto Sezar, 1:0! Braziliyalik hujumchi birga bir vaziyatga chiqib ketdi va Ribkin darvozasini ishg‘ol qildi |
| 58' | ![]() |
"Paxtakor" maydon markazida belgilangan jarima to‘pini jarima maydonchasiga yetkazdi. Sergeev hujumda fol ishlatdi deb topildi |
| 56' | ![]() |
"Paxtakor" yarim himoyachisi Azim Ahmedov ogohlantirish oldi |
| 54' | ![]() |
Masharipov chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashdi, ammo himoyachi to‘pni undan olib qo‘ydi |
| 53' | ![]() |
Sezar jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 51' | ![]() |
Masharipovga nisbatan fol ishlatildi, maydon markazida |
| 50' | ![]() |
"Paxtakor" ham yaxshi hujum tashkil qildi. Ismatullayev o‘ng qanotdan jarima maydonchasidagi Sergeevga uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni Aboriyga yetkazib berdi |
| 49' | ![]() |
VUuuuh! Mezbonlar Augusto Sezarni yakkama-yakka vaziyatga chiqarishdi. Braziliyalik futbolchi 15 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45ҳ1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi. |
| 43' | ![]() |
Nikita Ribkinga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hammasi joyida. |
| 42' | ![]() |
Augusto Sezar Ribkinga ishlatgan qo‘polligi uchun ogohlantirildi. |
| 40' | ![]() |
Jarima zarbasini Og‘aiy juda noaniq bajardi. |
| 39' | ![]() |
Oraxavas Sezarni yiqitdi, Traktorsoziy jarima zarbasi tepmoqda. |
| 36' | ![]() |
O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pga Sergeevning boshi ozgina yetmay qoldi. Paxtakor hujumni davom ettirdi, ammo xavf mezbonlar tomonidan bartaraf qilindi. |
| 34' | ![]() |
Sino Ashuriyning zarbasi juda kuchsiz chiqdi |
| 33' | ![]() |
Endi Og‘aiyning o‘zi hujumda Karimovni qo‘pollik bilan yiqitdi. |
| 31' | ![]() |
Raqibning qarshi hujumida Og‘aiyga qarshi qo‘polligi uchun Ismatullayev ogohlantirildi. |
| 27' | ![]() |
Ashuriy yon tomondan qo‘llari bilan Paxtakor jarima maydoniga to‘p yetkazib berdi, Kianiyning boshi bilan bergan zarbasi yuqoridan ketdi. |
| 23' | ![]() |
Azimjon Ahmedovdan himoyachilar to‘pni olib qo‘yishdi. |
| 22' | ![]() |
Paxtakor tepgan jarima zarbasini Axboriy qiyinchiliksiz ushlab oldi. |
| 22' | ![]() |
Mezbon himoyachilar Sergeevni chalib yiqitishdi, Paxtakor jarima zarbasi bajaradi. |
| 20' | ![]() |
Traktorsozining xavfli hujumining oldi olindi. Masharipov yaxshi harakat qildi. |
| 19' | ![]() |
Paxtakorning burchak to‘pi samara bermadi. |
| 18' | ![]() |
Mezbonlarning hujumini qaytargan Paxtakor qarshi hujumda burchak to‘pi ishlab olishdi. |
| 16' | ![]() |
Traktorsozining navbatdagi hujumi, kuchli zarba noaniq ketdi. |
| 13' | ![]() |
Azimjon Ahmedov o‘ng qanotdan hujum uyushtirmoqchi di, himoyachilar uni yiqitishdi. Jarima zarbasi berilmadi |
| 9' | ![]() |
Masharipov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 8' | ![]() |
Xavfli zarbani Ribkin bartaraf etdi |
| 5' | ![]() |
Mezbonlar hujum qilish yo‘llarini qidirishmoqda. Paxtakorchilar himoyada dadil o‘ynamoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
O‘zbekistonning 3ta klubi 4-tur doirasida o‘z o‘yinlarini o‘tkazib bo‘lishdi. Jamoalarimiz 1ta g‘alaba, 1ta durang va 1ta mag‘lubiyat qayd etishdi. "Paxtakor"dan esa g‘alaba kutib qolamiz |
| ' | ![]() |
Osiyo chempionlar ligasining 4-turi doirasida "Traktorsoziy" va "Paxtakor" o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|