Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Chorak final, 6 aprel, soat 23:45

VOLFSBURG

Rikardo Rodriges (18-pen.)
Maksimilian Arnold (25)

2 : 0

REAL MADRID

JAMOALAR TARKIBI
01.Diyego Benalyo (D)
18.Dante
25.Naldo
34.Rikardo Rodrigec
27.Maksimilian Arnold
10.Yulian Draksler
08.Viyeyrinya
23.Jozua Gilavogi
17.Andre Shyurrle
22.Luis Gustavo
16.Bruno Xenrike
  01.Keylor Navas (D)
12.Marselo
03.Pepe
04.Serxio Ramos
11.Garet Beyl
19.Luka Modrich
14.Kazemiro
23.Danilo
08.Toni Kroos
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
ZAHIRA
28.Kun Kastels (D)
31.Robin Knoxe
04.Marsel Shefer
06.Karlos Askues
15.Kristian Tresh
11.Maks Kruze
12.Bas Dost
  13.Kiko Kasilya (D)
06.Nacho Fernandes
15.Daniel Karvaxal
22.Isko
10.Xames Rodriges
18.Lukas Vaskes
20.Xese

Matn

90+5'
O‘yin tugadi! "Volfsburg" - "Real Madrid" - 2:0! Kutib oling, chorak finalning ilk sensasiyasi! Vaziyatni o‘nglash uchun "Real"da 90 daqiqa bor.
90+3'
"Volfsburg"da o‘zgarish: Draksler o‘rniga Marsel Shefer tushdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
89'
Vuuuh! Maks Kruze so‘nggi chiziq oldida Kazemironi aldab o‘tdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. Navas zarbani qaytardi
86'
Beyl Ronaldu ni ko‘zlab o‘ng qanotdan uzatma berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
85'
Jamoalarda o‘zgarish bo‘ldi: "Volfsburg"da Shyurrle o‘rniga Maks Kruze, "Real"da Kroos o‘rniga Xames tushdi
82'
Maydonga muxlislardan biri yugurib tushib ketdi. Uni ushlab, maydondan olib chiqib ketishdi
80'
"Volfsburg"da o‘zgarish: Bruno Enrike o‘rniga Kristian Tryosh tushirildi
77'
Vuh! "Volfsburg"da yana bir qarshi hujum! Markaziy o‘q bo‘ylab jarima maydonchasiga yetib kelgan Enrikega uzatma berildi. U to‘pni o‘ng tomonga qochirib yubordi, natijada zarba o‘tkir burchak ostida berildi. Navas to‘pni egalladi
73'
Vuuuuh! Ronaldu! Birga bir vaziyatga chiqib borib, o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Darvozabonga tegib o‘z yo‘nalishini biroz o‘zgartirgan to‘pni himoyachilar egallab olishdi va xavfni bartaraf etishdi
71'
Beyl jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
70'
Marselo provokasiya va simulyasiya orqali Maksimilian Arnoldga sariq berilishiga erishdi. Vaziyatga aralashgan Beyl ham ogohlantirish oldi
68'
Vuuuuuh! "Bo‘rilar" o‘ta xavfli qarshi hujum tashkil etishdi! Shyurrle deyarli birga bir vaziyatda 10 metrlardan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi...
64'
"Real"da o‘zgarish: Modrich o‘rniga Isko tushdi
62'
Ronaldu olis masofadan belgilangan jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pini mezbonlar egallab olishdi
61'
Luis Gustavo ogohlantirildi
57'
Yaxshi vaziyat! Beyl chap qanotdan havodan uzatma berdi. Ronaldu bir himoyachi ta’qibi ostida bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
55'
"Bo‘rilar" posboni Diyego Benalyo ogohlantirildi. Vaqtni cho‘zgani uchun
54'
To‘p nazorati mehmonlar tomonida, ammo "Volfsburg"ning qarshi hujumi taxlikali bo‘ldi. Draksler chap qanotdan uzatma berdi. Shyurrle darvozabon maydonchasida to‘pga yeta olmadi
50'
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berish chog‘ida sirpanib yiqilib tushdi
49'
Ronalduda yaxshi imkoniyat! Beyl chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Krishtianuga yerlatib uzatma berdi. Portugaliyalik futbolchi to‘pni darhol tepishga qaror qildi. Noaniq
48'
Toni Kroos jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
47'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritildi. Mezbonlar yaxshi himoyalanishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi va u yakuniga yetdi. Tanaffus. Hozircha sensasiya ro‘y bermoqda: "Volfsburg" - "Real" - 1:0.
45'
Ehhh, Beyl! Mmehmonlar darvozagshacha 20 metr masofadan jarima zarbasini tepishga huquqini qo‘lga kiritishdi. Beylning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
43'
Vuuuuh! Bruno Enrike raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va o‘ng qanot bo‘ylab oldinga o‘tib, markaz bo‘ylab yordamga yetib kelgan Shyurrle tomon uzatma berdi. Pepe to‘pni qaytarib qoldi.
41'
Himoyachi bilan to‘qnashuvda Benzema jarohat oldi. Uning o‘rniga Xese tushdi
38'
Draksler jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga urindi. Urinish muvaffaqiyatli chiqmadi
37'
Kroos! Toni jarima maydonchasi burchagidan kuchli zarba yo‘lladi. Benalyo to‘pni egallab oldi
34'
Vuuuh! Enrike o‘ng qanotdan to‘pni Marseloning ustidan yengilgina oshirib, jarima maydonchasi ichida ochilgan Drakslerga uzatma berdi. Yulian darhol zarba berdi. Zarba aniq chiqmadi
33'
Vuuuh! Beyl chap qanotdan to‘pni ko‘ztardi, Beneyema 6 metrdan bosh bilan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
30'
Marselo chap qanotdan uzatma bermoqchi bo‘ldi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, darvozabonga bordi
28'
Vuuuh! Shyurrle jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Navas to‘pni egallab oldi!
25'
GOOOOOL! Masimilian Arnold, 2:0! Shyurrle jarima maydonchasining o‘ng tomonida ochilgan Enrikega uzatma berdi va Bruno darvozabon maydonchasiga to‘pni yetkazdi. Araold 4 metrdan to‘pni darvozaga burib qo‘ydi! Nimalar bo‘lmoqda, Madrid???
23'
Mezbonlar Ronaldudan to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujumga otlanishdi. Draksler yo‘l-yo‘lakay Pepedan o‘tib ketdi va chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Ramos to‘pni qaytardi, aks holda Enrike zarba berishi mumkin edi
22'
Kazemiro jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
19'
Viyeyrinya sariq kartochka oldi.
18'
GOOOOL! Rikardo Rodriges, 1:0! Navasni mohirlik bilan dog‘da qoldirdi!
17'
PENALTI! "Real" darvozasiga! Shyurrle zarba bermoqchi bo‘lganida uning oyog‘i Kazemironing oyog‘iga tegdi va hujumchi yiqildi...
16'
Nemislarning qarshi hujumi natijasida Enrike jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Navas uchun bu mashg‘ulot vazifasini bajardi
14'
VUUUUH! Benzema Danteni aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. To‘p darvozabonning oyog‘iga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pga Beyl jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Noaniq
12'
Vuuuuh! "Volfsburg" qarshi hujum tashkil qildi. Drakslar chap tomonda uzatma berib, o‘ng ustun tomonda ochilgan Erikega to‘p bilan ta’minladi. Brunoning bosh bilan zarbasini Navas egallab oldi
10'
"Real" xavfli hujumni tashkil qildi. Benzema to‘pni sherigiga uzatganidan keyin himoyachi uni jarima maydonchasi ichida yiqitdi. Hakam bu vaziyatga e’tibor bermadi. Beyl to‘pni qabul qilganida esa ofsaydda qoldi
9'
Beyl chap qanotdan darvozabon maydonchasidagi Ronaldu tomon uzatma berdi. Benalyo to‘pni egallab oldi
8'
Madridliklar to‘pni nazorat qilib, hujum variantlarini qidirishmoqda
5'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Beyl jarima maydonchasi ichida qaychisifat zarba bermoqchi bo‘ldi. Zarba qovushmadi
3'
Mezbon futbolchisi "devor" o‘ynab, "Real" jarima maydonchasiga kirishga urindi, Ramos to‘pni egallab oldi
2'
VUH! Ronaldu birga bir vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi! Ammo ofsayd!
1'
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga madridliklar kiritib berishdi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘yin boshlanish arafasida
'
ECHL, chorak final. "Volsburg" o‘z maydonida "REal"ni qabul qilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.