Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 33-tur, 9 aprel, soat 16:45 | ||
VEST XEMEndi Kerroll (45, 45+2)
Gabriel Paulista (52-avtogol) |
3 : 3 |
ARSENALMesut O‘zil (18)
Aleksis Sanches (35) Loran Kosyelni (70) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Adrian (D) 03.Aaron Kressvell 05.Jeyms Tomkins 08.Sheyxu Kuyyate 21.Anjelo Ogbonna 02.Uinston Rid 28.Manuel Lansini 30.Maykl Antonio 16.Mark Noubl 27.Dimitri Paye 09.Endi Kerroll |
13.David Ospina (D) 24.Ektor Bellerin 18.Nacho Monreal 05.Gabriel Paulista 06.Loran Koselni 11.Mesut O‘zil 34.Fransis Koklen 35.Muhammad el-Nenni 17.Aleksis Sanches 23.Denni Uelbek 45.Aleks Ivobi |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Darren Rendolf (D) 35.Ris Oksford 33.Stiven Xendri 14.Pedro Obyang 20.Viktor Mozes 11.Enner Valensiya 29.Emmanuel Emenike |
33.Petr Chex (D) 03.Kiran Gibbs 21.Kalum Chambers 04.Per Mertezaker 16.Aaron Remzi 12.Olivye Jiru 14.Teo Uolkott |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
Supero‘yinda jangovar durang! "Vest Xem" - "Arsenal" - 3:3! |
| 90+4' | ![]() |
So‘nggi hujumni "Arsenal" uyushtirdi. To‘pni darvozabon egallab oldi. |
| 90+3' | ![]() |
Antonio sariq kartochka oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinich bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Payet jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 88' | ![]() |
O‘zil ofsaydda qoldi |
| 87' | ![]() |
To‘pni "kanonirlar" nazorat qilmoqda. "Vest Xem" esa himoyalanmoqda |
| 80' | ![]() |
VUuuuh! Aleksis Sanches himoyachilarni aldab, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berish kerak bo‘lgan vaziyatda to‘pni o‘ng oyog‘iga to‘g‘rilashga qaror qildi. Vaziyatni qo‘ldan chiqardi |
| 79' | ![]() |
Xavfli vaziyat! O‘zilning uzatmasidan keyin Uelbek jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachi va darvozabon undan to‘pni olib qo‘yishdi |
| 78' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Kerroll bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozaga emas, darvozabon maydonchasi burgiga yaqiniga ketdi. Mezbon futbolchisining zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 77' | ![]() |
Vuh" Kressvell jarima maydonchasi tashqarisidan darvozabon uchun noqulay zarba berdi. Ospina to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi |
| 76' | ![]() |
Vuuuuuuh! Nacho chap qanotdan yetkazib bergan uzatmaga Jiru bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yoniidan o‘tib ketdi! |
| 74' | ![]() |
Dimitri Payet jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p Ospinadan maydonni tark etdi |
| 70' | ![]() |
GOOOOOOL! Loran Kosyelni, 3:3! Mehmonlar jarima maydonchasi ichida qisqa paslar orqali kombinasiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishdi. Kosyelni yaqin masofadan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 69' | ![]() |
Vuuuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi. Nacho Monreal 16 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Darvoza chizig‘i ustida turgan Lansini zarbani qaytardi! |
| 68' | ![]() |
Vuuuh! O‘zilning chap qanotdan bergan uzatmasidan keyin Remzi to‘pni qabul qilish bilan birga chiroyli tarzda himoyachining ustidan oshirib o‘tdi va ustunga yaqin joyda boshqa himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 64' | ![]() |
"Bolg‘achilar"ning xavfli hujumi. Mezbon futbolchisi jarima maydonchasiga kirdi va Payetga uzatma berdi. Dimitri to‘pga yeta olmadi |
| 63' | ![]() |
Payet o‘ng qanotdan jariam to‘pini o‘yinga kiritdi. Ospina to‘pni egalladi |
| 61' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Koklen o‘rniga Aaron Remzi tushdi. |
| 57' | ![]() |
Vuuh! Payet o‘ng qanotdan uzatma berdi. Kerroll oyoq bilan to‘pni darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib, to‘rga yuqori tomondan kelib tushdi |
| 55' | ![]() |
Nacho Monreal chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 52' | ![]() |
GOOOOOL! Antonio o‘ng qanotda bir himoyachini aldab o‘tdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Kerroll bosh bilan zarba berdi. Paulista to‘pni o‘z darvozasiga burib yubordi. Avtogol, 3:2! Supero‘yin! |
| 50' | ![]() |
"Vest Xem" gol urdi, ammo gol inobatga olinmadi. Kerrol jarima maydonchasi ichida Kosyelnini aldamoqchi bo‘ldi, ammo himoyachi to‘p yo‘lini gavdasi bilan to‘sdi. Kerroll esa himoyachi qo‘li bilan yo‘ldan olishga urindi hamda darvozabonning ustiga yotib oldi. Boshqa futbolchi bo‘sh darvozaga to‘pni joyladi, ammo fol bor! |
| 49' | ![]() |
Mezbonlar raqib jarima maydonchasiga kirayotgan Lansini uzatma berishdi. Manuel yiqildi, ammo qoidabuzarlik yo‘q |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 46' | ![]() |
"Vest Xem"da o‘zgarish bo‘ldi. Tomkins o‘rniga Emmanuel Emenike tushdi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Vest Xem" - "Arsenal" - 2:2! Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
GOOOOOL! Endi Kerroll, 2:2! Yuqoridan yetkazilgan uzatmani hujumchi jarima maydonchasi ichida qabul qildi va akrobaktik uslubda zarba berdi. To‘p rekoshet holatida darvozaga borib tushdi! Qandaydir 2-3 daqiqa isida Kerroll hisobni tenglashtirib qo‘ydi! |
| 45' | ![]() |
GOOOOL! Endi Kerroll, 1:2! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga hujumchi bosh bilan zarba berdi va darvozani ishg‘ol childi! |
| 43' | ![]() |
"Arsenal" jarima maydonchasi ichida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Dastlab hujumchi himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi, ammo hujum davom etdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Kerrol bosh bilan zarba berdi. Ospinat o‘pni egalladi |
| 42' | ![]() |
Adrian himoyachidan to‘pni qabul qilib, o‘z darvozasi oldidan tepib yubormoqchi bo‘lganida, Uelbek to‘p yo‘lini to‘sishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p hujumchidan maydonni tark etdi |
| 39' | ![]() |
Kerroll jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Ospina ikkinchi urinishda to‘pni egalladi |
| 35' | ![]() |
GOOOOOOL! Aleksis Sanches, 0:2! Ivobi himoyachining ustidan oshirib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Sanches o‘tkir burchak ostidan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 32' | ![]() |
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 30' | ![]() |
Aleksis 20 metrlardan unchalik kuchli bo‘lmagan zarba yo‘lladi. Adrian to‘pni egalladi |
| 28' | ![]() |
Darvoqe, Lansini gol urgan vaziyat qaytadan namoyish etildi. Ofsayd yo‘q ekan. Himoyachi sun’iy ofsaydni yaratish chog‘ida xatoga yo‘l qo‘yib, ortda qolib ketgan ekan |
| 25' | ![]() |
O‘zil maydon markaziga yaqin joydan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Koselni to‘pga sakradi, ammo yeta olmadi. Adrian to‘pni egallab oldi |
| 22' | ![]() |
Mezbonlar ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavf bartaraf etildi |
| 20' | ![]() |
Vuuuh! O‘zilning uzatmasidan keyin Uelbek deyarli birga bir vaziyatga chiqdi, ammo darvozabon bilan masofa qisqarib qolgani bois to‘pni posbonning ustidan oshirib qo‘ya olmadi |
| 18' | ![]() |
GOOOOOL! Mesut O‘zil, 0:1! Uelbekning uzatmasidan keyin yarim himoyachi birga bir vaziyatga chiqib ketdi va imkoniyatdan samarali foydalandi! |
| 16' | ![]() |
Vuuh! Bellerin nozik pas bilan Uelbekni birga bir vaziyatga chiqardi. Denni to‘pga biroz yeta olmadi, himoyachi to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 14' | ![]() |
Kerrol akrobatik zarba berganidan keyin Lansini darvozabon maydonchasi ichidan bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Ofsayd! |
| 12' | ![]() |
SAnches chap qanotdan to‘p bilan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasining olis tomonida ochilgan el-Nenniga uzatma berdi. Muhammadning zarbasi yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 10' | ![]() |
"Arsenal" qarshi hujum tashkil qildi va Ivobi chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘pni himoyachi qaytardi |
| 9' | ![]() |
Dastlabki burchak to‘pini "Arsenal" o‘yinga kiritdi. Muvaffaqiyatsiz |
| 8' | ![]() |
Har ikkala jamoa to‘ni egallagan zahoti oldinga borishga harakat qilmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 5' | ![]() |
Kerrol Kosyelniga jarohat yetkazdi. Himoyachiga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 2' | ![]() |
Vuuh! To‘p "Arsenal" darvozasidan o‘rin olishiga oz qoldi! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ogbonna zarba berdi va darvozaga yaqin turgan Lansini bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi, ammo futbolchi biroz ofsaydda qolgan ekan |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi | |
| ' | ![]() |
Chempionlikdanu umidini uzmagan "Arsenal" bugun "Vest Xem" mehmoni bo‘lmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Angliya Premyer-ligasi asta-sekin o‘z nihyaosiga yetib bormoqda. Qoldirilgan ayrim o‘yinlarini hisobga olmaganda, yana 6ta turdan keyin Angliya chempionati o‘z nihoyasiga yetadi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|