Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

33-tur, 9 aprel, soat 19:00

REAL MADRID

Xames Rodriges (5)
Lukas Vaskes (18)
Krishtianu Ronaldu (19)
Xese (39)

4 : 0

EYBAR

JAMOALAR TARKIBI
13.Kiko Kasilya (D)
15.Daniel Karvaxal
06.Nacho Fernandes
17.Alvaro Arbeloa
03.Pepe
14.Kazemiro
18.Lukas Vaskes
10.Xames Rodriges
22.Isko
20.Xese
07.Krishtianu Ronaldu
  13.Asyer Riyesgo (D)
19.Antonio Luna
07.Ander Kapa
04.Ivan Ramis
22.Yota Peleteyro
03.Aleksandar Pantich
05.Gonsalo Eskalante
24.Adrian Gonsales
14.Dani Garsiya
20.Keko
09.Serxi Enrich
ZAHIRA
31.Ruben Yaniz (D)
12.Marselo
16.Mateo Kovachich
29.Borxa Mayoral
23.Danilo
11.Garet Beyl
09.Karim Benzema
  01.Xabi Irureta (D)
17.David Xunka
02.Yon Ansotegi
11.Izet Xayrovich
08.Takashi Inui
18.Borxa Baston
21.Saul Beryon

Matn

90+2'
O‘yin yakunlandi. "Real" o‘z hisobini 3 ochkoga boyitdi va vaqtinchalik bo‘lsa-da 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi
90+1'
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
89'
Vuuuh! Iskoning uzatmasidan keyin Danilo birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi.
86'
Danilo olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi
84'
Mayoral ofsaydda qoldi
83'
Danilo sariq kartochka oldi
79'
Vuuuuh! Burchchakdan yetkazilgan uzatmani Enrich bosh bilan ortga o‘tkazdi. Baston 1 metrdan bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi!!!
76'
"Real"da o‘zgarish: Xese o‘rniga Borxa Mayoral tushdi
74'
Vuuuuuh! Ronaldu bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi! Iskoning uzatmasidan keyin Kovachich o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Krishtianuga uzatma berdi. Portugaliyalik futbolchi darvozagacha 6 metr masofadan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
73'
"Real" xotirjam o‘ynamoqda. Katta kuch bilan oldinga ham borayotgani yo‘q, himoyalanmayapti ham
72'
"Eybar"da o‘zgarish: Keko o‘rniga Xayrovich tushdi
68'
"Eybar" futbolchisi Ivan Ramis ogohlantirish oldi
63'
"Real"da o‘zgarish: Karvaxal o‘rniga Danilo tushdi
60'
"Eybar" futbolchilari "Real" jarima maydonchasi ichiga yaxshi kirib kelishmoqda, ammo imkoniyatlardan foydalana olishmayapti
54'
Vuuuuh! O‘ng qanotdan "Real" jarima maydonchasi tashqarisiga yerlatib uzatma berildi. Xunka chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
54'
"Real"da o‘zgarish: Kazemiro o‘rniga Mateo Kovachich tushdi
52'
"Real" bir hujumda ikkita xavfli vaziyat yaratdi. Vaskes muvaffaqiyatli zarba bera olmagan bo‘lsa, Xesening uzatmasi Ronaldugacha yetib bormadi
49'
Juda chiroyli gol bo‘lishiga oz qoldi. Keko jarima maydonchasi o‘ng tomonida to‘pni qabul qildi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Baston tovoni bilan to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p darvozaga emas, darvoza chizig‘iga parallel ravishda ketdi, Enrich oldidan o‘tib ketayotgan to‘pni darvozaga burib qo‘ya olmadi
48'
Vuuuh! Ronaldu bosh bilan zarba berdi. Riyesgo seyv namoyish qildi
48'
Vuuuuuh! Serxi Enrich jarima maydonchasi ichida Nacho Fernandesni aldab o‘tdi va zarba berdi. Kasilya oyog‘i bilan to‘pni qaytardi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Eybar"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Jamoaning asosiy to‘purari Borxa Baston maydonga tushirildi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Eybar" - 4:0. Tanaffus.
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
41'
Vuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Pantich bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Kasilya ajoyib seyv bilan zarbani qaytardi!
39'
GOOOOOL! Xese, 4:0! Krishtianu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va himoyachilar orasidan pas berib, bo‘sh darvoza oldida ochilayotgan Xesega uzatma berdi va u osonlik bilan jamoasining 4-golini urdi
38'
Xames jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasini tepdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
33'
Madridliklar qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Xese tomon uzatma berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
32'
"Eybar"ning burchak to‘pi ham xavfli bo‘lmadi
29'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
24'
"Madrid" 3ta gol bilan cheklanmoqchi emas. Mezbonlar yana va yana oldinga tashlanishmoqda. Boz ustiga, bugungi o‘yin Ronaldu uchun to‘purarlar bahsidagi pozisiyasini yanada mustahkamlab olish uchun yaxshi imkoniyat
19'
GOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 3:0! Xese chap qanot bo‘ylab oldinga o‘tib ketdi va darvozabon bilan birga bir vaziyatga chtqqaniga qaramay, nariga tomonda ochilgan Ronalduga pas berdi. Krishtianu ortiqcha muammosiz darvozaga to‘pni joyladi!
18'
GOOOOOOL! Lukas Vaskes, 2:0! Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p uchun yelkama-elka kurashda Ronaldu himoyachidan ustun keldi va boshqa himoyachini chalg‘itib Lukasga pas berdi. Vaskesning zarbasini darvozabon qaytara olmadi
15'
Ustunlik mezbonlar tomonida. "Eybar" hozircha himoyalanishda davom etmoqda
9'
Xames yuqoridan bergan uzatmaga Ronaldu jarima maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi. Noaniq
5'
GOOOOOL! Xames Rodriges, 1:0! Kolumbiyalik futbolchi jarima zarbasini aynan darvozabon turgan burchakka tepdi. Riyesgo to‘pni qaytara olmadi!
4'
"Real" jarima maydonchasi yarim aylanasi ichidan jarima zarbasini tepadi. Mehmon himoyachisi sariq kartochka oldi Xeseni chalgani uchun
1'
O‘yin boshlandi!
'
"Real" va "Eybar" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida. La liga. 32-tur
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.