Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Oliy liga
| 4-tur, 11 aprel, soat 18:30. Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (Buxoro) | ||
PAXTAKORKamoliddin Tojiyev (43)
|
1 : 1 |
NASAFBobur Abduxoliqov (57)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Nikita Ribkin 29.Vladimir Kozak 7.Azim Ahmedov 21.Kamoliddin Tojiyev (s) 24.Davron Hoshimov 5.Akbar Ismatullayev 15.Javohir Sohibov 14.Jamshid Boltaboyev 8.Sherzod Karimov 35.Oybek Qilichev 11.Igor Sergeev |
35.Sanjar Quvvatov 31.Saydullo Rahmatov 4.Maqsud Karimov 23.Sherzod A’zamov 7.Shuhrat Muhammadiyev 20.Erkin Boydullayev 10.Dilshod Rahmatullayev 18.Bahrom Abdurahimov 17.Artur Gevorkyan (s) 9.Ilhom Shomurodov 45.Bobir Abduxoliqov |
|
| ZAHIRA | ||
|
12.Temur Jo‘rayev 4.Adnan Oraxovas 9.Jaloliddin Masharipov 17.Akobir To‘rayev 19.Suhrob Berdiyev 20.Anvar Soliyev 48.Temur Tolipov |
25.Eldorbek Suyunov 5.Ildar Mamatkazin 6.Azizjon G‘aniyev 14.Sharof Muhiddinov 19.Deyan Bolyevich 21.Azamat Allaniyozov 27.Islom Rashidxonov |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Javohir Sohibov (24)
Oybek Qilichev (44) Davron Hoshimov (64) |
Erkin Boydullayev (51)
|
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Javohir Sohibov (81)
|
||
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Paxtakor" - "Nasaf" - 1:1. |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuh! "Nasaf" g‘alabani ilib ketishi mumkin edi. Azizjon G‘aniyev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 90+1' | ![]() |
Oraxovas ofsaydda qoldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
To‘p Allaniyozovning boshidan tark etdi. Ikkinchi burchak to‘pini Quvvatov mushti bilan urib yubordi |
| 89' | ![]() |
"Paxtakor" Masharipovning sa’y-harakatlari evaziga burchak to‘pi ishladi |
| 86' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Sherzod Karimov o‘rniga Adnan Oraxovas tushdi |
| 85' | ![]() |
"Paxtakor" yarim himoyachisi Sherzod Karimov ogohlantirildi. To‘p qo‘l bilan o‘ynagani uchun |
| 82' | ![]() |
Gevorkyan burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yo‘q |
| 81' | ![]() |
"Paxtakor" tayanch yarim himoyachisi Javohir Sohibov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi |
| 79' | ![]() |
Qiziq vaziyat yuzaga keldi. Rahmatov Gevorkyanga uzatma berayotganida, chiziq ustidan dumalayotgan to‘pni Davron Hoshimov shartta qo‘lga oldi va o‘yinga kiritdi. Bu vaziyatda laynsmen hali autni qaytd etmagani bois, jarima zarbasi belgilandi |
| 76' | ![]() |
Azizjon G‘aniyev olis masofadan jarima zarbasini yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 74' | ![]() |
Mehmonlar maydon markazida "Paxtakor" futbolchilaridan to‘pni olib qo‘yishdi. Gevorkyan jarima maydonchasi taqsharisidan aniq zarba bera olmadi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 73' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Akbar Ismatullayev o‘rniga Anvar Soliyev tushdi |
| 69' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani mezbon himoyachilar qaytarishdi |
| 68' | ![]() |
"Nasaf"da majburiy o‘zgarish: jarohat olgan Bahrom Abdurahimov o‘rniga Azizjon G‘aniyev tushdi |
| 68' | ![]() |
Kamoliddin Tojiyev ogohlantirish oldi. "Nasaf" jarima maydonchasi tashqarisidan jarima zarbasi tepadi |
| 64' | ![]() |
Davron Hoshimov ogohlantirish oldi |
| 62' | ![]() |
Rahmatullayevning uzatmasidan keyin Abduxoliqov birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo ofsayd |
| 58' | ![]() |
Vuuuuuh! Sergeev jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 57' | ![]() |
GOOOOOL! Bobur Abduxoliqov, 1:1! Olis masofadan yetkazilgan Allaniyozov ko‘krak bilan qaytardi va Bobur bosh bilan to‘pni darvozaga joyladi! |
| 52' | ![]() |
Sherzod Karimov o‘ng qanotda himoyachidan o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Quvvatov to‘pni egallab oldi |
| 51' | ![]() |
Erkin Boydullayev sariq kartochka oldi |
| 46' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Oybek Qilichev o‘rniga Jaloliddin Masharipov tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Paxtakor" - "Nasaf" - 1:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
Oybek Qilichevga sariq kartochka |
| 43' | ![]() |
GOOOOOOL! Kamoliddin Tojiyev, 1:0! Qanotdan yetkazilgan uzatmani "Paxtakor" himoyachisi yaqin masofadan darvozaga joyladi! |
| 43' | ![]() |
Saydulla Rahmatov o‘z qanotida Karimovga nisbatan fol ishlatdi |
| 41' | ![]() |
Ilhom Shomurodov jarohat oldi. Uning o‘rniga Azamat Allaniyozov tushdi |
| 40' | ![]() |
Abdurahimov jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi |
| 38' | ![]() |
Sohibov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 35' | Stadion uzra yomg‘ir yog‘moqda | |
| 33' | ![]() |
"Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 29' | ![]() |
Ehhh, Muhammadiyev! Shuhrat jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi. Ammo Abduxoliqovga uzatmani judayam kuchli tarzda berdi. Bobur to‘pni darvozaga bura olmasdi |
| 27' | ![]() |
Vuuuuuh! Gevorkyan o‘ng qanotdan "Paxtakor" darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Hoshimov bosh bilan to‘pni narigi qanotga o‘tkazib yubordi |
| 24' | ![]() |
Javohir Sohibov ogohlantirish oldi. Abdurahimovga nisbatan keskin fol ishlatdi |
| 22' | ![]() |
Tomonlar navbati bilan hujum tashkil qilishmoqda. Yuqoridan yetkazilayotgan uzatmalarni mezbonlar qaytarishmoqda |
| 17' | Xabaringiz bor, ushbu jamoalar fevral oyida O‘zbekiston superkubogi uchun bahs o‘tkazishgan. Undan Berdiyev shogirdlari g‘olib chiqishgandi (1:0) | |
| 13' | ![]() |
"Paxtakor" himoyachilarining xatosidan keyin Shomurodov va Abduxoliqovni to‘pni egallab olishdi. Bobur o‘zi zarba berish mumkin bo‘lgan vaziyatda sherigiga uzatishga harakat qildi. To‘pni mezbonlar egallab olishdi |
| 12' | ![]() |
To‘p nazorati bo‘yicha kichik ustunlik mehmonlar tomonida. Maydon egalari qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qilishmoqda |
| 9' | ![]() |
Gevorkyan jarimadan to‘pni o‘yinga kiritdi. Oraxovas to‘pni qaytardi |
| 8' | ![]() |
Azim Ahmedov Bobur Abduxoliqovga nisbatan fol ishlatdi. O‘ng qanotdan jarima to‘pi |
| 3' | ![]() |
Vuuuh! Abdurahimovga nisbatan fol uchun jarima zarbasi belgilandi. Jarimadan A’zamov kuchli zarba yo‘lladi. Lobanov zarbani qaytardi. Abduxoliqov esa to‘pga birinchi bo‘lib yetib keldi va darvozani ishg‘ol qildi. Ammo qanot hakami bayroqchasini ko‘tardi! |
| 2' | ![]() |
Vuuuuh! Gevorkyan to‘pni yo‘qotishidan keyin mezbonlar Sergeevni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yuborishdi. Igorning zarbasini Quvvatov qaytardi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum! Oliy liganing 4-turi doirasida "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|