Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Chorak final, javob o‘yini, 12 aprel, 23:45. Bosh hakam: Viktor Kashshai (Vengriya)

REAL MADRID

Krishtianu Ronaldu (15, 17, 76)

3 : 0

VOLFSBURG

JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
15.Daniel Karvaxal
03.Pepe
04.Serxio Ramos
12.Marselo
08.Toni Kroos
19.Luka Modrich
11.Garet Beyl
14.Kazemiro
09.Karim Benzema
07.Krishtianu Ronaldu
  01.Diyego Benalyo (D)
34.Rikardo Rodrigec
18.Dante
25.Naldo
23.Jozua Gilavogi
22.Luis Gustavo
17.Andre Shyurrle
27.Maksimilian Arnold
10.Yulian Draksler
08.Viyeyrinya
16.Bruno Enrike
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
02.Rafayel Varan
10.Xames Rodriges
18.Lukas Vaskes
22.Isko
23.Danilo
20.Xese
  28.Kun Kastels (D)
31.Robin Knoxe
04.Marsel Shefer
11.Maks Kruze
15.Kristian Tresh
07.Daniel Kalijiuri
12.Bas Dost

Matn

90+4'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi. Bu vaqtda Viyeyrinya sariq kartochka oldi. Nihoyat, Viktor Kashsheyning hushtagi yangradi va "Real Madrid" Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi!
86'
Vuuuuh! Xesening murakkab zarbasini Benalyo qiyinchilik bilan qaytardi!
84'
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Xese tushdi.
81'
Vuuuuh! Benzema chap tomonda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. Benalyo zarbani qaytardi!
80'
Ronaldu sariq kartochka oldi
79'
"Volsburg"da o‘zgarish: Gilavogi o‘rniga Bas Dost tushdi.
76'
GOOOOOOL! Krishtianu Ronalduuuu! 3:0! Portugaliyalik futbolchi yo‘llagan zarba natijasida jonli devor orasidan o‘tdi va darvoza burchagiga borib tushdi! Xet-trik! Bo‘ribosar!
75'
Luis Gustavo sariq kartochka oldi. U Modrichga nisbatan fol ishlatdi. Davrozagacha masofa 25 metr
72'
Marseloning qo‘li Bruno Enrikening ko‘ziga tegib ketdi. U o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Kalijuri tushdi
70'
Vuuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Dante bosh bilan zarba berdi. Unchalik kuchli chiqmadi, to‘pni Navas egalladi
69'
Pepe burchakdagi bayroqcha oldida fol ishlatdi
67'
Viyeyrinya jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi
66'
Vuuuuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmagan Ramos bosh bilan zarba berdi! To‘p ustunga tegib, chiziqni kesib o‘tayotganida, Benalyo to‘pni qaytarib qoldi!!!
64'
"Volfsburg"ning hujumi. Chap qanotda berilgan uzatmani Navas egalladi
60'
Vuuuuh! Modrich jarima maydonchasining o‘ng qanotidan darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘p Gilavogining oyog‘idan darvoza tomon ketdi. Benalyo to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
58'
Mezbonlar burchak zarbasidan keyin to‘p jarima maydonchasi tashqarisida turgan Beylga kelib tushdi. Uning zarbasi noaniq chiqdi
57'
Ronalduning zarbasidan keyin to‘p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi
56'
Enrike Kroosni yiqitdi. Darvozagacha 25 metrdan jarima zarbasi
55'
Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasi kirdi va yiqildi. Himoyachi toza o‘ynadi
54'
Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Dante to‘pni qaytardi
52'
Shyurrle jarima maydonchasi chap burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
50'
Vuuuuh! Modrichning olis masofadan bergan uzatmasi natijasida Karvaxal o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Benzema va Ronaldu boshqa nuqtaga ochilishga qaror qilgani bois, to‘p himoyachiga nasib etdi
48'
"Real" ketma-ket uch marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Uchinchisida Beyl fol ishlatdi
47'
Bruno Enrike jarima maydonchasiga kirgan jamoadoshiga o‘ng qanotdan uzatma berdi. Pepe undan to‘pni olib qo‘yib, xavfni bartaraf etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
"Manchester Siti" va "PSJ" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Serxio Aguero penaltidan foydalana olmaganini ta’kidlash lozim. Parijdagi o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgandi.
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Volfsburg" - 2:0. Ikki o‘yin natijasi bo‘yicha hisob teppa-teng.
45+3'
Vuuuuuh! Maydon markazidan yetkazilgan uzatmani Benzema jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, zarba berdi. Himoyachilar zarbani qaytarishdi...
45+2'
Maksimilian Arnold ogohlantirish oldi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
Marselo ofsaydda. Bugun mezbon futbolchilari o‘yindan tashqari holatga ko‘p tushib qolishmoqda
42'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmagan Kruze zarba berdi. To‘p Marseloga tegib, yon chiziqdan maydonni tark etdi
37'
Vuuuuh! Chap qanotdan yerlatib yetkazilgan uaztma natijasida to‘p 11 metrli nuqta ustida turgan Enrikega kelib tushdi. Bruno chap oyoqda darhol zarba bermadi. To‘pni o‘ng oyog‘iga to‘g‘rilab zarba berdi, to‘p Ramosning oyog‘idan maydonni tark etdi
36'
Chap qanotdan Viyeyrinya Marseloga nisbatan fol ishlatdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmagan Beyl bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
34'
Burchakdan yetkazilgan uzatma xavfli vaziyatni taqdim etmadi
34'
Vuuuuuh! Bruno Enrike jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Navas mahorat bilan to‘pni qaytardi.
32'
Beyl chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va kuchli uzatma berdi. To‘p himoyachiga tegib qoldi
32'
Draksler jarohat oldi. "Volfsburg"da majburiy o‘zgarish ro‘y berdi. Maydonga Maks Kruze tushdi.
29'
Vuuuuh! Benzema jarima maydonchasi chizig‘i ustidan kuchli zarba yo‘lladi. Benalyo to‘pni egalladi.
27'
"Volfsburg" futbolchisi olis masofadan yerlatib aniq zarba yo‘lladi. Navas to‘pni osonlik bilan egalladi.
25'
Benzema ofsaydda qoldi.
23'
Karvaxal jarima maydonchasi burchagida Drakslerni chalib yiqitdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Navas ikkinchi urinishda egallab oldi.
20'
"Volfsburg" chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmon hujumchisi ofsaydda qoldi deb topildi
17'
GOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 2:0! Mezbonlar xavfli hujum tashkil qilib, burchak to‘pi ishlashdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ronaldu bosh bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
15'
GOOOOOOL! Krishtianu Ronalduuuuu, 1:0! Karvaxal markazda to‘pni egallab olib oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, yana 2 nafar himoyachidan o‘tib ketdi. Portugaliyalik futbolchi esa deyarli bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. 3-4 metr masofadan
12'
Marselo chap qanotdan uzatma berdi. Draksler sakragan holda tovoni bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
9'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Dante sakradi, Ramos to‘pni qaytardi
9'
"Volfsburg" burchak to‘pi ishladi
8'
Mezbonlar ketma-ket bosim uyushtirishmoqda. Nemislar qiyinchlik bilan hujumlarni bartaraf etishmoqda
6'
Vuuuuh! "Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos bosh bilan bergan zarba natijasida to‘pni yuqoriga ko‘tarildi va to‘sin ustiga tushib, maydonni tark etdi
5'
Benzema chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berishdi. To‘p qaytarildi
3'
Olis masofadan "Real" jarima maydonchasi yaqiniga yetkazilgan uzatmani Ramos bosh bilan Navasga tashlab berdi
1'
Maydon markazidan jarima maydonchasiga uzatma berildi. Benzema ofsaydda
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Bugun "Real" oq, "Volfsburg" ko‘k rangli formada o‘ynaydi
'
O‘yin oldidan 1 daqiqa sukut saqlanishi rejalashtirilgan ekan
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. YECHL madhiyasi yangramoqda
'
Bundan 6 kun avval Germaniyada bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvda "bo‘rilar" 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, "Madrid"ni murakkab ahvolga tushirib qo‘yishgandi. Bugun Zidan jamoasi ushbu vaziyatdan chiqib ketishlari kerak
'
Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida "Real" Germaniyaning "Volfsburg" jamoasini qabul qilmoqda. O‘yin boshlanishiga taxminan 9 daqiqa qoldi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlar ligasida chorak finalning javob o‘yinlari boshlanish arafasida
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.