Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| Chorak final, javob o‘yini, 13 aprel, 23:45. Bosh hakam: Nikola Rissoli (Italiya) | ||
ATLETIKOAntuan Grizmann (36, 89-pen.)
|
2 : 0 |
BARSELONA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Yan Oblak (D) 20.Xuanfran 02.Diyego Godin 03.Filipe Luis 06.Koke 07.Antuan Grizmann 12.Augusto Fernandes 14.Gabi 19.Lukas Ernandes 17.Saul Niguyes 21.Yannik Karrasko |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 06.Dani Alves 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 08.Andres Inyesta 14.Xavyer Maskerano 11.Neymar 10.Lionel Messi 09.Luis Suares |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Migel Moyya (D) 15.Stefan Savich 18.Xesus Games 08.Matias Kranevitter 22.Tomas Parti 23.Lusiano Viyetto 16.Anxel Korrea |
13.Klaudio Bravo (D) 02.Duglas 15.Mark Bartra 24.Jeremi Matyo 20.Serxi Roberto 07.Arda Turan 17.Munir el-Haddodiy |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! YECHLning amaldagi g‘olibi musobaqani tark etmoqda! "Atletiko" — yarim finalda! |
| 90+4' | ![]() |
Koke ogohlantirildi |
| 90+2' | ![]() |
Messining zarbasi darvoza to‘sin va ustun kesishga joy yaqinidan o‘tib ketdi. Bu nuqta Neymarniki edi aslida |
| 90' | ![]() |
Vuuuuh! Inyestaning uzatmasini Gabi jarima maydonchasi ichda qaytardi. Rissoli jarima maydonchasi tashqarisidan jarima zarbasi belgiladi |
| 90' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Grizmann o‘rniga Anxel Korrea tushdi |
| 88' | ![]() |
GOOOOOOL! Antuan Grizmann, 2:0! Ter Shtegen zarba yo‘nalishini topdi, hattoki to‘p uning qo‘llariga tegib, to‘rga borib tushdi! |
| 87' | ![]() |
PENALTI! "Barselona" darvozasiga! Qarshi hujumda Felipe Luis raqib jarima maydonchasiga bordi va Grizmannga uzatma berayotganida Maskerano to‘pni qo‘li bilan qaytardi! |
| 84' | ![]() |
Vuuuh! "Atletiko" himoyadan chiqayotganida Buskets jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egallab oldi va darhol ichkariga uzatma berdi. Neymar to‘pni qaytardi, Suares 8 metrlardan zarba berdi. Oblak to‘pni egalladi |
| 83' | ![]() |
Messi o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar katta matonat bilan himoyalanishmoqda |
| 80' | ![]() |
Messining uzatmasini Oblak egallab oldi |
| 77' | ![]() |
Neymar ogohlantirildi |
| 76' | ![]() |
Alba chap qanotdan markaz tomon surildi va 14 metrlardan o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 75' | ![]() |
"Barselona" bosimni davom ettirmoqda. Messi darvozabon maydonchasi atrofida bosh bilan to‘pga sakradi va darvozabonga urilib ketdi |
| 73' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Karrasko o‘rniga Tomas Parti tushdi |
| 70' | ![]() |
Luis Suares sariq kartochka oldi. |
| 69' | ![]() |
Vuh! Turon o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. Suares bosh bilan zarba berdi. Oblak to‘pni egallab oldi |
| 68' | ![]() |
Gabi sariq kartochka oldi |
| 66' | ![]() |
Vuuuuuh! Inyestaning uzatmasidan keyin Suares gavdasi bilan yaxshi o‘ynadi va jarima maydonchasi ichida kuchli zarba berdi. Oblak to‘pni egallab oldi |
| 66' | ![]() |
"Barsa" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. "Atletiko" futbolchilari qiyinchilik bilan to‘pni maydon markaziga qaytarishdi |
| 65' | ![]() |
Arda jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p darvozagacha yetib bormadi |
| 64' | ![]() |
"Barselona"da birdaniga ikkita o‘zgarish: Rakitich va Alves o‘rniga Turan va Serji Roberto tushdi |
| 63' | ![]() |
Inyesta jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Oblak to‘pni egalladi |
| 62' | ![]() |
Vuh! Alves o‘ng qanotdan uzatmani jarima maydonchasining narigi tomoniga berdi. Alba to‘pni egallab, zarba berdi. Markaziy himoyachi to‘pni qaytardi |
| 61' | ![]() |
Vuuuuuh! Qarshi hujumda Grizmann maydon markazidan boshlab yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, zarba berdi. Ter Shtegen zarbani qaytardi! |
| 59' | ![]() |
Vuuuuuh! Suares jarima maydonchasi chizig‘i ustidan to‘pni qabul qildi va o‘ng tomonda ochilgan Albaga uzatma berdi. Jordi darvozabon maydonchasida ochilgan Pikega kuchli pas berdi. Gabi so‘nggi pallada to‘pni qaytarib qoldi |
| 58' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Koke uning oyog‘i ostiga tashlandi. BUrchak to‘pi |
| 57' | ![]() |
Alvesdan kelgan uzatmani Suares jarima maydonchasiga kirayotgan Rakitich tomon yetkazdi. Uzatma beroz noaniq bo‘ldi |
| 56' | ![]() |
Mezbonlar o‘yinda to‘la ustunlikka erishishmoqda. "Barsa" hujum tashkil qila olmayapti |
| 63' | ![]() |
Vuuuuuuh! Augusto Fernandes bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi!!! |
| 53' | ![]() |
Yana bir xavfli vaziyat! Maydon markaziga yaqin joydan yetkazilgan uzatmani Saul bosh bilan Kokega tashlab berdi. Kokening zarbasini Pike qaytardi |
| 51' | ![]() |
VUuuuuuh! "Atletiko" o‘ta xavfli hujum tashkil qildi. Godin jarima maydonchasiga kirgan Grizmannga uzatma berdi va Antuan darvozabon yugurib chiqqanini ko‘rdi va orqaroqqa uzatma berdi. Pike to‘pni egallab oldi |
| 49' | ![]() |
Alves o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Suaresga uzatma berdi. Uzatma tezroq chiqdi, Luis yeta olmadi |
| 48' | ![]() |
Burchak to‘pi jarima maydonchasi burchagida ochilgan Alvesga yetkazildi. Dani o‘ta noaniq zarba berdi |
| 48' | ![]() |
"Barselona" burachk to‘pini o‘yinga kiritadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Atletiko" - "Barselona" - 1:0. Tanaffus. Bu hisob Simeone shogirdlarini to‘la qanoatlantiradi. Enrike jamoasi ixtiyorida esa 45 daqiqa bor. |
| 44' | ![]() |
Vuuh! Mezbonlar qarshi hujum tashkil qilishdi va Karrasko jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallay olmadi. Saul to‘pga yugurmadi |
| 42' | ![]() |
Vuh! Neymar olis masofadan olis yuqori burchakka aylanma zarba berdi. Oblak to‘pni egalladi |
| 39' | ![]() |
Endi "Barsa"ning rejasi o‘zgaradi. Boshqa iloj yo‘q. Ular bosim qilishga majburlar |
| 36' | ![]() |
GOOOOOOL! Antuan Grizmann, 1:0! "Barsa" himoyachilar xatoga yo‘l qo‘yishdi va to‘pni Saulga oldirishdi. Aylanma uzatmani Grizmann bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 35' | ![]() |
Kataloniyaliklar qarshi hujum tashkil qilishdi. Alves yuqoridan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Obrak to‘pni egalladi |
| 33' | ![]() |
Messi tomonidan jarimadan yo‘llangan zarba natijasida to‘p darvozadan ancha yuqoridan o‘tib ketdi |
| 32' | ![]() |
Godin Inyestani chalib yiqitdi. Darvozagacha 27 metr |
| 31' | ![]() |
Neymarning uzatmasidan keyin Messi to‘pni qabul qildi va markaz bo‘ylab bir necha futbolchini aldab, jarima maydonchasiga kirmqochi bo‘ldi, ammo to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 26' | ![]() |
O‘yindagi dastlabki burchak to‘pini Suares ishladi. Neymar yetkazgan uzatmani Oblak egallab oldi |
| 24' | ![]() |
"Barsa" hozircha umuman bosim uyushtirmayapti. Jamoa aniq strategiya asosida o‘ynamoqda: "to‘p bizda bo‘lsa, raqib hujum qila olmaydi". |
| 20' | ![]() |
O‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Ter Shtegen yaqin ustun yonida egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Alba o‘z jarima maydonchasi ichida Grizmanndan to‘pni olib qo‘yib, xavfni bartarf etdi |
| 15' | ![]() |
Kataloniyaliklar to‘pni o‘z darvozalari oldida ishtirok etishmoqda. Ter Shtegen "kvadrat"ning asosiy ishtirokchisi |
| 12' | ![]() |
"Barselona" to‘pni nazorat qilmoqda. Bu harakatlarda Messi kam ishtirok etmoqda |
| 10' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Qarshi hujumda Karrasko o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Grizmann to‘pga yeta olmadi |
| 10' | ![]() |
Maskerano jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p mezbon futbolchisiga tegib qaytdi |
| 7' | ![]() |
Vuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Grizmann jarima maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi |
| 6' | ![]() |
"Barselona" keskin hujum qilishga shoshilmayapti. Jamoa maydon markazida to‘pni nazorat qilib, mezbonlarni to‘psiz harakat qilishga va o‘z o‘yinlariga moslashishga majbur qilishmoqda |
| 4' | ![]() |
Ohho! Karrasko jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi |
| 3' | ![]() |
Vuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Pike podkat orqali qaytardi. To‘pni jarima maydonchasi ichida turgan Gabi egalladi va 14 metrlardan chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 2' | ![]() |
Jarima maydonchasiga kirgan Karrasko tomon uzatma berildi. Maskerano to‘pni ter Shtegenga yetkazib, xavfni bartaraf etdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. To‘pni bahsga mezbonlar kiritib berishdi |
| ' | Bugun ham jamoalar safar formadalarida harakat qilishadi: "Atletiko" to‘q ko‘k, "Barselona" sariq | |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Chempionlar ligasi madhiyasi yangraydi! |
| ' | ![]() |
"Kamp Nou"da bo‘lib o‘tgan o‘yinda kataloniyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonganidan xabaringiz bor |
| ' | ![]() |
Evropa chempionlar ligasi asta-sekin o‘zining eng so‘nggi pallasiga yaqinlashmoqda. Bugun yana 2ta yarim finalchining nomini bilib olamiz. "Atletiko" - "Barselona" o‘yinidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|