Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

33-tur, 16 aprel, soat 19:00

XETAFE

Pablo Sanabriya (84)

1 : 5

REAL MADRID

Karim Benzema (29)
Isko (39)
Garet Beyl (50)
Xames (88)
Krishtianu Ronaldu (90+2)
JAMOALAR TARKIBI
13.Visente Guayta (D)
05.Santyago Vergini
15.Karlos Vigaray
19.Damian Suares
02.Alvaro Pereyra
22.Xuan Rodriges
08.Mexdi Lasen
10.Pablo Sarabiya
14.Pedro Leon
09.Alvaro Vaskes
12.Stefan Shchepovich
  01.Keylor Navas (D)
03.Pepe
12.Marselo
15.Daniel Karvaxal
02.Rafayel Varan
11.Garet Beyl
08.Toni Kroos
22.Isko
10.Xames Rodriges
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
ZAHIRA
01.Balaj Medyeri (D)
18.Viktor Rodrigez
21.Moyses Gomes
11.Karim Yoda
17.Bernard Mensa
30.Vamberto
32.Emilyano Bundiya
  13.Kiko Kasilya (D)
06.Nacho Fernandes
17.Alvaro Arbeloa
16.Mateo Kovachich
18.Lukas Vaskes
19.Luka Modrich
20.Xese

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozondi.
90+2'
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 1:5! Xese va Ronaldu darvozabon bilan ikki bir chiqib ketishdi va portugaliyalik hujumchi bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
88'
GOOOOOOL! Xames Rodriges, 1:4, Lukas Vaskes o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Xames 11 metrli nuqta ustidan qabul qildi, bir himoyachini aldab o‘tib, to‘pni darvozaga joyladi.
85'
Moyses Gomes ogohlantirildi
84'
GOOOOL! Pablo Sanabriya, 1:3! Jarima maydonchasi chizig‘i ustidan ajoyib zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Navas to‘pga tashlandi, ammo qaytara olmadi!
79'
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Himoyachiga tegdi to‘p
78'
Pedro Leon ogohlantirish oldi
76'
Vuuuuh! Sanabriyaning zarbasini Navas qaytardi! Qaytgan to‘pga berilgan zarba rekoshet holatida ustun yonidan o‘tib ketdi! Mezbonlar ajoyib imkoniyatdan foydalana olishmadi
74'
Vuuuh! "Real" darvozasi tomon darvozabon maydonchasi chizig‘i ustidan erkin zarba belgilandi. 5 metrdan!
73'
"Xetafe" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Ular raqib himsoyachilariga nisbatan son jihatdan ustunlikka ega bo‘lishdi, biroq Yodaning chap qanotdan bergan uzatmasini Varan qaytarib qoldi
67'
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Xese Rodriges tushirildi
65'
Vuuuh! Sanabriya jarima maydonchasi burchagidan kuchli zarba yo‘lladi. Rekoshet orqali borgan to‘pni Navas qiyinchilik bilan qaytardi!
62'
"Xetafe" hujumchisi "Real" darvozabon maydonchasi oldida to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi, aks holda Navas bilan yakkama yakka vaziyatda qolayotgandi
62'
"Xetafe"da o‘zgarish: Alvaro Vaskes o‘rniga Moyses Gomes tushdi
61'
"Xetafe" hujumchisi Alvaro Vaskes ogohlantirildi
59'
Xames chap oyoqda jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Guaita to‘pni egalladi
57'
Vuuuh! "Xetafe" yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Pedro Leon 14 metrlardan zarba yo‘lladi. Pepe zarba yo‘liga o‘zini tashladi va jamoasini goldan qutqardi
57'
"Real"da o‘zgarish: Beyld o‘rniga Lukas Vaskes tushdi
54'
Emilyano Bundiya olis masofadan zarba yo‘lladi. Navas to‘pni egalladi
53'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Zarba noaniq chiqdi
50'
GOOOOOL! Garet Beyl, 0:3! Uelslik futbolchi birga bir vaziyatga chiqdi va olis burchakka to‘pni joyladi!
46'
Sarabiya jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Xetafe" - "Real" - 0:2. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
Isko 18 metrlardan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni egalladi
44'
Varan to‘pni kuchli tarzda tepi yuborayotganida to‘p Kroosning yuziga tegib ketdi. Toniga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
40'
GOOOOOL! Isko, 0:2! Isko maydon markazidan oldinga bordi hamda Benzema bilan "devor" o‘ynab jarima maydonchasiga kirdi. Yakkama-yakka vaziyatdan unumli foydalandi!
39'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ronaldu bosh bilan zarba bera olmay qoldi
36'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavf yo‘q
31'
Vuuuuh! Beylning uzatmasidaan keyin Ronaldu yakkama-yakka vaziyatda o‘tkir burchak ostida kuchli zarba yo‘lladi. Guaita qo‘li bilan zarbani qaytardi!
29'
GOOOOOOL! Karim Benzema, 0:1! Xamesning uzatmasidan keyin fransiyalik futbolchi himoyachilar orasidan ajralib chiqdi hamda yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi!
27'
Isko jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ustundan yarim metr masofadan o‘tib ketdi
25'
Vuh! Burchak to‘pidan keyin Isko o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Ronaldu to‘pga sakradi, ammo yeta olmadi. Takroriy vaziyat ko‘rsatdiki, Vigaray Krishtianuning futbolkasidan tortib, uning baland sakrashiga imkon bermagan ekan. Hakam bu vaziyatni ko‘rmay qoldi
24'
Iskoning chiroyli uzatmasidan keyin Karvaxal o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo faqat burchak to‘pi
23'
"Xetafe" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p yetkazilgan joyda hech kim yo‘q
21'
"Real" tashabbusni qo‘lga olib, raqib darvoza tomon hujumlar sonini oshirib bormoqda
13'
Vuuuuuh! Xames chap qanotdan jarima maydonchasi kirdi va darvozabon maydonchasiga yaqinlashayotgan Ronalduga uzatma berdi. Krishtianu negadir zarba bera olmadi, qoqilib yiqilib tushdi
13'
Hozircha "Real" bosim uyushtirmayapti. O‘yin xotirjam kechmoqda
11'
"Xetafe"ning hujumi. Sarabiya jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Karvaxal zarbani qaytardi
9'
"Xetafe"da majburiy o‘zgarish: Jarohat olgan Alvaro Pereyra o‘rniga Abdulkarim Yoda tushdi
4'
Xames jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi
2'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
ASSALOMU ALAYKUM, Ispan futboli muxlislari! "Xetafe" - "Real" o‘yinidan matnli translyasiya boshlaymiz!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.