Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya kubogi, yarim final

6 fevral, 02:00

BARSELONA

Buskets (44)
Sanches (59)

2 : 0

REAL SOSYEDAD

JAMOALAR TARKIBI
13. Xose Pinto (G)
22. Dani Alves
3. Jerar Pike
18. Xordi Alba
4. Sesk Fabregas
6. Xavi Ernandes
16. Serxio Buskets
14. Xavyer Maskerano
10. Lionel Messi
  13. Enyaut Zubikaray (G)
06. Inigo Martines
15. Ion Ansotegi
31. Joseba Zaldua
03. Mikel Gonsales
20. Xose Anxel
28. Jon Gastanyaga
07. Antuan Grizmann
04. Gorka Elustondo
17. David Surutusa
11. Karlos Vela
ZAHIRA
01. Viktor Valdes (G)
05. Karles Puyol
21. Adriano Korreyya
17. Aleks Song
24. Serxi Roberto
08. Andres Inyesta
20. Kristian Telyo
  01. Klaudio Bravo (G)
02. Karlos Martines
10. Xabi Priyeto
14. Ruben Pardo
23. Xavi Ros
18. Gonsalo Kastro
08. Xaris Seferovich

Matn

'
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
'
"Barselona" - "Real Sosyedad" - 2:0. Javob o‘yini 13 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Kataloniyaliklar finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilishdi. Katta ehtimol bilan finalda "El-klassiko" ko‘ramiz.
90+3'
O‘YIN TUGADI!
90+3'
"Barselona"ning so‘nggi hujumi bo‘lsa kerak bu. Ular to‘pni nazorat qilishayotganida hakam o‘yinga yakun yasadi
90+2'
Messi va Inyesta raqib jarima maydonchasi ichida bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishdi, biroq himoyachilar son jihatdan ko‘pchilikni tashkil qilishdi
90+1'
Albaning chap qanotdan yetkazgan uzatma/zarbasi shundoqqina darvoza ustidan o‘tib ketdi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Joseba Zaldua sariq oldi. Inyestani qo‘pollik bilan to‘xtatgani uchun
86'
Darvozabon Zubikaray vaqtni cho‘zgani uchun ogohlantirish oldi
86'
Endi xuddi shunga o‘xshash zarba Inyesta tomonidan yo‘llandi!
85'
Pedro 20 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqina darvoza ustida o‘tib ketdi!
84'
Vuuuxxxx, Messsssiiii! Darvozabon Zubikarayga ham qoyil! Alves yetkazgan to‘pni Leo yerga tushirmasdan darvozaga yo‘llagandi, posbon uni qaytarib yubordi
83'
"Sosyedad"da Grizzman o‘rniga Seferovich tushirildi
81'
Febregas bugun dispetcherlikni a’lo darajada bajarmoqda. Bu safar uchun Pedroni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Pedro esa to‘pni to‘xtata olmadi va vaziyat yo‘qqa chiqdi
80'
Bugun Alves tomonidan o‘ng qanotdan uzatilayotgan to‘plar o‘z egasiga aniq yetib bormayapti
77'
Martino shogirdlari to‘pni jarima maydonchasi ichida rosa aylantirishdi. Oxiri Alvesning bosh bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi
74'
"Barsa"da ham futbolchi almashdi. Sanches o‘rniga Inyesta
73'
Messi maydon markazida taktik fol evaziga raqibning tezkor qarshi hujumini to‘xtatdi
73'
"Real Sosyedad" o‘yinchi almashtirdi
72'
"Barsa" uchinchi golni urish uchun jiddiy harakat qilmoqda. Uzoq cho‘zilgan pozision hujumdan keyin to‘p mehmon himoyachisining oyog‘idan maydonni tark etdi
70'
Xavi uzatib bergan to‘pni Pedro o‘tkir burchak ostida yerga tushirmasdan darvoza tomon yo‘llashga harakat qildi. Noaniq
69'
Messi ijrosida chiroyli reyd. Ammo himoyachilar so‘nggi damda Alves tomon yetkazilgan to‘pni qaytarib qolishdi
'
Darvoza tomon berilgan aniq zarbalar statistikasi: 10-2
66'
Xavi 22 metrlardan darvoza tomon yaxshi zarba berdi. Darvozabon Zubakaray to‘pni qaytarib yubordi
64'
Mezbonlar hujumlarining shiddati ortib bormoqda
62'
Gaztanaga ogohlantirildi. Messini avvaliga ikki nafar futbolchi maydon markazida to‘xtata olmaganidan keyin ushbu futbolchi sharq yakkakurashlari uslubida Leoni quchoqlab yiqitdi!:)
59'
Aleksis Sancheeeeesss! Fabregasning ajoyib pasidan keyin darvozabon bilan randevuga chiqib bordi va darvozani ishg‘ol qildi!
59'
Goooooollll!
59'
O‘ng qanotdan Alves to‘pni balandlatib jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Pedro esa bosh bilan darvozani darvoza tomon bura olmadi
58'
Adashmasak, "Barsa" 12-burchak to‘pini o‘yinga kiritdi
57'
Elustondoga sariq. Qo‘l bilan o‘ynagani uchun
56'
Messi va "Sosyedad" darvozaboni to‘qnashib ketishdi. Leo aybdor deb topildi
55'
Fabregas zarbavor vaziyatga chiqdi, ammo uning zarbasiga himoyachilar to‘g‘anoq bo‘lishdi
54'
Pedro jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga qaror qildi. Darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
52'
Mehmonlarning hujumi xavfli ko‘rinish olmayapti
49'
Fabregas chiroyli pas bilan Sanchesni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqargandi. OFsayd
48'
Mezbonlarning yagona goli aynan burak to‘pidan keyin kiritilgandi...
48'
BUrchak to‘pi bo‘yicha hisob: 9-0!
46'
Mezbonlar o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib berishdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi
46'
IKKINCHI BO‘LIMNI "BARSELONA" BOSHLAB BERDI!
'
Translyasiya rejissyorlari bir vaziyatni qayta-qayta namoyish qilishdi: Karlos Vela "Barsa" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvoza tomon zarba yo‘llayotganida Maskerano jarima maydonchasi ichida uning qo‘lidan tortib qolgan ekan
'
Tanaffusdan foydalanib, "Barselona"ning fevral oyidagi o‘yinlari taqvimini e’tiboringizga havola qilamiz:
10.02. Sevilya - Barselona
13.02. Real Sosyedad - Barselona
16.02. Barselona - Rayo Valyekano
19.02. Manchester Siti - Barselona
'
"Real Sosyedad" futbolchisi Inigo Martinez "Barsa" gol urganidan keyin maydondan chetlatilibdi. Bir vaqtning o‘zida unga 2ta sariq kartochka ko‘rsatilibdi. Har ikkala safar hakam bilan tortishgani uchun. Endi mehmonlar 10 kishi bo‘lib ikkinchi bo‘limni o‘tkazishadi
45+2'
BIRINCHI BO‘LIM YAKUNLANDI
45+2'
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, mehmonlar xushyor o‘ynashdi
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Mehmon futbolchilaridan biri hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirildi
44'
Burchakdan yetkazib berilgan to‘p Pike va Alba orqali Busketsga kelib tushdi va u sekingina darvoza burchagini aniq nishonga oldi
44'
"Barselona" hisobni ochmoqda! Buskeeeeeeets!
44'
Goooooooooooooooollll!!!
43'
Karlos Vela tezkor qarshi hujum natijasida "Barsa" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq Pintoni alday olmadi. Posbon oyoqli bilan to‘pni qaytarib qoldi!!!
39'
Karlos Vela. To‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun
39'
Messining jarimadan bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi!!!
38'
"Sosyedad" Messiga nisbatan qoida buzdi. Darvozagacha 22 metrlar chamasi
36'
Mezbonlar tezkor qarshi hujuga o‘tishayotganida ishlatgan taktik fol uchun Maskerano ogohlantirildi
35'
Fabregasning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
34'
Messi jarima maydonchasi ichida baland sakrab, bosh bilan to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
32'
"Barsa"ning tinimsiz 3 daqiqaga cho‘zilgan to‘p uzatishlari avtogol bilan yakunlanishiga sal qoldi.
29'
Maydon egalari jarima maydonchasigacha yorib kirishdi, biroq darvozaga zarba yo‘llaydigan futbolchi topilmadi
28'
Pikening himoyadagi qo‘pol xatosidan "Sosyedad" futbochlisi foydalana olmadi.
26'
Buskets ogohlantirildi
26'
Vux!!! "Barsa" futbolchisi darvozagacha juda yaqin masofadan 2 marta zarba yo‘llab, darvozabonni dog‘da qoldira olmadi! Adashmasak, bu Messi edi
24'
Jarima maydonchasiga yorib kirgan Pedro yo‘nalishi bo‘ylab uzatilgan to‘p noaniq chiqdi
20'
"Real Sosyedad"da Mikel Gonsales o‘rniga Karlos Martines tushirildi
20'
Burchak to‘pidan keyin to‘p Fabregasning boshi orqali darvoza ustidan o‘tib ketdi
18'
"Sosyedad" himoyachisi jarohat olgan ko‘rinadi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
18'
Navbatdagi burchak to‘pi
17'
Alves jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga qaror qildi.Noaniq
16'
Pike yordamga keldi. Ammo uning bosh bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi
16'
Xordi Alba burchak to‘pi ishladi
15'
Mehmonlarning kam sonli hujumi samarasiz chiqdi
14'
O‘yin asosan bir darvoza atrofida kechmoqda
13'
BUrchak to‘pidan keyin Aleksis hisobni ochgandi. Biroq darvozabon to‘pni o‘z oldiga qaytargan chog‘da Sanches o‘yindan tashqari holatda qolgan deb topildi
12'
Fabregas juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi!
11'
Pedro chap qanotdan hujumga o‘tdi, biroq himoyachining tashlanishidan keyin to‘p "Barsa" futbolchisining oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi
9'
Messi to‘pga ega chiqishi bilan uning qarshisida kamida ikki nafar raqib futbolchisi paydo bo‘lmoqda
8'
Messiga nisbatan qoida buzildi. Darvozagacha ancha olis
5'
To‘pni mezbonlar nazorat qilishmoqda. Ularning qanotlardan uyushtirgan hujumlari naf keltirmadi
3'
Maskeranoning qo‘l xatosidan so‘ng "Barsa" darvozasi tomon xavfli zarba yo‘llandi! Pinto to‘pni qiyinchilik bilan qaytarib, so‘ngra o‘z jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi.
2'
To‘p bilan qaysi jamoa nazorat qilayotganini alohida ta’kilash shartmas. Hali mehmon futbolchilari oyog‘iga to‘p tegmadi shekilli
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
"Sosyedad" bugun 5 nafar nominal himoyachi bilan maydonga tushgan. Shuningdek, 4 yarim himoyachi va 1 hujumchi
'
"Barsa" o‘zining an’naviy ko‘k-anorrang futbolkasida, "Sosyedad" esa oq-ko‘k yo‘l-yo‘l formada o‘ynaydi. Hakamlarning formasi sariq rangda.
'
Demak, "Kamp Nou" stadionining tunnelidan "Barselona" va "Real Sosyedad" jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni endi Barselonaga taklif etamiz. Ispaniya kubogining ikkinchi yarim finalida mahalliy «Barselona» San-Sebastyanning «Real Sosyedat» jamoasini qabul qilmoqda.
'
Shu paytgacha "Barsa" va "Sosyedad" Ispaniya kubogining yarim finalida to‘qnash kelishgan ekan va uchala safar ham finalga kataloniyaliklar yo‘l olishgan
'
Ikkinchi yarim final juftligida "Barselona" "Real Sosyedad" to‘sig‘idan o‘tsa, finalda "El-klassiko"ga guvoh bo‘lamiz
'
"Atletiko" javob o‘yinida 4:0 hisobida g‘alaba qozona olmasa kerak
'
"Real Madrid" deyarli Ispaniya kubogining final masalasini hal qilib qo‘ydi.
'
Qadrli futbol ishqibozlari, matnli translyasiyamizni davom ettiramiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.