Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

33-tur, 17 aprel, soat 23:30

BARSELONA

Lionel Messi (63)

1 : 2

VALENSIYa

Ivan Rakitich (26-avtogol)
Santi Mina (45+1)
JAMOALAR TARKIBI
13.Klaudio Bravo (D)
18.Xordi Alba
03.Jerar Pike
08.Andres Inyesta
20.Serji Roberto
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
14.Xavyer Maskerano
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
11.Neymar
  01.Diyego Alves (D)
19.Antonio Barragan
23.Aymen Abdennur
05.Shkodran Mustafi
06.Gilyerme Sikeyra
21.Andre Gomes
10.Daniel Parexo
15.Enso Peres
18.Xavi Fuego
22.Santi Minya
17.Rodrigo
ZAHIRA
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
02.Duglas
06.Dani Alves
15.Mark Bartra
21.Adriano
22.Aleyks Vidal
17.Munir el-Haddodiy
  25.Metyu Rayan (D)
02.Joao Kanselo
04.Aderlan Santos
14.Xose Gayya
12.Danilo
09.Pako Alkaser
07.Alvaro Negredo

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Valensiya" - 1:2! Kataloniyaliklar ketma-ket uchinchi o‘yinda yutqazib, to‘rtinchi o‘yinda ochko yo‘qotishmoqda
90+2'
Inyestaning jarima maydonchasiga uzatmasi noaniq bo‘ldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
Ehhhhhhh, Pikeeee! Inyestaning uzatmasidan keyin Pike to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va yakkama-yakka vaziyatda noaniq zarba berdi...
88'
"Valensiya"da uchinchi o‘zgarish: Robrigo o‘rniga Xose Gayya tushdi
87'
Vooooy, Alkaser?! Qanday qilib? 6 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi!
86'
Neymar sariq kartochka oldi
85'
Vuuuuh! "Valensiya" ajoyib qarshi hujum tashkil qildi. Rodrigo ofsaydda qoldi
84'
Vuuuh! Roberto o‘ng qanotdan bergan uzatmasidan keyin to‘p Neymarga kelib tushdi. Uning kuchli zarbasidan so‘ng to‘p himoyachiga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi
82'
Ehhhh! "Valensiya" qarshi hujumda ikki ikki chiqib bordi, ammo imkoniyatdan foydalana olmadi!
80'
Suares yana ofsaydda
79'
Rakitich hujumda fol ishlatdi
78'
Suares ofsaydda qoldi
77'
Vuuuuh! Messining chiroyli uzatmasidan keyin Alba yana chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi. U narigi qanotdagi Sauresga emas, orqaroqqa uzatma berishga qaror qildi. Himoyachilar to‘pni egallab olishdi
75'
VUuuuuh! Diyego Alveees! Inyestaning uzatmasini Rakitich jarima maydonchasi ichida qabul qildi va zarba yo‘lladi. Darvozabon zarbani qaytardi!
73'
"Valensiya"da o‘zgarish: Enso Peres o‘rniga Joao Kanselo tushdi.
71'
Messi jarima maydonchasigacha yaqinlashib keldi, ammo Abdennur undan to‘pni olib qo‘ydi
70'
Vuh! Neymar himoyachilar orasida bo‘lishiga qaramay jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
69'
Messining uzatmasini Alba jarima maydonchasi ichida narigi tomonga bura olmadi
68'
Gomes ofsaydda qoldi. Boz ustiga ogohlantirish oldi
68'
O‘yinda to‘xtalishlar yuzaga kelyapti
66'
Mezbonlar tezkor hujumga o‘tishdi. Messining uzatmasidan keyin Neymar ofsaydda qoldi
63'
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 1:2! Argentinalik futbolchining faoliyatidagi 500-goli...
62'
Inyesta chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Diyego Alves to‘pni egalladi
60'
"Valensiya"da o‘zgarish: Santi Mina o‘rniga Pako Alkaser tushdi
58'
Ehhh, Alba! Messining uzatmasidan Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo sheriklariga pas berishni qoyillatmadi
57'
Vuuuh! Pikening uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqdi va o‘tkir burchak ostida zarba bermasdan, sheriklariga uzatma berishga qaror qildi. Himoyachilar qaytardi
56'
Roberto o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyachilar qaytarishdi. Takroriy hujum paytida Messi jarima maydonchasi ichida to‘pga biroz yeta olmadi...
54'
Vuuh! Andre Gomes chap oyoqda 15 metrdan zarba yo‘lladi. Bravo to‘pni egalladi
52'
Messinign jarima zarbalari jonli devordan o‘tmayapti...
51'
Parexo sariq kartochka oldi. DArvozaga 24 metrlar....
48'
Inyestaning uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo urugvaylik futbolchi biroz ofsaydda qodi
47'
Vuuuuh! Messi-Suares-Rakitich kombinasiyasidan keyin Ivan 14 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
'
Futbolda shunaqasi ham bo‘lib turadi. "Barsa" kamida 5ta yaqqol vaziyatlarni golga aylantira olmadi, "Valensiya" esa ikkita vaziyatdan ikkita gol urdi. Omad "ko‘rshapalaklar" tomonida bo‘lmoqda hozircha
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Valensiya" - 0:2! Tanaffus
45+1'
GOOOOOOL! Santi Mina, 0:2! "Valensiya" raqib jaria maydonchasi yaqinida to‘pni nazorat qilib turdi hamda Parexo chap qantdan ichkariga kirayotgan Minaga uzatma berdi. Santining olis burchak tomon bergan zarbasini Bravo qaytara olmadi!
42'
Inyestaning aniq uzatmasini Serji Roberto o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib to‘xtata olmadi
40'
Luis Suares sariq kartochka oldi. HAkam bilan tortishgani uchun
39'
Messi yo‘llagan zarba jonli devorga tegib qaytdi. Albaning uzatmasidan keyin Messi bosh bilan zarba berdi. Alvesdan yana bir ajoyib reaksiya!
38'
"Valensiya" himoyachisi Peres jarima maydonchasi yarim aylanasi ustida Messini chaldi.
37'
Suares o‘ng tomondan 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Rakitich bosh bilan zarba berdi. Noaniq
36'
Kataloniyaliklar o‘yinga kiritgan burchak to‘pini Andre Gomes qaytardi
35'
Jerar Pike sariq kartochka oldi. QArshi hujumga o‘tayotgan raqib futbolchisini maydon markazida chalib yiqitdi
33'
Buskets raqib hujumga o‘tayotganida to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonchasidagi Neymarga darhol uzatma berdi. Braziliyalik futbolchining zarbasini himoyachilar qaytarishdi
32'
Valensiyaliklarning yana bir xavfli hujumi. Sikeyra jarima maydonchasi burchagidan noaniq zarba yo‘lladi
31'
"Valensiya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike bosh bilan qaytardi
30'
Messi aniq uzatma bilan Albani birga bir vaziyatga chiqardi, ammo ofsayd
29'
"Barselona" ijrosidagi burchak to‘pi xavfli chiqmadi
26'
GOOOOOOL! Ivan Rakitich avtogol! 0:1! Parexo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Sikeyraga uzatma berdi. U darvozabon maydonchasiga uzatma berayotganida to‘p "podkat" tashlagan Rakitichning oyog‘iga tegib, to‘rga borib tushdi...
25'
Vuuuuh! "Valensiya" o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo to‘pni mezbonlar egallab, tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Messi Neymardan to‘pni qabul qildi va jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda zarba yo‘lladi. Burchakka borayotgan to‘pni Diyego Alves qaytardi!
22'
Vuuuuh! Burchakdan to‘p o‘yinga kiritildi. Maskerano to‘p yo‘nalishini darvoza tomon burdi. Suares esa darvoza chizig‘i oldidan bosh bilan to‘pni to‘sin ustidan o‘tkazib yubordi...
17'
Vuuuuuh! Enso Peresning uzatmasidan keyin Rodrigo birga bir vaziyatga chiqib ketdi va 15 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
15'
Antonio Barragan ogohlantirildi. U Neymarning ortida tepib yiqitdi
12'
Vuuuuh! Neymar yakkama-yakka vaziyatda to‘pni darvozabonning ustidan oshirib qo‘yishga harakat qildi. Alves bir amallab to‘pni qaytarib qoldi
11'
Vuuuuuh! Messidan to‘pni qabul qilgan Alba chap qanotdan yerlatib uzatma berdi. Darvozabon maydonchasidagi Suares to‘pni darvozaga bura olmadi!
9'
Messi-Rakitich-Suares tezkor uzatmalaridan keyin Luis jarima maydonchasi chizig‘i ustida noaniq zarba yo‘lladi
7'
Vuuuuuh! Suares jarima maydonchasining chap tomonidan Neymardan uzatma qabul qildi, bir himoyachini aldab, jarima maydonchasining o‘ng tomonida ochiq turgan Messiga uzatma berdi. Leoning yakkama-yakka vaziyatda bergan zarbasini Diyego Alves qaytardi!
6'
Andre Gomes ofsaydda qoldi
6'
Burchak to‘pidan keyin Suares o‘tkir burchak ostidan zarba berdi. To‘p darvozg‘a ustidan o‘tib ketdi
5'
Vuuh! "Barselona"ning xavfli hujumi! Jarima maydonchasi ichida darvoza tomon berilgan 2ta zarbani himoyachilar qaytarishdi
3'
Messi chap qanotdan ochiq turgan Neymarni ko‘rdi va olis masofadan unga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchi burchakkacha to‘pning ortidan yugurdi, ammo yeta olmadi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari. Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan markaziy o‘yindan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz. "Barselona" o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.