Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«C» guruhi, 5-tur. 19 aprel, soat 21:50

AL-JAZIRA

Ali Mabxut (62-penalti)

1 : 3

PAXTAKOR

Sherzod Karimov (9)
Igor Sergeev (64, 83-penalti)
JAMOALAR TARKIBI
36.As-Senaniy
6.Saif Xalfan
7.Ali Mabxut
8.Park Jong Vu
10.Tiago Neves
11.Ahmad G‘eyloniy
12.Salim Rashid
18.Abdulla Musa
21.Yoqub Yusuf
70.Ahmad al-Hashmiy
82.Sulton Abdulaziz
  1.Nikita Ribkin
4.Adnan Oraxovas
7.Azimjon Ahmedov
8.Sherzodbek Karimov
9.Jaloliddin Masharipov
11.Igor Sergeev
14.Jamshid Boltaboyev
15.Javohir Sohibov
21.Kamoliddin Tojiyev (S)
24.Davron Hoshimov
29.Vladimir Kozak
SARIQ KARTOCHKA
Saif Xalfan (43)
Ali Mabxut (53)
 
Javohir Sohibov (20)
Azim Ahmedov (24)
Adnan Oraxovas (77)

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Paxtakor" BAAda muhim g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi. Toshkentliklar o‘z ochkolarini 7taga yetkazib olishdi va 2-o‘rindagi "Al-Hilol"dan 1 ochko ortda qolishmoqda
90+2'
"Paxtakor"da uchinchi o‘zgarish: Sherzogd Karimov o‘rniga Suhrob Berdiyev tushirildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
89'
Svaydiy olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
88'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Masharipov o‘rniga Oybek Qilichev tushirildi
87'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ali Mabxut 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berdi. Ribkin to‘pni egalladi
86'
Chap qanotda belgilangan jarima to‘pini mezbonlar o‘yinga kiritishdi. Futbolchilarmiiz to‘pni qaytarishdi
83'
GOOOOL! Igor Sergeev, 1:3! Hujumchimiznig zarbasini Senaniy qaytara olmadi
83'
"Jazira"da o‘zgarish: Saif Xalfan o‘rniga Sulton Sayid tushdi
82'
PENALTI! "Al-Jazira" darvozasiga! Sergeev jarima maydonchasi ichida himoyachi va darvozabonni aldayotganida Sulton Abdulaziz uni chaldi
86'
Vuh! Tiago Neves 18 metrlardan zarba berdi. Ribkin to‘pni egalladi
78'
Ali Mabxut jarimadan yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi
77'
Adnan Oraxovasga sariq kartochka
76'
"Al-Jazira"da ham o‘zgarish: Ahmad G‘eyloniy o‘rniga Xalfan Muborak tushdi
75'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Vladimir Kozak o‘rniga Akbar Ismatullayev tushdi
74'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Senaniy egalladi
74'
Karimov yetkazgan uzatmani Jons bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
73'
Chap qanotdan Jaloliddinga nisbatan fol ishlatildi
71'
BAAlik futbolchi "Paxtakor" jarima maydonchasi ichida yiqildi, penalti ishlamoqchi bo‘ldi. Avstraliyalik hakam bunga ishonmadi
70'
Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Ribkin egalladi
67'
"Jazira"da o‘zgarish: Ahmad al-Hashmiy o‘rniga Kenvin Jons tushdi
64'
GOOOOOL! Igor Sergeev, 1:2! Raqib himoyachilarini xato qilishga majbur qildi va to‘pni olib qo‘yib, jarima maydonchasiga kirgancha zarba berdi. Darvozabon zarbani qaytara olmadi!
62'
GOL! Ali Mabxut, 1:1! Umuman kerak emas edi shu gol...
61'
Penalti, "Paxtakor" darvozasiga! Neves zarba berdi, Ribkin to‘pni qo‘ldan chiqarib yubordi. Hujumchi to‘pga noaniq zarba berib bo‘lganidan keyin Nikita hujumchiga urildi... Sal bahsli qaror
60'
Jarima maydonchasi tashqarisida G‘eyloniyga nisbatan fol ishlatildi
58'
Sergeev jarima maydonchasi tashqarisidan himoyachilar orasida bo‘lishiga qaramay, zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
57'
Jamoamiz qarshi hujumga o‘tdi. Karimov Masharipovdan to‘pni qabul qilib, o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p maydonni tark etdi
56'
Ali Mabxut yaxshi pas bilan jarima maydonchasiga kirayotgan G‘eyloniyga uzatma berdi. Ahmad to‘pga yetdiyu, ammo uni maydonda olib qola olmadi
53'
Ali Mabxutga ogohlantirish berildi
52'
Karimov chap qanotda bir himoyachini chalg‘itib, uzatma berdi. Uzatma ancha tez bo‘ldi, unga hech kim yeta olmasdi
50'
"Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi qaytargan to‘p Oraxovasga kelib tushdi. Legioner futbolchi zarba bera olmadi
47'
Ehhh, Ahmedov! Maydon markazida to‘pni egallab olib, oldinga bordiyu, ammo chap qanotdan yordamga yetib kelgan sherigiga juda sust uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Paxtakor" oldinda bormoqda. Tanaffus
45+1'
Masharipovdan uzatmani qabul qilgan Sergeev jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p rekoshet holatida o‘z yo‘nalishi va tezligini o‘zgartirdi. Saneniy to‘pga ega chiqdi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
43'
Saif Xalfan ogohlantirildi. Kozakni chalib yiqitdi
40'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Oraxovas bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
39'
Vuuuuuuh! "Paxtakor" ajoyib qarshi hujum tashkil qildi! Masharipov 13 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining beliga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi...
39'
Jamoamiz tshp nazoratini raqibga berib qo‘ydi
36'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga Mabxut bosh bilan zarba berdi. Ali ofsaydda
35'
Yana Tiago Neves jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. Ribkin to‘pni egalladi
31'
Vuuuh! Tiago Neves jarima maydonchasi tashqarisidan jarima zarbasini kuchli tarzda tepdi. Ribkin tpo‘ni yon tomonga qaytardi
28'
Vuuuuh! Oraxovas va Boltaboyev bir-biriga ishonib qolishdi. Natijada G‘eyloniy to‘pni egallab, zarba berdi. Baxtimizga, u ofsaydda qolgan ekan
26'
Vuuuuuh! Mayuxutning uzatmasidan keyin Al-Hashmiy birga bir vaziyatga chiqib ketdi va noaniq zarba yo‘lladi. Hoshimov unga xalal berishga urindi
24'
Azim Ahmedov ogohlantirildi
23'
Karimov jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytarishdi. Takroriy hujum paytida Kozak olis masofadan zarba berishga harakat qilishdi. To‘p darvozagacha yetib bormadi
20'
Javohir Sohibov ogohlantirish oldi
20'
Vuuuuh! Oraxovas raqib hujumchisini o‘tkazib yubordi. Yakkama yakka vaziyatda Nikita xavfni bartaraf etdi!
18'
"Jazira" jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘ldi. Tiago Neves yo‘llagan zarbani Ribkin egalladi
16'
Masharipov jarima maydonchasi tashqarisidan yerlatib zarba yo‘lladi.Darvozabon to‘pni egallab oldi
15'
"Jazira"ning hujumi. O‘ng tomondan yetkazilgan uzatmani Ribkin egallab oldi. Yaxshi
15'
Toshkentliklar to‘pni juda yaxshi nazorat qilishmoqda
12'
Mezbonlarning ilk hujumi. O‘ng qanotdan yerlatib yetkazilgan uzatmani Oraxovas yon tomonga tepib yubordi
9'
GOOOOOOOOL! Sherzod Karimooooov, 0:1! Jarimadan ajoyib zarba bilan to‘pni "to‘qqizlik"ga joylab qo‘ydi. To‘p darvozabonning qo‘liga tegib, darvozaga kirib ketdi
9'
Masharipovga nisbatan fol ishlatildi. Jarima zarbasi
8'
Karimov himoyachilar va darvozabonga nisbatan pressing qo‘lladi va burchak to‘pi ishladi
7'
"Paxtakor"ning bosimi oshib bormoqda
6'
Vakillarimiz to‘pni nazorat qilishmoqda
4'
Ilk daqiqalarda "Paxtakor" faol hujumga o‘tmoqda
2'
Hoshimov o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p mezbonlarga nasib etdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Endi e’tiborimizni "Al-Jazira" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga qaratamiz. O‘yin boshlanishi oldidan 1 daqiqalik sukut saqlandi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.