Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«B» guruhi, 5-tur. 20 aprel, soat 19:00. Bosh hakam: Krishanta Dilan Perera (Shri Lanka)

BUNYODKOR

0 : 2

LAXVIYa

Karim Budiaf (64)
Muhammad Muntariy (79)
JAMOALAR TARKIBI
25.Murodjon Zuxurov
2.Akmal Shorahmedov (S)
3.Akrom Komilov
8.Javlon Ibrohimov
9.Sato Minori
10.Eldor Shomurodov
14.Bahodir Nasimov
17.Doston Hamdamov
22.Rustam Ashurmatov
29.Otabek Shukurov
30.Yurisa Bulyat
  40.Amin Lekomte
2.Musa
3.Ahmad Yosir
7.Xolid Mufta
10.Nam Tae Xi
11.Muhammad Muntariy
12.Karim Budiaf
14.Muhammad Tresor
20.Ali Hassan
23.Ahmad Muhammad
70.Ismoil Muhammad
ZAHIRA
45.Akbar To‘rayev
6.Anvar G‘ofurov
7.Shaker Zuagi
11.Shahzodbek Nurmatov
16.Dilshodbek Ahmadaliyev
19.Zabihilla O‘rinboyev
71.Aleksandar Alempiyevich
  90.Ivanildo
8.Luiz Junior
15.Dioko Kaliuyutika
18.Ahmad as-Sadiy
24.Xolid Radvan
28.Yusuf Msakni
39.Said al-Qahtoniy

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Bunyodkor" o‘z maydonida yutqazdi va pley-offga chiqish imkoniyatidan butunlay mahrum bo‘ldi.
'
"An-Nasr" - "Lokomotiv" o‘yini tugadi - 1:1. "Temiryo‘lchilar" ochkolar sonini 9taga yetkazib, peshqadamlikni saqlab qolishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Ahmad Yosir ogohlantirildi
89'
Zuagi yetkazgan uzatmani O‘rinboyev raqib jarima maydonchasi ichida qo‘l bilan qaytardi
'
"An-Nasr" - "Lokomotiv" o‘yinida qo‘shimcha vaqtlar boshlandi. Hisob - 1:1.
87'
"Laxviya"da o‘zgarish: Ismoil Muhammad o‘rniga Luis Junior tushdi
87'
Vuuuh! "Laxviya" ajoyib qarshi hujumdan foydalana olmadi! Ismoil Muhammad o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Ashurmatovni aldab, sherigiga uzatma berdi. Javlon to‘pni egallab oldi
85'
"Bunyodkor" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Foydalana olmadik
82'
Eldor olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
79'
GOOOL! Muhammad Muntariy! "Bunyodkor" - "Laxviya" - 0:2. Mezbonlar maydon markazida to‘pni yo‘qotishdi. Muntariyning unchalik xavfli bo‘lmagan zarbasini Zuxurov oyoqlari oldidan o‘tkazib yubordi.
78'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Hamdamov o‘rniga O‘rinboyev tushdi
74'
Vuuuuh! Raqib futbolchisining olis masofadan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib, maydonga qaytdi
73'
Vuuuh! "Laxviya" himoyachisi va darvozabonining o‘zaro tushunovchiligidan Nurmatov foydalanib qolishga sal qoldi. Lekomte to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
72'
Shorahmedov olis masofadan zarba berdi. Noaniq
71'
Msakni uzatmasidan keyin Mufta jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Noaniq
70'
Shomurodov chap qanotdan uzatma berdi. Lekomte to‘pni egalladi
69'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Otabek Shukurov o‘rniga Shaker Zuagi tushdi
'
"An-Nasr" - "Lokomotiv" o‘yini 70 daqiqa ortda qoldi. Hamon - 1:1.
64'
GOOOL! Karim Budiaf, 0:1! "Lavxiya" futbolchilari ideal darajadagi hujumni tashkil qilishdi. Qisqa uzatmalar orqali tashkil etilgan kombinasiyalarni Budiaf darvozaga joyladi!
64'
Tresor jarima maydonchasiga kirdi va so‘nggi chiziq oldida to‘pni orqaroqqa yetkazishga muvaffaq bo‘ldi. Bulyat to‘pni qaytarib qoldi
62'
Nam Te Xi jarima maydonchasi burchagida belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. "Bunyodkor" futbolchilari xavfni bartaraf etishdi
60'
"Qaldirg‘ochlar" navbatdagi hujumdan foydalana olishmadi
57'
"Bunyodkor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Takroriy hujum natijasida Bulyat olis masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq
55'
"Laxviya"da o‘zgarish: Ali Afif o‘rniga Yusuf Msakni tushdi
53'
Vuuuuuuh! Satoning uzatmasidan keyin Shomurodov jarima maydonchasining chap tomonidan yeraltib uzatma berdi. Nurmatov himoyachilarni ortda qoldirdi, ammo uning yaqin masofadan bergan zarbasidan keyin to‘p yuqoridan o‘tib ketdi. Qanday qilib? Essiz...
50'
Mezbonlar qisqa paslar orqali hujum yaxshi hujum tashkil qilishdi. Hamdamov jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba yo‘llashi mumkin bo‘lgan vaziyatda ichkaridagi Nurmatovga pas berishga qaror qildi. Uzatma noaniq bo‘ldi
47'
"Bunyodkor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Zarba beradigan futbolchi topilmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshida mezbbonlarda o‘zgarish bo‘ldi: Bahodir Nasimov o‘rniga Shahzod Nurmatov tushdi
46'
"Bunyodkor" - "Laxviya" o‘yinida ikkinchi bo‘lim boshlandi.
'
"Lokomotiv" tarkibida birinchi o‘zgarish amalga oshirildi. Jarohat olgan Islom To‘xtaxo‘jayev o‘rniga Sergey Proxorov maydonga tushdi. Islom to‘p uchun kurashda burnini sindirib olibdi
'
"An-Nasr" - "Lokomotiv" o‘yinida ikkinchi bo‘lim boshlandi.
'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov bosh bilan "An-Nasr" darvozasiga joylaganini ta’kidlash lozim
'
BAAdagi o‘yin ham tanaffus boshlangan. U yerda "An-Nasr" - "Lokomotiv" - 1:1.
45+1'
"Bunyodkor" - "Laxviya" o‘yinida birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
44'
Nasimov raqib oyog‘iga xavfli tashlandi va ogohlantirish oldi
41'
Qarshi hujumda Nasimov himoyachini aldab, raqib jarima maydonchasiga kirayotgandi, himoyachi t o‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Burchak to‘pi xavfli bo‘lmadi
39'
"Bunyodkor" jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Komilov yo‘llagan zarbadan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
'
GOOOOOOL! O‘yinning 43-daqiqasida "Lokomotiv" hisobni tenglashtirdi. Temurxo‘ja Abduxoliqov! 1:1.
36'
Shukuroq olis masofadan zarba berdi. Noaniya
34'
Shorahmedov o‘ng qanotdan bergan uzatmani darvozabon egalladi
32'
Sato o‘ng qanotdan havodan uzatma berdi. Lekomte to‘pni egallab oldi
30'
Sato olis masofadan yerlatib zarba berdi. Lekomte to‘pni osonlik bilan egallab oldi
29'
Vuuuuh! "Laxviya" hisobni ochishga juda yaqin keldi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga mehmonlar hujumchisi olis ustun yonidan zarba berdi. ZUxurov zarbani qaytardi! Qoyil!
28'
Ashurmatov va Zuxurov bir-birlariga ishonib qolishdi va to‘pni raqib hujumchisi egallab oldi. Rustam to‘pni maydon tashqarisiga tepib yuborib xavfni bartaraf etdi
28'
"Laxviya" futbolchisi Muhammad Tresor ogohlantirish oldi. U Hamdamovga nisbatan xavfli o‘ynadi
'
BAAdagi o‘yinning 31-daqiqasida hisob ochildi. "An-Nasr" hujumchisi Jires Kembo Ekoko "Lokomotiv" darvozasini ishg‘ol qildi
20'
"Laxviya" futbolchisi chap qanotdan jarima zarbasini tepdi. Zuxurov to‘pni egalladi
'
"An-Nasr" - "Lokomotiv" o‘yini boshida mezbonlar ko‘proq hujum qilishayotgan edi. Hozirgi pallaga kelib, vakillarimiz vaziyatni tenglashtirishdi. "Temiryo‘lchilar" to‘pni nazorat qilishmoqda.
16'
"Laxviya" o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi, taxlikali vaziyat yuzaga keldi, biroq raqib futbolchilari darvoza tomon zarba bera olishmadi
13'
Komilov chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himolyachi to‘pni qaytardi
11'
Vuuuuh! Shukurov jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba yo‘lladi. Amin Lekomte bir amallab zarbani qaytardi.
10'
"Bunyodkor" - Laxviya" o‘yini ancha pasttempda o‘tmoqda. Hozira xavfli vaziyatlar yo‘q
'
"Lokomotiv" himoyachisi Oleg Zoteev sariq kartochka oldi
7'
"Laxviya"ning xavfli qarshi hujumi! O‘ng qanotdan yetkazilaggan uzatmaga Ali Hassan 12 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
3'
Shomurodov o‘ng tomondan to‘pni raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni yon qanotga tepib yubordi
1'
"Bunyodkor" va "Laxviya" o‘rtasidagi o‘yin boshlandi
'
BUgungi o‘yinlar ham bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanadi
'
BAAda "An-Nasr" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi. Toshkentdagi o‘yin esa 5 daqiqadan keyin start oladi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ushbu sahifamiz orqali "Bunyodkor" - "Laxviya" va "An-Nasr" (BAA) - "Lokomotiv" o‘yinlaridan matnli onlayn translyasiyani e’tiboringizga havola qilamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.