| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 34-tur. 20 aprel, soat 23:00. Bosh hakam: Rikardo De Burgos Bengoechea | ||
DEPORTIVO |
0 : 8 |
BARSELONALuis Suares (12, 24 53, 64)
Ivan Rakitich (47) Lionel Messi (73) Mark Bartra (79) Neymar (81) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.Manu (D) 03.Fernando Navarro 12.Sidney 15.Laure 06.Kani 04.Aleks Bergantinyos 05.Pedro Moskera 22.Selso Borjes 09.Oriol Riyera 11.Xuanfran 07.Lukas Peres |
13.Klaudio Bravo (D) 15.Mark Bartra 18.Xordi Alba 06.Dani Alves 08.Andres Inyesta 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 14.Xavyer Maskerano 09.Luis Suares 11.Neymar 10.Lionel Messi |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Stipe Pletikosa (D) 16.Luizinyo 02.Manuel Pablo 17.Federiko Kartabiya 19.Faykal Fayr 24.Xonas Gutyerres 20.Xonatan Rodriges |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 02.Duglas 21.Adriano 12.Rafinya 20.Serxi Roberto 07.Arda Turon 17.Munir el-Haddodiy |
|
Matn
| 90' | ![]() |
Hakam vaqt qo‘shib o‘tirmadi. "Deportivo" - "Barselona" - 0:8! |
| 84' | ![]() |
Kartabiya olis masofadan aniq zarba yo‘lladi. Bravo to‘pga ega chiqdi |
| 81' | ![]() |
GOOOOL! Neymar, 0:8! Suaresning uzatmasidan keyin braziliyalik futbolchi yakkama-yakka vaziyatda posbonni aldab o‘tdi va to‘pni darvozaga joyladi |
| 79' | ![]() |
GOOOOL! Mark Bartra, 0:7! Himoyachi maydon markazida to‘pni egallab olib, to‘ppa-to‘g‘ri raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 76' | ![]() |
Vuuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga zaxiradan tushgan Jonas Gutyerres bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 73' | ![]() |
GOOOOOOL! Lionel Messi, 0:6! Suares bir himoyachidan chiroyli o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va Messiga pas berdi. Leo amalda bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 71' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Buskets o‘rniga Rafinya tushdi |
| 70' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Xordi Alba o‘rniga Adriano tushdi |
| 69' | ![]() |
Vuuuuh! Lukas Peres o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani 5 metrdan darvozaga joylay olmadi! |
| 67' | ![]() |
Moskera jarima maydonchasi tashqarnisidan zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 64' | ![]() |
GOOOOOOL! Luis Suares, 0:5! Poker! Messining uzatmasidan keyin Neymar birga-bir vaziyatga chiqdi va yanada qulayroq vaziyatda turgan Suaresga pas berdi. Urugvaylik futbolchining dastlabki zarbasini himoyachi qaytardi. Luis takroriy zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 63' | ![]() |
Rakitich olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. Noaniq |
| 60' | ![]() |
Vuuuh! Lukas Peres 10 metrlardan zarba yo‘lladi. Bravo qaytardi! |
| 59' | ![]() |
"Deportivo"da ikkinchi o‘zgarish: Kani o‘rniga Federiko Kartabiya tushdi |
| 59' | ![]() |
"Barselona"da dastlabki o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Serji Roberto tushdi |
| 58' | ![]() |
"Deportivo"da o‘zgarish: Navarro o‘rniga Faykal Fajr tushdi |
| 56' | ![]() |
Laure o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Alves to‘pni qaytardi |
| 53' | ![]() |
GOOOOL! Luis Suares, 0:4! Xet-trik! Messining chiroyli pasidan keyin yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi. |
| 52' | ![]() |
Albaning uzatmasini 11 metrli nuqta ustida qabul qilgan Messi, himoyachilar qurshovidan chiqib keta olmadi |
| 50' | ![]() |
Neymar maydon markazida to‘pni egallab, raqib jarima maydonchasiga keldi va zarba bermoqchi bo‘ldi. To‘p uning oyog‘iga "o‘tirmadi" |
| 47' | ![]() |
GOOOOOL! Ivan Rakitich, 0:3! Suares jarima maydonchasining chap tomonidan turib, narigi tomondan yetib kelgan Rakitichni uzatma bilan ta’minladi. Xorvatiyalik futbolchining zarbasini Manu qaytara olmadi |
| 46' | ![]() |
Vuuuh! Qarshi hujumda Messi jarima maydonchasiga kirgan Neymarga yuqoridan yumshoq uzatma berdi. Braziliyalik futbolchi negadir to‘pni to‘xtata olmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Hakkam birinchi bo‘limga 1 soniya ham qo‘shib o‘tirmadi . Tanaffus. Hozircha "Deportivo" - "Barselona" - 0:2. |
| 40' | ![]() |
Alba chap qanotdan uzatma berdi. Manu egalladi |
| 38' | ![]() |
Alves o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Neymar to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi, ammo yiqilib tushdi |
| 36' | ![]() |
Vuuuh! Neymarning uzatmasidan keyin Messi jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Zarba yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘ldi |
| 34' | ![]() |
Vuuuuuh! Suares xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi. Luis 5 metrdan darvozaga zarba bera olmadi! To‘p unga Inyesta-Alves uzatmalari orqali yetib kelgandi... |
| 33' | ![]() |
Peresning zarbasini Bravo egalladi |
| 32' | ![]() |
"Barselona" to‘pni nazorat qilmoqda |
| 31' | ![]() |
Kani ogohlantirildi. Neymarni ortdan tepib yiqitdi |
| 30' | ![]() |
Alba Suaresni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Uzatma tez bo‘ldi |
| 27' | ![]() |
Lukas Peres jarima maydonchasi ichida sakrab turgan to‘pga zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 26' | ![]() |
Hozircha har 12 daqiqada bittadan gol ko‘ryapmiz |
| 24' | ![]() |
GOOOOOOL! Luis Suares, 0:2! Inyestaning uzatmasini Messi oxistagina jarima maydonchasiga kirayotgan Suares tomon burib yubordi. Urugvaylik futbolchi yakkama-yakka vaziyatdan samarali foydalandi |
| 23' | ![]() |
Vuh! Inyestaning uzatmasidan keyin Suares darvozabon maydonchasi oldida chalqancha uslubda zarba berishga harakat qildi. Noaniq |
| 19' | ![]() |
Vuuuuuuuh! "Deportivo" 100%li imkoniyatdan foydalana olmadi! Borxes darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi, Bravoni aldadi va zarba berdi. Maskerano qaytardi. Riyeraning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 18' | ![]() |
Vuuuuh! Yuqoridan yetkazilgan uzatmaga Borxes birga bir vaziyatda 4 metrdan o‘arba berdi. To‘pni Bravo egalladi! |
| 16' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi, ammo kataloniyaliklar qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Neymar jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochilgan Messiga pas berdi, ammo Leo Suaresga uzatma bermadi va xavf yo‘qoldi |
| 15' | ![]() |
Neymar ofsaydda qoldi |
| 14' | ![]() |
Alves jarima maydonchasiga yuqoridan uzatma berdi. Himoyachi Suaresni itarib yiqitdi, hakam bunga e’tibor qaratmadi |
| 13' | ![]() |
Messi olis masofadan Neymar tomon uzatma berdi. Manu to‘pni egallab oldi |
| 12' | ![]() |
GOOOOOOL! Luis Suaressss, 0:1. Rakitich burchakdan yetkazgan uzatmani hujumchi oyoq bilan darvozaga burib qo‘ydi. |
| 11' | ![]() |
Vuuuuh! Neymar-Suares-Messi triosi ajoyib hujum tashkil qildi. Leoning 10 metrjan yo‘llagan zarbasini Manu qaytardi. Burchak to‘pi |
| 10' | ![]() |
Riyera olis masofadan xarba berdi. Noaniq |
| 9' | ![]() |
Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Alba tomon yuqoridan uzatma berdi. Himoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi |
| 7' | ![]() |
Vuuh! Inyestaning uzatmasidan keyin jarima maydonchasi ichida chap oyoqda zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 3' | ![]() |
Hozircha mehmonlar to‘pni nazorat qilishmoqda. La-korunyaliklar esa 2 qatorli mudofaani yuzaga keltirishgan |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | Bugun Pike "Barsa"ga yordam bera olmadi. Yig‘ilib qolgan sariq kartochkalar tufayli | |
| ' | "Depor" oq-ko‘k yo‘l-yo‘l, "Barsa" esa o‘zining sariq rangli mehmon formasida o‘ynaydi | |
| ' | ![]() |
Diqqat! "Deportivo" va "Barselona" jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli Ispan futboli muxlislari! La liga grandlari bugun 34-tur o‘yinlarini o‘tkazishadi. Dastlab "Deportivo" - "Barselona", soat 01:00dan boshlab esa "Real" - "Vilyarreal" uchrashuvlaridan matnli translyasiyani e’tiboringizga havola qilamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|