Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

35-tur, 23 aprel, soat 16:45. Bosh hakam: Andre Marriner

MANCHESTER SITI

Fernando (35)
Serxio Aguero (43-penalti)
Kelechi Ixeanacho (64, 74)

4 : 0

STOK SITI

JAMOALAR TARKIBI
01.Jo Xart (D)
20.Elyakim Mangalya
05.Pablo Sabaleta
11.Aleksandr Kolarov
30.Nikolas Otamendi
21.David Silva
42.Yaya Ture
15.Xesus Navas
06.Fernando
10.Serxio Aguero
72.Kelechi Ixeanacho
  24.Shey Given (D)
05.Muniyesa
02.Fil Bardsli
26.Filipp Vollshayd
17.Rayan Shoukross
20.Geoff Kameron
06.Glenn Uilan
21.Janelli Imbula
18.Mame Diuf
11.Xoselu
10.Marko Arnautovich
ZAHIRA
13.Vilfredo Kabalyero (D)
22.Gael Klishi
26.Martin Demichelis
17.Kevin de Bryuyn
18.Fabian Delf
07.Raxim Sterling
14.Vilfrid Boni
  29.Yakob Xaugaard (D)
23.Dionatan Teysheyra
34.Oliver Shenton
16.Charli Adam
30.Muhammad el-Ourichi
27.Boyan Krkich
25.Piter Krauch

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Man.Siti" yirik hisobda g‘alaba qozondi va 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Shaharliklar" keyingi bahsni seshanba kuni "Real"ga qarshi o‘tkazishadi
90+3'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
85'
Yaya Turega tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
80'
Imublaning zarbasi natijasida to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
79'
Ture raqibni chaldi. Darvozagacha 26 metrdan jarima zarbasi
74'
GOOOOOL! Ixeanacho, 4:0! Boni bergan uzatmani Kelechi oldinga tashladi va posbon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Darvozabonni aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.
72'
"Manchester Siti"da o‘zgarish: Fernando o‘rniga Martin Demichelis tushdi
71'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Otamendi bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
67'
Imbula jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Yuqoriga ko‘tarilib ketdi
65'
"Real"ga qarshi o‘yin oldidan Pellegrini jamoa yetakchilariga dam bera boshladi. Aguero o‘rniga Vilfrid Boni tushdi
64'
GOOOOOOL! Kelechi Ixeanacho, 3:0! Sabaleta o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va o‘z vaqtida ochilgan Ixeanachoga uzatma berdi. Kelechi darvozani osongina ishg‘ol qildi!
59'
VUUUH! Arnautovich himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonchasiggggggi, 8 metrlardan kuchli zarba berdi. Jo Xart zarbani qaytardi!
58'
Vuuuuuh! "Manchester Siti" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Navas o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasi chizig‘i ustiga yetkazdi. Yaya Ture 14 metrdan yerlatib zarba berdi. Given to‘pni ushlab oldi
57'
Mangala o‘z darvozaboni tomon sekin uzatma berdi. Xart bir amallab to‘pni tepib yubordi, hujum yetib olishiga sal qoldi
57'
"Manchester Siti"da o‘zgarish: DavidS o‘rniga Fabian Delf tushdi
54'
Mehmonlar o‘ng qanotdan yerlatib uzatma berishdi. Otamendi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Mame Diuf bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
51'
"Shaharliklar" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar hushyor o‘ynashdi
49'
Vuuuuuh! Arnautovich chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga yetib kelgan Xoseluga uzatma berdi. Hujumchi 10 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi...
48'
Jarima maydonchasi tashqarisidan belgilangan jarima zarbasini Arnautovich noaniq ijro etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Manchester Siti" - "Stok Siti" - 2:0. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
43'
GOOOOL! Serxio Aguero, 2:0! Given zarba yo‘nalishini topdi, ammo to‘p yuqoriroqqa yo‘naltirilgani uchun zarbani qaytara olmadi!
42'
PENALTI! Himoyachi Ixeanachoni tortib yiqitdi
40'
Vuuuh! Fernando raqibdan to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujumga asos soldi. Aguero himoyachidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirdiyu, ammo zarba berishga ulgurmadi
38'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavf bartaraf etildi
37'
Aguero himoyachilar orasidan o‘tib, raqib jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi, ammo to‘pni oldirdi
35'
GOOOOOL! Fernando, 1:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani yarim himoyachi bosh bilan darvozaga joyladi!
34'
Navas o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
30'
Vuuuuh! Arnautovich 11 metrli nuqta ustiga yuqoridan uzatma berdi. Xoselu bosh bilan aniq zarba bera olmadi.
29'
Vuh! Imbula o‘ng qanotdan Arnautovich yetkazgan uzatmani qabul qildi, hamda 18 metrdan sakrab turgan to‘pga zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
27'
"Stok" yaxshi himoyalanmoqda
23'
Mezbonlar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishdi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi
21'
Muniyesa chap qanotdan "Siti" jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p Xart ustidan oshib o‘tib, olis ustun yonidan maydonni tark etdi
18'
Jarima maydonchasining o‘ng chizig‘i yaqinida Navasga nisbatan fol ishlatdi. Xesusning o‘zi uzatmani amalga oshirdi. To‘p Otamendining boshidan Shey Givenga bordi. Nikolas muvaffaqiyatli zarba bera olmadi
15'
"Stok" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ikkinchisida Shoukross zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Noaniq
14'
O‘ng qanotda belgilangan jarima zarbasini Uilan to‘ppa-to‘g‘ri darvoza tomon yo‘naltirdi. To‘p Xartning qo‘lidan maydonni tark etdi
12'
Silvaning uzatmasini Ixeanacho jarima maydonchasi chizig‘i oldida to‘xtata olmadi
11'
To‘p nazorati "shaharliklar" tomoniga o‘tmoqda
7'
Vuuuh! Dastlabki golil vaziyat! Aguero o‘ng qanotda ikki raqib orasida o‘tib ketdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Ixeanachoga uzatma berdi. Kelechining zarbasidan so‘ng to‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi
5'
Hozircha o‘yin asosan maydon markazida, tayinli hujumlar va vaziyatlar yo‘q
1'
Aguero chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berishga urindi. To‘p himoyachining oyog‘idan jarima maydonchasini tark etdi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Xabaringiz bor, "Man.Siti" chempionlikdan umidini uzib bo‘lgan, jamoa 3-o‘rin uchun kurash olib bormoqda
'
Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Manchesterdagi "Etihad Stedium"da APLning 35-turiga start berilmoqda. "Manchester Siti" o‘z maydonida "Stok Siti"ni qabul qilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.