| 20/10 13:17 | Mayns | 2-0 | Ayntraxt Braunshveyg | ||
| 20/10 13:17 | Hannover-96 | 1-4 | Hoffenhaym | ||
| 20/10 13:17 | Bayer | 2-1 | Augsburg | ||
| 20/10 13:17 | Shalke | 1-3 | Borussiya D | ||
| 20/10 13:17 | Bavariya | 3-2 | Gerta | ||
| 20/10 13:20 | Volfsburg | 3-0 | Verder |
Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 35-tur, 23 aprel, soat 19:00. Bosh hakam: Alexandro Ernandes | ||
RAYO VALYEKANOAdrian Embarba (7)
Nikolas Fedor Miku (14) |
2 : 3 |
REAL MADRIDGaret Beyl (35, 81)
Lukas Vaskes (52) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Xuan Karlos (D) 04.Antonio Amayya 17.Kini 02.Tito 22.Xose Krespo 11.Adrian Embarba 14.Pablo Ernandes 10.Roberto Trasorras 21.Xosabed 07.Nikolas Fedor 23.Bebe |
01.Keylor Navas (D) 02.Rafayel Varan 03.Pepe 12.Marselo 22.Isko 23.Danilo 16.Mateo Kovachich 11.Garet Beyl 08.Toni Kroos 09.Karim Benzema 20.Xese |
|
| ZAHIRA | ||
|
25.Yoel (D) 15.Rezvan Ras 05.Chechu Dorado 06.Manuel Iturra 26.Xonatan Kabalyero 09.Manushu 24.Xavi Gerra |
13.Kiko Kasilya (D) 06.Nacho Fernandes 17.Alvaro Arbeloa 04.Serxio Ramos 18.Lukas Vaskes 19.Luka Modrich 10.Xames Rodriges |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" qiyin va irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. |
| 90+4' | ![]() |
Bebe yuqoridan darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatma berdi. Trasorras bosh bilan zarba berdi. Navas egalladi |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuuuh! "Rayo" hisobni tenglashtirishiga yaqin keldi. Miku 15 metrdan zarba berdi. To‘p himoyachilarning oyog‘iga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
"Real" to‘pni nazorat qilmoqda. Oldinga o‘tishga shoshilmayapti |
| 83' | ![]() |
Razvan Ras sariq kartochka oldi. Beylni chalgani uchun |
| 81' | ![]() |
GOOOOOOL! Garet Beyl, 2:3! "Rayo" himoyachisi Kini to‘pni Beylga berib qo‘ydi va uelslik futbolchi jarima maydonchasiga kirib, aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 79' | ![]() |
Beyl yo‘llagan zarba natijasida to‘p jonli devorga tegdi |
| 78' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Kovachich o‘rniga Xames Rodriges tushdi. |
| 77' | ![]() |
Amayya sariq kartochka oldi. "Real" jarima zarbasi tepadi. Darvozagacha 23 metr |
| 75' | ![]() |
Tomonlar bir martadan xavfli hujum tashkil qilishdi. Beyl darvozabon maydonchasiga bergan uzatmasini markaziy himoyachi qaytardi. Mezbonlarning o‘ng qanotdan uzatmasini Navas egalladi |
| 72' | ![]() |
"Rayo" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Trasorras jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘lladi. Navas to‘pni egalladi. |
| 71' | ![]() |
Modrich ochiq turgan Iskoni birga bir vaziyatga chiqarishga urindi. Uzatma kuchliroq chiqdi, Xuan Karlos to‘pni egalladi |
| 69' | ![]() |
"Real" futbolchisi Lukas Vaskesning formasi yirtildi. U o‘z futbolkasini almashtirdi. O‘tgan o‘yinda Ronalduning formasi yirtilgandi. Qiziq... |
| 67' | ![]() |
Manuel Iturraga sariq kartochka. Vaskesni ochiqchasiga chaldi |
| 66' | ![]() |
Mateo Kovachich ogohlantirildi |
| 63' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Xese o‘rniga Luka Modrich tushdi. |
| 62' | ![]() |
Xose Krespo ogohlantirildi |
| 60' | ![]() |
Vuuuuuuh! Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasi yaqinida ochilayotgan Vaskesga pas berdi. Lukasning oyog‘i to‘pga yaxshi tegmay qoldi!... |
| 59' | ![]() |
Vuuuuh! Beylning bosh bilan uzatmasidan keyin Xese birga bir vaziyatga chiqib ketdi va jarima maydonchasiga kirib, kuchli zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi. |
| 56' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Isko chap qanotdan raqib maydonchasiga yaqinlashib keldi va o‘ng tomonda ochilgan Beylga uzatma berdi. Garet o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi. |
| 55' | ![]() |
Vuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Gerra darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida darvoza tomon burdi. Navas to‘pni egalladi. |
| 54' | ![]() |
"Rayo Valyekano" bosh murabbiyi birdaniga ikkita o‘zgarish qildi. |
| 54' | ![]() |
"Real" hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi! Jarima maydonchasi chizig‘i oldida Iskoga nisbatan fol ishlatildi. Jarima zarbasini Iskoning o‘zi yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi. |
| 52' | ![]() |
GOOOOOL! Lukas Vaskes, 2:2! Danilo o‘ng qanotdan uzatma berdi. Vaskes taxminan 11 metrli nuqta atrofida himoyachini ortda qoldirdi va bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 51' | ![]() |
O‘yin asosan maydon markazida hozircha |
| 46' | ![]() |
Tomonlar bir martadan hujum tashkil qilishdi. Beylning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi. Mezbonlarning o‘ng qanotdan uzatmasini Danilo egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Rayo Valyekano" - "Real Madrid" - 2:1. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 42' | ![]() |
Vuuuuh! Beyl jarima maydonchasi burchagidakn zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 42' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Karim Benzema o‘rniga Lukas Vaskes tushdi. |
| 39' | ![]() |
Vuuuuh! Trasorras o‘ng qanotdan "Real" jarima maydonchasi kirdi va narigi tomonda ochilgan Esbarbaga uzatma berdi. To‘p Daniloning boshiga biroz tekkani uchun Embarba aniq zarba bera olmadi |
| 37' | ![]() |
Mehmonlar ketma-ket ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Benzema bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 35' | ![]() |
GOOOOOOOL! Garet Beyl, 2:1! Navbatdagi burchak to‘pi o‘yinga kiritildi va uelslik futbolchi baland sakrab, to‘pni darvozaga joyladi! |
| 34' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar to‘pni qaytarishdi |
| 32' | ![]() |
Marselo jarima maydonchasiga yuqoridan uzatma berdi. Benzema ofsaydda |
| 31' | ![]() |
Vuuuuh! Kovachich chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p darvoza tomon emas, orqaga ketib qoldi |
| 30' | ![]() |
Mezbonlar xavfli qarshi hujumga o‘tishayotgan edi. Esbarba uzatmani to‘xtata olmadi. Aks holda ikki hujumchi yolg‘iz Pepega qarshi chiqib borishardi |
| 29' | ![]() |
Marseloning uzatmasini Beyl bosh bilan darvoza tomon burdi. Xuan Karlos to‘pni egalladi |
| 27' | ![]() |
Vuuuh! Bebe ancha olis masofadan kuchli zarba berdi. Navas to‘pni yon tomonga urib yubordi |
| 24' | ![]() |
Tomonlar navbati bilan to‘pni nazorat qilib, hujum tashkil qilishmoqda |
| 19' | ![]() |
Burchak zarbasidan keyin to‘p qaytarildi. Bebe olis masofadan noaniq zarba berdi |
| 18' | ![]() |
Xosabed 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p Pepening boshidan maydonni tark etdi |
| 17' | ![]() |
Beyl jarima maydonchasida ochilayotgan Benzemani yaxshi uzatma berdi. Karim ofsaydda |
| 14' | ![]() |
GOOOOOL! Nikolas Fedor Miku, 2:0! Burchakdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p shundoqqina darvozabon maydonchasida turgan "Rayo" futbolchisiga kelib tushdi. Miku muammosiz darvozani ishg‘ol qildi! |
| 13' | ![]() |
Kuchli yomg‘ir yog‘moqda. "Real" prezidenti soyabon ushlab o‘tiribdi. Janobni tribunaning usti yopiq joyiga ham o‘tkazishmapti.... |
| 12' | ![]() |
Vuuuuuh! Kovachichning yuqoridan uzatmasidan keyin Benzema shundoqqina darvozabon maydonchasi oldida chalqancha zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 10' | ![]() |
Beylning uzatmasini Benzema jarmia maydonchasi ichida to‘xtata olmadi |
| 7' | ![]() |
GOOOOOOL! Adrian Embarba, 1:0! Kutilmaganda mezbonlar hisobni ochishdi. Bebe chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Embarba yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 6' | ![]() |
Beyl uzatma bergan paytda Benzema ofsaydga kirishga ulgurganini sezdi va to‘pga yugurmadi. |
| 4' | ![]() |
Mezbonelar ilk daqiqalardan yuqori pressing qo‘llashmoqda |
| 3' | ![]() |
Vuuuuuh! Beyl jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Diqqat, Ispaniya La ligasi, 35-tur. "Rayo Valyekano" - "Real Madrid" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida. Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|